Bizfoydalanayotgantilturlibirliklardan, vositalardaniborat. Ularningharbiritildao'ziningmuhimvazifasinibajaradi. Tahlilqilgandatilbirliklariajratiladi, aniqlanadivaizohlanadi



Download 38,07 Kb.
bet2/11
Sana28.01.2023
Hajmi38,07 Kb.
#904153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bizfoydalanayotgantilturlibirliklardan, vositalardaniborat. Ular

SO’Z BIRIKMASI

Ikki va undan ortiq mustaqil so’zlarning ma’no va grammatik jihatdan birining boshqasiga tobe bo’lib bog’lanishi so’z birikmasi deyiladi. So’z birikmasi hokim so’z va tobe so’zdan tuziladi. O’zbek tilida har doim tobe so’z oldin,hokim so’z keyin keladi. Masalan, kitobni o’qimoq so’z birikmasida kitobni so’zi tobe so’z, o’qimoq so’zi hokim so’z hisoblanadi. Tobe so’z hokim so’zni aniqlab,to’ldirib,izohlab keladi.Ma’nosi izohlanayotgan so’z esa hokim so’zdir.


Turli turkum so’zlari hokim so’z vazifasida kela oladi.So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z bilan ifodalanishiga qarab ikki guruhga bo’linadi: a) otli so’z birikmasi; b) fe’lli so’z birikmasi.
Otli so’z birikmasida hokim so’z ot va otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi: shaharning ko’chalari,hammasidan katta,chumchuqning chug’ur-chug’uri,o’quvchilarning beshtasi,beqiyos o’lka,katta qishloq kabi.
Fe’lli so’z birikmasida hokim so’z fe’l bilan ifodalanadi: kitobni o’qimoq,tez yugurmoq,ohista gapirmoq kabi.
So’z birikmasida tobe so’zni hokim so’zga bog’lovchi vositaning qo’shilish o’rni ikki xil bo’ladi: kelishik,ko’makchi va ohang tobe qismga,egalik qo’shimchasi esa hokim qismga qo’shiladi: daftarga yozmoq,maktab tomon ketmoq,qizil gul,do’stimning fazilati .
So’z birikmalarida so’zlarning o’zaro birikish usullari
So'z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so'zning hech qanday qo'shimchasiz, faqat ohang va ma'nosiga ko'ra bog'lanishi bitishuv deyiladi: tez termoq, chiroyli gapirmoq, ishchan o'quvchi, mehribon murabbiy.
Tobe so'zning hokim so'zga tushum, jo'nalish, o'rin-payt va chiqish kelishigi qo'shimchalari yoki ko'makchilar yordamida bog'lanishi boshqaruvdeyiladi: do'stlarni hurmat qilmoq, g'alaba uchun kurashmoq, yoshlarga g'amxo'rlik qilmoq, sharoitga ko'ra yondashmoq.
Agar hokim bo’lak belgi bildiruvchi so’zlar bilan ifodalanib,qiyoslashga asos vazifasini bajarsa,qiyoslanuvchi so’z chiqish kelishigi orqali bog’lanadi. Masalan: shamoldan tez, hammadan ko’p (bunda hokim so’z ravish bilan ifodalangan).
Oydan go’zal, asal kabi shirin,otdan baland singari sifat boshqaruvida esa tobe so’z chiqish kelishigi yoki ko’makchilar orqali bog’lanadi.
Agar hokim bo’lak fe’l bilan ifodalansa, shu fe’lning ma’no talabiga ko’ra tobe bo’lak bir necha kelishik qo’shimchalari va ko’makchilar orqali bog’lanadi : uydan ketmoq,kitobni o’qimoq,radio orqali eshitmoq .
Tobe bo’lak hokim bo’lakka ko’makchilar tomonidan bog’langanda ko’p hollarda kelishik bilan birgalikda yoki kelishik bilan almashinib qo’llanilishi mumkin. Natijada kelishik qo’shimchalari va ko’makchilar sinonimiyasi vujudga keladi. Kelishik qo’shimchalari va ko’makchilar o’zaro sinonimik munosabatda bo’lsa ham,ular o’rtasida ma’lum ma’no farqlanishi mavjud. Kelishik qo’shimchasi yordamida bog’langanda hokim bo’lak ifodalagan harakatning chiqish yoki yo’nalish nuqtasi aniq,ko’makchi yordamida bog’langanda esa noaniq bo’ladi. Qiyoslang: maktabdan chiqdi – maktab tomondan chiqdi, maktabga ketdi – maktab tomonga ketdi.
Tobe so'zning hokim so'zga qaratqich kelishigi qo'shimchasi yordamida, hokim so'zning esa tobe so'zga egalik qo'shimchalari yordamida bog'lanishi moslashuv deyiladi: kitobning muqovasi, xonalarning kattarog'i, bizning sinfimiz, sizning ukangiz.
Tobe bo’lak hokim bo’lakka qaratqich kelishigi va egalik qo’shimchasi yordamida bog’langanda, ikki tomonlama bog’lanish ro’y beradi. Tobe bo’lak qaratqich kelishigi qo’shimchasini,hokim bo’lak esa egalik qo’shimchasini oladi. Bunday bog’lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb ham nomlanadi.
Ko’pincha qaratqich kelishigi yoki egalik qo’shimchasi,ba’zan esa har ikkisi ifodalanmaydi. Uni quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin:
a) –ning (do’stimning) (ona) –si
b) - 0 (mustaqillik) (shabada) –si
c) -ning (bizning) (Vatan) – 0
Qaratqich kelishigi doimo tushib qolavermaydi. U quyidagi hollarda, albatta, qo’llanadi:
a) qaratqich bilan qaralmish o’rtasida boshqa so’z kelsa: derazaning qora oynasi.
b) qaratqich atoqli otlar va olmoshlar bilan ifodalanganda: Ahmadning daftari, mening daftarim kabi.
Qaratqich va qaralmish munosabatida qaratqich va egalik qo’shimchalarining ifodalanishi to’rt xil ko’rinishga ega. Bu ko’rinishlar o’rtasida ma’lum mazmuniy va uslubiy farqlanish bor: Qiyoslang:
1) daftarning varag’i - varaq so’zlovchi va tinglovchi uchun aniq bitta daftar;
2) daftar varag’i – umuman daftar
3) bizning daftar – I shaxs ko’plikdagi olmoshlar uchun xos;
4) daftar varaq – so’zlashuv uslubiga xos.
Qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchalari bir-biriga shakl jihatdan juda yaqin. Shuning uchun og’zaki so’zlashuvda qaratqich kelishigi o’rnida ham ko’pincha tushum kelishigi qo’shimchasi qo’llaniladi. Masalan, olmaning sharbati o’rniga olmani sharbati deyiladi. Natijada yozuvda ham ko’pchilik og’zaki so’zlashuv ta’sirida shunday yozib qo’yadi. Bunday xatodan qutulish uchun hokim so’zning ifodalanishiga e’tibor berish kerak.
Agar hokim bo’lak sof fe’l bilan ifodalansa va bu fe’l kimni? nimani? qayerni? so’roqlariga javob bo’luvchi so’zni talab qilsa, tobe bo’lak tushum kelishigida qo’llanadi, hokim bo’lak egalik qo’shimchasini olgan ot,ba’zan harakat nomi va sifatdosh bilan ifodalansa, tobe bo’lak qaratqich kelishigida qo’llanadi. Qiyoslang:
Kitobni o’qimoq – ot+ni → fe’l;
Kitobning muqovasi – ot + ning → ot + egalik qo’shimchasi.


Download 38,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish