Biznes va yengil sanoat texnikumi


Quyidagilar 2012 yilning II choragidan boshlab



Download 475,31 Kb.
bet22/33
Sana23.07.2022
Hajmi475,31 Kb.
#842907
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
JUMAYEVa mavluda BMI yangi

Quyidagilar 2012 yilning II choragidan boshlab:

qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta’mirlash bo‘yicha ustalar va boshqalar) qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan 3 yil muddatga;

qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kirxonalar xizmatlarini ko‘rsatadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tegishli ravishda yagona soliq to‘lovi hamda qat’iy belgilangan soliq to‘lovini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod etildi.

- 2012 yilning II choragidan boshlab, agar imtiyozlar berilgan xizmat turlarini ko‘rsatishdan tushgan tushum umumiy tushum hajmida 80 va undan yuqori foizni tashkil etsa, foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar mikrofirma va kichik korxonalarning barcha daromadlariga tatbiq etiladi.
Хizmat ko’rsatish sohasini YaIMdagi ulushini 2016 yilda 55 foizga yetkazish maqsadida 2013 yil 17 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g‘risida”gi PQ-1957-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-sonli qarori bilan belgilangan soliq imtiyozlari tatbiq etiladigan xizmatlar ro’yxati (2012 yil 10 maydagi PQ-1754-sonli qarorning 5-ilovasi)ga qo’shimchalar kiritildi. Shu tariqa, 2017 yil 1 yanvargacha quyidagi xizmatlarni ko’rsatayotgan yuridik shaxslar foyda solig‘i va yagona soliq to’lovidan ozod etildi:
• qishloq joylarda ko’rsatiladigan sartaroshlik va go’zallik saloni xizmatlari;
• qishloq joylarda ko’rsatiladigan kiyim-kechak tikish va ta’mirlash bo’yicha xizmatlar;
• yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun solinayotgan qishloq mavzelarida tashkil etilayotgan kir yuvish bo’yicha korxonalar xizmatlari;
• yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun solinayotgan qishloq mavzelarida tashkil etilayotgan kiyimni kimyoviy usul bilan tozalash (ximchistka) korxonalari xizmatlari;
• qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurish bo’yicha qurilish xizmatlari;
• qishloq joylarda yo’l infratuzilmasi komplekslari xizmatlari;
• qishloq joylarda ko’rsatiladigan kompyuter dasturlash bo’yicha (shu jumladan, maslahatga oid) xizmatlar.
Mikrofirma va kichik korxonalarga soliq yukini yengillashtirish va ularning mamlakat YaIMdagi ulushini yanada oshirish maqsadida, yagona soliq to’lovi stavkasining pasayishi natijasida xizmat ko’rsatish sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yildan yilga ortib borishini ta’minladi.
10.7-rasm ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki, yagona soliq to’lovi stavkasi 2005 yilda 13 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda ushbu stavka 6 foizni tashkil etib, 2005 yilga nisbatan 2,5 barobarga kamaygan. Shuningdek, xizmat ko’rsatish sohasining mamlakat YaIMdagi ulushi 2005 yilda 38,4 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yil yakunlari bo’yicha 52 foizni tashkil etgan yoki 1,4 barobarga o’sgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007 yil 19 sentabrdagi PF-3923-sonli Farmoniga muvofiq, aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) tibbiyot muassasalari 2018 yil 1 yanvargacha barcha turdagi soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Тa’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etildi. Bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga maqsadli ravishda yo‘naltirilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Хalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2010 yil 30 martdagi PF-4210-sonli Farmoniga muvofiq, uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni to‘lash yuzasidan soliq imtiyozining amal qilish muddati “Hunarmand” uyushmasi a’zolari - yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2014 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.
Хulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida ta’kidlangan Farmon va Qarorlarning qabul qilinishi va ijtimoiy hayotga tatbiq etilishi, o‘z navbatida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yurtimiz iqtisodiyotidagi ulushini yanada ko‘payishiga, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga, tadbirkorlik faoliyati erkinligini va ko‘lamini yanada oshirishga, tadbirkorlik sub’ektlarida soliq tekshiruvlarini qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish hamda nazorat organlarining tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini yanada kamayishiga, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish va mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishda kichik biznes sub’ektlarining faol ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, hozirgi vaqtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari har chorakda faqat bitta soddalashtirilgan statistik hisobotni taqdim etadilar, moliya hisoboti esa yiliga bir marta taqdim etiladiSo‘nggi yilning o‘zidagina 65 turdagi ruxsat berish tartib-taomillari bekor qilindi.
Shu bilan birga statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarning mavjud tizimi katta bo‘lib, tubdan soddalashtirishni va isloh qilishni talab etadi. Ko‘p miqdordagi litsenziya talablari va ruxsat berish tartib-taomillari iqtisodiyotni yanada liberallashtirish borasida o‘tkazilayotgan siyosatga hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelmaydi, ko‘pincha davlat yo‘li bilan tartibga solishning boshqa vositalarini takrorlaydi.
Bozor iqtisodiyoti talablariga, xalqaro me’yorlar va standartlarga muvofiq, byurokratik g‘ovlarni bartaraf etish, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish hamda soddalashtirish, hisobot tizimini va hisobotlarni taqdim etish tartibini tubdan takomillashtirish hisobiga ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4453- sonli Farmoni qabul qilindi.


Download 475,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish