Muammoga ilmiy yangilik asosida yondoshuv:
Xonandalik amaliyotida yana bir yo’nalish bor. O’z xususiyatlari doirasida bu asosan yigitlar – erkaklar ovozlari tomonidan ijro etilib kelingan. Bu Farg’ona vodiysiga xos bo’lgan janr – katta ashuladir. Bu ashulachilik yo’nalishi juda murakkab hisoblanadi. Uni o’zlashtirish jarayoni ham maxsus maktabni o’tash, ya’ni tayyorgarlikni talab qiladi. Kollej doirasida katta ashula to’g’risida, janr xususiyatlari haqida va ijro uslublarni oz-ozdan tushuntirib, talabalarga singdirib borish xonandalarni tarbiyalashdagi juda muhim omillardan biri. Avvalo shu yo’nalishga moyil, iqtidori, ovozi bo’ladigan va unga qiziqqan talabalarni tanlab olib, yo’naltirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |