Tayanch atamalar:
Dastur, sotsiologik tadqiqot, hujjat, panel’, ijtimoiy muammo, uslub,.Kogorta, pilotaj-tajriba o’tkazish, faktlar, interv’yu, respondent, suhbati, anketa, so’rov, ekspert, statistika, tanlov, empirik, gipoteza, kuzatish usuli, matematik modellashtirish, prognoz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Grigor’ev S. I., Guslyakova L. G., El’chaninov V. A. i dr. Teoriya i metodologiya sotsial’noy raboti,— M.: Nauka, 1994.
Kon I. S. Sotsiologiya lichnosti.- M.:Politizdat, 1967.
Kratkiy slovar’ po sotsiologii.- M.: Politizdat, 1989.
Osnovi sotsial’noy raboti: Uchebnik / Otv. red. P.D.Pavlenok. – M.: INFRA-M, 1997.
Polonskiy V.M. Slovar’ ponyatiy i terminov po zakonodatel’stvu Rossiyskoy Federatsii ob obrazovanii.- M.: MIROS, 1995.
Sovremennaya zapadnaya sotsiologiya: Slovar’.-M.: Politizdat, 1990.
Spravochnoe posobie po sotsial’noy rabote / Pod red.
A.M. Panova, E. I. Xolostovoy. — M.: YUrist`, 1997.
6-mavzu .Ijtimoiy ish va psixologiya .
Reja:
Psixologiya va ijtimoiy ish ilmiy bilish sohalari sifatida .
Psixologik bilimlarni ijtimoiy ishda qo’llash ko’lami .
Ijtimoiy xizmatchi va psixologning lavozim vazifalarini qiyoslab ko’rish.
“Xar bir odam - butun bir jild kitob, agar siz uni o’qishni bilsangiz”.
U. CHenning
“Yaqinlarimiz bilan ular arziydigan darajada muomala qilar ekanmiz, biz ularning yomonroq bo’lishiga ko’maklashamiz. Ular bilan arziydiganidan ko’ra yaxshiroq muomala qilsak, ularni yaxshiroq bo’lishga majbur etamiz”.
Gyote
“Psixologiya” tushunchasiga tez-tez duch kelib turamiz. xayotiy hodisalar yig’indisi sifatida psixologiya har bir insonga tanish. U odamlarga o’zlarining sezgilari, timsollari, xotira, tafakkur, nutq, iroda, tasavvur, manfaatlar, motivlar, ehtiyojlar, emotsiyalar, his-tuyg’ular va boshqa ko’plab hodisalar orqali tanish. Asosiy ruhiy hodisalarni biz bevosita o’zimizda uchratishimiz mumkin va bavosita boshqa odamlarda kuzatishimiz ham mumkin. xar bir inson muayyan ma`noda psixolog. Ilm-fanni hali o’rganmasdan turib, bolaligimizdanoq “xotira”, “uning xarakteri undoq”, “sezgir”, “e`tiborsiz” singari so’zlarni ishlatamiz, o’zimizga yaqin odamlarning tashqi ko’rinishlari: harakatlari, yuz ifodalariga qarab kayfiyatlarini aniqlashni bilamiz va bu bilimlarimizdan muloqot jarayonida juda yaxshi foydalanamiz. Biroq, psixologiya to’g’risidagi bizning bilimlarimiz maishiy turmush darajasida bo’lib, ular taxminiy, noaniq, ba`zan esa noto’g’ri tushunchalardir, chunki ular tizimlilik, chuqurlik, isbotlanganlik singari xususiyatlarga ega emas va shu sabablarga ko’ra odamlar bilan jiddiy ish (ijtimoiy-pedagogik, tashkiliy, muolaja) olib borish uchun etarli emas. Odamlar bilan ishlash ilmiy, ya`ni inson ruhiyati to’g’risidagi va uning u yoki bu vaziyatda o’zini qanday tutishini prognozlash imkonini beradigan aniq bilimlarni talab qiladi. Ilmiy bilimlar maishiy turmushdagi bilimlardan real sabablarni isbotlash, tajribada va mantiqiy tahlil yo’li bilan sinab ko’rish uchun qulayligi bilan ajralib turadi.
Psixologiya - hayotiy faoliyatning alohida shakli bo’lgan psixikaning rivojlanish va harakatlanish qonuniyatlari to’g’risidagi fan. Psixika shaxsning atrofdagi tashqi dunyo bilan o’zaro ta`sir jarayonida, ana shu dunyoni timsollar, fikrlar, tuyg’ular va hatti-harakatlardagi in`ikosi jarayonida vujudga keladigan sub`ektiv olamidir. Boshqacha aytganda, insonning xulq-atvori ob`ektiv dunyoning unga ta`sir etishiga bog’liq. Tashqi dunyoni aks ettirar ekan, inson tabiat va jamiyatning qonunlarini bilibgina qolmay, ularga o’z moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini eng qulay tarzda qondirish maqsadida muayyan ta`sir ham o’tkazadi.
XX asr psixologiyasi o’z tadqiqotlari doirasini anchagina kengaytirdi. xozirgi zamon psixologlari insonning shunchaki psixikasi bilan emas, balki uning rivojlanish va emirilish qonuniyatlari, guruh va jamiyat psixologiyasi bilan shug’ullanadi.
Ruhiy sog’lomlik holati - me`yoriy holat bo’lib, patologiya yo’qligini bildiradi. Inson ruhiy jihatdan sog’lom yoki nosog’ ekanini bilish uchun avvalo, me`yor nima, patologiya nima ekanini bilish lozim, ya`ni o’zimiz munosabatda bo’layotgan odam uchun ruhiy sog’lom odam mezonini bilishimiz kerak (V. I. Slutskiyga ko’ra):
Do'stlaringiz bilan baham: |