XAVFSIZLIK QOIDALARI VA MEHNAT MUHOFAZASI
Шахта аэрологиясининг аҳамияти, биринчи навбатда, одамларнинг
шахтада ишлаши учун соғлом атмосфера шароитини таминланганлиги
орқали ифодаланади.
Шахта ҳавоси- бу кон лаҳимлари буйлаб ҳаракатланувчи ва доимо
кўрсаткичларини ташкил қилади.
Шахтага ер юзидан кириб келадиган атмосфера ҳавоси қуйидаги
тартибда бўлади: Н2-78,08%, О2-20,95%, CО2-0,03%, А – 0,93% ва бошқа
газлар – гелий , неон, крйптон, сув буғлари унинг таркибидаги
компонентлари (О2, Н2, ва CО2) ҳамма вақт қуйидаги нисбатда бўлади 1:3,
37:0,001. Конларнинг газдорлиги, кон жинсларининг оксидланишида О2 ни
ютиши ва ишлаб чиқариш жараёнларини узоқ вақт давом этиши каби
омиллар шахта атмосферасининг ўзгаришига сабаб бўлади.
Шахта ҳавосида атмосферага нисбатан О2 камайиши билан бир қаторда
CО2 кўпайиб боради ва захарли газлар, шунингдек, чанг ва қумлар пайдо
бўлади. Шахта ҳавоси таркибидаги О2, Н2,ва CО2 газларининг юқорида
келтирилган ўзгариши бўйича уч кўринишга эга: атмосфера ҳавоси, фаол
газлар (ПМ газлари, захарли ва портловчан газлар) ҳамда ўлик ҳаво.
"Ўлик ҳаво" – бу таркибида Н2, CО газлари атмосферадаги ушбу газлар
миқдорига нисбатан ортиқча кўп бўлган ёки таркибида кислород бўлмаган
кон ҳавоси. “Ўлик ҳаво” даги CО2: Н2 нисбат муаян шароит учун доимий
бўлиб, шахтадаги газ алмашинивини кузатишга имкон беради.
|
атмосфера ҳавосига нисбатан таркибини ўзгартирувчи газ ва буғ
аралашмасидир. Намлик, ҳарорат, босим ва ҳавонинг ҳажмий массаси каби
кўрсаткичлар шахта атмосферасининг доимо ўзгариб турадиган
Yonbosh jinslar va shipni ko‘chirish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda:
a) agar shipning ko‘chishi ko‘chirish qadami pasportida belgilangan muddatdan ortiq muddatga kechiksa, sun’iy ko‘chirish usuli qo‘llanilishi lozim; bunday hollarda ship ko‘chgunga qadar tozalash ishlarini bajarish ta’qiqlanadi;
b) shipni sun’iy ko‘chirish ishlari qo‘shimcha ravishda ishlab chiqilgan va shaxtaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan tadbirlarga muvofiq bajarilishi kerak;
v) ko‘chirish ishlarini bajarish paytida yondosh zaxodkalarda, portlatish yordamida ko‘chirish paytida esa pastki qavatostida odamlar bo‘lmasligi kerak;
g) eruvgarchilik paytida ochiq konlarda vaqtinchalik saqlovchi tirgaklar o‘rnatmasdan mahkamlash inshootini qirqib olish ta’qiqlanadi; ship mustahkam bo‘lganda signal ustunchalari o‘rnatilishi shart.
Ko‘chiriladigan uchastkadan chiqish joylari ko‘chirish ishlari boshlangunga qadar yog‘ochlar, kon jinslari, vagonetkalardan tozalanishi, zarur hollarda esa qo‘shimcha mahkamlanishi kerak.
Qatlamida oquvchan loylar, qurimagan qum, suglinoklar va suv yoki gazlar bilan to‘lgan karstlar bo‘lgan suriluvchan jinslarni ko‘chirib qazib olish tizimini qo‘llash ta’qiqlanadi.
Shipni ko‘chirib tushirish ishlarida band bo‘lgan ishchilar mahkamlangan joylarda turishlari kerak. Himoya mahkamlash inshootida bir biridan ko‘pi bilan 5 m masofada joylashgan kamida 0,7 m kenglikdagi darchalar qoldirilishi kerak.
SHipni ko‘chirib tushirish ishlari texnik nazorat xodimi, lekin kamida uchastka boshlig‘i yordamchisining ish joyida bevosita rahbarligi ostida bajarilishi kerak.
SHipni ko‘chirib tushirish paytida tozalash zaboyida ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarni bajarish ta’qiqlanadi.
SHipni ko‘chirib tushirish paytida qatlam (plast) ning tushish burchagi 15o dan ortiq bo‘lganda shipni lavaga tushirishda mahkamlash inshooti faqat pastdan yuqoriga yo‘nalishi bo‘yicha chiqarib olinishi kerak.
Agar ship butun lava bo‘ylab bir vaqtda tushirilmasa, balki alohida qismlarga adratib tushirilsa, uchastkalardagi mahkamlash inshootini chiqarib olish va shipni tushirish bitta yo‘nalishda ketma-ket bajarilishi kerak.
Lavani tushirish paytida kon jinslari bo‘laklari tiralib turgan va atrofidagi jinslar maydalangan tirgaklarni chiqarib olish ruxsat etilmaydi. Bunday tirgaklardan tashqari ishchilarni kon jinslarining siljishi boshlanganligi to‘g‘risida ogohlantirish uchun mo‘ljallangan nazorat tirgaklari ham qoldirilishi kerak.
Shipni alohida uchastkalar bilan yoki butun lava bo‘ylab tushirish tartibi har qaysi alohida holat uchun shiplarni mahkamlash va boshqarish pasportida belgilanadi.
Qatlam bilan ko‘chirish tizimida ustma-ust joylashgan kon jinslarini va egiluvchan to‘shama (mat) ni tushirish paytida:
a) zaxodkalar va lavani bekitishda mahkamlash inshootini uzish ishlari elektr usuli yordamida yoki detonatsiya shnuri bilan amalga oshirilishi kerak;
b) qo‘zg‘atuvchilarning og‘izlari ishonchli bekitilgan bo‘lishi kerak;
v) egiluvchan to‘shama osilib qolganda u bartaraf etilgunga qadar, shuningdek qoplama jinslar harakatlanayotganda va ko‘chib tushayotganda qatlamni o‘yish bo‘yicha tozalash ishlarini bajarish ta’qiqlanadi;
g) ruda tanasini qazish bilan boshlangan birinchi qatlamni o‘yishda tuproq ustiga egiluvchan to‘shama (mat) hosil qilish uchun kuchaytirilgan to‘shama o‘rnatilishi va qoplama jinslarni sun’iy tarzda ko‘chirish, qazilma shipida burg‘ilangan quduqlardagi zaryadlarni portlatish yo‘li bilan olti metrli saqlovchi jins yostig‘ini hosil qilish choralari ko‘rilishi kerak;
d) ko‘chirilgan bo‘shliq yoki ishlab turgan zaxodka yoki lava o‘rtasida kamida bitta va ko‘pi bilan uchta qazilgan zaxodka yoki mintaqa qoldirilishi, ular mustahkam mahkamlangan bo‘lishi kerak;
e) zaboyni tutash zaxodkadan portlatilgandan keyin buzish ruxsat etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |