Oddiy va imtiyozli aktsiyalar. Oddiy aktsiyalar xissadorlarning umumiy yigilishida ovoz huquqini beradi, bunday aktsiyalar bo’yicha olinadigan dividendlarning hajmi xissadorlik jamiyatining bir yil davomida ishlagan ishiga bog’liq, boshqa biron-bir narsa bilan kafolatlanmagan. Oddiy aktsiyalarning egalari boshqa qimmatli qog’ozlarning egalariga nisbatan ko’proq mas’uliyatini zimmaga olganlikdari tufayli bunday aktsiyalar bo’yicha olinadigan dividendlar yuqorirok qilib belgilanadi.
Imtiyozli aktsiyalar ularning egasiga umumiy yigilishda (ba’zi xollardan tashqari) ovoz huquqini bermaydi. Bunday aktsiyalarning imtiyozligi shundayki, bir tomondan, jamiyatning xo’jalik faoliyati (daromadi) qanday btslishidan qat’iy nazar, kafolatlangan dividendlarni olishi mumkin bo’lsa, ikkinchi tomondan, xissadorlik jamiyatining faoliyati tugatilganda aktsiyalar qiymati btsyicha to’lovlar birinchi navbatda ana shunday aktsiyalarga tulanadi. Imtiyozli aktsiyalarning umumiy nominal qiymati jamiyat nizom fondining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Aktsiyalar tuhrisida gap ketganida yana quyidagi tushunchalarni farqlay bilishimiz kerak: aktsiyalarning nominal narxi va aktsiyaning kursi.
Aktsiyada kursatilgan pul summasi aktsiyaning nominal narxi hisoblanadi. Bu kiymat aktsiyaning dastlabki bahosi bo’lib, bundan keyin uning bozorda xarakat qilishi uchun jiddiy ahamiyatga ega emas, u faqat aktsiya egasi sarmoya ulushining hajmini ifodalaydi. Ko’pchilik mamlakatlarda, ayniksa, xissadorlik mulki etakchi urin to’tkan mamlakatlarda (masalan, AQSh) aktsiyalar nominal narxi kursatilmagan xolda chiqariladi. Ularda faqat nizom fondi ma’lum xissalarga bulinganligi kursatilgan.
Ayrim iqtisodchilar xaridor aktsiyaga kancha pul to’lashni lozim deb bilsa, aktsiyaning narxi xuddi ana shunchadir, deb hisoblashadi. Biroq ko’pchilik mamlakatlarda aktsiyaning nominal narxi kursatiladi.
Aktsiyalarda nominal narxining kursatilishi fond bozori endigina rivojlanayotgan bizning respublikamizda xam uz ahamiyatini saklaydi. Birinchidan, nomnal aktsiya egasiga ruxiy ta’sir ko’rsatadi, unga bu shunchaki mavxum majburiyat emas, balki balki ma’lum bir xajmdagi mulkchilik unvoni deb hisoblash asosini beradi. Bundan tashqari, chiqarilgan aktsiyalarning nominal narxidan xissadolik jamiyatining nizom fondi vujudga keladi, aktsiyalar nominalsiz chiqishi ularni hisobga olishni kiyinlashtiradi. Nixoyat, aktsiyalar ikqilamchi bozorda sotiladigan ijobiy laj (nominal narx va kurs narxi o’rtasidagi farq) sarmoyadorlarga kompaniya ishlarining axvoli haqida ba’zi bir xulosalar chiqarish imkonini beradi.
Turli mamlakatlarda aktsiyalarning minimal nominal narxi xar xil qilib belgilangan. Masalan, Olmoniyada narxi-50 marka, Frantsiyada-100 frank, Yaponiyada-100 ien va xokazo. O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga kura, aktsiyalarning minimal nominal narxi-100 sumdir.
Aktsiyaning bozorda sotiladigan bahosi uning kursi sanaladi. Bu aktsiya qiymatining asosiy shaklidir. Aktsiya kursi aktsiyaning haqikiy narxini aniqlaydi. Kurs aktsiyalar bo’yicha olinadigan dividendga bohlik. Aktsiya kursining nominal narxdan yuqorida bo’lishi kajem deb nomlanadi va aksincha, kursning aktsiya nominal narxidan pastda bo’lishi esa dizajno deyiladi. O’zbekiston Respublikasi xududida qimmatli kohozlarni, jumladan, aktsiyalarni muomalaga chiqarish (depozit sertifikatlari va veksellardan tashqari) va ularni ro’yxatdan o’tkazish qoidasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiklanadi. qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyati hamda ushbu qimmatli qog’ozlarga egalik qiluvchi sarmoyadorlarning huquqlari va burchlari "qimmatli qog’ozlar bozori va fond birjasi to’g’risida", "Aktsiyadorlik jamiyatlar va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi qonunlarda belgilanib qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |