Sana:
Mavzu: O'zbekiston-buyuk allomalar yurti. Maqsad:ta'limiy: o'quvchilarga bizning Vatanimiz O'zbekiston, uning poytaxti Toshkent ekanligi; Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz ekanligi haqida bilim va ko'nikmalar berish;allomalar bilan tanishtirish.
tarbiyaviy: o'quvchilarda Vatanga muhabbat, uni qadrlash va g'urur, iftihor tuyg'ularini tarbiyalash.
rivojlantiruvchi: o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish.
Dars uslubi: bayon etish, suhbat.
Dars jihozi: darslik, rasmli plakatlar.
Dars delementlarielementlari
|
I
|
II
|
III-l
|
III-2
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
1
|
10
|
20
|
10
|
2
|
1
|
1
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
II. Kirish suhbati.
O'qituvchi: Qadrli bolajonlarim, biz siz bilan bugundan boshlab ikkinchi yil odob saboqlarini o'rganishni davom ettiramiz. Qani kim eslaydi, o'tgan o'quv yilida nimalar haqida bilim olgan edik? (O'quvchilar birma-bir o'tgan yil saboqlarini eslay boshlaydilar):
1- sentabr - Mustaqillik bayrami saboqlarini bildik.
Davlatimiz ramzlarini o'rgandik.
Oila, oila a'zolariga mehr-muhabbat tuyg'ulari haqida bildik.
Salomlashish odobini bildik.
Maktab qoidalari, kiyinish odobini o'rgandik.
Kattalarni hurmat qilishni, kichiklarga izzat ko'rsatishni bildik.
Yigit, qizlar odobini o'rgandik.
Ilm-hunar haqida saboq oldik.
O'z salomatligimizni saqlashni o'rgandik.
Milliy o'yinlarimiz haqida saboq oldik, o'yin odobini o'rgandik.
Ona tabiatga muhabbat, uni asrashni o'rgandik.
9- may — Xotira va qadrlash kuni ekanligi, ziyorat odobini o'rgandik va h.k.
O'qituvchi: Bu yil 2- sinfda odob saboqlarini mana shu darsligimiz o'rgatadi (darslik ko'rsatilib, uning mualliflari haqida ma'lumot beriladi).
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. Darslik bilan ishlash.
Darslikning 3-, 4- sahifasida berilgan rasmlar asosida suhbat uyushtiriladi. O'quvchilar 1- topshiriqni shartiga binoan bajaradilar.
Shu sahifadagi 2- topshiriq sharti bajariladi: Tursunboy Adashboyevning «Vatan - Ona» she'ri o'qilib, she'r mazmuni rasmlar bilan bog'lanadi.
Tushuntirish matni o'qilib, uning mohiyati o'qituvchi tomonidan ochib beriladi.
Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asaridan olingan sitata mazmuni ustida ishlanib, ushbu asar ko'rsatiladi.
6- sahifadagi topshiriq o'quvchilar tomonidan bajariladi.
«Jumboqni yeching» belgisi ostida berilgan boshqotirma yechiladi. Javob: Vatani borning davlati bor. 2. Muammoli savol bilan ishlash.
- Vatandan uzoqqa ketdingiz, deylik. O'zingizni qanday xis qilasiz?
(Tez kunda Vatanimni sog'inib qolaman, degan javobga kela bilish lozim).
Xulosa: Vatanning har bir qarich yeri inson uchun aziz!
IV. Umumlashtirish va xulosalash. V. Baholash.
VI . Uyga vazifa:Darslikning 3-6- sahifalaridagi saboqlarni o'rganish; "Ozod va obod Vatan" mavzusida ijodiy hikoya tuzish.
MRO`TIBO`_____________
Sana: Mavzu: Ajdodlar merosi - faxr va iftixorimiz. Bobomning hikoyalari. Maqsad:
ta'limiy: o'quvchilarga mavzu yuzasidan bilim berish;
tarbiyaviy: o'quvchilarda ajdodlar merosiga muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: o'quvchilarni ijodiy fikrlashga, o'rganganlaridan xulosa chiqara olishga o'rgatish.
Dars uslubi: muloqot, innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Dars jihozi: testli kartochkalar, tarqatma materiallar.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
II-2
|
II-3
|
III-l
|
III-2
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
1
|
3
|
5
|
5
|
18
|
10
|
1
|
1
|
1
|
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish.
II. O'tgan darsm takrorlash.
Testli kartochkalar tarqatib, javob olish.
Tarqatma materiallar bilan isMash.
"Ozod va obod Vatan" mavzusida tuzib kelingan hikoyalar eshitiladi, o'quvchilar bilan birgalikda muhokama qilinadi (daftarlar yig'ib olinadi).
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
1. Darslik bilan isMash.
Darslikning 7- sahifasida berilgan rasmlar asosida suhbatlashlib, ularga berilgan tushuntirish matni o'qiladi. Uning mazmuni ustida ishlanadi.
8- sahifada berilgan rasmlar va tushuntirish matni yuzasidan ham shunday ish bajariladi. «Alloma» so'zining lug'aviy ma'nosi beriladi.
Alloma - arabcha so'z bo'lib, eng bilimdon, zo'r olim ma'nosini anglatadi. Ilm-fanning bir yoki bir necha sohasini mukammal egallagan shaxs; qomusiy olim.
— "Mirzo Ulug'bekning sovg'asi" matm va unga berilgan rasm ustida islanadi.
2. Yulduzlar olamiga "sayohat" (shu asnoda dam olish lahzasi ham o'tadi).
- Hozirgi o'rganganlarimizdan foydalamb yulduzlar olamiga "sayohat" qilamiz. Ko'zlaringizni yumgan holda "sayohaf'ga otlanasiz. Qani, bolajonlar, bir yulduzlar bilan "suhbatlashib" ko'ring-chi, siz ularga, ular sizga nimalar deyishar ekan? Men sizga 2-3 daqiqa vaqt beraman (past ovozda biror yoqimli kuy qo'yib qo'yiladi).
Topshiriq bajariladi. O'quvchilar javoblari eshitiladi. Namunali javoblar rag'batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |