Bitiruv malakaviy ishi namangan – 2017


Xalq qo’shiqchiligini o’rgatishda



Download 1,25 Mb.
bet15/20
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#204891
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Ananaviy xalq qoshiqlarini orgatishda milliylikka erishish xususiyatlari

3. Xalq qo’shiqchiligini o’rgatishda

so’z boyligiga erishish

Umumta’lim maktablarida adabiyot darslari va to’garaklarida o’zbek xalq qo’shiqchiligining asoslarini o’rgatish asnosida jamoaviy hamda yakka xrnandalarga qo’shiq o’rgatishning o’ziga xos qoidalarini yo’lga qo’yish lozim. Qo’shiq o’rgatish samaradorligini o’stirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali turlaridan biri hisoblangan tabaqalashtirilgan ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, sinfdagi barcha o’quvchilarning qobiliyatlari, fanga qiziqishlari psixologik va estetik jihatdan turlicha bo’lganligi sababli berilayotgan bilimlar va shu asosda tashkil etilayotgan metodika barcha o’quvchilarga bir xil ta’sir ko’rsatmaydi. Natijada sinfdagi barcha o’quvchilar o’quv dasturigi yoki qo’shimcha ma’lumotlarni bir xil o’zlashtirmaydilar. Bunday o’quvchilarga tabaqalashtirilgan tizim bilan yondashish muhimdir.

SHunday qilib adabiyot o’qituvchisi o’zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ustida, o’z malakasi, saviyasini oshirish ustida doimo ishlashi kerak. Bunga bu borada o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari ancha yordam beradi. Bunday institutda ular fan va texnika sohasidagi yutuqlar, ilg’or pedagogik tajribalar bilan tanishadilar hamda olgan bilim va malakalarini darslarida qo’llasalar maqsadga muvofiqdir.

Yana mavzuga oid bo’lgan milliy madaniy merosimiz juda ko’hna va boy ekanligi barchaga ma’lum. Milliy qadriyatimizning sarchashmalari juda olis davrlarga borib taqalishi jahon miqiyosida ham tan olingan. Ana shu merosning kattagina qismini musiqiy meros durdonalari, ya’ni qo’shiqchilik san’ati egallaydi. O’zbek milliy qo’shiqchilik san’ati an’analarining paydo bo’lishi va rivojlanishini milliy madaniyatning yuzaga kelishidagi eng qadimiy davrlarda ko’rish mumkin.

Hozirda milliy san’atimiz, shuningdek qo’shiqchilik san’atining tub mohiyatiga alohida e’tiborni qaratish lozim:

O’zbek xalq qo’shiqchilik tarixi va taraqqiyoti bosqichlari haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan nodir tarixiy, adabiy va ilmiy manbalarni chuqur o’rganish, tahlil etish.

Kuylash ijrochilining nazariy asoslari, o’ziga xos xususiyatlari, uning badiiyligini o’zlashtirish.

Qo’shiqchilik san’atimiz tarixida iz qoldirgan bastakorlar hayoti va ijodini o’rganib, ularning asarlaridan foydalanishni yo’lga qo’yish hamda unga amal qilishi - shu shart. Bunday sifatlar nutq madaniyatimizda, kiyinishimizda, o’zimizni tutishimizda, ya’ni o’quvchilarga bo’lgan muloqotimizda mujassam bo’lishi zarur.

Estetik madaniyat tarbiyasida musiqaning o’rni juda katta ahamiyatga ega. Musiqa o’z tabiatiga ko’ra estetik madaniyatning asosidir. Musiqa va adabiyotning ijtimoiy hayotda tutgan beqiyos o’rni qadimlardan ma’lum. U inson dunyoga kelishi bilan ona allasidan boshlab, to umrining oxirigacha quvonchli va tashvishli kunlarida hamrox bo’ladi. Ayni bir paytda musiqa insonni tarbiyalaydi, yaxshilikka undaydi, ozod va obod hayot uchun yashashga o’rgatadi.

Gap o’zbek qo’shiqchiligi san’ati haqida ketar ekan, uning inson his-tuyg’usiga, kayfiyatiga katta ta’sir etishi – insonga estetik sifatning qay darajada jamlanganligiga bog’liq bo’ladi. Har qanday insonda musiqiy layoqat bo’lishi tabiiy, musiqa yangraganda kishi o’z- o’zidan musiqa ohangiga beriladi, uni anglaydi va qalbdan his etadi. Endi musiqa olami mutaxassislarida ushbu jarayon kuchliroq bo’lib, ular musiqani nazariy va amaliy jihatdan chuqur biladi hamda musiqaga oid terminlarni tushunadi. Ularda musiqiy layoqat musiqa shinavandalaridan ko’ra ko’proq, ya’ni kasbiy faoliyatlari nuqtai nazaridan olib qaralganda kuchli bo’ladi. Ular har qanday ohangni tinglaganlarida u qaysi tonalьnosda ekanini yoki qanday tahlil qilishni anglay oladilar.

Hozirda yashab ijod etayotgan qo’shiqchilarimiz mumtoz qo’shiq kuylasalar, ba’zi davralarda ularni xurmat qilmaydigan yoshlarni ko’rib hayratlanasan. Yosh bo’lishiga qaramay bemalol maqom qo’shiqlarini yuragidan kuylayotgan xonandalarni ko’rsak dilimiz yayraydi. Namangan shahrida yashab ijod etgan usta Ro’zimatxon Isaboev ham ana shunday xonandalarimizdan.

Ohang, usul, sur’at va ifodalilik, tovushning kuchi, cho’zilishi, jilolari, kuyning yo’nalishlari va o’zgaruvchini aniqlash xuddi musiqada bo’lganidek adabiyotda ham aynan asl holicha bo’ladi..

Ovozlarni to’g’ri idrok qilish bu adabiyotda xalq tilida yozilgan she’rlarni ifodali o’qish bilan chambarchas bog’liq bo’ladi

Milliy ohanglarni (asarni) ravon va yoqimli qilib ijro qilish malakasini egallash, uning tuzilishi, muzmuni, kayfiyati, xarakteri xushsoz va xushohang jihatlarini idrok qila bilish.

Musiqiy layoqat va ularni aniqlash mezonlari xaqida fikr yuritganda o’qituvchilar o’z shogirdlariga xalq qo’shiqchiligining tarixi bilan albatta tanishtirib borishlari lozimdir, boisi, xalq tilidan kuylangan ayrim qo’shiqlarning so’zlari o’quvchilarga notanish yoki tushunarsiz bo’lib qolishi tabiiy.

SHuning uchun o’qituvchi darsda qo’shiqning kelib chiqishi va o’sha davrdagi insonlarning oddiy shevalari asosida yaratilganligini uqtirib borsa o’rinli bo’ladi. SHu bilan birga musiqiy layoqat o’quvchida ko’proq namoyon bo’ladi, o’quvchining fikrlash doirasi oshib boradi.

O’quvchilarning xalq qo’shiqlarini ongli idrok qilish layoqati.



  • Qo’shiqlardagi she’rning sur’at va usul o’zgarishlarini farqlash layoqati.




  • Ifodali o’qish, kuylash va diqqat bilan tinglash layoqati.




  • Qo’shiqlarni taxlil qilish va shaxsiy munosabat bildirish layoqati.




  • Musiqiy ong va tafakkur darajasi.

Samarali metodika va uzluksiz ta’lim natijasida esa bu sifatlarni ham tez orada rivojlantirish mumkinligi tajribada isbotlandi.

G’oyaviy badiiylikda ijodiy rivojlanish bilan musiqiy layoqat bir-biri bilan uzviy bog’liq va bir-biriga taqazo etadigan jarayondir.

Musiqiy va badiiy layoqat ijodini rivojlantirishning asosi bo’lib hisoblanadi. Musiqiy faoliyatning ijodiga qaratilganligi esa musiqiy layoqatining kelajakda rivojlanishiga bevosita yordam beradi.

Badiiy xususiyat bilim va ijodiy jarayonlar ta’sirida o’quvchilarning musiqa savodxonligi qay tarzda o’sa borishiga qarab bolaning ijodiy rivojlanishi ham ortadi va bu sifat musiqiy faoliyatning hamma turlari o’zining ijobiy ta’sirini o’tkazadi.

O’quvchilarning badiiy - ijodiy faolligini oshirishda quyidagi holatlar doimo o’quvchi e’tiborida bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

O’quvchilarning ijodiy va musiqiy layoqatlarini doimo uzviy tarzda rivojlanib borishligini hisobga olishda bastakorlikni to’g’ri tahlil etish va ta’limiy mohiyatini anglab yetishda musiqiy bilim, malaka va ko’nikmalar rivojlanishini ijodiy faollikni o’sib, shakllanib borishning asosi deb qarash, o’quvchilarni musiqiy-ijodiy faoliyatining turli-tuman forma va vositalarida faol jalb qilish orqali ularda xissiyot olami va intelektual imkoniyatlarini ham o’sib borishini nazarda tutish orqali o’quvchilarning bilim va mahoratlari orttiriladi

Xalqimiz azaldan yaxshilikni ulug’lagan, tabiatan yaxshilik qilishga moyil bo’lgan xalq sanaladi. Alalxusus, bu el farzandlari qalbida “yaxshilik qil, agar yaxshilik qila olmasang yomonlik ham qilma” –degan ezgu da’vat yashaydi. Ertagu-rivoyatlar, dostonlar, maqolu-naqllar, milliy mumtoz kuy va qo’shiqlarning zamirida ham o’zaro yaxshilik va ezgulik xususiyatlari rivoj topadi. Yaxshilikni ulug’lash, yaxshilikka intilib yashash mana necha asrlardan buyon avloddan-avlodga o’tib bizgacha yetib kelgan. Yana xalqimizda savob degan hikmatli ibora ham mavjudki, ushbu yqlda ajdodlarimiz tarixda saboq berguvchi xotiralarni qoldirganlar.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yashagan ma’rifatparvar shoish Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Abdulla Avloniy, cho’lpon singari bobolarimiz ma’rifat sari intilib, maktab, masjidlar qurdirib savob ishni ado aylaganlar. Ayniqsa ularning o’sha davrlarda aholi orasida keng tarqalgan manmanlik, o’zining boyligini ko’z-ko’z qilish kabi illatlarni qoralaganlar. Bularning barchasi milliy kuy-qo’shiqlar orqali xalqqa yetkazilgan.

Bugungi xur va ozod kunlarimiz qadrini ming chandon orttirishi barobarida, har birimizni qissadan-hissa chiqarishga, yurt uchun fidoyilikni ajdodlarimizdan o’rganishimizga, milliyligimizni yo’qotmaslikka, har bir ishimizni, imkoniyatlarimizni ona Vatan-O’zbekiston daxlsizligini ta’minlash, uning gullab yashnashi uchun safarbar etishimiz lozim. Negaki ular timsolida biz milliy birlikni, maqsadlar mushtarakligini va unga erishmoq yo’lida birdamlikning yorqin na’munasini ko’ramiz.

Respublikada xizmat ko’rsatgan “Yalla” vokal-cholg’u ansambli 1975 yilda Vьetnamda gartrolьda bo’lib, ulkan muvoffaqiyat qozondi. Tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’lgan qo’shiqlarning bari asli xalq kuylari va qo’shiqlari asosida qayta ishlagan. Ansamblь repertuarlaridagi “Suialak”, “Boychechak”, “Qarg’alar”, “Yallama yorim”, “Tom boshida tog’ora”, “Oq terakmi ko’k terak” kabi qo’shiqlarida oddiy o’zbek hayotining qaynoq nafasi ufirib turadi. “Boychechak” qo’shig’ida bahor ramzining poetik ifodasi jo’shqin misralarda ko’klam bo’lib jonlanadi:

Boychechagim boylandi,

Qozon to’la ayrondir.

Ayroningdan bermasang

Qozon tovog’ing vayrondir.

Bu qo’shiqlar faqatgina o’zbek xalqining madaniy boyligi bo’lib qolmasdan, jahon san’atining umumiy maxsuligi aylandi. CHunki bunday qo’shiqlarning so’z tartibi sodda va tiniq bo’lib, musiqiy ravonligi dillarni quvontiradi ham ijro uchun qulay, ham poetik rang-barangligi bilan ta’sirchan chiqadi. musiqa san’atining qaysi janrida bo’lmasin, operadami, baletdami, simfonik asardami yoki estrada kuylaridami, albatta xalq kuylarining salmoqli hissasi bor. Xalq – mehri daryo ijodkor. Xalq musiqa san’atining qaynar bulog’i musiqa yaratuvchichlarning doimiy ilhom va ijod manbalaridir.

Keyingi paytlarda xalq musiaqsini o’rganishga jiddiy ahamiyat berilmoqda. O’zbek xalq musiqa merosisni o’rganish jahon miqyosida tarqalmoqda. Xususan, 1978 yil oktyabrь oyida Samarqand shag’rida o’tkazilgan (va o’tkazib kelinayotgan) “Yaqin va O’rta sharq xalqlariprofessional musiqasining an’analari va zamonaviylik ” mavzuidag zalqaro simfonizmlarda avloddan avlodga o’tib kelayotgan noyob xalq professional musiqa san’ati bo’lmish maqomlarning amaliy, nazariy va tarbiyaviy imkoniyatlari izchil tahlil qilinib, maqom san’atini tashviqot qilish masalasida amaliy tadbirlar kelishib olindi. Maqomlar mohiyatini to’g’ri tushunish uchun avvlo oddiy xalq qo’shiqlarini sevish, musiqa san’atini qadrlash, eng muhimi, ma’daniy merosga e’tiqod qo’yish lozim. Maqom oddiylikdan murakkablikka o’tishni talab qiladi. Oddiy xalq jqo’shiq va kuylarining qalbga olam-olam zavq bag’ishlovchi sehrini bilmagan odam maqomdan murakkab musiqiy mo’’jizaning estetik zavqini his etolmaydi. O’zbek musiqashunosi Yunus Rajabiy o’zining “Musiqa merosimiz haqida” nomli asarida maqomning ijrochilik yo’llari xalq ohanglari bilan bog’liqligi masalasiga to’xtalib: “Maqom yo’llari bilan xalqmusiqa asarlari orasida hech qanday farq yo’q. Xalq musiqasining kichik yoki yirik shaklidagi hamma turlari maqomlarning u yoki bu qismiga ohangdosh”, - degan edi. Xalq qo’shiqlari o’zining musiqiy ravonliga va ritmik ko’rinishi bilan xalq og’zaki ijodining professional ko’rinishi bo’lgan ko’p qismi vokal-cholg’u asari bo’lishi maqomlar bilan ham uzviy bog’liqdir.

Maqom asosan ko’p qismliligi, ovoz diapazonining kengligi, masshtabining kattaligi va ijrochilikdagi mkrakkabligi bilan o’zbek xalq qo’shiqlaridan farq qiladi. Maqomlarning ijrochilikdagi murakkabligi va hozir o’rta maktablarda musiqa darslari dasturida atroflicha tahlil qilibo’rgatilmasligi uchun ham bu nodir musiqa merosimizni yoshlar yaxshi tushunmaydilar. CHunki xalq qo’shiqlari, maqomlar xalq ma’naviyatida ijobiy o’rin tutganligi uchun ham bu musiqaviy meros asrlar osha og’izdan tushmasdan kuylanib kelindi. Musiqa darslarida xalq og’zaki professional san’ati namunalari bilan tanishtirib borish o’quvchilarada ma’naviy merosga samimiy muhabbat uyg’otishdi, yoshlarni xalq qo’shiqlarini sevish, bobolarimiz idealalri kuylangan barhayot misralarni qadrlashga o’rgatadi. Yoshlarni ma’naviy merosining doimiy ta’siri vositasida tarbiyalash zarur. Xulosa qlib shuni aytish kerakki, musiqa merosimiz xazinasidagi turli janrga mansub asarlar o’z milliy xususiyatlarini saqlagan holda zamon bilan hmnafas bo’lib yashamoqda.

SHarq allomalari-Firdavsiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Kaykovus, Alisher Navoiy, Boburlarning asarlarida o’zbek bolalar o’yinlari xalq hayotining muhim qismi bo’lganligini ta’kidlangan.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish