Bitiruv malakaviy ishi namangan – 2017


Ilova Xulosa va takliflar



Download 1,25 Mb.
bet16/20
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#204891
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Ananaviy xalq qoshiqlarini orgatishda milliylikka erishish xususiyatlari

Ilova


Xulosa va takliflar

Lirik qo’shiqlar o’zbek xalqining his-tuyg’ularini, ruhiy kechinmalarini, oliyjanob xislatlarini ifodalaydi. Xalq qo’shiqlarini sevish va o’rganish muayyan xalq tarixini, psixologiyasi hamada orzu istaklarini anglashga imkon beribgina qolmasdan, ayni paytda xalq musiqasini ardoqlash, ma’naviy boylikni ulug’lashga ham chaqiradi. O’zbekistonda xalq madaniyatining ko’zgusi – musiqa san’ati XIX asrgacha juda kam o’rganilgan edi. Xalq talantlariga e’tibor berilmas, hofiz va mashshoqlar ijodi bir tizimda emas edi. SHundoq bo’lsada, mashshoq va xonandalar qadimiy xalq san’atining mo’jizakor qudratini ustozdan shogirdga o’tkazib, baholi qudrat rivojlantirishga intildilar. Ular xalq qo’shiqlarining serma’noligi-yu, g’oyaviy barkamolligini kuchaytirib, yangidan-yangimusiqiy qirralarini, ma’no nozikligini kashf etishdi.

Biroq musiqa merosiga tom ma’noda jiddiy ahamiyat berib, xalqning nodir qo’shiqlarini yozib olish ishlavri XX asrning birinchi choragida boshlandi. 1919 yilning ikkinchi yarmida xalq maorifining san’at bo’limi qoshida, Turkiston Respublikasida V.A. Uspenskiy rahbarligida musiqaviy etnografik komissiyasi tashkil etildi. Bu komissiyaning asosiy vazifasi O’rta Osiyo xalqlari musiqaviy mersini to’plash, qo’shiq va maqomlarni yozib olish hamda aloxida kitoblar holida nashr qildirishdan iborat edi. 1928 yilda o’lkamiz musiqa ilmi rivojida ulkan voqea ro’y berdi. Samarqandda musiqa xoreografiya ilmiy – tekshirish instituti tashkil etildi. Bu hodisa musiqaviy merosni to’plash va o’rganish soshasida yangi ufqlarni kashf etdi. institut faoliyati xalq musiqasining ko’pgina bilimdonlari ijodi bilan chambarchas bog’liq ravishda ish boshladi. Ota Jamol Nosirov, Ota G’iyos Abdug’ani, Domla Halim Ibodov, SHorahim SHoumarov, Usta Olim Komilov kabi san’atkorlar institutga jalb etildi. Institu xalq musiqasisni yozib olishda, musiqa tarixini o’rganishda, eng muhimi, san’atning nodir turini tashviqot qilishda ibratli ishlarni malga oshirdi. O’zbek xalq musiqa folьklorining o’rganishda H.H. Niyoziy, V.A. Uspenskiy, Yu. Rajabiy, I. Akbarov, K.A. Alimboeva, F. Karamatov va boshqa mutaxassislar katta mehnat qiladilar. O’zbek xalqf musiqasini qunt bilan to’plash va o’rganish natijasida musiqa tarixining 3 tomligi va boshqa ko’pgina asarlar yaratildi. Respublikaning 1940 yil 14 yanvarida “O’zbekiston xalq shoirlari, baxshilari va ashulachilari haqida”gi qarori xalq san’atiga otalarcha g’amxo’rlikning yorqin dalili bo’ldi. Natijada shoir va mashshoqlar haqiqiy qadr-qimmat hissini angladilar va ular haqiqiy ijod pallasiga kirdilar.

O’zbek xalq qo’shiqlarining eng go’zal namunalari jahon xalqlarining olqishiga sazovor bo’ldi. 1925 yil Parijda o’tkazilgan jahon xalqlari zeb-ziynat ko’rgazmasisda o’zbek san’atkorlari Muhiddin qori Yoqubov, Tamaraxonim va boshqalarning chiqishlari tomoshabinlar tahsiniga loyiq bo’ldi hamda ko’pgina yirik san’at va madaniyat arboblari tomonidan yuqori baholandi. Bu san’atkorlar yutug’i haqida “Er yuzi” jurnali quyidagilarni yozgan edi: “O’zbek xalq ashulachisi Muhiddin Qori Yoqubov Parijatrlari o’zbekning najot istagan va yuraklaridan chiqargan qadimgi ohangdor navolari bilan birga hozirgi tarix kuylarini o’zbekcha ma’xsus xususiyat bilan g’arbliklar oldida ijro etdi... Muxiddin Qori va Tamaraxonimlarning qishloq yigitlari bilan qizlarning ko’rsatishlari har kuni yangi bir zavq istagan parijliklarda boshqacha zavq uyg’otadi.; qishloqlarimizdagi ishqning qanchalik tabiiy va chiroyli ekani ularga yoqdi, ashulachilarimiz olqishlar orasida sahnada qayta-qayta ko’rinmakka majbur bo’ladilar”.

O’zbek msiqa san’atining olmga tanilishi bu bilan cheklanmaydi. 1935 yil Londonda o’tkazlgan jhon xalqlari rqslari festivalida mashhur naychi, Qo’qonlik Abduqodir Islomov, doirachi Usta olim Komilov kabi ko’pgina o’zbek san’atkorlari ham ishtirok etishdi. Festivalda Usta olim omilovning doira chalish mahorati yuksak baholandi va oltin medal bilan taqdirlandi. Yoki “Bahor” raqs ansamblining xorijiy davlatlar sahnasidagi muvoffaqiyatlari qadimiy o’zbek musiqa san’atining haqli yutug’i sanaladi. “Bahor” qizlarining jozibali raqslaridan lol bo’lgan taniqli hind yozuvchisi Xo’ja Ahmad Abbos shunday degan edi “O’zbeklar Hindistonni ikki marta zabt etdilar. Birinchi marta uni o’zbek xoni Bobur zabt etdi. bu bir necha asr muqaddam bo’lgan edi, ikkinchi marta Hindistonni bir necha yil ilgari o’zbek ayoli Mukarama Turg’unboeva zabt qildi. U bizning qalbimizni dilrabo va go’zal san’ati bilan maftun qildi”17.

Ular o’z asarlarida o’zbek xalq qo’shiqlariga hamda ularning g’oyaviy- badiiy mazmundorligiga yuksak mehr bilan qarab, tarbiyaviy jihatlarni ulug’lashgan. Xalq qo’shiqchiligining asoschisi oddiy xalq hisoblanib, yaratilgan ohanglar, naqllar, topishmoqlar, askiya va aytishuvlar ham xalqona yo’lda yaratilgan. Demak, xalqning san’ati qadrlanibdimi, uning o’zi ham o’sha davr shoxlari tomonidan e’zozlangan. Xalq tilida yaratilgan qo’shiqlar, udumlar, an’analarga ishonch bilan qaragan buyuk allomalar hatto bolalar o’yinlarining zavqu-shavqi haqida ham e’tiborga sazovorli fikrlarni izhor etganlar.

Beruniy ko’plab asarlarida qadimgi xalq qo’shiqlarini o’rganib, ularni ilmiy jihatlarini ochib bergan. Ayniqsa, ularni bolalarga mehr bilan o’rgatilsa, ularda bir-biriga hurmat, mard va jasurlik hissi ortishini asoslagan.

Tibbiyot sultoni Abu Ali Ibn Sino mehnat qo’shiqlarining shifobaxsh hususiyatlari xaqida batafsil fikr yuritib, tortishmachoq, sakrash-sakrash, kim tez yugurish kabi o’yinlar insonlarning, ayniqsa bolalarning salomatligi uchun foydaliligini isbotlagan. Hazil mutoyiba, askiya, qiziqchilik xirgoyi, shirin so’z orqali bolada miyasini dam oldirish, xordiq chiqarish, jismoniy va aqliy sog’lom bo’lib o’sishini ifoda etgan. Bundan tashqari onalar qo’shig’i bo’lmish “Alla”ning hususiyati, bolaning yengil tin olib, sog’lom bo’lishida juda katta ahamiyatga egaligini isbotlagan.

Xalq musiqasining yana bir donishmandlaridan biri Mahmud Qoshg’ariy xalq orasida mashhur bo’lgan folьklor namunalarini, bolalar o’yinlari haqidagi ma’lumotlarni to’plab, nashr ettirgan. Mashhur bilimdon Xoja Muhammad Bohoviddin Naqshband esa umri bo’yi dehqonchilik bilan kun kechirgani bois, ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. U xalq orasida qiyinchilik, azob-uqubatlarining guvohi sabab, ularni yengishga chaqirgan. Bolalarni mehnatsevarlikka o’rgatish lozimligini, turmush qiyinchiliklariga dosh beruvchi yigit-qizlar bo’lishini aytgan.

U adabiyot, musiqa, naqqoshlik, xalqona kuy-qo’shiqlar va udumlarni ulug’lagan. Dehqonchilik va mehnat qo’shiqlarini hamda ular bilan bog’liq o’yinlarning tarbiyaviy jihatlarini, ular bolalarni poklik, to’g’rilik, mehr-shafqat, adlu-insofga chorlashini ta’kidlagan.


SHaxs kamolotini har tomonlama rivojlantirishda ham zamonaviy, ham mumtoz musiqaning ta’siri albatta yuqori byladi. Ayniqsa, hozirgi texnika asrida yashayotgan bilimli, zexni o’tkir, qalbi qaynoq, jo’shqin yoshlarimiz ko’proq zamonaviy musiqaning ta’sirida yashamoqda. Xo’sh, ular zamonaviy musiqadan to’g’ri ta’sirlanyaptilarmi? Bu savolga ba’zan javob berishda qiynalyapmiz.

Musiqa madaniyatimizni rivojlanishida bizning ulug’ bobokalonlarimiz qoldirgan bebaho boylik, oltin meros hisoblanmish milliy musiqa san’atimiz uzoq o’tmishga borib taqaladi. Xalqimizning tarixi, orzu-armonlari, hayot xaqidagi tasavvurlari jilosida yaratilgan kuy va qo’shiqlarimiz har doim inson tarbiyasida birinchi bo’lib kelgan.

Xo’sh, zamirida bunchalik sehr va shifo, tarovat, naql va haqiqat yashirgan kuylar qachon paydo bulgan? Musiqa asboblarini kim va qachon bunyod etgan degan savol tug’iladi.

Naql qilishlaricha, ibtidoiy odam dunyoga kelibdi-yu, harakatga tushibdi, harakatini nutq bilan boyitibdi. SHalola, sharshara, dilbar shabada, shovullagan shamol, daraxt shoxlarining «salomi» va gurros tovushi qushlar chug’uri va navosi uning hayotiga hamnafas mehnatiga hamdam bo’libdi. Ammo nazarida kunlari kemtik kechayotganmish, xordiq chiqarish chog’ida yoki ko’ngli o’ksiganda hasratiga biror hamdard, dilkash yetishmagandek tuyilibdi, o’shanda «nahotki umrim yarimta kechsa,hayotim ma’niga tulmasa bir kam dunyo deyishgani shumikan»,- deya chunon kayguga chumibdi. Usha hamnafas hamdardni izlab, odam kayroktosh, shox, dumbira, kamish naydan xush yokuvchi ovoz chikaradigan vosita sifatida foydalanibdi. Keyinchalik birin -ketin nay, dutor va g’ijjak kabi musiqa asboblarini kashf etibdi. SHunda ko’zlariga nur ko’ngliga surur to’libdi. «Ha, bir kam dunyo emas ekan, bu hayot odamlar umrining o’zi yarimta ekan»,- debdi.

Darhaqiqat, musiqaning oshifta ko’ngillarga ko’rsatuvchi sehr-jodusi o’zgachadur.

Qadimgi Yunonistonda “musiqa bilan davolash ilmi” keng taraqqiy etgan. Masalan, matematik va faylasuf Pifagor musiqani kishi ruhiga va tanasiga har tomonlama bo’ladigan vosita sifatida tavsiya etgan. Ko’hna Afrosiyobda olib borilgan qazilmalarda qo’lida surnay ushlagan xaykalcha topilgan, olimlar u xaykalchani eramizdan avval SH –T asrlarda yaratilgan deb taxmin qilmokda.

Aytishlaricha, Iskandar Zulqarnay ham ko’p ishlarni musiqa sadolari ostida bajargan ekan. Korni to’q kishini ovozi past, qorni och kishini ovozi jarangli eshitiladi. SHu boisdan dutor va g’ijjakning qorni bo’m-bo’sh qilib yasash odat bo’lgan.

Xorun-ar Rashid xalifaligi davrida musiqa asboblarining turi xiyla ko’payib kanizaklar ham chalib, ham o’yinga tushar, ashula aytar ekanlar. Demak, ana shu dalillardan kelib chikib, kuy, qo’shiqni falon kishi falon bir davrda yuzaga keltirgan deb bulmaydi. Ya’ni, ona tili nutqining yaratilishini biron bir kishiga bog’lab bo’lmagani kabi kuyimiz tarixini ham hech kimga bog’lab bo’lmaydi. U ona tilimiz nutqimiz qadar qadimiy va qadrlidir.

Uzoq umr ko’rgan ayrim keksalar o’z milliy musiqalarini kadrlab sevishgan. Bu ulug’vor donishmandlari kishini zavqlantiradigan, yig’latadigan va uxlatadigan kuylar ijro etishgan.

Abu Ali Sino orombaxsh musiqa sadolarini nixoyatda yaxshi ko’rgan. Xatto o’zi g’ijjak yasab chalgan.



  • Bo’sh vaqtlarda men nima bilan shug’ullanaman bilasanmi? , - so’rabdi Ibn Sino shogirdi Abduvoxiddan, Abduvoxid savol nazari bilan ustoziga karadi. U tokchadan qiziq bir asbobni oldi, asbob dumi

bilan yulingan va teng ikkiga bo’lingan oshkovoqqa o’xshardi. Asbobning bo’yicha qarab torlar tortilgan edi.

  • Men mana shu narsa ustida bosh qotirdim buning nomi g’ijjak –debdi ustoz kulimsirab, shogirdiga o’zi ixtiro etgan yangi musiqa asbobini uzatar ekan.

U ehtiyotkorlik bilan asbobni olib, aylantirib ko’rdi, nazarida uning kosasi nafas olishdan titrardi . Yog’ochdan o’yib ishlangan bu nozik asbob shunday xozirjavob, shunday sezgir ediki, yigit lol koldi. Asbobga sal panja tegsa jaranglab, kuylab yuborgudek tuyiladi. Abdulvoxid uning ustoziga qaytarib berarkan, iltimos nazari bilan unga karadi. Ibn Sino uning muddoosini paykab, muloyim kulimsirab kuydi.

Janob shayxur rais ;- navozishkorona so’z kotdi. Abdulvoxid ustozi kamonni olguncha –men sizni duradgorlik pichog’ini ushlolmaysiz, deb o’ylagandim endi ma’lum bo’ldiki, pichoq bilan yog’och ham boshqa bilimlar singari sizga taslim bo’larkan.

Hamadonning sokin oqshomi boshlandi. Osmon moviy tusga kirdi. Qushlar tunash uchun joy qidirib uchib o’tishdi. G’ijjak Abu Alining qo’lida daraxt barglarining shildiratib o’tgan yengil shabada kabi mayin kuylardi.

Asrlar, davrlar o’tishi bilan inson kamol topa borgan sari musiqa asboblari ham takomillashib, bugungi kunimizga rang-barang kurinishda, turfa sado va navolarni qalbiga jo kilib keldi. Endilikda, masalan, dutorning qaddi-basti tut va o’rik daraxtlaridan yo’nilyapti, bir uchi yurakka, ikkinchi uchi tilga ulangan kil torlari ipakdan, ust boshi duhobadan uy to’rida yonboshlab yotibdi.



Taklif:

SHu o’rinda qayd etish lozimki, oddiy yog’ochni tilga kiritishda hozirgi kunda qo’li gul O’zbek ustalari – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi usta Usmon Zufarov, usta Xoji Oxun, usta Raxim Kosimov, usta Mansur, usta Sirojiddin Muxiddinov, usta Rixsixon Xujaxonov va boshqalarning mahorati, xizmati juda kattadir.

Zero, bunday tarbiya berish usuli bizning buyuk ajdodlarimizdan o’tgan. Zotan, Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» asarida ham axloq tarbiya saboqlari xaqida to’xtalgan.

Milliy axloq, urf-odat, odobning barcha qirralari musiqada mujassamlashgan. CHunki musiqani tinglayotgan shaxs biroz bo’lsa-da xayolotga beriladi, ohanglar (agar u milliy ruhda bo’lsa) uni sekin-asta o’ziga rom qiladi, sehrlaydi, dardini oladi. Agar sho’h musiqa yoki qo’shiq bo’lsa, so’zlarining ma’nosi o’z aksini ko’radi. Ayniqsa, «Ona» haqidagi qo’shiq bo’lsa jon-dili bilan tinglaydi. Biror-bir sabab bilan onasini ranjitgan bo’lsa, ko’nglini olishga oshiqadi. Vatan, O’zbekiston haqida bo’lsa ham, mana shunday ozod va obod Vatani borligidan g’ururlanib tinglaydi. Sevgi haqidagi qo’shiq bo’lsa, shirin ehtiroslar qalbini chulg’aydi…

Milliy musiqa madaniyatimiz juda ko’hna va boy ekanligi barchaga ma’lum. Milliy qadriyatlarimizning sarchashmalari juda olis davrlarga borib taqalishi jahon miqyosida ham tan olingan. Ana shu merosning kattagina qismini musiqiy meros durdonalari egallaydi, qo’shiqchilik san’ati esa mustahkamlaydi.

O’zbek milliy musiqa madaniyati va san’atining paydo bo’lishi uzoq davrlarga borib taqalishi yuqorida ham ta’kidlab o’tildi. Boshqa xalqlarda bo’lgani kabi o’zbek qo’shiqchilik san’atida ham milliy ohanglarni nota yozuvi yoki boshqa shunga o’xshash musiqiy ishoralar bilan ifodalanganligiga qadar juda katta yo’lni bosib o’tdi.

Markaziy Osiyo milliy Musiqa madaniyati xurujiga qadar ham rivojlanib keldi. qo’shiqchilikning yangi paydo bo’lgan usul va shakllari ko’pincha vatanparvarlik, insonni ulug’lash kabi yuksak tuyg’ular bilan bog’liq holda taraqqiy etdi. Arablar bosqini davrida mahalliy aholining yuksak, o’ziga xos an’analariga ega bo’lgan qo’shiqchilik san’ati o’z navbatida arab madaniyatiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Arablar bizning ajdodlarimizning dunyoviy qo’shiqlarini batamom yo’qotmoq maqsadidagi hatti-harakatlarini amalga oshirmoqchi bo’lishda, ammo butunlay yo’qota olishmadi.

Hozirgi zamon mutaxassislari ajdodlarimizning qadimiy merosini mukammal o’rganishi zarurligini biz yuqorida ham ta’kidlagan edik. Darhaqiqat o’tmishda yaratilgan milliy madaniy meros fuqaroga milliy ruh beradi. uni ijtimoiy taraqqiyotda faol bo’lishga undaydi.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlar asosida yaratilgan milliy kuy-qo’shiqlar orqali tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishimiz, ommaviy tarzda yondashishimiz zarur.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish