Бизнеснинг молиявий фаолияти ва кредит билан таъминлаш шакллари



Download 77 Kb.
bet1/6
Sana25.06.2022
Hajmi77 Kb.
#701628
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Biznesning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta’minlash shakllari


Biznesning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta’minlash shakllari
Reja:

  1. Biznes faoliyatida moliyaning mohiyati va ahamiyati.

  2. Kredit turlari va kredit operatsiyalarini sug’urta qilish.

  3. Qimmatli qog’ozlar, ularni tushunchasi va ahamiyati.

  4. Biznesda moliyaviy holatini tahlil qilish va moliyaviy qaror qabul qilish asoslari.


1. Biznes faoliyatida moliyaning mohiyati va ahamiyati.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlari-amal qilishi moliyaviy zaruriyatni ifodalaydi. Muomala doirasida tovar xarid qilinadi, sotiladi va bu jaraen yana takrorlanadi.
Savdo va Biznes faoliyatilarning xo’jalik faoliyati tovar etkazib beruvchilar, bank, byudjet, xaridorlar, savdo xodimlari va boshqalar bilan bo’ladigan turli-tuman pul munosabatlaridan tarkib topadi.
Pul mablag’larining rejali ravishda vujudga keltirilishi, tuplanishi va sarflanishini ifodalovchi iqtisodiy munosabatlar moliyani anglatadi.
Moliya markazlashgan va markazlashtirilmagan fondlarni tashkil etish va foydalanish bilan bog’liqpul munosabatlarini uz ichiga oladi. Markazlashtirilgan fondlarga davlat byudjeti, banklari, omonat kassalari, sug’urta organlari resurslari kiradi. Markazlashtirilmagan fondlarga davlat mulkidan boshqa mulk shaklidagi banklar, omonat kassalari, sug’urta firmalari, Biznes faoliyatilarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish fondlari, mexnatga haq to’lash fondlari, amortizatsiya, sug’urta, tavakkalchilik fondlari kiradi.
Odatda moliya ikki vazifani: taqsimot va nazorat vazifalarini bajaradi.
Biznes faoliyatilar o’z mablag’lari etishmagan xolda zarur mablag’ni bankdan qarz olishi mumkin.
Moliya bozori - bu pul bozoridir. Bu bozorni hamma agentlari- pul agentlaridir. Moliya bozorlarida boshqa bozorlardagidek sotuvchi va xaridorlar mavjud. Moliya bozorida ayirboshlanadigan tovarlar moliyaviy talablar bo’yicha ifodalangan.
Moliyaviy majburiyat-bu kelgusida pulni to’lashni bo’yniga olish, bugungi moliyaviy bozorda olinayotgan pulni kelgusida to’lash. Moliyaviy vositachi rolini bank o’ynaydi.
Moliyaviy bozor ishtirokchilari ikki guruhga bo’linadi:

  1. Xarakatdagi sektor.

  2. Moliyaviy vositachilar.

Biznes faoliyati doimo o’z foydasidan:

  1. davlatga soliq;

  2. bank krediti foizini;

  3. aktsionerlarga dividend to’lashi zarur.

Moliyaviy sohada yutuq keltiruvchi omillarga:

  • vaqt omili;

  • tavakkalchilik omili;

  • inflyatsiya omillari kiradi.

Vaqt omili muvaffaqiyat imkoniyatlarini oshiradi va yomon natijalar extimolining pasaytiradi.
Narx (kelgusidagi qiymat) quyidagi formula oraqli ifodalanadi.
Kelgusidagi bugungi pul X (1Qi) qiymatQmablag’lari soni.
Moliyaviy muxitni katta noaniqligi tovarlar va xizmatlarga bo’lgan narx darajasini doimiy o’sishiga-inflyatsiyaga olib keladi. Inflyatsiya foiz stavkasiga, moliviy bozorlarga, investorlar daromadlariga. Korporatsiyalari loyixalariga, firmani kapital kuyilmalariga, ya’ni barcha molyaviy muxitga ta’sir ko’rsatadi.
Tavakkalchilik omili inflyatsiya omili. Vaqt omili bilan birgalikda olib boriladi. Tavakkalchiliksiz tadbirkorlik faoliyati bo’lishi mumkin emas. Tavakkalchilikni bir necha guruhlarga bo’lish mumkin:

  • birinchidan, pulni xarid koboliyati tushib ketishi bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik, boshqacha aytganda bu inflyatsiyali tavakkalchilikdir;

  • ikkinchidan, moliyaviy tavakkalchilik, firmani moliyaviy holati va xulk- atvoriga bog’liq bo’ladi;

  • uchinchidan, operatsion tavakkalchilik, sizni tovarlar va xizmatlar bozoridagi nostadilligini aniqlaydigan mavqedir.

Bu urinda uchta turdagi investorlarni ajratish mumkin:

  • tavakkalchilikni yoktirmaydigan;

  • unga neytral karaydigan;

  • tavakkalchilikni yaxshi deb hisoblaydigan.

Tavakkalchilik omili quyidagicha hisoblanadi:
K Q Ic Q Ib, bu erda
K -investorlar talab qiladigan daromad normasi;
Ic -tavakkalchilikdan ozod bo’lgan daromad normasi;
Ib -tavakkalchilikga mukofot.

Bozor munosabatlari rivojlanib, uning elementlari tobora ko’proq tadbik etilayotgan, iqtisodiyot islox etilib, aktsiyadorlik jamiyatlarining soni usib borayotgan, bank ishi xar tomonlama rivojlanib, takomillashib kelayotgan, xalqaro aloqalar kengayib, mamlakat jaxon iqtisodiyot tizimiga kirib borayotgan sharoitlarda moliyaviy aktivlar tobora ko’proq rusum bo’lib boradi.


Moliyaviy bozorning eng muxim tomonlaridan biri shuki, bu bozor yuqori samara beradigan iqtisodiyotni faollik bilan shakllantirib boradi. Moliyaviy bozor sarmoyalarning safarbar etilishini ragbatlantirib, bush turgan pul mablag’larini iqtisodiyotdagi turli sohalar o’rtasida qayta taksimlanishni ta’minlab beradi. Moliyaviy bozor rentabel Biznes faoliyatilarga mablag’ berib turish orqali samarali iqtisodiyot shakllanib borishiga yo’l ochadi.
Hozirgi zamon moliya bozorini ko’p sonli moliya muassasalari yoki vositachilar tashkil qiladi. Bu-sotuvchilar va xaridorlar ya’ni, sotiladigan va xarid qilinadigan tovar, pul va boshqa moliya aktivlari mavjud bo’lgan bozor. Ular vaqtinchalik foydalanish uchun (majburiyatli qarzlar shaklida) yoki butunlay (aktsiyaga) berilishi mumkin.
Shu bilan birga, moliya bozorlari pul mablag’lari jamgarmalarining egalaridan qarz oluvchilarga boradigan ko’plab turli-tuman yo’llar bilan ta’minlanib turadi. Iqtisodiy adabiyotda ular ikkita asosiy guruhga ajratiladi.
Birinchi guruhga pul mablag’lari bevosita jamgarmalarining egalaridan qarz oluvchilarga boradigan mablag’ bilan bevosita moliyalash yo’llari kiradi. Ular uz navbatida ikki turga bo’linadi: kapital moliyalash-unga muvofiq tadbirkor mablag’ni mulkning bir qismiga almashtirish hisobiga oladi (oddiy aktsiya) va qarz olish yo’li bilan moliyalash-unga muvofiq firma mablag’ni oldindan kelishilgan foiz bo’yicha keyin to’lash va firmaga egalik qilish huquqini olmaslik haqidagi sharti bilan oladi (obligatsiya). Bu barcha qimmatli qog’ozlar, qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi va faoliyat ko’rsatishini belgilaydi.
Bevosita mablag’ bilan ta’minlashga omonatchilarning mablag’larini moliya muassasalariga: tijorat banklari, sug’o’rta va trast kompaniyalari, pensiya fondlari va xokazolarga kuyishga doir barcha operatsiyalar kiradi.



Download 77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish