2.2. Korxona xarajatlarining buxgalteriya hisobi
Korxona faoliyatining sof moliyaviy natijasini aniqlash uchun hisobot davrida qilingan barcha sarf va xarajatlar toʻgʻri taqsimlanishi lozim. Barcha xarajatlar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga va tannarxga kiritilmaydigan, ammo davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlarga boʻlinishi zarur. Davr xarajatlari, soliq toʻlaguncha boʻlgan foydani hisoblashda inobatga olinadi. Bundan tashqari moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda moliyaviy faoliyat va favqulodda holat boʻyicha xarajatlar ham alohida koʻrsatiladi
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda daromadlar olish bilan bogʻliq xarajatlarni quyidagi guruhlar boʻyicha koʻrsatish mumkin:
10-rasm. Xarajat guruhlari
Molyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning mazmuni shundan iboratki, unda korxona xoʻjalik faoliyatining yakuniy va oraliq moliyaviy natijalarini ularning alohida daromad (foyda) xarajat (zarar) koʻrsatkichlarini taqqoslash va qoʻshish orqali aniqlanadi.
Davr xarajatlari deyilganda — bevosita ishlab chidarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi. Davr xarajatlari tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xujalik sarflari kiritiladi. Ularni yuzaga chitsish shakli va oʻrniga karab quyidagilarga ajratish mumkin:
- sotish xarajatlari
- maʼmuriy xarajatlar
-boshqa umumxujalik xarajatlari.
Sotish xarajatlari — mahsulot (ish bajarish, xizmat kursatish) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, mahsulot (bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi tugʻrisidagi Nizomga muvofiq yagona tartiblashni va toʻgʻridan-toʻgʻri korxona faoliyat natijaviyligi bogʻlanishi tartiblangan. Sotish xarajatlari mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga ortib joʻnatish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Sotish xarajatlarini ish haqi xarajatlari, ish haqidan ajratmalar, material xarajatlari, asosiy vositalar va nomaterial aktivlar amortizatsiyasi, reklama xarajatlari, ish va xizmatlar, boshqa xarajat moddalari bo’yicha tarkiblash va taxlil etish mumkin. Sotish xarajatlarining qoplanishi korxonaning dastlab hisob foydasidan amalga oshiriladi. Maʼmuriy xarajatlar qatoriga korxona boshqaruvi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar kiritiladi va ularning korxona sarflari tarkibidagi salmogʻi sezilarli ulushni tashkil etadi. Bu bevosita rahbarlar va boshqaruv apparatining xizmati xarajatlaridir. Boshqa umumxujalik xarajatlari qatoriga yuqoridagi tarkibga kiritilmagan xarajatlar ishlab chiqarishni takomillashtirish, uzaytirish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar kiritiladi.
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9100 “Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”
9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
9111 “Eksport uchun tayyor mahsulot tannarxi ”
9112 “Mahalliylashtirish yoʻli bilan tayyor mahsulotni tannarxi”
9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”
9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi”
9131 “bajarilgan ishlar va eksport xizmatlarining qiymati”
9132 “bajarilgan ishlar va mahalliylashtirish xizmatlari”
9134 “Qurilish ishlari va xizmatlarning qiymati”
9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish”
9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar”.
Tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlar sotilganda, sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning tannarxi 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”,
9110 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlarining debetida tayyor mahsulotlarni (2800), tovarlarni (2900) hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettriladi.
Hisobot davrining oxirida 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)dan amalda foydalanish korxonada qoʻllaniladigan tovar moddiy zaxiralarning hisob usuliga, yaʼni tovar moddiy zaxiralarning uzluksiz yoki davriy hisobiga bogʻliq.
Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish usuli qoʻllanilganda har bir mahsulot yoki tovarning tannarxi uning ishlab chiqarish jarayonidagi harakatiga qarab xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda toʻplanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish” schyotida yigʻiladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat
TMZ inventarizatsiya qilingandan soʻng aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar” schyoti - hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida TMZni mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik schyot.
Koʻrsatilgan schyotning debeti boʻyicha TMZning kamayishi, krediti boʻyicha TMZning oʻsishi TMZni hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900) bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
11-jadval
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi 9100 schyotning bogʻlanishi
Xoʻjalik muomalalarining mazmuni
|
Summa
|
Schyotlarning bogʻlanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1.Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar
|
354 192 777,06
|
9100
|
2100
|
2.Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar
|
1 661 434 705,55
|
9100
|
2300
|
3.Tayyor maxsulotlarni xisobga oluvchi schyotlar
|
132 728 679 354,68
|
9100
|
2800
|
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan sotish xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar, shuningdek kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9400 “Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”
9410 “Sotish xarajatlari”
9420 “Maʼmuriy xarajatlar”
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan xarajatlar ”
Davr xarajatlarining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y. 2-son, 9-modda) bilan tartibga solinadi.
9410 “Sotish xarajatlari” schyotida mahsulotni sotish boʻyicha xarajatlar, yaʼni, mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berish bilan bogʻliq, transport vositalariga ortish, marketing bilan shugʻullanuvchi xodimlar va boʻlimlarning xarajatlari va boshqalar aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9410 “Sotish xarajatlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyotida korxonani boshqarish boʻyicha xarajatlar, boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari, umumboshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari, umumxoʻjalik ahamiyatidagi binolarning ijara toʻlovlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi.
Hisobot davrining oxirida 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
12 -jadval
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda davr xarajatlarini hisobga oluvchi
9400 schyotning bogʻlanishi
Xoʻjalik muomalalarining mazmuni
|
Summa
|
Schyotlarning bogʻlanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1.Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar
|
250 529 617,50
|
9400
|
0200
|
2.Kapital qoʻyilmalarni xisobga oluvchi schyotlar
|
63 073 082,28
|
9400
|
0800
|
3.Materiallarni xisobga oluvchi schyotlar
|
420 704 468,69
|
9400
|
1000
|
4.Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar
|
1 543 872 394,07
|
9400
|
2300
|
5.Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar
|
1 666 305 627,45
|
9400
|
2700
|
6.Kelgusi davr xarajatlarini xisobga oluvchi schyotlar
|
6 463 488,00
|
9400
|
3100
|
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari, ish haqi hisoblashda hisobga olinmaydigan kompensatsiyalash va ragʻbatlantirish ahamiyatiga molik toʻlovlar.
Bank va depozitariy xizmatlarining toʻlovlari, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa opersion faoliyat jaryonida vujudga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat va favqulodda xarajatlar moddalarining belgilari boʻlmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9430 “Boshqa opersion xarajatlar” schyoti
9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʻlangan holda yopiladi.
13 -jadval
Davr xarajatlarini hisobga oluvchi 9400 schyotlarning olinadigan schyotlar bilan bogʻlanishi
Xoʻjalik muomalalarining mazmuni
|
Summa
|
Schyotlarning bogʻlanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1.Olinadigan schyotlar
|
17 915 657,20
|
9400
|
4000
|
2.Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar
|
14 992 960,00
|
9400
|
4010
|
3.Xaridorlar va eksport qiluvchilardan olinadigan schyotlar
|
2 922 960,00
|
9400
|
4011
|
4.Ajratilgan boʻlinmalar, shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyot
|
12 033 643,20
|
9400
|
4100
|
5.Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni xisobga oluvchi schyotlar
|
24 888 975,03
|
9400
|
4300
|
6.Byudjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar
|
174 762 427,31
|
9400
|
4400
|
14-jadval
Davr xarajatlarini hisobga oluvchi 9400 schyotlarning pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlanishi
Xoʻjalik muomalalarining mazmuni
|
Summa
|
Schyotlarning bogʻlanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1.Milliy valyutadagi pul mablagʻlari
|
21 897 200
|
9400
|
5010
|
2.Hisob-kitob schyoti
|
401 352 876,77
|
9400
|
5110
|
3.Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari
|
460 765,77
|
9400
|
5210
|
4.Naqd pul ekvivalenti - sayohat kartalari
|
5 817 600
|
9400
|
5613
|
15-jadval
Davr xarajatlarini hisobga oluvchi 9400 schyotlarning joriy majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlanishi
Xoʻjalik muomalalarining mazmuni
|
Summa
|
Schyotlarning bogʻlanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1.Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar
|
316 136 161,43
|
9400
|
6000
|
2.Ajratilgan boʻlinmalar, shoʻba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan toʻlanadigan schyotlar
|
129 070 002,65
|
9400
|
6100
|
3.Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzni xisobga oluvchi schyotlar
|
3 249 943 067,64
|
9400
|
6400
|
4.Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar
|
6 376 546 493
|
9400
|
6500
|
5.Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni xisobga oluvchi schyotlar
|
4 964 770 954,87
|
9400
|
6700
|
6.Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar
|
765 161 457,77
|
9400
|
6900
|
Xarajat schyotlarini yopish uchun 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti debetlanadi va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar kreditlanadi
“Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” UKda moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi axbrotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9600 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar”
9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar”
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”
9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar”
9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar”.
Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, moliyaviy ijara boʻyicha foizlar va boshqa foiz toʻlovi xarajatlari 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyotining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari boʻyicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan, buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar
9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar” schyotining debetida majburiyatlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotida moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
Korxonalar faoliyatida sarflanadigan xarajatlarni moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga kiritish uchun ularni hisobga oluvchi schyotlarni yopish bilan bogʻliq boʻlgan hisob ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagi schyotlarni yopish talab qilinadi:
9100 “Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”
9400 “Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”
9600 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”
9720 “Favqulodda zararlar” schyoti
9800 “Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar”
9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti hisobot yilida korxona faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda daromadlardan ushbu faoliyat turlari boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi.
9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debetida korxonaning xarajat (zarar)lar, kreditida esa foydalar aks ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof foydasi (zarari)ni koʻrsatadi.
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishdan oldin yana bir bor daromad va xarajat schyotlaridagi summalar tekshirib chiqiladi va shundan soʻng hisobotni tuzishga kirishiladi.
Har bir hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debeti va krediti boʻyicha aylanmalar yigʻiladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasini ifodalovchi ushbu schyot boʻyicha umumiy qoldiq hisoblab chiqariladi.
Yakuniy moliyaviy natijani shakllantirishda quyidagi buxgalteriya provodkalari orqali amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |