Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 2,57 Mb.
bet115/159
Sana26.01.2023
Hajmi2,57 Mb.
#903059
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   159
Bog'liq
1e5befdaabfff15250534c5d852d3d39 IJTIMOIY ISH TARIXI VA NAZARIYASI

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


Arnol’dov A.I. TSivilizatsiya gryadushego stoletiya. Kul’turologicheskie razmishleniya. - M.: Graal’, 1997.
Belicheva S. A. Osnovi preventivnoy psixologii. – M., RITS Konsortsiuma “Sotsial’noe zdorov’e Rossii”, 1993.
Vul’fov B. Z., Ivanov V. D. Osnovi pedagogiki v lektsiyax, situatsiyax, pervoistochnikax: Uchebnoe posobie. - M.: Izd-vo URAO, 1997.
Grigor’ev S. I., Guslyakova L. G., El’chaninov V. A. i dr. Teoriya i metodologiya sotsial’noy raboti. - M.: Nauka, 1994.
Guslyakova L. G., Kuvshinnikova V. A., Sintsova L. K. Sbornik zadach i uprajneniy po sotsial’noy rabote. - M.: Nauka, 1994.
Drujinin V. N. Psixologiya sem’i. – M.: KSP, 1996.
Teoriya i praktika sotsial’noy raboti: Otechestvenniy i zarubejniy opit: V 2 t. / Pod red. YArkinoy T.F., Bocharo­voy V.G.— M." Tula: Izd-vo Assotsiatsii sotsial’nix pe­dagogov i sotsial’nix rabotnikov RF, 1993.
7-mavzu .Ijtimoiy ish va valeologiya .
Reja:

  1. Valeologiya tushunchasi.

  2. Valeologiyaning ijtimoiy ish rivojiga ta`siri.

  3. Ijtimoiy ishda valeologiyaning usullaridan foydalanish.
  4. Ijtimoiy ishning valeologik jihatlari.

Tanaga kasallikni kiritmaslikning iloji bo’lsa, uni davolash ne hojat?”


P. K. Ivanov


Ijtimoiy xizmatchining yuqori professionalizmi, mustahkam sog’ligi, oilaviy baxti, ijodiy umrboqiyligi, bularning bari uning mutaxassis sifatidagi hayotiy yutuqlari asosidir.
Faqatgina yaxshi kayfiyatga, optimizmga, ruhiy barqarorlikka, yuqori aqliy va ish qobiliyatiga ega bo’lgan odamgina faol turmush kechirish, kasbiy va maishiy turmush qiyinchiliklarini engib o’tishga layoqatli bo’ladi. Insonning haqiqiy go’zalligi jismoniy kamolot, intellekt va salomatlikdadir.
Inson salomatligi, avvalo uning ruhiy va jismoniy sifatlari, optimal ish qobiliyati va ijtimoiy faolligining maksimal hayot davomiyligida saqlanish jarayonidir.
Agar inson tanasining funktsional imkoniyatlari, uning tashqi muhitdagi noqulay omillarga nisbatan barqarorligi butun hayot davomida o’zgarib turishini nazarda tutsak, unda salomatlik holatini yaxshilanib yoki yomonlashib turadigan, ya`ni zaiflashib yoki mustahkamlanib turadigan, shuningdek, yosh, jins, kasbiy faoliyat, yashash muhitiga qarab o’zgarib turadigan dinamik jarayon deb aytish mumkin.
Inson salomatligi birinchi navbatda uni belgilaydigan omillarga bog’liq. Ularni sxema tarzida ifodalaydigan bo’lsak, unda quyidagi 3 tushunchadan iborat shakl vujudga keladi: insonning biologik imkoniyatlari; ijtimoiy muhit; tabiiy iqlim sharoitlari (B.N.CHumakovga ko’ra). Salomatlikning birinchi darajali masalasi sog’lom turmush tarzi bo’lib, u aholi salomatligini ta`minlaydigan omillar orasida 50-55 % ulushga ega.
Ekologik omillarning inson salomatligiga o’tkazadigan ta`siri umuman barcha ta`sirlarning 20-25 % ini tashkil qiladi. 20 % ni esa biologik (irsiy) omillar va sog’liqni saqlash tizimi kamchiliklari va defektlari zimmasiga 10 % ulush to’g’ri keladi. Bu ma`lumotlar salomatlik holatining modeli sifatida u yoki bu omillarning salomatlikka, alohida aholi guruhlari, mintaqalar, alohida shaxslar salomatligiga o’tkazadigan ta`sirni tadqiq etish bo’yicha o’tkazilgan izlanishlar natijasini aks ettiradi. Inson salomatligi holatiga ta`sir o’tkazadigan barcha omillarni bilish salomatlik to’g’risidagi fan - valeologiyaning asosini tashkil etadi.
Valeologiya (valeologia (lotincha sog’ bo’lish)) - salomatlik to’g’risidagi fandir. Birinchi marta 1980 yilda I. I. Brexman tomonidan taklif etilgan atama juda dolzarb, keng miqyosli va hozirgi kunda o’zini boshqa odamlar bilan ishlashga bag’ishlagan shaxslar uchun juda zarur bo’lgan fanga aylanib bormoqda. Bu avvalo, kelajakdagi asosiy mehnat faoliyatlari mijozlarni o’z sog’ligini qanday saqlash mumkinligi va kerakligiga o’qitadigan, o’rgatadigan, ko’nikma va malakalar hosil qiladigan ijtimoiy soha xizmatchilariga tegishlidir.
xozirgi kunda Rossiya aholisi orasida o’lish va kasallanish, turmush davomiyligining qisqarishini o’rganish Rossiya xavfsizligiga tahdid tug’dirayotgan aholi o’limi muammosini umummilliy darajadagi muammoga aylantirmoqda.
Rossiya aholisining 70% dan ortiqrog’i davomiy psixoemotsional va ijtimoiy stresslar sharoitida yashamoqdaki, bu depressiyalar, psixozlar, og’ir nevrozlar va psixosomatik buzilishlar, alkogolizm, giyohvandlik, g’ayri-ijtimoiy portlashlarni keltirib chiqaradi; alkogolizmning o’sishi, ayniqsa beqiyosdir. Aholi jon boshiga alkogolli ichimliklarni iste`mol qilish XX asrning 90-yillari birinchi yarmida 2 baravardan ortiqroq o’sdi va bir kishiga 13 litrni tashkil qiladi (mutlaq alkogolga aylantirib hisoblaganda). Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) andozalariga ko’ra, alkogol iste`mol qilish 8 litrga etganda vaziyat xavfli tus oladi. Dispanser kuzatuviga olingan surunkali alkogolizm va alkogol psixozlariga giriftor shaxslarning miqdori 1995 yilda 1990 yilga nisbatan 5 baravar o’sdi; atrof-muhitning ifloslanishi esa, JSST ma`lumotlariga ko’ra, sayyoramiz aholisining xastaliklaridan 30 % iga sabab bo’lgan. Ayni paytda Rossiyada RF sog’liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko’ra, aholining deyarli yarmi gigienik talablarga javob bermaydigan suv iste`mol qiladi. Ayollar, bolalar va o’smirlar o’rtasida chekuvchilar soni ortib bormoqda, tamaki mahsulotlarining sifati esa pasaymoqda, bu odamlarning salomatligiga salbiy ta`sir ko’rsatib, bemorlar soni ortishiga olib kelmoqda; yuqumli kasalliklarning, ayniqsa, ijtimoiy noqulayliklar tufayli kelib chiqadigan kasalliklar soni oshib borayotgani chuqur tashvish uyg’otadi. 1990 yildan 1995 yilgacha sil kasali bilan kasallanish 1,7 baravar, o’lim esa deyarli 2 baravar o’sdi, zahm kasaliga mubtalo bo’lish esa shu davr ichida 33,4 marta, o’smirlar orasida esa 51 marta o’sdi. OITS ga mubtalo bo’lganlar soni esa har yili bir necha baravar ortmoqda.
Maktabdagi o’qish davrida tayanch-harakat apparati xastaligiga uchragan bolalar miqdori 1,5-2 marta, asabiy kasalliklar – 2 marta, allergik kasalliklar – 3 marta, ko’z xastaliklari – 5 marta o’sdi. Ayniqsa, o’quvchilarning salomatligi masalasi yangi tipdagi maktab (gimnaziyalar, kollejlar, litseylar)da haddan tashqari ko’p o’quv yuklamalari tufayli juda noqulay vaziyatni vujudga keltirmoqda. o’quv yilining oxirida gimnaziya o’quvchilarida gipertonik reaktsiyalar miqdori 2 baravar o’smoqda, arterial qon bosimining salbiy o’zgarishlari 90 % ni, yuqori asabiylashish ko’rinishlari 55-83 %ni tashkil qilmoqda. Umumta`lim maktabi bitiruvchilaridan faqat 10 %i sog’lom deb hisoblanishi mumkin, 50 % i morfofunktsional patologiyaga, 40 % i – surunkali kasalliklarga ega.
XX asrning 90-yillari boshidan aholi o’limining keskin ko’payishi hozirgi kunda Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyasi salbiy oqibatlari bilan bog’liqligiga ishoradir.
Vujudga kelgan vaziyatning sabablari turli-tuman: mamlakatning XX asr tarixiy retrospektivasidagi sanoat va mudofaa salohiyatini rivojlantirishga va ijtimoiy sohani qoldiq tamoyili asosida rivojlantirishga yo’naltirilgani; aholi sog’ligini himoya qilishga etarli sarf-xarajat qilinmayotgani; ekologik vaziyatning, ayniqsa sanoat ekologiyasining yomonlashuvi; Rossiya uchun an`anaviy bo’lgan jamiyat va alohida shaxslarning uzoq va sog’lom turmush qadriyatiga mensimay qarashi, aholi katta qismining chekish, alkogolli ichimliklarga ijobiy munosabati, ta`lim tuzilmalarida bolalar va o’smirlarning hayotni saqlashga yo’naltirilgan xulq-atvorini etarli tarbiyalamaslik, ommaviy axborot vositalarining sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishdagi salbiy roli; aholi katta qismining turmush sifati keskin yomonlashuvi (ishsizlik, maoshlarni, nafaqalarni, bolalar uchun yordam pulini o’z vaqtida to’lamaslik, oziq-ovqat mahsulotlari sifatining yomonlashuvi, sog’liqni saqlash, ta`lim, madaniy xizmatlarga erishishning qiyinlashishi) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari bilan bog’liq.
Umrning davomiyligi bo’yicha Rossiya erkaklari dunyoda 135-o’rinni, ayollar esa – 100-o’rinni egallaydi. £arbiy Evropadagi erkaklar va ayollarga nisbatan Rossiya erkaklari 15-17 yil, ayollar esa 7-10 yil kam umr ko’radi.
Rossiya aholisi orasida o’limning o’ta ko’payishi va aholi sog’ligining yomonlashuvi olib kelgan iqtisodiy oqibatlar mamlakat mehnat salohiyati miqdorining kamayishi va sifatining pasayishidir. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining vaqtidan avval o’lishi va nogironlashuvi oqibatida yalpi ichki mahsulotning ancha qismi olinmay qolmoqda. Mehnat resurslarining keksayishi, ular safarbarligining pasayishi, mehnat resurslariga keksalar va qariyalar tomonidan boqimandalik yukining ortishi ijtimoiy ta`minot va mehnatga layoqatli bo’lmaganlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatishning o’sishiga olib kelmoqda.
Mamlakatda aholining o’limi ko’payayotgani oqibatida to’liqsiz oilalar, bevalar, tul xotinlar, etim bolalar soni ortib bormoqda, bunday oilalardagi kambag’allik, harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi shaxslar miqdorining kamayishi, aholining umuman kamayishi va zichligining pasayishi, ayniqsa chegara hududlarda, Uzoq SHarq va mamlakat janubida, o’zlashtirish uchun yangi hududlarning tangligi va qo’shni mamlakatlarda aholining ortiqchaligi bosimi ostida yuz bermoqda.
Valeologiya sog’lom turmush tarzini, har bir inson uchun sihat-salomatlik qadriyati o’sib borishini targ’ib qilish bo’yicha tadbirlar tizimini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, kasbiy o’sish va mehnat daromadlari nuqtai nazaridan ham xastalik zararli ekanini tushuntirishi lozim.
Aynan mana shu nuqtai nazardan ta`lim muassasalaridagi bolalar va yoshlar o’rtasida gigienik tarbiya va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga, chekish, alkogolizm va giyohvandlik profilaktikasiga alohida e`tibor qaratiladi; bilim yurtlaridagi harakatli o’yinlar, jismoniy tarbiya, xoreografiya va shunga o’xshash fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’paytiriladi.
Ijtimoiy ishga valeologik yondashuv alkogol iste`mol qilish va tamaki chekishning sog’likka o’tkazadigan salbiy ta`siridan himoya qilish bo’yicha davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi: alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ochiq va xufya reklama qilishning barcha turlarini ma`n etish; Rossiyadagi alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari bozori ustidan davlatning va jamoatchilikning samarali nazoratini ta`minlash; aholi orasida, ayniqsa yoshlar orasida alkogolizm va tamaki chekishning odamlar salomatligi va hayotiga salbiy ta`sir o’tkazishi to’g’risidagi targ’ibot ishlarini olib borish; alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari aktsizidan tushadigan daromadlarning bir qismini alkogolizm va tamaki chekishning profilaktikasiga sarf qilish; aholi sog’lig’ini saqlashga sarflanayotgan harajatlar ulushini rivojlangan mamlakatlardagi darajaga (YAIMning 8-9 % iga) etkazish.
Davlat va jamiyatning harakatlarini o’zaro bog’liq bo’lgan ikki yo’nalishga jamlash zarur. Birinchi yo’nalish - aholi, hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarida hayotni muhofaza qiluvchi xulq-atvor amaliyoti va mafkurasini shakllantirish, shu yo’nalishdagi ijtimoiy ongni o’zgartirish sog’lom va uzoq umr ko’rish qadriyatining davlat va alohida individlar qadriyatlari tizimidagi o’rnini ko’tarish. Ikkinchi yo’nalish - sog’liqni saqlash tizimini aholi sog’ligini yaxshilash va o’limni kamaytirishda maksimal samara beradigan yo’nalishlarini ustivor moliyalashtirish, bunda YAIMdagi sog’likni himoya qilishga yo’naltirilgan xarajatlar ulushini jiddiy ko’paytirish ko’zda tutilishi lozim.
o’limni kamaytirish choralari orasida mehnat shart-sharoitlari, atrof-muhitning holati ustidan nazoratni kuchaytirish, yo’l-transport shikastlari profilaktikasiga yo’naltirilgan tadbirlarga e`tiborni kuchaytirish muhim o’rin tutadi.
Avariyalar, yong’inlar, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar, yo’l-transport hodisalaridan shikastlanganlarga tibbiy tez yordam ko’rsatuvchi sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’ini faoliyati samaradorligini oshirish zarur. xokimiyat va boshqaruv organlarining, jamoat birlashmalari va aholining birgalikdagi harakati yordamidagina Rossiyadagi demografik tanglik bartaraf etilishini ta`minlash mumkin.
YUqori sinf o’quvchilari va talabalar uchun ham valeologiyadan xabardor bo’lish juda muhim. “Surunkali” to’yib uxlamaslik, mehnat, ovqatlanish rejimining buzilishi, turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan boshqa omillardagi o’zgarishlar ta`sirida asabiy-ruhiy taranglik ortib boradi.
Emotsional va intellektual tarangliklar (ayniqsa, imtihonlar davrida) tufayli bosh miyadagi axborotlarning haddan ortiq ko’payib ketishi axborot nevrozlari, deb ataladigan xastalikni keltirib chiqaradi.
Aqliy va asabiy horg’inlik oqibatida kelib chiqadigan bunday patologik holatlar somatik va vegetativ o’zgarishlarni vujudga keltirishi mumkin.
Asab tizimidagi funktsional tuzilmalar zaiflashuvi bilan bog’liq bo’lgan va ko’p terlash, kuchsizlik, ishtahaning yo’qolishi, tez charchash va asabiylashish ko’rinishlarida yuz beradigan bunday o’zgarishlarni har bir kishi boshdan kechirgan. SHuning uchun ko’p aqliy mehnat qilish, vaqtning etishmasligi harakat faolligining cheklanganligi (yoqtirmaslik yoki yalqovlik tufayli) sharoitida jismoniy tarbiya va sport reabilitatsiya va (yoshlar uchun) optimal bo’lgan psixofiziologik holatni tiklar ekan, so’zsiz profilaktik ahamiyatga molik bo’ladi.
o’z organizmini bilish, uning harakatlarini stimullashga o’rganish, asab-mushak tarangligini, psixoemotsional horg’inlikni bartaraf eta bilish - valeologiyaning vazifalari ana shulardan iborat.
Turli tadqiqotlar reabilitatsiya qiluvchi, tiklovchi tadbirlar tizimini maqsadga yo’naltirilgan holda qo’llagan odamlarda xastalikka chalinishning kamayishi, jismoniy ish qobiliyati va intellektual imkoniyatlari yuksalishini ko’rsatdi. Ijtimoiy ishda bir qator valeologiya usullari qo’llaniladi, ular orasida eng ko’p tarqalgani asab-mushak tarangligini engishga ko’maklashadigan autogen mashq hisoblanadi.

o’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar


Valeologiya nima?
Valeologiya ijtimoiy ish rivojiga qanday ta`sir o’tkazadi?
Ijtimoiy ishda valeologiyaning qaysi usullaridan foydalaniladi?


A maliy topshiriqlar

Ijtimoiy ishning valeologik jihatlari


M a q s a d l a r : inson tanasi to’g’risidagi bilimlarni mustahkamlash; jismoniy jihatdan o’zini-o’zi mukammallashtirish ko’nikma va malakalarini egallash; aholining turli yoshdagi guruhlari orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish.
Amaliyot o’tash rejasini tuzish va uni yakunlash. YUqori sinf o’quvchilari orasida “salomatlik madaniyati” mavzuida so’rov (suhbat, interv’yu, anketa so’rovi) o’tkazish.
Sog’lom turmush tarziga bag’ishlangan (20 soatlik) mashg’ulotlar kursini ishlab chiqish va o’smirlar uchun salomatlik darsi o’tkazish.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun “jismoniy tarbiya daqiqalari” ro’yxatini tuzish va boshlang’ich maktab pedagoglari bilan ochiq dars o’tkazish.
qarovga muhtoj odamlar bilan vosiylik ishi olib borish.
Eng sodda taom va pishiriqlar tayyorlash.

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish