Туркистонда совет ҳокимиятининг ўрнатилиши. Туркистон мухториятининг ташкил топиши.
1917 yil fevral inqilobining Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta‘siri.
«Sho‘roi Islomiya», «Sho‘roi Ulamo»
1917 yilgi fevral inqilobi va Turkiston Rossiyada 1917 yil fevralida burjua -
demokratik inqilobi sodir bo’ldi, ko’p asrlik Romanovlar sulolasi hukmronligi ag’darildi.
Chorizm siyosiy tuzumining barham topishi Rossiya imperiyasi va uning turli
hududlarida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskin o’zgarishiga olib keldi. Buning
natijasida Rossiyada tarixda kamdan-kam uchraydigan hodisa - ikki hokimiyatchilik
vujudga keldi.
> burjuaziya vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat
> Ishchi, askar, dehqon deputlari sovetlari
Agar burjuaziya Muvaqqat hukumati mamlakatni yuqoridan turib
boshqaradigan organ sifatida faoliyat yuritib, asta - sekinlik bilan hokimiyat
muruvvatlarini o’z qo’liga olib borgan bo’lsa, ishchi, askar, dehqon deputatlari sovetlari
esa hokimiyatni quyidan boshqarishda qatnashib bordilar. Ularning hokimiyat organi -
Petrograd Soveti huddi shu yo’nalishda faoliyat yuritdi.
Chor Rossiyasining mustamlakachilik asorati ta’sirida bo’lib kelgan Turkiston
o’lkasi hayotida ham bu davrga kelib sezilarli tarixiy voqealar sodir bo’ldi. Chor
mustamlakachilik boshqaruv organi - Turkiston General-gubernatorligi tugatildi. Uning
o’rniga Muvaqqat hukumatning 1917 yil 7 apreldagi qaroriga binoan kadet
N.N.Shchepkin raisligida 9 kishidan 4 nafari tub erli aholi iborat Rossiya Muvaqqat
hukumatining Turkiston Qo‘mitasi tashkil etildi. Viloyatlarda harbiy gubernatorlik tizimi
barham toptirilib, viloyat komissarlari instituti vujudga keltirildi. Shuningdek, Rossiyada
faoliyat yuritayotgan bolsheviklar, mensheviklar va eserlar partiyalarining Turkistondagi
mahalliy tashkilotlari etakchiligida o’lkaning bir qator yirik shaharlarida ishchi, askar
deputlari sovetlari tashkil topdi. Tez orada mahalliy aholi vakillaridan iborat
musulmon ishchi va askar deputlari sovetlari ham tuzila boshlandi. Muvaqqat
hukumatning 1917 yil may oyi boshlarida chiqargan farmoniga binoan Turkistondan jalb
qilingan mardikorlar o’z ona yurtlariga qaytib kela boshladi.
Yurt istiqboli va istiqloli uchun qayg’uruvchi vatanparvar, hurriyatparvar kuchlar
harakat qila boshladi va tashkiliy jihatdan uyusha bordi. Bu jarayonda ozod va mustaqil Turkiston uchun ko’p yillar fidoyilik bilan kurashib kelgan jadidlar harakatining
rahnamolari alohida o’rin tutdi. Ular mahalliy aholining siyosiy ongini o’stirish, hal
qiluvchi kurashlarga etaklab borish maqsadida o’lkaning ko’plab shaharlarida vaqtli
matbuot nashrlari - gazeta va jurnallar chiqara boshladilar. Masalan, Toshkentda
“Xurshid”, “Sadoi Turkiston”, “Turk eli”, “Najot”, “Kengash”, “Sho’roi islom”,
Samarqandda “Oyna”, “Hurriyat”, Buxoroda “Turon”, “Buxoroi sharif”, Qo’qonda
“Sadoi Farg’ona”, “Tirik so’z” nomli matbuot nashrlari o’z sahifalarida markazdagi
siyosiy vaziyatni, joylardagi ahvolni, o’tkir ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishda,
mahalliy aholi ommasini siyosiy - g’oyaviy jihatdan tayyorlab borishda muhim rol
o’ynadi.
Abdulla Avloniy tomonidan Toshkentda 1917 yil aprelidan chiqarila boshlagan
“Turon” gazetasining ilk sonida “Yashasin xalq jumhuriyati” shiori birinchi bor
yangragan edi. Unda aniq maqsad -maslak: “Musulmonlar orasida ko’p yillardan buyon
davom etgan umumga zo’rlik, bid’at odatlarni bitirmak, kelajakda bo’ladigan jumhuriy
idoraga xalqni tayyorlamoq” g’oyasi ilgari surilgan edi.
Xuddi shuningdek, Munavvar Qorining o’sha yili “Najot” g a z e t as i n i n g 2 6 ma r t
sonida bosilgan «Xurriyat berilmas, olinur”, degan xitob ham jadidlarning xalq ozodligi
va istiqloli yo’lida jiddiy kurashga bel bog’laganliklaridan dalolat berardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |