Restoran zalini jihozlash:
– tabiiy manzarali o’simliklar va yangi gullar mavjudligi; – restoran mijozlariga xos musiqa;
– restoranga yarashadigan, mijozlarning dilini shod qiladigan stollarni bezati qo’yish.
Iste’molchilar buyurtmalarini bajarish:
– taomlar haqida mijozlarga to’la va ishonarli axborot berish;
– taomlar tayyorlanishi noyob va pazandalikning to’g’ri saviyada bo’lishi;
– mahalliy mahsulotlardan foydalanish;
– taomning nomi uning mazmuniga mos kelsin;
– mahsulot arzon, sifati yaxshi bo’lishi;
– dasturxonga qo’yilgan taomlarning mazasiva muattar hidlari mos bo’lishi;
— taomnomaga mos yaxshi vino tanlanishi.
Xizmat darajasi:
– ofisiantlar buyurtirilgan taomga xos vino tavsiya etishni bilishi;
– xodimlarning mutaxassislik darajasi yuqori bo’lishi;
– ofitsiantlarning ovqat, vino va ichimliklar sohasida chuqur bilimga ega bo’lishi;
– hamma restoran xodimlari mijozlarga hurmat bilan munosabatda bulishi;
– ofitsiant va vino sotuvchilarning mijozlarga yaxshi mahsulot tavsiya etishlari;
— mijozlar bilan nizoli masalalarda tortishmasdan yon berish
Buyurtma qabul qilish: Bosh ofitsiant banket tashkilotchilaridan buyurtma qabul qilib olar ekan, eng avval tantananing sanasi, soatini aniqlaydi, mehmonlar miqdori, tizimi (jinsi, yoshi, millati, kasbi) ni biladi, tantananing maqsadi, umumiy sarf qilinadigan pul summasi, har bir kishiga hisoblangan chiqim, pul to’lash shakli (naqd, kredit), taklif qilingan hurmatli mehmonlar ro’yxati aniqlanadi. So’ngra bosh ofitsiant buyurtmachini zal bilan tanishtiradi, banket o’tkaziladigan joyni ko’rsatadi. Stoarning qo’yilish tartibi, mehmonlarni o’tkazish rejalari kelishib olinadi. Yana u xizmat qilish jarayonida kim bilan munosabatda bo’lish zarurligini aniqlaydi.
Ofitsiantlarni xizmatga tayyorlash
Bosh ofitsiant xizmat qilish, banket dasturxonini tuzash, yasatish, kofe stollarini tayyorlash, bufet mahsulotlariniolish va tayyorlash bo’yicha ofitsiantlarni tayyorlaydi.
Bosh ofitsiant mehnat taqsimoti tamoyili asosida rahbarlik qiladi. 2–4 mehmonga bitta ofitsiant xizmat qiladi. Yoki bir ofisiant taom keltirsa, ikkinchisi ichimlik olib keladi. 3
Tajriba yana shu narsani ko’rsatadiki, banket 50–60 daqiqa davom etadigan bo’lsa, xizmatni quyidagicha tashkil qilish mumkin. 12–16 mehmonga 3 ta ofisiant xizmat qiladi, ikkitasi taomlar, bittasi ichimlik keltiradi. Hamma mehmonlarga barobar xizmat qilinadi. Ba’zi hollarda tegishli miqdordagi mehmonlarga birgina ofitsiant xizmat qiladi, ham ovqat, ham ichimliklar bilan o’zi taminlaydi.
Bosh ofitsiantning vazifasi – banket kim va nima munosabati bilan o’tkazilayotganini ofitsiantlarga tushuntirish, banket boshlanadigan kun bosh ofitsiant hamma ofitsiantlarni yig’ib, banket qachon boshlanishi, mehmonlar soni, ularning tarkibi (millati, jinsi, yoshi) haqida axborot beradi. Mehmonlarni qabul qilib olish, joy-joyiga o’tqazish rejalari bilan tanishtiradi, taom, ichimliklar taomnomasi, banket stollari yasatilish xususiyatlari haqida ko’rsatma beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |