Bekitish ishlari Qazib olingan kameralarni loyihada ko‘rsatilganidan ortiq muddatga bekitmasdan, chala bekitilgan yoki o‘pirilgan kon jinslari bilan to‘ldirilmagan holda qoldirish ta’qiqlanadi.
Qazib olingan bo‘shliqda osma va bekitilmagan joylarni qoldirmasdan to‘ldirilishi kerak.
Tozalash kameralarini qazib olingandan keyin buzish va bekitish tartibi va muddatlari loyihada belgilanadi.
Istisno hollarda bo‘shliqlarni «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasi organlari bilan kelishilgan maxsus loyiha bo‘yicha boshqa usullar yordamida lokallashtirish ruxsat etiladi.
Qazib olingan tozalash bo‘shlig‘ini to‘ldirishda:
1. Pastdan yuqoriga to‘ldirgan holda gorizontal qatlamlar bilan qazib olish tizimida:
a) ko‘pi bilan ikkita qatlam (shu jumladan ruda otboyka qilinadigan qatlam) ni to‘ldirmasdan qoldirish ruxsat etiladi;
qatlamning qalinligi ko‘pi bilan 2,5 m bo‘lishi kerak. Istisno hollarda, ship va bortlarning holatini nazorat qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganda qatlam qalinligining 3 m bo‘lishiga ruxsat etiladi;
v) otboyka qilish jarayonida mahalliy o‘pirilish hamda ruda va yon jins o‘pirilishlari qatlami yuzaga kelganda qatlamga mahkamlash inshootlari va bekitish yordamida qo‘shimcha ishlanishi kerak.
2. Stanokli mahkamlash inshooti yordamida qazib olish tizimida bekitilmagan bo‘shliq ko‘pi bilan ikkita mahkamlash inshooti stanogi balandligida bo‘lishi kerak.
3. Vertikal qirqimlar yoki qisqa bloklar bilan qazib olish tizimida yangi seksiyani o‘yishni qo‘shni seksiya to‘liq ko‘chirilib va bekitilgandan keyin boshlash ruxsat etiladi.
Qazish va qazib olingan bo‘shliqni qotadigan materiallar bilan bekitishning kamerali tizimlarida:
a) ishlangan kameralar qotadigan materiallar bilan bekitilgunga qadar barcha chiqarish yoychalari yoki etkazib berish qazilmalarida ishonchli kashaklar o‘rnatilishi kerak;
b) bekitish materiallari to‘liq qotmaguncha bekitilgan kameralarga tutash kameralarda tozalash ishlarini bajarish ta’qiqlanadi. Bekitish ishlari tugagan paytdan boshlab tutash kameralarda tozalash ishlarini boshlashgacha minimal muddat loyihada ko‘rsatiladi;
v) qotadigan materiallar bilan bekitilgan joylardan qazilmalarni kovlash uchun shaxta bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadigan maxsus ishlarni tashkil etish loyihasi ishlab chiqilishi kerak.
Qazib olingan bo‘shliq osilgan va ochiq bo‘shliqlarsiz bekitilishi kerak. Bekitish ishlari tugagandan so‘ng har qaysi blok bo‘yicha dalolatnoma tuzilishi va shaxta bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.