MA’LUMOTNOMA
Bugun 2021- yil 25- may kuni Paxtachi tumani 27- umumiy o’rta ta’lim maktabida 2020-2021 o‘quv yilini yakunlash hamda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirda 4-sinflardan 76 kishi, 9-sinflardan 51 kishi, va 11-sinflardan 47 nafar o’quvchi ishtirokida o‘tkazildi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri maktab hovlisida karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilib unda Paxtachi tuman XTB xodimi D.Xayriyev, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi boshlig’i Sh. Xalilov, tuman IIB xodimi X. Burxonov, tuman FVV xodimi X.Adburaxmonov, “Tadbirkor” MFY raisi U. Suvonovlar ishtirok etdi.
Tadbir 8-00 da boshlanib, 8-45 da yakunlandi.
Tadbir ko’tarinki ruhda va tartibli ravishda o’tkazildi.
27-umumiy o’rta ta’lim
maktabi direktori K.Sa’dinov
Do'stlaringiz bilan baham: |