Biznes va yengil sanoat texnikumi


Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish, uning hisob-kitoblarini taqdim etish va uni to‘lash tartibi



Download 475,31 Kb.
bet24/33
Sana23.07.2022
Hajmi475,31 Kb.
#842907
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
JUMAYEVa mavluda BMI yangi

6. Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish, uning hisob-kitoblarini taqdim etish va uni to‘lash tartibi
Yagona soliq to‘lovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yagona soliq to‘lovi quyidagi formulaga muvofiq yalpi tushumdan hisoblanadi:
YaSТS = (YaТ - ChS) x S
bunda: YaSТS - yagona soliq to‘lovi summasi;
YaТ - yalpi tushum;

ChS - yalpi tushumdan chegiriladigan summalar;

S - soliq stavkasi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun yagona soliq to‘lovi summasi byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, lekin yagona soliq to‘lovi summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashga kalendar yil boshidan e’tiboran o‘tmagan to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi summasini qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab chiqarilgan hisobot davriga to‘g‘ri keladigan summaga kamaytiradi.
Yagona soliq to’lovining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra soliq solishning sodalashtirilgan tartibini qo‘llovchi mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan Davlat soliq xizmati organlari va statistika qo‘mitasiga har chorakda buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnomani taqdim etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4453-sonli Farmoniga muvofiq quyidagilar belgilandi:
- 2012 yil III-chorakdan boshlab, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan “Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma (2a-sonli shakl)ni” taqdim etish tartibi bekor qilindi. Ushbu ma’lumotlar statistikaga organlariga taqdim etiladigan Buxgalteriya balansiga ilova qilinadigan muddati o‘tgan qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotda ko‘rish mumkin.
- 2013 yil 1 yanvardan boshlabyagona soliq to‘lovini to‘lovchi barcha korxonalar tomonidan yagona soliq to‘lovining hisob-kitobini har chorakda taqdim etish tartibi belgilandi.
Yagona soliq to’lovi quyidagicha to’lanadi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa - yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay. Yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan tushum soliq to‘lovchining yalpi tushumiga to‘liq miqdorda qo‘shiladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan foyda solig‘ining summasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yagona soliq to‘lovini to‘lash chog‘ida hisobga olinadi12.
Тo‘lov xabarnomasi, chet davlat soliq organining ma’lumotnomasi yoki chet elda soliq to‘langanligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat chet elda to‘langan foyda solig‘ining summasini hisobga olish uchun asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-son "O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 3 martda 2203-son bilan ro‘yxatga olingan Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorikiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq 2013 yildan boshlab yagona soliq to’lovi to’lovchi barcha shaxslar uchun (chakana savdo korxonalaridan tashqari) yagona soliq to’lovining (keyingi o‘rinlarda YaSТ deb yuritiladi) eng kam miqdorini hisoblash uchun yagona baza – ular egallab turgan yer uchastkasi maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer solig‘ining 3 karra miqdoridagi summasi belgilangan.
Unga muvofiq, 2011 yilning 1 iyulidan boshlab YAST to’lovchilari YaSTni O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tegishli yil uchun tasdiqlangan stavkalar bo’yicha, lekin eng kam miqdordan - egallab turgan yer maydonidan kelib chiqib, ushbu Nizomning 1-ilovasida ko’rsatilgan pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan yer solig’ining uch baravaridan kam bo’lmagan miqdorda to’laydilar.
Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
a) YaSTni Yagona soliq to’lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to’lovini hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga (ro’yxat raqami 2449, 2013 yil 4 aprel) muvofiq chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan qat’iy belgilangan soliq miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda to’laydigan chakana savdo korxonalariga;
b) quyidagi yuridik shaxslarga:
YAST to’lovchisi bo’lmaganlarga;
YAST to’lashdan to’liq ozod etilish ko’rinishida imtiyozga ega bo’lganlarga;
ixtiyoriy tugatish to’g’risida qaror qabul qilinganlarga nisbatan;
v) oilaviy korxonalar.
YaSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda yuridik shaxslar tomonidan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari hisobga olinadi, bundan quyidagilar mustasno:
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 280-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solish obyekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari;
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari;
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan tenglik asosida diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari.
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalanganda YaSTning eng kam miqdori soliq to’lovchi tomonidan foydalanilayotgan yer uchastkasi maydoniga to’g’ri keluvchi ulushdan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yer solig’i summasidan hisoblanadi.
Agar alohida bino bir nechta yuridik shaxs balansida turgan bo’lsa, YaSTning eng kam miqdori soliq to’lovchi balansida turgan xonalar maydoniga mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan yer solig’i summasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun binoni yoki binoning bir qismini ijaraga olsa, YaSTning eng kam miqdori mazkur yuridik shaxs tomonidan ijaraga olingan xonalar maydonidan kelib chiqib hisoblanadi. Agar yuridik shaxs ko’p qavatli binoning bir qismini ijaraga olsa, YaSTning eng kam miqdori bino egallagan umumiy yer maydoni va mazkur yuridik shaxs tomonidan ijaraga olingan xonalarga to’g’ri keluvchi ulushdan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda mazkur yuridik shaxsga mazkur bandning soliq solinadigan bazadan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalarini chiqarib tashlash qismida amal qilishi tatbiq etilmaydi.
YaSTning eng kam miqdori kiritilishini hisobga olgan holda YaSTning to’lanishi lozim bo’lgan summasini aniqlash uchun to’lovchilar quyidagilarni hisoblab chiqaradilar:
YaSTning eng kam miqdorini;
YaSTning hisob-kitob summasini;
YaSTning qo’shimcha hisoblangan summasini.
YaSTning eng kam miqdori har chorakda hisoblab chiqariladi va
quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Download 475,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish