Qisqacha xulosalar:
Amaliy (empirik) sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish orqali talabalar, mutasaddi mutaxassislar hamda keng jamoatchilik ommasi sotsiologik axborotlar tizimini yaratishda katta imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
Sotsiologik tadqiqotlar jamiyatning turli sohalari faoliyatini mo’`tadil rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida jamiyatning turli sohalarini bir-biriga muvofiqlashtirish lozim bo’ladi. Buni amalga oshirishda sotsiologiya fanining imkoniyatlaridan to’la foydalanish maqsadga muvofiqdir. empirik tadqiqotlar tajribasidan har xil sohadagi va kasbdagi xodimlar ham o’z ishlarida keng foydalanishlari mumkin.
Sotsiologik tadqiqotlarda ilmiy izlanish muhim ahamiyat kasb etib, tadqiqotlarning nazariy yoki amaliy yo’nalishlarda bo’lishini ko’rsatuvchi mo’ljal vazifasini o’taydi.
Sotsiologik tadqiqotlar dasturida ilmiy izlanishga sabab bo’lgan ijtimoiy ziddiyatli muammolar va ularni asosiy atama va tushunchalari atroflicha izohlab beriladi.Ayni vaqtda ba`zi ilmiy tushunchalarni empirik tarzda izohlash va tushunchalar dialektikasini real ko’rinishda kuzatish imkoniyatlari ilmiy so’zlar, faktlar va ijtimoiy ko’rsatkichlar tarzida batafsil bayon etiladi. Masalan, bilim olish samarodorligini ta`minlashning prolong (uzaytirish) usuli haqida fikr yuritiladigan bo’lsa, ana shu usul zarur fanlarni yoki zarur ko’nikma va hunarlarni o’zlashtirishning boshqa fanlar mazmuniga uyg’unlashtirish natijasida qay usulda o’zlashtirish mumkinligi aniq-oydin bayon etilishi lozim.
Interv’yu respondent bilan bevosita muloqotni taqozo qiladi. Bu muloqotni qog’oz yoki magnit tasmasiga qayd etish mumkin. Interv’yu (inglizcha-uchrashuv) usulidan sotsiologiya, psixologiya, jurnalistika, etnografiya, statistika, pedogogika kabi sohalarda foydalaniladi. Interv’yu o’tkazilish tajribasiga ko’ra erkin standart va yarim standart ko’rinishiga ega bo’ladi. erkin standart ilgaridan tayyorlangan savollar asosida emas, balki suhbat mazmunidan kelib chiquvchi savollar asosida qurilib, dastur yo’nalishida bir necha soat davom etish va tadqiqot muammosini aniqlash, razvedka vazifasini bajarish maqsadida foydalanishi ko’zda tutadi.
Ijtimoiy xizmatchilar uchun eng qiziqarli bo’lgan sotsiologiya bo’limlaridan biri oila sotsiologiyasi va oilaga yordam ko’rsatish strategiyasini ishlab chiqishdir. YOrdamga muhtoj bo’layotgan oilalarni sotsiologik guruhlash uchun odatda, quyidagilar asos bo’ladi: 1) oila a`zolarining jon boshiga olinayotgan daromad, bunda minimal turmush darajasini ham hisobga olish lozim; 2) oila qaramog’idagilar va undagi bolalar soni; ota-onalardan birining yoki har ikkisining borligi yoki yo’qligi; 3) oila a`zolarining salomatligi; 4) oila katta yoshli a`zolarining mehnatga layoqatliligi; 5) turar joy, jamg’armalar, er uchastkasining mavjudligi; 6) oila a`zolarining jamiyatdagi ijtimoiy holati, mavqei va boshqalar. Turli yoshli oilalar va birga yashash davomiyligi turlicha bo’lgan oilalar turmush tarzini o’rganish ijtimoiy ish uchun ham, sotsiologiya uchun ham birday muhimdir. Turli xatar guruhlari turmush tarzidagi anomaliyalarni o’rganish to’g’risida ham xuddi shu fikrni bildirish mumkin.
“Xatar guruhlari” hayotiy faoliyati va ekstremal vaziyatlarini ijtimoiy ishda ilmiy tahlil qilish sotsiologik tahlilga asoslanadi. quyidagilar tahlil qilinadi: hayotga tahdidlar; boshqaruv faollarining maqsadga muvofiq qarorlar qabul qilish va ularni ijrosini nazorat qilish qobiliyati; xavfli sharoitlarda aholi turli guruhlarining xulq-atvori, ularning hayotlariga tahdid to’g’risidagi axborotga egaligi; hayotni ta`minlash sohalari ijtimoiy infratuzilmasining (naqliyot, aloqa, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash va boshqalar)ning rivojlanish va saqlanish darajasi; ijtimoiy makonga va aholiga keltirilgan zarar va h.k.
Ijtimoiy ish sohasidagi tadqiqotlar sotsiologik ma`lumotlar yoki ijtimoiy voqelikni tahlil qilish metodlariga asoslanib olib boriladi. Xatar guruhidan bo’lgan mijozlarning ijtimoiy tarjimai holini yozib olishda, bunday hol ijtimoiy ish muammolari bo’yicha tadqiqotlarda ko’plab uchraydi, odatda, sotsiologiyada an`anaviy tarzda qo’llanib kelinadigan intervyu, anketalar, so’rov varaqalari, arxiv hujjatlari, tarjimai hol va axborot to’plashning boshqa manbalaridagi ma`lumotlardan keng foydalaniladi.
Jamoangiz a`zolari o’rtasida ijtimoiy ishning sotsiologik metodlarini bo’ling. Ularning o’ziga xos xususiyatlari va qo’llashdagi qoidalar to’g’risida qisqa-qisqa ma`lumotlar tayyorlang. xikoya qilish paytida mazkur usuldan o’z guruhingizda foydalaning. Bunday “taqdimot” natijasida: kitoblar, o’quv predmetlari, ijrochilar, artistlar, videokliplar, guruhlar, mikrorayon, shahar hududidagi maktablar “xit-paradini” tuzish mumkin; guruh a`zolarini turli ijtimoiy ko’rsatkichlar: ijtimoiy kelib chiqishi, oilasidagi jon boshiga daromad, vrachga murojaatlar miqdori, xastaliklar xarakteri va boshqalarga ko’ra tasnif qilish mumkin; guruhning har bir a`zosi uyquga, o’qishga, hordiqqa, ishga, ovqatlanishga va boshqalarga sarf qiladigan o’rtacha vaqt miqdorini hisoblab chiqish mumkin.
o ’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar
Sotsiologiya sohasidagi bilimlar bilan ijtimoiy ish sohasidagi aholini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha amaliy vazifalarni hal qilish o’rtasidagi bog’liqlikning asosiy ma`nosi nimada?
Sotsiologik metodlardan ilmiy tadqiqotlarda, amaliy kasbiy faoliyatda, siyosatda qaysi maqsadlarni ko’zlab foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |