Reja: Hujjatchilik va adabiy til me‟yorlari. Hujjat va uning turlari



Download 29 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi29 Kb.
#352050
Bog'liq
xusan


11-MAVZU. RASMIY – IDORAVIY USLUB VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI.

Reja:


1.Hujjatchilik va adabiy til me‟yorlari. Hujjat va uning turlari.

2.Hujjatlarning zaruriy qismlari.

3.Sohaga oid hujjatlar va ularning rasmiylashtirilishi

Tayanch so`z va iboralar : leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari, rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati, aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar sozlari, atamalar .

Rasmiy-idoraviy devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diplomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar)dan iborat.

Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro'yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo'ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi axborot uzatish va da'vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma'lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da'vat etish, axborot o'z aksini topgan bo'ladi.

Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o'ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o'ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe'llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma'lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladiIsh yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bolgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Ish yuritish hujjatlarining oziga xos xususiyatlari, turlari, umumiy uslubiy tomonlari hamda idoraviy ish yuritish tili, shuningdek, boshqaruv hujjatlarining zaruriy qismlari va ularni rasmiylashtirish, blanka (bosma ish qogozlari) hujjatlari mavjud.

1-topshiriq. Oz huquq va erkinliklaringizni bilasizmi? Shu haqda ortogingiz bilan suhbatga kirishing.

Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga kora ichki va tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning ozida tuzilib, undan shu muassasaning ozida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi. Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar xizmat hujjatlari (buyruq, korsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi. Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bogliq masalalarga tegishli boladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi). Bundan tashqari hujjatshunoslikda hujjatlar quyidagi jihatlarga kora ham tasnif qilinadi. Mazmuniga kora: - sodda hujjatlar bir masalani oz ichiga oladi; - murakkab hujjatlar ikki va undan ortiq masalani oz ichiga oladi. Mazmun bayonining shakliga kora:

- xususiy (individual) hujjatlar matn oziga kora xos, betakror, erkin bayon; - namunali (tipovoy) hujjatlar birbiriga oxshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni oz ichiga oladi;

- qolipli (trafaretli) hujjatlar oldindan tayyorlangan bosma ish qogozlariga yoziladi. Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilarining togri qoyilishiga alohida etibor berish lozim. Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang: bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha harflar katta harflar bilan yozilishi kerak.

TAVSIYANOMA

Masalan: Tavsiyanoma kabi; hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartirilmasdan toliq, bosh harflar bilan yozilish qoidalariga amal qilgan holda yoziladi; hujjat matnining asosiy qismlari xatboshi bilan yozilishi lozim. Qoshimcha qismlar asosiy fikrga boglangan tarzda undan song beriladi; shaxsiy hujjatlarda izohlanayotgan «Men» sozidan va izoh soz birikmasidan song vergul qoyiladi.

Masalan: Men, Mahmud Qodirov, hujjat tayyorlash va ish yuritishda imlo meyorlariga va tinish belgilarining togri qoyilishiga qatiy amal qilish lozim. Hujjat matnida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire nisbatan faol ishlatiladi. Unutmangki, hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin nuqta qoyilmaydi. Vergul hujjat matnida qoliplangan kirish birikmalaridan song, uyushiq va ajratilgan bolaklar, orasida, izohlovchi bilan izohlanmish ortasida qollanadi. Masalan: «Shuni hisobga olib, ...», «Men, 2-kurs talabasi Umida Ikrom qizi, ...», kabi. Nuqtali vergul izohlanayotgan voqea-hodisa, narsalarning tartib raqami qavs bilan ajratilgan soz, birikma va gaplardan song qismlari mazmunan farqlanuvchi qoshma gaplar tarkibida ishlatiladi.

Masalan: Talabaning majburiyatlari:

1) oquv yurti Nizomiga amal qilish;

2) dars va boshqa oquv mashgulotlarida faol qatnashish va boshqalar.

Ikki nuqta hujjatlar matnida quyidagi holatlarda qoyiladi: matn tarkibida izohlanayotgan, sanalayotgan bolaklardan oldingi umumlashtiruvchi «quyidagilar», «shu haqda» kabi sozlaridan oldin; farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» sozidan, bayonnomaning «Kun tartibi», «Eshitildi», «Sozga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy qismlaridan song; matnning «Asos», «Ilova» kabi qismlaridan keyin. Qavs hujjat matnining biror bolagiga qoshimcha izoh berish zarurati bolganda qollanadi. Bunda izohlovchi soz, manzil nomi, mablag yoki miqdoriy korsatkichni ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi lozim. Masalan: 8500 (sakkiz ming besh yuz) somlik. Tire quyidagi holatlarda qoyiladi: izohlanmish bilan izohlovchi ortasida. Masalan: Javobgar marhumning tugishgan singlisi. ajratilgan gap bolaklari ortasida. Masalan: Onasinikiga Buxoro shahar, Yangiyer kochasidagi 50-uyda yashovchi Muyassar Qayumovanikiga kochib ketgan.

T A S H K I L I Y H U J J A T L A R

Tashkiliy hujjatlar, mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yoriqnoma, nizom qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi.

N I Z O M U S T A V

Tashkilot yoki uning tarkibiy bolinmalari, kichik yoki qoshma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat nizom deyiladi. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar (korik, musobaqa, tanlov va boshqalar)ga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Kopincha nizom muassasalar tasis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyoishi bilan (yoki tegishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qoyish bilan kuchga kiradi. Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan belgilanadi.

S H A R T N O M A

Ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ozgartirish yoki toxtatish yolidagi kelishuvi shartnomadir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar ornatish haqidagi kelishuvi (bitim)ni qayd etuvchi va munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek fuqarolar ortasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar ortasida ornatilayotgan bolsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi.

Shartnomada tomonlar bajarishi lozim bolgan shartlar va boshqa majburiyatlar korsatiladi. Shartnoma muassasalarga tegishli bolganda, tomonlar imzolanga qadar, unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik belgisi (vizasi) bolishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari boyicha kelishib olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirgandan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi kerak, chunki har bir huquqiy shaxsning hujjatlar yigmasida kamida bir nusxasi bolishi kerak. Shartnomalarning barcha nusxalari bir xil huquqiy kuchga ega boladi. Shartnoma matni varaqning har ikkala tomoniga kompyuterda bir oraliq bilan yoziladi, boblarning bandlari esa ozaro bir yarim oraliq bilan ajratiladi. S H A R T N O M A sozini katta harflar bilan orasini ochiq qilib yozish tavsiya etiladi. Kontrak nizomiga kora, u kopi bilan besh yil muddatga tuziladi.

F A R M O Y I SH H U J J A T L A R I

Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (direktor)ning buyruq, kormatma, farmoyishlari asosida vujudga keladi. B U Y R U Q Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qollaniladi. Mohiyat-etibori bilan buyruqlar ikkiga bolinadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bolimlari faoliyatini tartibga solishda qollanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi. Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit korsatiladi, asos qilingan buyruqqa (hujjatga) havola qilinadi. Asoslashga ehtiyoj bolmagan hollarda togridan-togri buyruqning farmoyish qismi beriladi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» sozini bosh harflar bilan ikki nuqta qoyib yozishdan boshlanadi. Shundan song farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bolsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi felning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, otkazilsin, qabul qilinsin kabi). Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani qayd etiladi. Bazan farmoyishdan song buyruqqa asos bolgan hujjat nomi ham korsatiladi. Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling: hujjat jonatilayotgan (yozilayotgan) tashkilot nomini, mansabdor shaxs ismi, otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga tola muvofiq holda yozish; hujjat matniga aniq sarlavha qoyib, sarlavhani bosh harflar bilan yozish; masalan: Xizmat safari haqida; hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini orniga muvofiq joylashtirish, tartibi, harflar hajmini togri belgilash; gap qurilishida sozlar tartibiga qatiy rioya qilish; matnda kochma manoli soz va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni, mavhum manoli sozlarni qollamaslik; murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-hayajon mazmunidagi gaplardan foydalanmaslik; norasmiy va asoslanmagan malumot yoki dalillarni kiritmaslik; muayyan andozaga solingan, qoliplangan, soha termini sifatida qabul qilingan birikmalarni qollash; qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qollamaslik; sozlar va gaplarda imlo meyorlariga amal qilish, tinish belgilarni oz orniga togri qoyish, tuzatish yoki ochirishlarga yol qoymaslik; matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi-familiyasini aniq korsatish. Masalan: 2020-yilning 18-oktabri, «Hashar» shirkati raisi Said Olimov kabi.

F A R M O Y I SH

Muassasa mamuriyati (direktor, uning orinbosarlari, bosh muhandis, uning orinbosarlari), shuningdek bolimlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati cheklangan bolib, bolimlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli boladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida BUYURAMAN sozi orniga TAVSIYA QILAMAN, RUXSAT BERAMAN kabi iboralar ishlatiladi. 23 5-mavzu.

M A L U M O T A X B O R O T H U J J A T L A R I

Malumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa kop ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, malumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, elon, hisobot kabi hujjatlarni oz ichiga oladi.

A R I Z A

Ariza muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotda eng kop qollanadigan va keng tarqalgan ish qogozidir. Maktab oquvchisi va talaba, menejer va agronom yoki fermer, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs jamiyatning barcha azosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yollanayotgan muassasalar va idoralar goyat xilma-xildir. Arizalar bogcha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy oquv yurti rektoriga, jamoa xojaligi boshqaruviga, tuman rahbariyatiga xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini korib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. Hajmi, uslubi va turidan qatiy nazar, ariza ozining umumiy zaruriy qismlariga ega. Arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim ozi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi malumot zarur bolmaydi. Bunday hollarda xodim ozi ishlaydigan bolim va lavozimini korsatsa, kifoya. Shuningdek, kopchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bolmaydi. 24 Bundan qatiy nazar har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim: - ariza yollanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, ota ismi va familiyasi; - ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi; - hujjat nomi (Ariza); - ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat); - zarur bolgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi; - qogozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy); - qogozning ong tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi.

I S H O N C H N O M A

Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs oz nomidan ish korish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat ishonchnoma hisoblanadi. Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bolinadi.

R a s m i y (x i z m a t s o h a s i d a g i ) i s h o n c h n o m a l a r davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, jamoa xojaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (oz kuchini saqlash) muddati, albatta, korsatilgan boladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha bolgan (lekin uch yildan ortiq bolmagan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq korsatilmagan bolsa, bunday hollarda u berilgan kundan boshlab bir yil davomida oz kuchini saqlaydi. Berilgan kuni korsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas. Ishonchnomalarning ikkinchi xili s h a x s i y, yani ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildiriladi. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatbaho buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi. Shaxsiy ishonchnomalar ayrim shaxslar tomonidan oziga tegishli pul yoki qimmatbaho narsalarni borib olish uchun ishongan kishisiga ishonch bildirib yozgan hujjatidir. Bunday ishonchnoma vakolat beruvchining ish joyi (ishlamagan taqdirda mahalla qomitasi) tomonidan muhr bilan tasdiqlanishi lozim.

T I L X A T

Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat tilxat deyiladi. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan korsatiladi, qavs ichida esa sozlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oraligidagi bosh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni ochirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin. Bazan tilxatda guvohlar ismi-sharifi ham korsatiladi. Bunday hollarda guvohlar oz imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.

T A V S I F N O M A

Malum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek uning oziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat tavsifnoma deyiladi. Tavsifnoma muassasa mamuriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bolsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (oquv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlashtirish va boshqa hollarda) beriladi. Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham korsatib otiladi. Tavsifnomaning birinchi qismida shaxsning mehnat faoliyati, yani mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi ozgarishlar va boshqalar haqida malumot beriladi. Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, yani ishga munosabati, mutaxassislik boyicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, hulq-atvori, hatto bazida siyrati, jamoa azolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bolganligi va boshqa asosiy ragbatlantirishlari qayd etiladi. Xolis bolish uchun kamchiligi ham korsatilib, istak bildiriladi. Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi korsatiladi. Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tomonidan bayon qilinadi. Tavsifiy matnlarda shaxs, narsa, voqea-hodisaning muhim belgilari aniq malumotlar, sifatlovchi ifodalar orqali bayon qilinadi. Tavsiflashda shaxs yoki narsa-voqeani xolisona baholash bilan birga unga munosabat bildirish ham muhim hisoblanadi. Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni ifodalovchi 30 sifatlar, belgining ortiqlik darajasini ifodalovchi leksik-grammatik vositalar, yasama sifatlar faol ishlatiladi. Shuningdek, shaxs harakat-holatining belgisini ifodalovchi ravishlardan orinli foydalanish talab qilinadi. Tavsifnomada tavsiflanayotgan shaxs haqidagi malumotlar bir-biridan vergul bilan ajratib yoziladi.

T A V S I Y A N O M A

Biror shaxsni malum lavozimga yoki turli tashkilotlarga azo bolish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat tavsiyanoma deyiladi. U mamuriyat yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya etilayotgan lavozim yoki tashkilotga azo bolishga munosib ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi. Tavsiyanoma bazi xususiyatlariga kora tavsifnomaga oxshaydi, shu sababli ularning kopchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida boladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qiinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari korsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi.

T A R J I M A Y I H O L

Malum bir shaxs tomonidan oz shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimayi hol deyiladi. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassar yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol) 2.

Matn: a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi; b) tugilgan yil, kun, oy va tugilgan joyi; c) millati, ijtimoiy kelib chiqishi; d) ota-onasi haqida qisqacha malumot (familiyasi, ismi va otasining ismi va ish joyi); 34 e) malumoti (qayerda, qanday oquv yurtini tugatganligi va malumotiga kora mutaxassisligi); f) ish faoliyatining turlari; g) oxirgi ish joyi va lavozimi; j) mukofot va ragbatlantirishlar; z) jamoat ishlarida ishtiroki; i) oilaviy ahvoli va oila azolari; k) pasport malumotlari; l) turar joyi (uy adresi), telefoni. 3. Sana. 4. Imzo. Barcha malumotlar davriylik (xronologik) asosida, aniq sanala bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni korsatilgan holda) beriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yoli, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bolsin.

M A L U M O T N O M A

Bolgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat malumotnoma deyiladi. Malumotnoma oz xususiyati va mazmuniga kora ikkiga: xizmat malumotnomasi va shaxsiy malumotnomaga bolinadi. X i z m a t m a l u m o t n o m a s i - muassasa faoliyatiga doir voqeahodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axborot xususiyatiga ega bolgan xilma-xil malumotlarni oz ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli 36 jadvallar korinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan malumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning bajarilishi, moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi, mehnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar togrisida hozirlanadi. Bunday malumotlarga matn mazmunini ochuvchi sarlavha qoyilishi lozim. Masalan: «Kontrakt tolov asosida tahsil olayotgan talabalar soni haqida» kabi. Sarlavhadan song (bazan uning tarkibida) xabarga oid sana korsatiladi. Masalan: «2009- yil 1-oktabrdagi holatga kora» kabi.

S H A X S I Y M A L U M O T N O M A

Muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga korsatiladigan rasmiy hujjatdir. Shaxsiy malumotnomalar quyidagilarga berilishi mumkin: - muassasa xodimga uning qayerda, kim bolib va qancha maosh olib ishlashi haqida; - oquvchi va talabaga esa qayerda oqishi haqida; - fuqarolik holatlari hujjatlarini qayd qilish (FHHQ - ZAGS); - notarial idoralari hamda fuqarolar yiginlari raislari shaxsning tugilganligi yoki vafot etganligi togrisida nikoh bolganligi yoki ajralganligi haqida (hujjatlar yoqolganda); - tuman va shahar ijtimoiy taminot bolimi shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida; - shifoxonalar kishining sogligi (kasal emasligi) haqida; - mahalla qomita yiginlari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi, egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila azolarining soni haqida malumotnomalar beradi. Shaxsiy malumotnomalar muassasa, idoralar tomonidan fuqarolarning oilaviy yoki ish faoliyatidagi holatlarni tasdiqlovchi hujjat sanaladi.

Xizmat malumotnomalaridan farqli ravishda shaxsiy malumotnomalarda ular yollangan idora yoki shaxs nomi korsatilmaydi. Buning orniga matn songida 37 malumotnomaning qayerga berilganligi yoziladi. Masalan: «Uy-joydan foydalanish boshqarmasiga taqdim etish uchun berildi» kabi. Asosiy matnda shaxs haqida barcha malumotlar aniq nisbatdagi hozirgi-kelasi zamon fel shakli orqali ifodalanishi lozim (Ishlaydi, yashaydi, oqiydi kabi).

B I L D I R I S H N O M A

Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tugilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot bildirishnoma deyiladi. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar boyicha tuzuvchi(yozuvchi)ning takliflari aks etadi. Kimga yollanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi.

T A S H Q I B I L D I R I S H N O M A

Yani rahbar tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda xos ish qogoziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning ozida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi. Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan va ishonarli bolmogi kerak. Shuning uchun ham bildirishnomalarda chiqarilgan xulosalarni tasdiqlovchi, voqea-hodisalarga, qonunchilik korsatmalariga, tegishli hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bayon etilgan masalani bevosita muassasa misolida organish yoki sinab korish natijasida olingan boshqa dalillarga havolalar qilinishi zarur. Bildirishnoma matni asosan ikki qismdan iborat.

Birinchi qismda uning yozilishiga sabab bolgan dalillar, voqealar bayon qilinishi, ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq ish harakatlar haqidagi takliflar aks etmogi zarur. Bildirishnomalarni tayyorlashda faqat biror voqea, holat togrisida xabar berish bilan cheklanish yetarli emas, ularning sabablari tahlil qilinishi, xulosa chiqarilishi, takliflar berilishi ham lozim. Shuning uchun bildirishnomalarda xulosa va takliflar aniq va ishonarli yozilishi talab qilinadi. Agar bayon qilinayotgan malumotlar aniq sana yoki vaqtga tegishli bolsa, bu sana yoki vaqt matn oldidan korsatilishi lozim. Masalan: 2020-yil 10-oktabrdagi holatga ko ra kabi.

T U S H U N T I R I S H X A T I

Tushunirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, jamoa xojaligi azosi, talaba) tomonidan, bazan bolinmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (oqish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan bazi hatti-harakatlar (masalan, ish yoki oqishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqlarni bajarmaganlik, belgilangan 41 tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillanadi. Tushunirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasini qollash yoki, dalillar asosli (uzrli) bolsa, qollamaslik uchun asos vazifasini otashi mumkin. Tushuntirish xati xodim (talaba)ning oz dastxati bilan yozilib, yozuvchi shaxs nomi qaratqich kelishigida (masalan: N. Sobirovning tushuntirish xati) rasmiylashtiriladi. Matn mazmuni aniq va ixcham tuziladi, sana va dalillar aniq korsatiladi, yetarlicha izohlanadi, qoshimcha asoslov hujjatlari ilovada beriladi.

B A YO N N O M A

Turli yigilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat bayonnama deyiladi. Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma oldindan tayinlangan kotiblar tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Yigilishda korib chiqilgan masalalar yuzasidan bildirilgan barcha fikrmulohazalar, tanqid va taklifiar bayonnomada yoritilishi lozim. Bu axborotlarning aniqligi, toliqligi uchun masul hisoblangan majlis raisi va kotibi bayonnoma oxiriga imzo qoyadilar. Bayonnomalar qisqa, toliq, stenografik, fono-grafik shakllarda bol adi.

Qisqa bayonnomada yigilishning kun tartibi, maruzachi va muzokaralarda qatnashuvchilarning ismi, familiyasi hamda qabul qilingan qarorlar korsatiladi. Toliq bayonnomada esa majlisda sozga chiqqanlarning barcha fikrmulohazalari toliq berilishi lozim. Bayonnoma kirish va uch asosiy qismdan tuziladi. Kirish qismida yigilish otkazilgan tashkilot nomi, bayonnoma sanasi, tartib raqami, yigilish joyi, rais va kotibning ismi, familiyasi, qatnashuvchilar royxati va soni (15 kishidan oshmasa, ismi va familiyasi, lavozimi, ish joyi korsatiladi) keltiriladi. Songra KUN TARTIBI bosh harflar bilan yozilib, ikki nuqta qoyiladi va koriladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi. Asosiy matndagi uch qism:

ESH1TILDI, SOZGA CHIQD1LAR, QAROR QILINDI sozlari ham katta harflar bilan yozilgach, ikki nuqta qoyiladi va yangi satrdan maruzachining ismi-familiyasi yoziladi. Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan kochirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan kochirmada bolganidek, bayonnomadan kochirma ham imzo bilan tasdiqlanadi. Bayonnomaning matni qismidan faqat tashkilot yoki shaxsga yetkazilishi kerak bolgan bolaklargina olinadi. Agar kun tartibida uch masala muhokama etilgan bolsa, kerakli masala boyicha qabul qilingan qaror olinadi.

3-topshiriq. Oqing. Nuqtalar orniga mos qoshimchalarni qoyib annotatsiyani kochiring.

Lugat hozirgi ozbek adabiy tili keng istemol bolgan 80 ming ortiq soz va soz birikmalari, fan, texnika, sanat va madaniyat sohalari oid terminlar, bir necha sheva qollanadigan sozlar, bazi tarixiy va eskirgan atamalar oz ichi oladi. Lugat berilgan qollanadigan sozlar amal qollanishi XX asr ozbek adabiyoti va matbuoti olingan misollar bilan dalillangan. Lugat ozbek tilshunosligi va turkiyshoslik boyicha mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oily talim muassasalari oqituvchilari va talabalari, shuningdek, keng oquvchilar ommasi uchun moljallangan.

D A L O L A T N O M A

Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogliq biron-bir otgan (sodir bolgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat dalolatnoma deyiladi. Dalolatnoma tuzishda asosiy maqsad sodir bolgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Dalolatnomalr tegishli taftish otkazilgandan keyin, rahbarlik almashayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga otkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keiyn, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan otkazish chogida, qimmatdor buyumlarni hisobdan otkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat boyicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini organishda va boshqa hollarda tuziladi.

Dalolatnoma matnining sarlavhasi «...haqida» shaklida yoki bosh kelishikda («...-ish ahvoli») yoziladi. Asosiy matn esa kirish va tasdiq (qayd) qismlaridan iborat bolishi lozim. Kirish qismida hujjat tuzilishiga asos bolgan holat korsatiladi, komissiya tarkibi toliq yoziladi. Tasdiq qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar qayd etiladi, aniqlangan holatlar yuzasidan taklif va xulosalar beriladi. Matn songida dalolatnomaning necha nusxada (odatda uch nusxa) tayyorlangani korsatilishi lozim.

ELON!


Joriy yil 12-iyul kuni soat 15.00 da Namangan muhandislik-qurilish instituti kasaba uyushmasi qomitasining hisobotsaylov yigiishi boladi. Kun tartibi: 1. Kasaba uyushmasi qomitasining hisoboti. 2. Taftish komissiyasining hisoboti. 3. Kasaba uyushmasi qomitasining yangi tarkibini saylash. Kasaba uyushmasi qomitasi.

H I S O B O T

Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida malumot beruvchi hujjat hisobot deyiladi. Hisobotda keltirilgan malumotlar aniq, ishonarli bolishi kerak. Hisobotda quyidagilarga etibor beriladi: nima moljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga etibor berildi, qanday yetishmovchiiklar boldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. hisobo oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bolsa, uning sababi korsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qollanadi

X I Z M A T Y O Z I S H M A L A R I

Muassasalar ortasida xizmat aloqalari asosan rasmiy xatlar orqali amalga oshiriladi. Bunday yozishmalar orqali turli korsatmalar, sorovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabar, taklif, iltimos, kafolatlar beriladi va qabul qilinadi. Xizmat xatlari quyidagi vazifalarni bajarishiga kora ikki turga ajraladi: 1.

Javob xatni talab qiluvchi xatlar (davo xatlar, so rov xatlar, iltimos xatlar kabi). 2. Javob talab qilmaydigan xatlar (tasdiq xat, ilova xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat kabi). Barcha xizmat xatlari rasmiy yozishma bolgani uchun maxsus bosma ish qogozlarìga yoziladi. Oddiy qogozga yozilgan taqdirda chap tomonining yuqori burchagiga muassasa nomi korsatilgan tortburchak muhr qoyilishi lozim. Xizmat xatlari ikki nusxada yoziladi va imzolanadi. Lavozimi aniq korsatilgan rahbar tomonidan imzolangan xatning birinchi nusxasi jonatilib, ikkinchisi muassasada qoladi. Xizmat xatlari mantiqan izchil uch qismdan iborat boladi. Kìrìsh qismida tegishli muassasaga murojaat qilishga asos bolgan sabab korsatiladi. Ikkinchì qismda xatda kotarilgan masalani hai etish kerakligi dalil asosida bayon qilinadi.

Xulosa qismida xat yozishdan kozlangan asosiy maqsad aytiladi. Rasmiy xat matnini yozishda quyidagilarga etibor berish lozim: - xat qisqa bolishi, qoidaga kora bir betdan oshmasligi kerak; - fikrlar aniq va ravshan ifodalanishi shart; - matnda kochma manoli soz va iboralar ishlatilmasligi zarur; - gaplarning kesimi hujjat turi va mazmuniga muvofiq uchinchi shaxs birlik yoki birinchi shaxs koplik sonda shakllantirilishi lozim; matn sarlavhasi bir jumla shaklida ikki qatordan oshmasligi, «togrisida» yoki «haqida» komakchilari orqali tugatilishi kerak («Institut sport maydonini ta mirlash togrisida» kabi); - matnda xizmat xatining turi, nomi yozilmaydi, xatning qandayligi matn mazmunida aks etishi zarur.

Rasmiy xatlarda bayon qilingan fikr mantiqiy izchillikda ifodalanishi, yetarli dalillar bilan asoslanishi va xulosalanishi lozim. Zarur holatlarda orinli taklif yoki etiroz bildirilishi mumkin. Ammo mutasaddi rahbarga nisbatan hurmat saqlanishi, murojaat odobiga amal qilinishi zarur. Shu maqsadlarda: - rahbarga murojaat shakli «Siz» sozini bosh harfda yozish orqali ifodalanadi (Sizga, Sizdan kabi); - fikriy bogliqlik «bu», «ushbu», «mazkur», «shu sababli», «shunga kora (muvofiq)» kabi sozlar yordamida taminlanadi; - taklif va etirozlar «bizningcha», «shartnomaga kora», «biroq», «shu bilan bir qatorda», «deb oylaymiz» kabi soz va soz birikmalari orqali ifodalanadi. Shaxsiy xatlar vazifasi va mazmuniga kora ikki turli boladi. Kundalik turmushda, asosan, oilaviy yoki dostona munosabatlarni ifodalovchi xat, maktub keng qollanadi.

Bunday xatlar rasmiy yozishmalardan hajmining cheklanmaganligi, shakliy mustaqilligi, matn mazmunining ichki kechinmalarga, hazil, qochiriq, gina, afsus, taklif, etiroz, minnatdorchilik kabilarning oddiy sozlashuv yoki badiiy uslubga yaqin ifoda shakliga xosligi bilan ajralib turadi. Salomnoma xatlari, sevgi maktublari, dostlik va hamkorlik munosabati yuzasidan yoziladigan xatlar ana shunday erkin uslubda yoziladi. Shaxsiy xatning diplomatik yozishmalarga mansub turi ham mavjud. Bular yarim rasmiy tusda bolib, ularda davlat boshliqlari, diplomatik xodimlarning shaxsiy va oilaviy hayotidagi yangiliklar, sovga taqdim etish, minnatdorchilik bildirish, rasmiy uchrashuvlarda korsatilgan masalalarni hal qilishga qaratilgan iltimoslar bildiriladi. Yuqoridagi shaxsiy xatlardan farqli ravishda bunda adabiy til meyoriga tola amai qilinadi.

T A K L I F N O M A



Biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qollaniladigan yozma axborot taklifnoma deyiladi. Taklifnomaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat: 1. Nomi (Taklifnoma). 2. Matn: a) taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va otasining ismi; b) taklif qiluvchi muassasaning nomi; c) qanday tadbirga taklif qilinayotganligi. 3. Tadbirning otkazilishi sanasi va vaqti. 4. Otkazilish joyi. 5. Tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi. Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi mumkin. Malum kishilarga yoki bir necha shaxslarga yollanadigan xat turlari taklif xatlari deyiladi. Taklif xat matnida malum bir yigilish, muhokama yoki kengashga taklif qilish bilan birga, shaxsning taklif qilinishidan kozlangan asosiy maqsad ham aniq korsatiladi.
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish