ANDIJON VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
BOSHLIG’INING BUYRUG’I
Xalq ta'limi vazirining 2020-yilning 20-maydagi "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida 2019-2020-o‘quv yilini yakunlash
hamda o'quvchilarni attestat (shahodatnoma) bilan ta’minlash
to'g‘risida"gi 130-sonli buyrug'i haqida
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 14-maydagi yig‘ilish bayoniga muvofiq respublikamizda karantin davrining 1-iyunga qadar uzaytirilganligini, Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha berilgan vazifalarni amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota- onalarning murojaatlarini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2019-2020-o‘quv yilini o‘z vaqtida yakunlash, o‘quvchilar va pedagog xodimlarga yengillik yaratish, bitiruvchilarning o‘z vaqtida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishlari uchun imkoniyat yaratish hamda Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 20-may kungi 130-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 20-maydagi 130-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, o‘quvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida, istisno tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2019-2020-o‘quv yili bosqichli hamda yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilmasligi inobatga olinsin.
Barcha shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va umumta’lim maktablari direktorlariga:
2019-2020-o‘quv yilining IV choragida o‘tilishi rejalashtirilgan fanlarni joriy yilning 25-may kuniga qadar masofadan • (onlayn shaklda) yakunlash;
joriy o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida o‘quvchilarning yillik baholarini chiqarish;
kundalik.com elektron dasturi joriy etilgan hududlarda o‘quvchilarning “Onlayn-maktab” televizion darslarda masofaviy ta’lim asosida, karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizni rag‘batlantirish sifatida IV chorak
faqat ijobiy baholarini ham yillik natijalarini hisoblashda inobatga olish;
Karantin cheklovlari todiq olib tashlanganidan so‘ng, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etgan holda yillik baholarni hamda IV chorakda masofaviy shaklda odilgan mavzularni sinf jurnali hamda o‘quvchilarning baholar tabeliga qayd etish;
Joriy yilning 1-iyuniga qadar yillik baholariga muvofiq o‘quvchilarni sinfdan-sinfga ko‘chirish, 5-iyunga qadar bitiruvchilarga attestat (shahodatnoma va sertifikat) blankalariga qo‘yiladigan yakuniy baholarni attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritish hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish, 15-iyunga qadar chop etilgan attestat (shahodatnoma)larni elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkazish;
Oltin va kumush medallarni qabul qilib olish, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
Tayyorlangan attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallarni hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanib, o‘quvchilarga topshirilguniga qadar barcha xavfsizlik choralarini kodgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasasida saqlab turish;
Karantin cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng sanitariya talablariga rioya qilgan holda, o‘quv yilini yakunlash bilan bogdiq jarayonlarni maktab hujjatlarida (sinf jurnali, baholar tabeli, o‘quvchilar harakat daftari va boshqalar) qayd etish vazifalari yuklatilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, sinf jurnallari, o‘quvchilarning baholar tabeli, attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun shaxsan maktab direktorlari javobgardir.
Umumiy odta .ta’lim muassasalari faoliyatini
muvofiqlashtirish bodimi (D.Turdiyev), axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bodimi (SH.G‘ulomov)lar joriy yilning 15-iyuniga qadar attestat.uzedu.uz elektron tizimi orqali 11-sinf bitiruvchilari haqidagi madumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markaziga taqdim etsinlar.
Umumiy odta talim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bodimi (D.Turdiyev), ta’lim sifati monitoringi bodimi (E.Madaminov), metodik xizmat kodsatish bodimi (A.Tadjibayev), ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bodimi (U.Qobilov) umumiy odta ta’lim muassasalarida 2019-2020-o‘quv yilini masofadan ishlash orqali yakunlash, bitiruvchilarni attestat (shahodatnoma)larning elektron shakli (skaner) bilan o‘z vaqtida ta’minlashi ustidan nazorat odnatsinlar.
Mazkur buyruq qabul qilinishi munosabati bilan, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2020-yil 16-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida cdquvchilarni bosqichli hamda yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 35-sonli buyrug‘i bekor qilinsin.
Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish boshqarma boshligdning birinchi < o‘rinbosari I.Mirzayev zimmasiga yuklatilsin.
Boshqarma boshli
A.Mirkamilov
Andijon sh., 2020 yil may
S*> -son
Do'stlaringiz bilan baham: |