Bitiruv malakaviy ishi namangan – 2017


Qo’shiqchilik san'atining paydo bo’lishi



Download 1,25 Mb.
bet10/20
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#204891
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Ananaviy xalq qoshiqlarini orgatishda milliylikka erishish xususiyatlari

1.2. Qo’shiqchilik san'atining paydo bo’lishi.
O’zbek milliy qo’shiqchilik san'atining ildizlari juda qadimiydir. Tarixiy adabiyotlardagi ma'lumotlar va arxeologik qazilma topilmalari shundan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi IV asrda (qariyib 2400 yil muqaddam) Iskandar Zulqarnayn O’rta Osiyoni zabt etganida yunonlar ajdodlarimiz bo’lmish suqdiylar, baktriyaliklar va xorazimiyliklarning boy musiqa madaniyatidan qayratda qolganlar. Ularning mashshoq xonandalari ajdodlarimizning ajoyib va dilkash qo’shiqlari va kuylarini, xushnavo turli cholqu asboblarini o’rganib, o’zlarining musiqa madaniyatlarini boyitganlar. Natijada ayrim cholqu asboblarimiz yevropa xalqlari amaliyotida qo’llanib, yangi ko’rinish (shakl) va nomlanishda tarqalgan (ud - motiya, dutor, gutor - gitara, arqanun - arfa va boshqalar).

VII asrda O’rta Osiyoga islom dinini olib kelgan arablar ham ajdodlarimiz, musiqa madaniyatidan bebaqra qolmadilar. IX-X asrlarga kelib, Samoniylar davlatida Buxoro yuksak san'at va ilm-fan maskaniga aylandi. Bu davrda olamga mashqur olimlar, shoirlar, musiqachilar yetishib chiqdilar. Mashqur faylasuf al-Farobiy, Axmad Farqoniy, alloma Abu Rayxon Beruniy, buyuk Abu Ali ibn Sino, Abu Abdullo Rudakiy, Abdulqosim Firdavsiy va boshqalar O’rta Asr Sharq madaniyatiga katta xissa qo’shdilar. Ayniqsa, al-Farobiy va ibn Sino Sharq musiqashunosligi ravnaqiga ulkan xissa qo’shdilar.

XI-XV asrlar davomida o’zbek xalqi madaniyati yangi cho’qqilarga erishdi. Temuriylar davrida o’zbek musiqa madaniyati yuksak rivojlandi. Bunda Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Uluqbek, Zaxiriddin Muxammad Bobur kabi uluq allomalarning xazmatlari aloqida xurmatga sazovor. XVI-XIX asrlarda Samarqand, Buxoro, qo’qon va Xorazm kabi ilm va ma'rifat maskanlarida musiqa san'ati keng rivojlandi.5

Xususan, Mavlono Kavkabiy Buxoroiy va Darvesh Ali Chanqiylarning musiqiy-nazariy risolalari shu paytda yozilgan bo’lib, musiqa san'atida katta ahamiyat kasb etgan. Bu davrda eng katta salobatli maqomlarimizdan "Shoshmaqom" turkumi mukammal shaklga kirdi. Shuningdek dostonchilik san'ati ham yuksak rivojlandi. Binobarin, o’zbek musiqasi ikki asosiy tarmoqda - xalq ommaviy janrlari (bolalar qo’shiqlari, alla, yalla, terma, lapar, qo’shiq, lirik va raqs kuylari)ga va oqzaki an'anadagi ustozona (professional) musiqa (ashula, katta ashula, doston, maqomlar) yo’nalishlarida qaror topib keldi. XIX asrlarning II-yarmida Turkiston xonliklari rus chorizmi tomonidan bosib olina boshlandi, natijada musiqa madaniyatimizga Rossiya orqali Yevropa musiqasi ta'siri jarayoni boshlandi. Sho’ro davrida musiqa madaniyatimizda turli o’zgarishlar ro’y berdi, chunonchi maktab ta'limi va musiqa o’quv yurtlarida musiqani yevropacha (fan sifatida) o’rganish joriy etildi. Shuningdek teatr, konsert muassasalari tashkil etildi. Kompozitorlik musiqa ijodiyoti uslubi vujudga keldi, natijada o’zbek kompozitorlari yetishib chiqdi. Ayniqsa shu uslubda ijod etilgan bolalar musiqasiga e'tibor kuchaydi. O’zbek xalq musiqasining ommaviy qo’shiq va kuylari badiiy mazmuni va xayotiy o’rniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

1. Mavsum-marosim qo’shiqlari (marsiyalar, yo’qlovlar, yor-yorlar, to’y-qashamlarda, bayramlarda

kuylanadigan qo’shiqlar).

2. Meqnat qo’shiqlari.

3. Kunda ijro etiladigan kuy-qo’shiqlar.

Xalq ommaviy qo’shiqlarining deyarli barcha janrlari xalq oqzaki ijodiga mansub bo’lgan barmoq vaznidagi she'rlar bilan kuylanadi. Zatan, she'r va kuy qadimdan mushtarak yaratiladi.

Alla - onaning yosh bolasiga bo’lgan meqr-muqabbati va orzu-istaklarini ifodalash, orombaxsh, yoqimli lirik oqangga ega bo’lib, bola ruxiyatini tinglanishi va osoyishta, shirin uyquga eltishga xizmat qiladi. Ayniqsa, u bolada milliy musiqa oqanglarini idrok etish ko’nikmalarini rivojlanishida muqimdir.

Odatda qar bir ona bolasiga bo’lgan meqrini allada ifodalab kuylaydi va o’zi yangi so’zlar va unga yangi paydo etganini ham sezmay qoladi. Lapar - sho’x va raqsona kuy usulida bo’lib, odatda ikki xonanda yoki ba'zan ko’pchilik va yakkaxon tomonidan aytishuv tarzida ijro etiladi. Ba'zan zavqqa to’lgan tinglovchilar chapak chalib unga jo’r bo’ladilar. Bunga xalqimizning "Omonyor", "Illila-yor", "Olmacha anor", "qorasoch", "Jaqu-jaqu" kabi mashqur qo’shiqlari misol bo’la oladi. Ba'zan laparlar qajviy va qazil-mutoyiba mazmunida ham kuylanadi. Masalan, "Oyijon", "qilpillama" shular jumlasidandir. Yalla - bu janr ham quvnoq va raqsona oqangda bo’lib, odatda cholqu asboblarida va xonandalar jamoasi jo’rligida raqsga tushiladi. Bu janrga xalq orasida keng tarqalgan "Yali-yali", "Yolvorma jonim", "qijbona-qijbona", "Boqmacha bilagim", "Fabrika", xorazmcha "qova, qey, qova" kabi yallalar misol bo’la oladi. Yallaning ikkinchi turida cholqu asboblari jo’rligida ijrochi o’zi kuylab raqsga tushadi. Bunga "qizgina", "Aylanaman nozigim", "Ishga chiqing kelinoyi" va boshqalar misol bo’la oladi. 6

"Olmacha anor" yallasidan quyidagi parchani jamoa bo’lib kuylash lozim.

Olmacha anoringga balli,

Dona- yu qolingga balli...

qo’shiq - qo’shiq janri xalqimiz musiqa amaliyotidan keng tarqalgan janrlardan biridir. U ham asosan barmoq vaznidagi xalq oqzaki she'rlari bilan diapazoni (past va yuqori tovushlarning orasi) uncha keng bo’lmagan kuylardan aytiladi.

Bunga "Baqor keldi", "Oq layli" ("Nasriddin Buxoroda" kinofilmida foydalanilgan), "Daryo toshqin" ("Shum bola" kinofilmida foydalanilgan), "Olmani otdim", "Yallama yorim", "Yoshligim" va boshqalar misol bo’la oladi.

qo’shiqlar ba'zan naqorat bilan keladiki, ular kuplet shaklidagi qo’shiq deb ataladi. Bunga sizga tanish bo’lgan "Yoshligim" qo’shiqi misol bo’la oladi.

Terma - termalarda mazmunan ko’proq pandu nasiqat, aqloq-odob insonparvarlik qaqida kuylanadi.

Ular diapazon jiqatdan uncha katta bo’lmagan kuy va ixcham shaklda barmoq vaznidagi she'rlarda kuylanadi. Bunday termalarni baxshilar do’mbira jo’rligida kuylaydilar. Darsda "O’zbek xalq musiqasi" o’quv filmini tomosha qiling. Bunda siz o’zbek musiqa tarixi va oldingi darslarda tanishgan ommaviy janrlarga doir qo’shiqlar bilan tanishasiz. Shuningdek, Chori baxshi ijro etgan "Nasiqat" termasini ham tinglaysiz. Kuylaydigan janrlar bilan birga ommaviy kuylar ham mavjudki, ular xalqimiz orasida keng tarqalgan. Bularga "Ufori", "Chertmak", "Andijon polkasi", "Asp bo’laman", "Do’loncha", "qashqarcha", "Lazgi" va boshqalar misol bo’la oladi.

O’zbek xalq cholqu sozlari Siz televidenie, radio va konsertlarda tinglayotgan va tomosha qilayotgan milliy musihamiz ijrochilaridan turli cholqu asboblari bilan tanishsiz.

Ayrimlaringiz musiqa maktabi yoki musmqa to’garagiga biror biror cholqu asbobida chalishni o’rganmoqdasiz. Bulardan qaysilari milliy cholqu asboblarimiz ekanligini oldinrgi darslarda namoyish etilgan "O’zbek xalq musiqasi" o’quv filmida ko’rdingiz. Aminmanki, milliy musihamiz yoqimli va xushsado cholqu asboblariga boy ekanligidan quvonasiz va faxrlanasiz. Endi mazkur o’quv filmining I-qismini takroran tomosha qiling. Unda qar bir cholqu asbobidan sadolanayotgan o’ziga xos va yoqimli tovushlarga e'tibor bering. Shunda siz qar bir cholqu asboblarimiz o’z tuzilishi va o’ziga xos musiqiy tovushga ega ekanligiga amin bo’lasiz.

Bulardan ko’pchiligi boshqa millatlar musiqa amaliyotida ham keng tarqalgan. Bu xalqimizning qardosh va chet el xalqlari bilan musiqiy aloqalari xamkorligini natijasidir. O’zbek xalq cholqu asboblari quyidagi guruqlarga bo’linadi:

1. Tirnama torli (yoki chertma) cholqu sozlar - dutor, do’mbira, tanbur, qashqar rubobi, afqon

rubobi, ud, qonun.

2. Kamonli cholqu sozlari - qijjak, sato, qobuz.

3. Puflab cholinadigan sozlar - karnay-sunnay, nay, qo’shnay.

4. Urma (zarbli) cholqu sozlar - chang, doira, noqora, qayroq, sadgoyil, dovul.

Asrimiz davomida cholqu asboblarimiz asosida orkestr ijrosi uchun mo’ljallangan rubob, dutor, qijjak singari sozlarni xilma-xil turlari yaratilgan. Yuqorida aytganlarimizdek, xalq musiqa san'atimiz o’zining tuzilishi va ijrochilik uslubi bilan ikki turga bo’linadi. Birinchi turga molik bo’lgan ommaviy xalq kuy va qo’shiqlari kiradi. Ikkinchi turga esa ustozona musiqasi janrlari kiradi. Bu ustozona musiqasi janrlarini osonlikcha o’rganib ijro etish qiyin. Chunki ularning tuzilishi murakkab bo’lib, katta avjlar va murakkab ritm usullaridan iboratdir.

Shu bois professional musiqani ijro etish uchun boy tajriba yuksak ijrochilik moxoratiga, jarangdor va keng diapazonli ovozga ega bo’lishi lozim. Ayniqsa ularni ijro etish jarayonida qochirim va nola kabi ijrochilik ifodalarini qo’llash lozim bo’ladi. U yuksak maqorat talab etadi. Shuning uchun professonal musiqa janrlariga oid ashula, katta ashula va epik dostonlar va maqomlarni ijro etish aktabining o’rganish uchun yetuk ustoz san'atkorlardan yillar davomida saboq olish lozim bo’ladi. O’tgan asrlarda musiqa amaliyotimizda nota yozuvi deyarli qo’llanmaganligi sababli xalq musiqasi oqzaki tarzda avloddan avlodga o’tib keladi. qozir Toshkent Davlat Konservatoriyasidagi Sharq musiqasi kollejida mazkur janr ijrochiligi bo’yicha yuqori malakali ijrochi san'atkorlar tayyorlanmoqda.

Ashula - ashula kuyi daromad (boshlanish qismi), kichik, o’rta va katta avjlardan iborat bo’lib, barmoq, ko’pincha aruz vaznidagi qazallar bilan kuylanadi. Ashula kuyi vazmin, mayin bo’lib, chuqur ma'noga ega bo’lgan ijtimoiy fikr va qis-tuyqular, ishq-muqabbat, soqinch, alam va nafrat, xasratni ifodalaydi.

An’anaviy qo’shiqchilik san’atiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o’lkamizda bu muqaddas san’atning butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo’lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G’iyos Abdulg’ani, Hoji Abdulaliz Abdurasulov, Domla Halim , Mulla To’ychi Toshmuxamedov, Matyovub Xarratov kabi zabardast usta xofizlar shular jumlasidandir.7

O’tmishda nota rivojlanmagan bo’lib, Ovro’po atamalari o’rnida xofizlarimiz ovoz mromiga qarab, “Gulligii”, “Binnigi”,”SHikavmi”,”Xonaqofiy” deb atalmish nafas olish chiqarish va ijro yo’llaridan foydalanishgan. O’sha davr Xofizlarining ovozlari o’ktam,baquvvat bo’lganligi sababli, ular SHikami yo’lida ijro etganlar. Ustoz xofizlar o’z ijro mahoratlarini oshirish uchun aks-sado beruvchi maxsus gumbazli binolarda mashhulot o’tkazganlar, shu tariqa o’z ovozlariga sayqal berganlar.

Madaniy va ma’naviy merosimizning ulkan qismi, tarixda uyg’onish davri deb nom olgan davrning mahsulidir. O’rta Osiyoda XIV asr o’rtalaridan boshlovchilab, XV asrga qadar ilm-fan, madaniyat, san’at rivojlandi. Ulkan olimlar, shoirlar, san’atkorlar yetishib chiqdi va ular ham jahon madaniyati xazinasiga katta xissa qo’shdilar. O’zbek xalqining ma’naviy hayotida yuqorida ko’rsatib o’tgan milliy madaniyat sarchashmalaridan tashqarii, teatrchilik elementlari yil fasllarida o’tkaziladigan turli marosimlarga bag’ishlangan: «Navro’z», «Ramazon va Qurbon xaitlari»da, «Gul sayli» va boshlovchiqa bayramlarda va sayllarda turli tuman teartrlashtirilgan tamoshalar mavjud edi. Bu sayl va tomoshalarda sho’x qo’shiq, lapar, ommaviy raqslar avj oladi. Eng hurmatli xofizlar kuchli va katta ashulalar aytib, xalqning olqishlariga sazovor bo’lar edilar. Bu an’ana hozirga qadar davom etib kelmoqda. Biz yuqorida milliy madaniyatimizni qanday tarkib topganligiga to’xtaldik. Endi esa shaxsda, ya’ni har bir insonda mavjud bo’ladigan madaniyat haqida so’z yuritamiz. Har bir odam, xulq-atvori, hatti-harakati, yurish-turishi, o’zini tutish demak, madaniy saviya jihatidan el orasida yo yaxshi, yo yomon nom qoldiradi. Hurmat bilan tilga olinishiga ham, nafrat bilan yuz o’girilishiga ham odamning o’zi sababchi.

Yana shuni ta’kidlash joizki, an’anaviy qo’shiqchilik yalla, lapar, o’lan ijrochiligi rivojiga ayol xofizlarning qo’shgan hissalari beqiyos bo’lib, ular ishtirokida o’tadigan marosimlarda ayol xofialar ishtirok etishgan. SHu tariqa an’anaviy qo’shiqchilik sayqal topib boravergan. Galdagi vazifamiz tariximizni, buyuk allomalarimiz qoldirgan qadimiy musiqa madaniyatimizni ilmiy jihatdan chuqur o’rganib, kelgusi avlodga yetkazishdan iboratdir.

O’zbek xalq milliy an’anaviy qo’shiqchilik san’atini yuksalishida mustaqillikdan so’ng yaratilgan qo’shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir. Mamlakatimiz mustaqilikka erishgach yuqori malakali, zamonaviy tafakkur tarziga ega bo’lgan bilimli mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida na’munali ishlar amalga oshirildi.

“Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik,- deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I. Karimov- qanday muammolarni yechish zarurati tug’ilmasin, gap oxir oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz mamlakatimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacha aytganda qanday kadrlar tayyorlashimizga bog’liq”. 8

Agar inson o’z milliy zamini hamda ildizlarini chuqur bilmas ekan va undan g’ururlana olmas ekan, undan tom ma’nodagi vatanparvar chiqishi qiyin.

Aynan pedagogika kollejlaridagi «Musiqiy ta’lim» yo’nalishida taxsil olayotgan o’quvchilarga ham buyuk kelajak bunyodkorlari sifatida mustaqillikning qadriga yetish, ajdodlar ma’naviy musiqiy me’rosini asrab avaylash, odob-axloq ko’nikmalarini o’rgatish jarayonimizda ham xotirjamlik xissi tug’yon uradi. qo’shiqlar orqali ular hayotdan zavqlanishni o’rganmoqdalar, negaki, barcha milliy qo’shiqlarning o’zihayotdan yaralgandir.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod etgan xalq xofizlari o’zbek xalqi hayotining qiyin va farovon kunlari xaqida kuylashni, o’zbek degan xalqning mehnatkash va soddadil ekanini o’z qo’shiqlari va san’ati orqali namoyon eta olgan. O’rganilayotgan davr xofizlari xalqimiz orasida siyosatdan mutlaqo uzoq bo’lgan, oddiy mehnatkash dehqonlar, hunarmand kosiblar, ishchi-xizmatchilarning ham qalbi toza, bir-biriga mehribon, qadr - qimmatni yuksak darajada ko’radigan insonlar ko’pchilikni tashkil etganligini tashviqot qilganlar.

Biz darslarimizda qo’shiq o’rgatish jarayonida USHBU DAVRDA YaSHAB, IJOD ETGAN XALQ XOFIZLARINING UZOQ YILLIK NAMUNALI IJOD YO’LI VA BIR- BIRLARIGA BO’LGAN o’zaro xurmat ko’nikmalarini, odob-axloq qoidalarini, oddiy xalqimizning xalqchilligidan olib, yosh avlodga yetkazishimiz lozim. O’zbek xalq musiqa madaniyati – o’quvchi yoshlar ma’naviy boyligining muhim omilidir.

XIX asrlarda Samarqand, Buxoro, Qo’qon va Xorazm kabi ilm va ma’rifat maskanlarida musiqa san’ati keng rivojlandi. Xususan, Mavlono Kavkabiy Buxoroiy va Darvesh Ali CHang’iylarning musiqiy-nazariy risolalari shu paytda yozilgan bo’lib, musiqa san’atida katta ahamiyat kasb etgan.

Bu davrda eng katta salobatli maqomlarimizdan “SHoshmaqom” turkumi mukammal shaklga kirdi. SHuningdek dostonchilik san’ati ham yuksak rivojlandi. Binobarin, o’zbek musiqasi ikki asosiy tarmoqda – xalq ommaviy janrlari (bolalar qo’shiqlari, alla, yalla, terma, lapar, qo’shiq, lirik va raqs kuylari)ga va og’zaki an’anadagi ustozona (professional) musiqa (ashula, katta ashula, doston, maqomlar) yo’nalishlarida qaror topib keldi.

XIX asrlarning II-yarmida Turkiston xonliklari rus chorizmi tomonidan bosib olina boshlandi, natijada musiqa madaniyatimizga Rossiya orqali Yevropa musiqasi ta’siri jarayoni boshlandi. SHo’ro davrida musiqa madaniyatimizda turli o’zgarishlar ro’y berdi, chunonchi maktab ta’limi va musiqa o’quv yurtlarida musiqani yevropacha (fan sifatida) o’rganish joriy etildi. SHuningdek teatr, kontsert muassasalari tashkil etildi. Kompozitorlik musiqa ijodiyoti uslubi vujudga keldi, natijada o’zbek kompozitorlari yetishib chiqdi.

Ayniqsa shu uslubda ijod etilgan bolalar musiqasiga e’tibor kuchaydi. O’zbek xalq musiqasining ommaviy qo’shiq va kuylari badiiy mazmuni vahayotiy o’rniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

Mavsum-marosim qo’shiqlari (marsiyalar, yo’qlovlar, yor-yorlar, to’y-hashamlarda, bayramlarda kuylanadigan qo’shiqlar).Mehnat qo’shiqlari,kunda ijro etiladigan kuy-qo’shiqlar.

Kuylaydigan janrlar bilan birga ommaviy kuylar

ham mavjudki, ular xalqimiz orasida keng tarqalgan. Bularga “Ufori”, “CHertmak”, “Andijon polkasi”, “Asp bo’laman”, “Do’loncha”, “Qashqarcha”, “Lazgi” va boshqalar misol bo’la oladi. Ushbu qo’shiqlarni xalq xofizlari shu qadar maromiga yetkazib kuylaganlarki, ushbu qo’shiqlar bugungi kunda ham o’z aslini yo’qotmay jaranglab kelmoqda.

XX asr boshlarida esa musiqa merosini o’rganishda turli mashg’ulot turlarini tashkil etish va shu bilan birga, maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi markazlariga jalb etish va faoliyatini maktab hayotida ham musiqa fidoyilarining zimmasidagi vazifasidan biridir.

O’zbek milliy cholg’u asboblari ming yillik tarixga ega bulib, xalq qo’shiqchiligi tarixi va uning rivojida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga juda ham rang barangdir. O’rta Osiyo respublikalari va O’zbekiston xududidan arxeologik kazilmalar vaqtida olingan ma’lumotlarga ko’ra o’zbek musiqa asboblari boy madaniyat yodgorligi va hozirgi kunda qo’llanilayotgan musiqa asboblariga monandligi bilan ko’hna tarixga tegishli ekanligi yaqqol sezilib turadi. Tog’ qoyalariga bitilgan naqshlar, g’orlar devorlardagi rasmlarda hozirgi fleyta, lyutna, arfa asboblariga uxshash rasmlarni ko’rish mumkinki, nafaqat xalqlar, xattoki, cholg’u musiqa asboblari ham tarixiy bosqichlarni bosib o’tganidan dalolatdir.

Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra SHarqda mashhur bo’lgan, O’rta Osiyodan yetishib chiqqan musiqa fanlarini asoschisi, buyuk entsiklopedist komuschi olim Abu Nasr Farobiy cholg’u musiqa haqida asarlar yaratish bilan birga uning uzi ham nay, ud va tanburning mohir ijrochisi bulgan. SHuningdek, o’sha davrning buyuk olimlaridan Abu Ali Ibn Sino(X asr), Abu Abdullox Xorazmiy(X asr), Axmadiy(XIV asr), lar ham musiqa haqida asarlar yozib qoldirganlar.9

XIV asrlarda yashab o’tgan olimlarning asarlarida qadimiy ko’hna musiqa asboblaridan ud, chang(arfaga uxshash), qonun, rubob, tanbur, navish; damli asboblardan nay surnay, arganush; torli asboblardan dutor, g’ijjak, kobuz, rud;

yana puflama asboblardan nayi anbon, chagona, ruxafzo, bo’laman; shammon va boshqalar haqida ma’lumotlar bor. Ulug mutaffakkir she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy ham o’z davrida muomalada bulgan, ud, tanbur, chang, rubob, kobus, g’ijjak, konun, rud, nay, surnay, karnay, daf yoki doira, nog’ora va boshqalar haqida yozma manbaalarda qayd etgan.





Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish