Bitiruv malakaviy ishi namangan – 2017


II bob O’quvchilarning milliy madaniyatini shakllantirishda xalq



Download 1,25 Mb.
bet12/20
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#204891
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Ananaviy xalq qoshiqlarini orgatishda milliylikka erishish xususiyatlari

II bob O’quvchilarning milliy madaniyatini shakllantirishda xalq

qo’shiqchiligining dolzarbligi

2.1. O’quvchi- yoshlarga xalq qo’shiqlarini ijro etishning qoida va

malakalari.
Ijrochilik-musiqa san’atining asoslaridan biri sifatida uning borligini ifoda etuvchi jarayon, ahvolini belgilovchi mezon hamda mahorat darajasini aniqlab beruvchi omildir. Ijrochilikda zohiriy taraflarini ko’z bilan ko’rib, ma’nosini qalban his etib, bahramand bo’ladigan bu jonli jarayonda kuy va ashulalarni yuzaga kelishi uchun muhim hisoblangan bir qator sifat va xususiyatlar uyg’unlashgandir.

Ijrochilikning ana shunday asosiy qonunlari xonandalik, cholg’uchilik (sozandalik) hamda raqs yo’nalishlarida namoyon bo’ladi. Ularning har biri alohida va shu bilan birga uyg’unlashgan holda xalk ijrochilik amaliyotida shakllangan va rivojlangan. Pirovardida, san’at deb atalmish ma’naviyatimizning sirli, badiiy, ruhiy va jozibali jihatlarini namoyish etuvchi turlari sifatida muhrlangan. Qayd etish joizki, ijrochilikda doimo uch jihat mushtarak rivojlangan: ijod, talqin va tinglovchilar bilan hissiy (psixologik) bog’lanish. Ijro saviyasi ana shu jihatlarining mutanosibligiga bevosita bog’liqdir. Ijrochining mas’uliyati mahorat va talqin kabi unsurlardan, eshituvchining holati esa, uning tajriba va ko’nikmalaridan kelib chiqadi. Demak, ijrochining asosiy vazifasi kuy va aytimlarni latif va zarif shakllarda ijro etish va shu bilan tinglovchilarga ta’sir

o’tkazishdir.

Biz bilamizki, tovush bu-zohiriy ko’rinish. Unga turli vosita va harakatlar bilan erishiladi. Eng muhimi, tovushning chiroyli, go’zal, ma’noli hamda dardli tarannum etilishidadir. Bu esa ijrochilikning negizida turgan asosiy mohiyati hisoblanadi. O’zbek musiqa ijrochiligida eng mahoratli, bilimli va ilmli xonandalar hamda ovoz yordamida talqin etuvchilarni «hofiz» deb atash rasm bo’lgan. Hofizlikning turlari va shunga xos tarixiy ma’lumotlar o’tmish allomalarning yozma manba’larida o’z ifodasini topgan.11

Asrlardan-asrlarga, ajdodlardan- avlodlarga meros bo’lib kelayotgan milliy an`analar va qadriyatlarning muqaddasligini saqlab qolish, uni yangi umuminsoniy an`analar bilan boyitib, o’qituvchi ongiga singdirib borish ta`lim muassasalari oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Musiqa san`atidagi milliy an`anlarning o’ziga xos jihatlari shundan iboratki, u boshqa qadriyatlarga nisbatan umumbashariy xolda e`tirof etilishi tezroq va kengroq qamrovda ro’y beradi. Bu umumiylik dunyoda, shu jumladan xalqlar o’rtasida do’stona munosabatlarni, do’stlik rishtalarini bog’lab turadi. Bunda musiqiy an`analarning ham o’rni bor. 12

Xalqlarimiz o’rtasidagi do’stlik va xurmat rishtalari Respublikamiz Konstitutsiyasida ham o’z ifodasini topgan va unda O’zbekiston Respublikasi o’z xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analarini xurmat qilishini ta`minlash, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi belgilab qo’yilgan.

Hozirgi sharoitda musiqa o’qituvchilari faqat o’zbek maktablaridagina emas, balki ta`limi boshqa tillarda o’tiladigan maktablarda ham musiqa ta`limini olib boradilar.

Musiqa o’qituvchilari ta`lim olgan fakul'tetlarda o’rganilgan "Sol'fedjio" darsiligi aynan shu maqsadni amalga oshirishga imkon bergan.

Musiqa o’qituvchisi o’z o’quvchilarini turli badiiy jamoalarni bayramlarga tayyorlash, ko’rik tanlovlarga ishtirok ettirish, xakamlar xay`atida a`zo sifatida qatnashish kabi bir qator ma`suliyatli ishlarni amalga oshirib boradi. Xususan, "Yangi yil", "Navro’z", "8-mart- Xalqaro xotin-qizlar bayrami", "Qurolli quchlarimizning tashkil qilingan kuni", "Xotira kuni", "Mustaqillik kuni", "O’qituvchi va murabbiylar kuni", "Konstitutsiya kuni", "Mehrjon bayrami", "Qurbon Xayiti", "Ro’za Xayiti", "Ramazon aytishlar", "Gullar bayrami", "Qushlar bayrami", "|O’zbeqiston- Vatanim manim", "Qo’shiq bayrami", "Xalqaro maqomchilar ko’rigi" kabi ko’plab bayramlar, xalq an`anlari mavjudki, bularni tashkil qilishda musiqa mutaxassislari alohida jonbozlik ko’rsatishi talab qilinadi. Zero bu bayramlar Respublikamiz xududida yashovchi barcha millat vakillarini o’zida mujassamlashtiradi, zero davlatimiz o’z millati bilangina emas, balki undagi turli millatlarning do’stona munosabati tufayli ham mustahkamdir. Mana shu do’stlik, millatlararo muloqot madaniyati, boshqa xalqlar san`atidan bahramand bo’la olish yuqorida sanab o’tilgan tadbirlarni o’tkazish jarayonida tarkib topib boradi. Musiqa o’qituvchisi bu tadbirlarning faol ishtirokchisi sifatida o’zida ma`naviy madaniyatni shakllantiradi.

Jamiyatda o’quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga katta e`tibor berilayotgan bugungi kunda ta`limning barcha sohasidagi o’qituvchilar zimmasiga katta ma`suliyat yuklatilishi tabiiydir. Mahoratli o’qituvchi bo’lish nafaqat tabiat in`om etgan qobiliyatgina, balki har bir o’qituvchining kasbiy mahoratini muntazam tarzda takomillashtirib borish yo’lidagi sa`yi xarakatlariga ham bog’liqdir. Musiqa o’qituvchisi ham bundan mustasno emas.

Musiqa uqituvchisining muayyan maxoratiga erishuvi uch muxim mantiqiy davrni uz ichiga oladi.Birinchidan, uqituvchining sa`yi xaraqatlari uz qasbining qadr qimmatiga yunaltirilgan bulishi, ya`ni uz idealidagi musiqa uqituvchisi qanday bulishi qeraqligini aniq tasavvur qila olishiga qaratilgan bulishi lozim.

Iqqinchidan, uquvchilar bilan buladigan muloqotda u uzining pedagogliq mavqeini, ustozliq etiqetini saqlamogi talab etiladi, ya`ni uqituvchi olib borayotgan darsning xar bir laxzasida u uz uquvchilariga nisbatan yuqori saloxiyatga ega eqanligini namoyon eta olishi, jamoani uziga qaratib, ularning xurmatini qozona olishi talab etiladi.

O’zbek milliy qo’shiqchilik san'ati an'analarining paydo bo’lishi va rivojlanishini milliy madaniyatning yuzaga kelishidagi eng qadimiy davrlarda ko’rish mumkin. qozirda milliy san'atimiz, shuningdek qo’shiqchilik san'atining tub moqiyatiga aloqida e'tiborni qaratish lozim:

‘O’zbek xalq qo’shiqchilik tarixi va taraqqiyoti bosqichlari qaqidagi ma'lumotlarni o’z ichiga olgan nodir tarixiy, adabiy va ilmiy manbalarni chuqur o’rganish, taqlil etish.Kuylash ijrochilining nazariy asoslari, o’ziga xos xususiyatlari, uning badiiyligini o’zlashtirish.’

Qo’shiqchilik san'atimiz tarixida iz qoldirgan bastakorlar qayoti va ijodini o’rganib, ularning asarlaridan foydalanishni yo’lga qo’yish hamda unga amal qilishi - shu shart. Bunday sifatlar nutq madaniyatimizda, kiyinishimizda, o’zimizni tutishimizda, ya'ni o’quvchilarga bo’lgan muloqotimizda mujassam bo’lishi zarur.

Estetik madaniyat tarbiyasida musiqaning o’rni juda katta ahamiyatga ega. Musiqa o’z tabiatiga ko’ra estetik madaniyatning asosidir. Musiqa va san'atning ijtimoiy qayotda tutgan beqiyos o’rni qadimlardan ma'lum. U inson dunyoga kelishi bilan ona allasidan boshlab, to umrining oxirigacha quvonchli va tashvishli kunlarida hamrox bo’ladi. Ayni bir paytda musiqa insonni tarbiyalaydi, yaxshilikka undaydi, ozod va obod qayot uchun yashashga o’rgatadi.

Gap o’zbek qo’shiqchiligi san'ati qaqida ketar ekan, uning inson qis-tuyqusiga, kayfiyatiga katta ta'sir etishi - insonga estetik sifatning qay darajada jamlanganligiga boqliq bo’ladi. qar qanday insonda musiqiy layoqat bo’lishi tabiiy, musiqa yangraganda kishi o’z- o’zidan musiqa oqangiga beriladi, uni anglaydi va qalbdan qis etadi.

O’zbek musiqa san’atida xonandalik, o’z sohasi va yo’nalishidan kelib chiqib turli sharoitlarga moslashgan holda shakllanib, rivojlanib kelgan. Oddiy folьklor aytimlari, doston ijrochiligi, turli marosim aytimlari, zamonaviy akademik(vokal) va estrada xonandaligi, mumtoz xonandalik shular qatoriga kiradi. Har bir yo’nalish shakl va ijrochilik nuqtai nazaridan o’z uslubi, qonun-qoidalari va shaklu-shamoillariga egadir. Ular orasida klassik xususiyatlar doirasida shakllangan va eng mukammal an’analarni o’zida aks ettirgan an’anaviy yo’nalish o’zining barcha xususiyati, nufuzi va salohiyati bilan ibrat bo’lib kelmoqda. Amaliyotda, ya’ni mumtoz musiqa xonandaligida, azaldan, o’zbek xalqining eng go’zal urf-odatlari, milliy ruhiyati bilan bog’liq qadriyatlari yuzaga kelib, xalqning boy ma’naviyatini in’ikos etib kelgan. SHu bois bo’lsa kerak, xonandalik an’anasida mumtoz aytim yo’nalishlari va uslublari shakllanib borgan.

Buni amaliyotda an’anaviy xonandalik (mumtoz ashulachilik va mumtoz qo’shiqchilik) san’ati yo’nalishlari sifatida yuritish odat tusiga aylandi. Milliy mumtoz ashulachilik an’analari o’zbek an’anaviy xonandalik san’atining asosi bo’lib rivojlandi. Bizning davrga kelib, xonandalikning eng mahoratli va bilimli darajasini, «hofizlik san’ati» deb yuritish odat bo’ldi. Hofizlik san’ati an’anaviy

xonandalikning ibratli namunasi sifatida amaliyotda qo’llanila boshlandi. Eng nufuzli an’anaviy xonanda namoyandalariga esa «Xalq hofizi» faxriy unvoni berish ta’sis etildi.

An’anaviy xonandalik san’ati professional ashulachilar orasida keng ommalashdi. Ularning janr jihatidan keng qamrovliligi, ijro talqinining turlanishi, joy va makon an’analarining ahamiyati negizida o’sib-boyib bordi. Natijada shaxsiy hamda mahalliy unsurlar bilan xarakterlanuvchi ijro uslublar, keyinchalik ijro maktablari yuzaga keldi. Andijon, Xorazm, Marg’ilon, Qo’qon hofizlik maktablari yoki Hamroqul Qori, Hojixon Boltaev, Hoji Abdulaziz Abdurasulov,

Mamatbuva Sattorov, Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov kabi shaxsiy ijro uslublar shular jumlasidandir.
O’zbek xalqi ko’p asrlik taraqqiyot tarixiga ega bo’lgan an’analar sohibidir. O’zbek musiqa san’atining ildizlari qadim zamonda borib tarqaladi. Qadimiy madaniyatning ko’pdan - ko’p obidalari, buyuk o’zbek mutifakkirlari, shoirlari yozuvchilari, ulug’ daxolari Al- Farobiy, Abu Ali Ibn sino, Navoiy, Jomiy, Nizomiylar lirikasida, keyinchalik esa o’zbek shoirlari va mutafakkirlari Muqimiy, Furqat, Xamza asarlarida musiqa tarbiyasi va ta’lim berish orasida talaygina qiziqarli fikrlar bildirilgan. O’zbek qo’shiqchiligining rivojlanishiga barcha davrlarda ham nihoyatda katta ahamiyat berilgan.13

O’rta Osiyolik mashxur qo’shiqchilar orasidagi olimlar yoshlarning tarbiya sifatlariga ko’plab ilmiy va amaliy g’oyalar bildirgan. O’zbek xalqining qo’shiqchilik san’ati xalq pofessional ijod maxsuli bo’lgan musiqa asari, og’izdan – og’izga o’tish asosida asrlar davomida to’plangan an’ana zamirida rivojlangan. U bizga xofizlar, musiqachilar, baxshilar orqali yetib kelgan. Unga xalq ijodining eng yaxshi na’munalari hamda professional ijrochilar tomonidan chalingan musiqa asarlari kirgan. So’ngi yillarda, olib borilgan tadqiqotlarning natijalari XVIII asrda o’ziga xos nota yozuvi bo’lganida, lekin faqat musiqa folьklori emas, balki o’zbek xalqining professional qo’shiqchiligi ham 1920 yillarga qadar og’izdan- og’izga o’tish yo’li bilan tarqalgan. SHunga qaramasdan musiqa o’zbek xalq xayotida muhim va katta o’rin egallagan.

O’zbek xalqining musiqa san’ati uzoq tarixga ega bo’lib, davrlar osha o’zining tarbiyaviy sifatlarini yo’qotmay omma orasida ommalashib bormoqda. O’zbek qo’shiqchiligining yosh avlod tarbiyasidagi muhim yo’nalishalari uning qadimiyligi va barqarorligi, pand- nasihatga boy ko’rinishi , ajdodlarimiz qoldirgan qadimiy hamda ma’naviy merosimizga yo’g’rilganligidadir. san’atini yo’qotmay, o’zaro bog’lanib, bir-birini to’ldirib, tinglovchini qalbida yashamoqda.

SHarq musiqa ilmining asoschisi deb butun jaxonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy buyuk allomalarimizdan. Abu Ali Ibn Sino Abdulqodir Marog’i, Abduraxmon jomi, Alsher Navoiy , Darvesh ali CHangchi va boshqalar sharqona jaxonshumul axamiyatga molik noyob nazari va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning ham muallifi sifatida keng taniganlar.

Buyuk istiqlol tufayli musiqa madaniyatimiz eski siyosiy- mafkuraviy tazyiqlardan xolos bo’ldi. SHu bilan birga u ko’xna mumtoz an’analarimizning to’la ta’kidlashiga, ayniqsa, yosh avlodlarni bilimdon, savodxon, ma’naviy barkamol darajada tarbiyalashga imkoniyat yaratdi.

Diniy – falsafiy xalq qo’shiqlariga kelsak, bular avvalo bizning tarixiy boyligimizdir. Kimgadir g’ayri tabiiy tuyulsa ham, bu yo’nalishga to’siq bo’lmaslik aslida ozodlik, erkinlik, yuksak madaniyatga xos chinakam demakratik tamoyillarning amaldagi yaqqol ifodasi bo’lsa kerak. 14

Musiqiy merosni asrash tushunchasining mohiyati shunchaki o’tmish g’oyalarini ko’r-ko’rona takrorlash va saqlash emas, balki uni ilmiy dunyoqarashi hamda xalq manfaatlari, erkin va farovon jamiyat qurish vazifalari nuqtai nazaridan rivojlantirish, tanqidiy o’zlashtirish va ijodiy qayta ko’rib chiqish zarur.

Xalqimizning ilhombahsh qo’shiqlarini mahorat bilan ijro etgan san’atkorlar yaratgan musiqalarni to’plash va o’rganish qadim zamonlardanoq boshlangan edi. XVII asrda yashagan Darvish Alining professor A.A. Semyoneov tadqiq etgan mashhur traktadida cholg’u asboblarining mukammal ro’yxati, ularning ishlab chiqish haqidagi rivoyat va afsonalar, ayrim san’atkorlar ijodi hamda musiqiy asarlar haqida qiziqarli ma’lumotlar bor. Adib Hamza Hakimzoda Niyoziy xalq qo’shiqlari va kuylarini to’plab tizimlashtirgan yirik musiqashunos hamdir. U “milliy ashulalar” deb atalgan qator to’plamlarni nashr ettirdi. Hamzaning 1915-1919 yillarda e’lon qilingan “Oq gul”, “Pushti gul”, “Qizil gul”, “Sariq gul”, “Yashil gul”, “Safsar gul” nomli to’plamlarida xalq kuylaridan o’rinlifoydalanilgan. Xalq qo’shiqlari, laparlari, dostonlari qadim zamonlarada paydo bo’lib, og’izdan-og’izga o’tib, badiiy barkamollashib bordi. Bu san’at yodgorliklarini bizgacha saqlab kelgan hofizlar, ashulachi, baxshi va xalq shoirlarini el hamisha e’zozlaydi. O’zbek milliy musiqasini yaxshi biladigan atoqli kompozitor N. Miranov shunday degan edi. “O’zbekiston mehnatkashlari o’rtasida she’riyatga, musiqaga va boshqa san’atlarga ishtiyoq zo’r. Butun o’zbek xalqining xarakteridan bu xususiyat juda yaqqol ko’zga tashlanadi.

Deyarli har bir xonadonda dutor, tanbur yoki nay kabi sevimli muzika asboblarini topish mumkin. O’zbeklar o’zlarining shoir va adiblarini, shuningdek, hofizlarini, ayniqsa, xush ovoz ashulachilarini juda qadrlaydilar”. (N. Mironov Muzыka Uzbekov. Samarqand. Uzgosizdat, T. 1928, 9-bet).

O’zbek xalq marosimlari, bayram shodyona musiqa va ashulasiz o’tmas, bu yig’inlarda doimo hofizlar ishtirok etib, xalqqa estetik zavq ulashadilar. Ayniqsa, xorazmlik san’atkorlarning milliy musiqa merosini dildan – dilga, eldan-elga yetkazib kelayotgan butun bir avlodini aloxida tilga olish zarur, Amu vohasida chang va g’ijjakni maromiga keltirib chalgan Qalandar Do’nmas, mohir tanburchi Matyoqub Xarrat, dovrug’i baland narmonchi ustod SHeroziy, “CHorgoh”, “Segoh”, “Suvaro”, “CHavandozi Suvora”, “Navo”, “Talqini rost” ashulalari bilan elni xushnud etgan Hojixon Hofiz, shuningdek, Matpano ota, Matkarim hofiz, Atoullo Hofiz, Bola baxshi nomini kim bilmaydi deysiz? Musiqa maktabi yaratish, binobarin milliy musiqa madaniyatining progressiv tomonlarini ijodiy o’zlashtirib kelgusi avlodga yetkazish xususida mashhur xalq hofizi Hojixon Boltaev shunday degan edi: “Xorazmda o’tmishda maxsus musiqa maktabi bo’lmagan. Yetuk san’atkorlar maktab yaratishgan. Xorazm baxshilari dutor, buloman, g’ijjak, doira, qo’shnay jo’rligida dostonlarni yoddan aytganlar. Yangi zamon musiqa ilmi, san’at taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. Fikrimizcha, Komilxon rahbarligida tuziladigan ansambl Xorazm musiqa an’analarini, milliy san’at xususiyatlarini saqlab qolish bilan birga, davr ruhini unga singdirish, hozirgi zamon musiqasi yutuqlarini o’zida aks ettirishi, ya’ni novatorlik yo’lidan borishi kerak.




Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish