Bob. Fuqarolik jamiyatining


Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi



Download 69,46 Kb.
bet4/6
Sana27.06.2022
Hajmi69,46 Kb.
#710175
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diplom ish

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Malakaviy bitiruv ishi 64 betni tashkil qilib, kirish, ikki bob, beshta paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Bitiruv ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv ishnning ilmiy natijalari Tarix- falsafa fakulteti talabalari uchun ma’lumot manbai sifatida, boshqa fakultet talabalari uchun «Siyosatshunoslik» fanida hamda «Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fanini o’zlashtirish jarayonida foydalanish va shu mavzu bo’yicha tadqiqitlarni olib boruvchi mutaxasislar foydalanish uchun maqsadga muvofiqdir.

Fuqarolik jamiyatining nazariy asoslari va rivojlanish tarixi.
O’zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyati rivojlanish bosqichlari
Fuqarolik jamiyati haqidagi ta’limotlarning rivojlanish tarixi juda uzoqlarga borib taqaladi, mohiyati esa murakkab va serqirradir. «Fuqarolik jamiyati» tushunchasi va uning mohiyati haqidagi ta’limotlarni ko‘rib chiqishda e’tiborni, avvalo, ularning turlicha talqin etilganiga qaratamiz. Fuqarolik jamiyati mohiyati haqidagi ta’limotlarning bir-biridan farq qilishi, birinchidan, uni o‘rganishda turlicha metodologik yondashuvlar bo‘lganligi, ikkinchidan, bu ta’limot insoniyat rivojlanishining qaysi davrida amalga oshirilganligi, ya’ni fuqarolik jamiyatining mazmuni va mohiyatini talqin qilish o‘sha vaqtda hukmron bo‘lgan g‘oyalarga asoslangan holda amalga oshirilganligi bilan bog‘liqdir.
«Jamiyat» va «fuqarolik jamiyati» tushunchalarini aynan bir xil talqin qilmaslik lozim. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivoji insoniyat, davlat, huquq tarixining muayyan sivilizasiyalashgan davri bilan bevosita bog‘liq. Davlatdan farqli o‘laroq, jamiyat hamisha mavjud bo‘lgan. Lekin har doim ham u fuqarolik jamiyati maqomiga ega bo‘lmagan15.
Huquqiy adabiyotlarda ta’kidlanganidek, fuqarolar mustaqil shaxs, jamiyatning mustaqil a’zosi sifatida muayyan huquq va erkinliklarga ega bo‘lgan, o‘z xatti-harakati uchun mas’uliyatni his qila olganlaridagina fuqarolik jamiyati haqida so‘z yuritish mumkin. Fuqarolik jamiyati haqida yaratilgan adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, insoniyat, xususan G‘arb sivilizatsiyasining fuqarolik jamiyat sari rivojlanishi ma’lum ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, jumladan inqiloblar orqali kechgan. Albatta, bu jarayon jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa sohalarida o‘zgarishlar yuz berishiga olib kelgan.
Ma’lumki O’zbekistonda milliy davlatchiligimiz to’g’risidagi eng qadimgi manba "Avesto"dir. U eramizdan oldingi 3 minginchi yillarda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk davlatchilik to’g’risidagi ijtimoiy qarash xiisoblanadi. Agar "Avesto" da ilgari surilgan g’oyalarga e’tibor beradigan bo’lsak, bugungi adolatparvar demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan g’oyalarimiz bilan xamoxang ekanligini ko’ramiz16.
Yangi davrning eng muhim siyosiy hodisalaridan biri bo‘lgan “fuqarolik jamiyati ” g‘oyasi o‘z tadrijida bir qancha konsepsiya va talqinlarni vujudga keltirdi. Biroq, u hamisha “davlat” hodisasiga nisbatan qarama -qarshi qo‘yilgan. Fuqarolik jamiyatining liberal talqini T.Gobbs, J.Lokk va Sh.Monteske davriga borib taqaladi. Tushuncha sifatida fuqarolik jamiyati ular tomonidan insoniyatning tarixiy taraqqiyotini aks ettirish, insonning ibtidoiy usuldan taraqqiy topgan turmush tarziga o‘tishini ifodalash maqsadida kiritilgan. Inson davlat va tamaddundan bexabar “yovvoyi”, “tabiiy” holatda uzluksiz urushlar hamda o‘zaro dushmanlik holatida rivojlanib boradi . O‘zida tartib-intizom va fuqarolik munosabatlarini ifodalagan rivojlangan jamiyat tabiiy holatdagi sodda (yoki qaysidir ma’noda johil) jamiyatga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Tabiat va insonning jilovlanmagan tabiiy ehtiroslari emas, balki komillik, ya’ni insonning ongli ravishda jamoaviy hayot kechirishga qodirligi jamiyat va inson hayotining tabiiy ibtidosi hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati insonning oziq-ovqat, ust-bosh, boshpanaga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini qondirish sharoiti sifatida qabul qilingan. Insonning kundalik ehtiyojlari qondiriladigan turli (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy) sohalarning ajralishi va erkinlashuvi jarayoni fuqarolik jamiyati paydo bo‘lishiga olib kelgan17.
Avestoda avvola inson erki, komilligi, ruxiy sog’lomligi masalalari ustuvor kuyiladi. Masalan, men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman deyiladi. "Yasna" (14) kitobida Axuramazda, insonlar o’rtasida bo’layotgan munosabatlar uzaro samimiylik, xurmat, begaraz yordam va okibatli bo’lish zururligiga, yomon fikrlardan xoli bo’lishga ishora qiladi. Kattaga xurmat va kichikka izzat, sabr-bardoshlilik xalollik, mexr okibat va boshqa bir qator tamoyillar borki milliy goyamizning asosiy tamoyillariga uygun keladi18.
G’oyalarning bunday tarzda qo’yilishi dunyo ana shu kuchlarning yonma- yon yashashidan iborat, degan falsafaning moxiyatini anglashga undaydi19. Shu tariqa "Avesto" usha zamonda yashagan odamlar o’rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirishda davlatga bo’lgan extiyoj va zururiyati ularoq yuzaga kelgan manba bo’lib xisoblanadi.
"Avesto"da eng muxim masalalardan biri bu xuquqiy munosabatlarning nazariy jixatdan shakllanganligidir. Unda inson xayoti va odamlar o’rtasidagi ijtimoiy-iktisodiy munosabatlar xuquqga asoslanganligi xaqida ma’lumot bor. Xaqiqat yaxshi so’z va maqsad, poklik va ezgulikka intilish, suv, er, olov, xonadon va chorvani asrab-avaylash axloqiy burch bo’lib sanalgan. Inson uzining ishlari va fikrlari bilan yaxshilik, yorug’lik va baxt keltiruvchi, xayot va xaqiqat beruvchi oliy tangri Axuramazdaga yordamchi bo’lib xizmat qiladi.
Oila va jamoada berilgan so’zdan yoki maqsaddan voz kechish, odamlar o’rtasida tuzilgan axdnomani buzish katta gunox xisoblangan. "O Spitamen shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi shu bilan birga o’rtaga tegishli barcha mol-mulkga putur etkazadi. O Spitamen, axtingni buzma" (yasht. X bob)20.
Tarixiy xujjatlar asosida aytish mumkinki, "Avesto"ning "Yasna", "Visprat", "Yasht", "Videvdat" kitoblarida ilgari surilgan xuquqiy ta’limotlar Rim xuquqidan qadimiyroq xisoblanadi, boz ustiga ular keyinchalik tashkil topgan davlatlar siyosiy tizimning shakllanish manbasi bo’lib xam xizmat qilgan. Shu tariqa "Avesto" Grek mutafakkirlari va Rim xuquqshunoslari ijodida o’zining xar tomonlama mukammaligi bilan ta’sir ko’rsatgan. Jumladan, inson xuquqi jismoniy va xuquqiy shaxs erkinligi, inson erkinligi, erkak va ayolning tengligi masalasi, ozchilikning xuquqiy, voyaga etmaganlar xuquqi shartnomalarning majburiylik xuquqi, mol-mulk xuquqi, oila xuquqi shartnomalarning majburiylik xuquqi, jinoyatning qasddan yoki extiyotsizlik natijasida sodir etilgan jinoyat turlari ishlab chiqilgan, ug’rilik yoki bosqinchilik farqlari tasniflangan ximoya xuquqi va sud ishlarini yuritish xamda tashkil etish kabi boshqa xuquqiy tamoyillari o’z ifodasini topgan.
Ta’kidlash joizki, fuqarolik jamiyati insonlarning huquq va erkinliklarini, jamiyatning tarkibiy qismi bo‘lgan davlat esa fuqarolarning huquqlarini ta’minlaydi. Har ikki holda ham gap shaxsning huquq va erkinliklari to‘g‘risida boradi. Lekin birinchi holatda har bir shaxsning alohida inson sifatida yashash, erkinlik va daxlsizlik, baxtli hayot kechirish va boshqa tabiiy huquqlari haqida,ikkinchiholatda esa shaxsning jamiyat va davlatni boshqarishda ishtirok etishini ta’minlovchi siyosiy huquqlari to‘g‘risida so‘z yuritiladi21.
Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga va uning doimo taraqqiy etib borishiga juda katta ahamiyat beriladi. Uning asosiy maqsadi insonning munosib hayot kechirishini, barcha hayotiy orzu-maqsadlari shu jamiyatdagi siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy institut, guruh, oila va boshqa jamoat birlashmalari orqali amalga oshirilishini ta’minlashdir. Bu siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy institutlar va guruhlar har bir insonga uning o‘zi yashayotgan jamiyatda hokimiyatning manbai ekanligini, huquq va erkinliklari, qobiliyati va harakati, obro‘si yuksak qadriyat ekanligini tushuntirishga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilot va birlashmalar orqali o‘zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va boshqa maqsadlarini amalga oshiradilar22.
X-XIII asrlar O’rta Osiyo tarixida shunday murakkab davr bo’lgan xalqning o’z mustaqilligi uchun kurashishi, bunda xurriyat va inson erkinligi g’oyalari millatni ma’naviy yuksalishga olib kelgan. Bu davr uz mazmuni, salmogi jixatidan O’rta Osiyoda uygonish davri deb tarixga kiradi23. Uyg’onish davri madaniyatining o’zigi xos tomonlari mavjud bo’lib ular quyidagilardan iborat edi:

  1. Dunyoviy ma’rifatga intilish bu yulda utmish va kushni mamlakatlarning madaniyati yutuklaridan keng foydalanish ayniqsa ijobiy- falsafiy, diniy, tarixiy xamda ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish.

2) Tabiatga qiziqish
3) Insonni ulug’lash
4) Qomusiylik
5) Davlat qurilishi va boshqaruv
6) Davlat raxbari
Bu davrning yirik namoyondalaridan biri Abu Nasr Farobiy o’zining "Fozil odamlar shahri" asarida insoniyat jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishning muayyan tabiiy davlatga bo’lgan ehtiyojlarining paydo bo’lishini, unda adolat va axloqning shakllanish qonuniyatlari nazariy jixatdan tasnifini yaratganligi bilan mashxurdir. Shu tariqa yaxshi davlat shakllari va unda boshqaruvning muntazam, izchil siyosiy tizimini yaratishga erishadi. Masalan, fozillar shahrining (davlat nazarda tutiladi) tarkib topishi va unda qanday axloqiy sifatdagi shaxsning raxbar bo’lishi tasniflari bugungi demokratik jamiyat qurishning bevosita nazariy talablari bilan uyg’un keladi. Bu borada A.N.Farobiy-ularning o’zlaridan saylangan raxbar yoki boshliqlar xoqimi mutloq bo’lmaydi, ular odamlar ichidan kutarilgan, sinalgan eng olijanob raxbarlikka loyiq kishilar bo’ladi. Shuning uchun bunday raxbarlar uz saylovchilarini to’la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muxofaza qiladilar24 deb takidlaydi. Davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bogliq axloqiy qadriyatlarni tizimlashtirish, e’tiborli jixati shundaki, Farobiy qarashlaridagi "xoqimi mutloq bo’lmasligi, saylovchilar irodasi", "ozodlik" kabi fikrlari nafaqat shu davr, balki butun insoniyat madaniyatining-demokratiyani bosh goyasi bo’lib xizmat qiladi.
M.Sharifxo‘jaev tomonidan berilgan ta’rifga ko‘ra, “fuqarolik jamiyati bu – erkin, demokratik, huquqiy sivilizatsiyalashgan jamiyat bo‘lib, unda yakkahokimlik rejimiga, volyuntarizmga, sinfiy adovatga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo‘ravonlik qilishga o‘rin yo‘q. Bunday jamiyatda faqat va faqat qonun, axloq, insonparvarlik, adolat ustuvorlik qiladi25.Akademik M. Sharifxo‘jayev ta’kidlaganidek, Gegelning fuqarolik jamiyati haqidagi qarashlari «fuqarolik jamiyati» atamasi hamda bu so‘z birikmasining etimologiyasidan kelib chiqqan. Nemischa «Burqerliske besellshaft» (Burgerleske besellshaft) ikki ma’noga ega, ya’ni burger (burjua) – ham fuqaro, ham burjua demakdir26.
Gegelning fikricha, «fuqarolik jamiyati − eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan ehtiyojlar tizimi, shuningdek oila, tabaqa, davlat tuzumi, huquq, axloq, burch, madaniyat, ta’lim-tarbiya, qonunlar va ulardan kelib chiqadigan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalardan iborat». Uning ta’biri bilan aytganda, tabiiy, «madaniyatsiz» holatdan odamlar fuqarolik jamiyati- ga kirib kelishlari kerak, zero, ana shu jamiyatda huquqiy munosabatlar haqiqatga aylanadi27.
Adolatli davlat boshqaruvchisi uning mukammal tizimini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan O’rta asrlar mutafakkiri Nizomulmulkning "Siyosatnoma" asari muxim manba xisoblanadi. Amaldorlarni axloqiy fazilatlarga qarab tanlash adolat va insofni oyok osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borishi, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro sifatlari to’g’risidagi fikrlari bilan axamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning "Ko’pchilik bo’lib qabul qilingan qaror eng sabobli bo’ladi va shunday yul tutish kerak"28 degan qarashlari ajdodlarimizning davlat qurilishining demokratik tartiblariga nechog’lik darajada axamiyat berganligidan dalolat beradi.
Fuqarolik jamiyati fuqaro va uning erkinliklaridan boshlanadi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish ehtiyojlari, avvalo, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va ularning hayotda amal qilishini mukammal ravishda tashkil etish zaruratidan kelib chiqqan29.
Fuqarolik jamiyati siyosiylashuv va mafkuralashuvdan holi jamiyatdir. Biroq, bu mazkur jamiyat hech qanday siyosat yuritmaydi, aniq g‘oya yoki qarashlardan foydalanmaydi yoxud ulardan qaysi birlarinidir afzal ko‘radi yoki ko‘rmaydi, degan ma’noni aslo bildirmaydi. Fuqarolik jamiyatiga mafkuraviy yakkahokimlik begona ekanligi boshqa masala. Hech bir mafkura, agar u yagona va eng to‘g‘ri, nuqsonsiz va tanho yashashga haqli deb taqdim etilgan taqdirda ham, istisnolikka da’vo qilolmaydi30.
Fuqarolik jamiyatining mohiyati to‘g‘risida bugungi kunda ham olimlar o‘rtasida bir-biridan farq qiluvchi turli fikr va mulohazalar mavjud. Akademik M. Sharifxo‘jayev fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi fikr va mulohazalarni quyidagi yo‘nalishlarga ajratadi: a) fuqarolik jamiyatining shakllanishi davlatga bog‘liq bo‘lmagan holda, demokratik taraqqiyotning ilk davri, bozor munosabatlarining birinchi bosqichi; b) demokratiya sharoitida davlat bilan jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar bartaraf etilgan bo‘lib, demokratik-huquqiy maqomga ega davlat − fuqarolik jamiyatining normal bir ko‘rinishiga aylangan siyosiy institut; d) fuqarolik jamiyati, umuman, hozirgi taraqqiy etgan jamiyatning aynan o‘zi; е) jahon hamjamiyatining kelajakdagi tarkibiy asoslarini yaratish fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy omillaridan biridir31.
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot rivojining ma’naviy asoslarini urganishda O’rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilar oqimining axamiyati xam aloxida muxim urin tutadi. Tasavvuf ta’limoti asosida adolat, xaqiqat, to’g’rilik, mexr-shafqat, insof, iymon-e’tiqod, ilm, mexnatsevarlik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy g’oyalarni targibot qiluvchi futuvvatga asoslangan bir kancha diniy, siyosiy oqimlar paydo bo’ladi. Ular jamiyatning axloqsiz unsurlariga goyaviy kuch sifatida qarshi qo’yiladi.
Bu borada A.Yassaviy shunday deydi: "Shayx uldurkim niyoz olsa, miskinlarga, garib, bechoralarga bergaylar. Agar olib o’zi esa, murot et emishdek bo’lgay. Agar tun qilib kiysa, ul tun tuzguncha Xaq Taola namoz, ruzasini qabul qilmagay va biror olgan Niyozidin non qilib esa, Xaq Taola oni duzaxda turluk azobga girifdor qilgay va agar andog shayxga xar kishi e’tiqod qilsa kofir bo’lgay"32.
Yassaviyning xikmatlarida raxbar shaxslarning sifatlari to’g’risidagi talqinlar deyarli ijodining asosini tashkil etadi. Chunki, shu davrda xalq orasida katta obru-e’tiborga ega bo’lgan sufiy shayxlar siyosatiga bevosita aralashib kelganlar. Bu borada Amir Kulolning ugli, amir Umarning qarashlari (1406 yil ulgan) siyosatning nazariy va amaliy moxiyatini ochishda e’tiborlidir. Unda siyosatga shunday nisbat beriladi.
"Bilgilkim, siyosat-tutib turish va tartibga solishdir, yomon kishilarni qo’rquv va titroqda tutmoq, yaxshilarni taqdirlamoq kerak. Agar siyosat bo’lmasa, davlatning muxim ishlari amalga oshmaydi: agar tartibot, jazo qonunlari bo’lmasa, davlat ishlari xam unglanmaydi. Chunki, hukmdorning, jamoaning ko’rki, davlat va dinning rivoji siyosatdir". Ya’ni din orkali siyosatda umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilishi va bunday siyosat esa, bevosita davlat qonunlari orkali oilada uz tasdigini topishiga erishmok lozim deb xisoblayman"33.
Amir Temur uz davridagi xizmatlarining eng asosiy eng buyugi-bu uning davlat arbobi sifatida adolat g’oyalariga asoslangan milliy davlatchilik ta’limotlarining xuquqiy negizlarini yaratganligi xamda uni tadbik etib berganligidir. Shu tariqa uz siyosiy faoliyatini shunday xulosalaydi: "xar mamlakatning yaxshi kishilariga men xam yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuklar va axloqsiz odamlarni mamlakatimizdan kuvib chikardim. Pastkash va razil odamlarga uzlariga loyik ishlar topshirdim, hamda hadlaridan oshishlariga yo’l quymadim"34.
Undan tashqari «Ulug’larni va sharaf - e’tiborli kishilarni hurmatlab, martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo’lini to’sdim»35 deb ta’kidlaydi A.Temur o’z tuzuklarida.
Shu davrning yirik klassik namoyondalardan biri Alisher Navoiydir. U nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta xissa qo’shadi ayniqsa, adolasizlik va zulm davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to’g’risidagi qarashlari o’z ifodasini topadi: "…davlat ishi bilan mashgul amaldorlik choglarimda kungil mulkini turli odatlarning xujumi bo’lgaladi. Goh amirlik urnida utirdim va hukumat maxkamasida xalqning arzdodini surdim va goh podshox yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko’rsatdim "36 deydi.
A.Navoiy adolat to’g’risidagi qarashlarida inson ruxiyati bilan boglik ijtimoiy illatlarning moxiyatini izlaydi. Jamiyatda yovuzlikning kelib chikish sababalarini taxlil etadi. Adolatli jamiyatga erishishda nafaqat podshoxning odilligi, balki, fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarning adolatli, ma’nan sog’lom bo’lishi lozimligiga e’tiborni qaratadi: "oilamda bo’lmish xar nav’ odam bilan ko’rishdim; katta-kichikning fe’li atvorini o’rgandim; yaxshilik va yomonlikning sharbatini ichib, zaxrini totib ko’rdim. Baxil va paskashlarning zaxmini, saxovatli kishilarning malxamini kunglim darxol sezadigan bo’lib qoldi"37 deydi. Ayni paytda, inson ruxiyati bilan boglik illatlar moxiyatiga shunday nisbat beradi: "Yaxshilikka mukofot-kupollik; odob bilan qilingan xushmuomila evaziga kekkayish, takaburlikdan o’zgacha munosabat kurmaymiz. Birovga bir xizmat qilsang, undan un zarb eyishga tayyor turmoq kerak; kimgaki bir tavoze’ kursatsang, ming qupollik va dilsiyoxlikka hozir bilib turmog'ing lozim"38. Shu tariqa, u "Maxbub ul qulub" asarida xar xil odamlarning fe’l-atvori va axvoli, yaxshi fe’l xosiyati va yomon xislat kasofati xaqidagi qarashlari asosida jamiyat ijtimoiy munosabatlarning yaxlit nazariy tizimi, fuqaro-jamiyat-davlat o’rtasidagi axloqiy majburiyatlarni umumlashtirishga erishadi.
Adolat g’oyasi Navoiyning juda ko’p asarlarida turli tarzda ifodalangan. "Xayrat ul-Abror", "Saddi Iskandariy", "Farxod va Shirin", "Sab’ai sayyora", dostonlarining, "Maxbub ul-qulib" asarlarining bosh goyasi adolatdir. Yana shuni aytish kerakki, Navoiyda insondagi juda kup ijobiy xislatlar, chunonchi sadokat, vafo, xayo, saxovat kabilar xam adolat bilan boglab tushuntiriladi. Zero, kishida adolat tuygusi bo’lmasa, unda boshqa sifatlar xam bo’lmaydi39 deb qaraydi.
Taniqli olim M. Qirg‘izboyev hozirgi zamon ilg‘or demokratik davlatlar hududida shakllangan fuqarolik jamiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslangan holda fuqarolik jamiyatini quyidagicha tavsiflaydi: birinchidan, jamiyat hayoti va ma’naviy sohalarida ixtiyoriy ravishda shakllangan, boshlang‘ich nodavlat tizimlarini qamrab olgan insoniy birlik; ikkinchidan, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy, milliy, ma’naviy, axloqiy, diniy, ishlab chiqarishga oid, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasi; uchin- chidan,erkin individlar, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqa- rolarning turli organlar tazyiqlari, aralashuvlari yoki bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida himoyalangan jamiyati bo‘lib, unda ular o‘zligini namoyon qila olishlari uchun doimiy imkoniyatlarga ega bo‘ladilar40.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyingi davrda respublikamizda yangi huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish borasida yuqorida sanab o‘tilgan umumiy g‘oya va prinsiplarning nazariy asoslarini yaratish hamda hayotga tatbiq etish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan tub iqtisodiy islohot- larda o‘z aksini topayotgan iqtisodiy siyosat pirovard natijada demokratik islohotlar qilish, kuchli suveren huquqiy davlat barpo etish uchun mus- tahkam moddiy negiz yaratishga yo‘naltirilgan. Maqsadimiz – demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish. Bu bizning ezgu orzuimiz, strategiyamizdir41.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining mohiyati, biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat bilan munosabati, biz orzu qilayotgan erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning asosiy omillari, o‘ziga xos jihatlari va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nazariy hamda amaliy masalalar bo‘yicha Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ilmiy asoslangan g‘oyalari, fikr-mulohazalari va ko‘rsatmalari ushbu mavzuni o‘rganayotgan falsafa, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslik, huquq va boshqa ijtimoiy fanlar uchun metodologik asos sifatida shakllandi, desak adashmaymiz. Biz buning tasdig‘ini Islom Karimovning fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq ayrim masalalar bo‘yicha aytgan quyidagi fikr-mulohazalarida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishdan iboratdir42. Fuqarolik jamiyatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari umummilliy manfaat- larga daxldor eng muhim vazifalarnigina amalga oshiradi. Mudofaa, davlat xavfsizligi, tashqi siyosat, pul-moliya va soliq tizimini shakllantirish, qonunchilikni rivojlantirish shular jumlasidandir43.


Download 69,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish