Боб. “Қайрағоч” конини кон-геологик ва кон-техник тавсифи



Download 0,71 Mb.
bet31/33
Sana21.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#28107
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Najmiddin diplom

MEHNAT MUHOFAZASI
Sanoat korxonalarida shu jumladan yer osti ishlarida ishlovchi har bir hodim korxona tomonidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi shart. Yer osti konchilik ishi ishchi hodimining shaxsiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi: Kaska, rezina etik, maxsus kiyim-bosh, qo’lqop, shaxsiy yoritkich, самоспасатель, respirator va boshqalar.
Zararli moddalar ajralish xavfi bo‘lgan sexlarda ishlovchilar kuniga yarim litr miqdorda sut yoki shunga yarasha boshqa eqtiyot chora sifatida ayrim mahsulotlarni oladilar. Sut olishi zarur bo‘lgan kasblarni FZKU bi­lan kelishilgan holda korxonaning rahbar xodimlari belgilaydi. Bunga O‘zbekistan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan ilmiy xulosalar asos qilib olinishi kYerak.
Tananing ba’zi bir qismlari yoki hammasi ifloslanishi mumkin bo‘lgan ishlarda mehnat qiluvchi ishchilar bepul sovun bilan ta’minlanadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ishlab chiqarish korxonalari ma’muriyati mehnatkashlarga ish­lab chiqarish bilan bog‘liq har qanday shikastlanish yoki zararlanishni, shuningdek moddiy yuqotishni qoplash majburiyatini olishi alohida ko‘rsatilgan.
Xavfsiz ish sharoitini yaratish borasida yo‘l qo‘yilgan har qanday kamchilik yoki xavfsiz ishlash sharoitini tashkil qilmaslik natijasida ishchining baxtsiz hodisaga uchrashi — sanoat korxonasining yoki rahbar xodimlarning aybi hisoblanadi. Moddiy yo‘qotishni qoplash miqdori va tartibi maxsus qoidalar asosida belgilanadi.
Mehnat Kodeksining 137 - bandiga binoan zararli mehnat sharoitlarida mehnat qilayotgan ishlovchilar uchun jamoa shartnomasida har yillik mehnat tatillariga qo‘shimcha tatil kunlari belgilanadi. Qo‘shimcha mehnat ta’tili minimal miqdori, og‘ir mehnat sharoitlarida ishlayotganlar uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-Qarori bilan 12 kun qilib belgilab qo‘yilgan. Bunday sharoitdagi haftalik ish davomiyligi 36 soatdan oshmasligi kerak.
Shaxtaga ishga kirayotgan barcha ishchi va xizmatchilar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak. Yer osti ishlarida ishlovchi ishchi va xizmatchilar kamida bir yilda bir marta, ko‘krak qafasini rentgenografiya qildirgan holda, davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak.
Yer osti ishlariga ishga kirayotgan va avval Shaxtada vibrokasallikka chalinish xavfi bo‘lgan uskuna va mexanizmlar, shuningdek muntazam sovib ketish bilan bog‘liq lavozimlarda ishlagan shaxslar uchun, majburiy ko‘krak qafasi rentgenografiyasidan tashqari, dastlabki tibbiy ko‘rikda oyoq va qo‘l barmoq bo‘g‘imlarining holati tekshirilishi shart.
Shaxtaga ishga kirayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ularning sog‘lig‘i to‘g‘risida xulosa berish O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chiqariladigan yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Yer osti ishlarida ishlovchi barcha ishchilar va texnik nazorat xodimlari ularning kasblari va o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilangan namunadagi yakka tartibda himoyalanish vositalari (kaskalar, maxsus kiyim, poyabzal, qo‘lqoplar, saqlovchi belbog‘lar va boshqa vositalar) bilan ta’minlanishlari, va foydalanishlari shart.
Shaxtalarda Shaxtaga tushgan va undan chiqqan barcha ishlovchilarning aniq hisobi yuritilishi kerak. Har bir ishlovchi Shaxtadan chiqqandan so‘ng yoritkich yoki lampani lampaxonaga topshirishi, lampaxonalarda o‘zi akkumulyatorli yoritkichni zaryadlash qurilmasiga qo‘yishi kerak.
Shaxtaga ishga kirayotgan, shuningdek bir kasbdan boshqa kasb bo‘yicha ishga o‘tkazilayotgan barcha ishchilar xavfsizlik texnikasi bo‘yicha dastlabki o‘quvdan o‘tishlari, Yer osti ishlariga jo‘natilayotgan ishchilar esa, bundan tashqari, o‘z-o‘zini qutqarish va birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishlari kerak.
Shaxtaga ishga kirayotgan, shuningdek bir kasbdan boshqa kasb bo‘yicha ishga o‘tkazilayotgan ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha dastlabki o‘quvlar ishlab chiqarishdan ajratilgan holda Shaxtalarning o‘quv punktlarida amalga oshiriladi va Shaxta bosh muhandisi yoki uning o‘rinbosari (yordamchisi) rahbarligidagi komissiyaga imtihon topshiriladi.
Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha dastlabki o‘quv davomiyligi quyidagicha belgilanadi:
Yer ostida ishlash uchun ishga kirayotgan va avval Shaxtada ishlamagan ishchilar uchun - 10 kun, avval Shaxta ishlagan ishchilar uchun - 5 kun; bir kasbdan boshqa kasb bo‘yicha ishga o‘tkazilayotgan ishchilar uchun - 2 kun; vaqtincha Yer osti ishlariga o‘tkazilayotgan ishchilar uchun - 2 kun;
Yer yuzasida ishlaydigan ishchilar uchun, agar avval Shaxtada ishlamagan bo‘lsa - 3 kun va avval Shaxtada ishlagan bo‘lsa - 2 kun;
Avval Shaxtada boshqa kasb bo‘yicha ishlamagan yoki boshqa kasb bo‘yicha ishlagan, shuningdek kasblari bo‘yicha dastlabki o‘quvdan o‘tgandan keyin bir kasbdan boshqa kasb bo‘yicha ishga o‘tkazilayotgan ishchilar tegishli o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan muddatlarda va hajmda.
Ish joyiga kelgan ishchi ishni boshlashdan oldin zaboy, yer osti kon yo‘llarining yon shiplari, mustahkamlash inshootlarining holati, saqlovchi qurilmalarning sozligi, ventilyatorning ishlayotganligiga ishonch hosil qilishi, shuningdek ishda talab etiladigan asbob, mexanizm va moslamalarning sozligini tekshirishi kerak. Agar ishchi o‘zi bartaraf eta olmaydigan kamchiliklarni aniqlasa, ishga tushmasdan oldin ular to‘g‘risida texnik nazorat xodimlariga xabar berishi kerak.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish