* Dasturxonni bejatishda isrofgarchilikka yo`l qo`ymang.
Darslikdan hikoyatni o'qib, unga ilova qilib berilgan rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi.
V. Dam olish daqiqasi.
VI. Yangi so'zlar ma'nosi izohlanadi.
VII. Didaktik o'yin: o'quvchilarni guruhlarga bo'lib, dasturxonga
keltiriladigan noz-ne'matlar ketma-ketligini to'g'ri aytish topshiriiadi
VIII. O'qituvchi darsni xulosalab, faol ishtirok etgan o'quvchilarni
rag'batlantiradi.
IX. Uyga vazifa: mehmondo'stlik haqida maqol topib kelish.
MRO`TIBO`_____________
Sana: Mavzu: Mehmondo'stlik — yaxshi odat.Odobli bo`l ,bolam. Maqsad:
ta'limiy: o'quvchilarga dasturxon atrofida o'zini tutish haqida tushuncha berish;
tarbiyaviy: o'quvchilarda dasturxon atrofida o'zini to'g'ri tutish, qoshiq, pichoq, sanchqi va sochiqdan to'g'ri foydalanishni o'rgatish;
rivojlantiruvchi: o'quvchilarda mustaqil fikrlash, hozirjavoblik va ravon nutq ko'nikmalarini rivojlantirish.
Darsning uslubi: an'anaviy dars (mustaqil ishlashga yo'naltirgan holda).
Darsning jihozi: darslik, qo'shimcha adabiyotlar, mavzuga oid rasmlar.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
Davomiyligi
|
1
|
4
|
5
|
10
|
5
|
7
|
4
|
5
|
2
|
2
|
Darsning borishi:
I. Darsning tashkiliy qismi amalga oshiriladi.
II. O'qituvchi yangi mavzuni e'lon qiladi: "Aziz o'quvchilar, bugun biz
Siz bilan birgalikda o'rganadigan dars mavzuyimiz: "Dasturxon atrofida
o'zini tutish qoidalari (qoshiq, pichoq, sanchqi va sochiqdan foydalanish)"
deb ataladi. Har biringiz dasturxon atrofida o'zini to'g'ri tutishning
muhimligini bilasizlar. Bunda dasturxon atrofida yoningizda o'tirganlarga
e'tiborli bo'lishingiz, tirsagingizni dasturxon chetiga tirab olmasligingiz,
ixchamgina o'tirishingiz, yoningizda o'tirgan kishiga, ota-onangizga
mulozamat ko'rsatishni unutmasligingiz, mulozamat qilib, ularga mazali
narsalardan uzatib, "oling" deb taomga undash muhim ahamiyatga ega.
"Buni bilib oling" shartli belgisi bilan berilgan matn o'qiladi.
Taom vaqtida sanchqi,pichoq,sochiq va qoshiqlarni to`g`ri ishlating:
*Pichoqdan o`ng qo`lingizda,sanchqidan chap qo`lingizda foydalaninh.Pichoq va sanchqini idishga sharaqlatib qo`ymang.
*Lagandagi taomni qoshiq bilan kovlamang.
*Ishlatilgan qoshiq,sanchqi va pichoqni taqsimchaga qo`ying.
*Taom yegandan so`ng qo`lingizni yuvib,so`ng sochiqqa arting.
Darslikdan "Hikoya" o'qiladi.
Hikoyaga ilova qilib berilgan savollar asosida suhbat o'tkaziladi.
1.Nima uchun qoshiq,sanchqi va pichoq va sochiqdan to`g`ri foydalanishni bilish zarur?
VI. Yangi so'zlar ma'nosi izohlanadi.
VII. Dam olish daqiqasi.
VIII. Darslikdan mavzuga oid rebus-jumboq yechiladi: Unda tushirib
qoldirilgan "anor, somsa, tort, uzum, olma, non va dasturxon"
so'zlarini o'quvchilar mustaqil ravishda topadilar.
IX. Dars yakunlanib, o'quvchilar bilimi baholanadi.
X. Uyga vazifa: "Buni bilib oling" belgisi bilan berilgan matnni yod olish.
MRO`TIBO`_____________
Sana:
Mavzu: "Mehmon-mehmon" o'yini. Amaliy mashg'ulot
Maqsad:
ta'Iimiy: o'quvchilarga "Mehmon-mehmon" o'yinida ishlatiladigan so'zlarning ma'nosi haqida tushuncha berish;
tarbiyaviy: o'quvchilarda mehmonni chiroyli kutib olishga rag'bat uyg'otish;
rivojlantiruvchi: o'quvchilarda mehmondo'stlik fazilatlarini amaliy jihatdan rivojlantirish.
Dars uslubi: an'anaviy (mustaqil ishlashga yo'naltirilgan holda).
Dars jihozi: darslik, qo'shimcha adabiyotlar, mavzuga oid rasmlar, sahna ko'rinishi uchun jihozlar va liboslar.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
Davomiyligi
|
1
|
4
|
5
|
7
|
6
|
7
|
6
|
5
|
3
|
1
|
Do'stlaringiz bilan baham: |