10- Mavzu: Shaxs
Asosiy savollar:
1
.
Individ, shaxs, individuallik.
2. Psixik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi faktorlar.
3. Psixik taraqqiyotni davrlarga bo‘lish.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
1. Odam dunyoga odam bulib keladi. Subyektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida
ifoda kilinadi. Xayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanok xayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi.
«Individ»tushunchasida kishining nasl–nasabi xam mujassamlashgan. Yangi tugilgan chakalokni xam,
katta yoshdagi odamni xam, mutaffakkirni xam, akliy zaif ovsarni xam, yovvoyi odamni xam, madaniyatli
mamlakat kishisini xam individ deb xisoblash mumkin.
Individ sifatida dunyoga kelgan kishi aloxida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bulib yetishadi.
Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida xosil kilinadigan xamda
ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir utkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi sotsial
fazilatlar majmuasi asosidagi shaxs tushunchasida ifodalanadi.
Shaxsning uzi nima? Eng avvalo, biz shaxs individning fazilati ekanligini tan oladigan bulsak, bu
bilan biz individ va shaxsning birligini tasdiklagan va ayni paytda bu tushunchalarning bir biriga
uxshashligini inkor etgan bulamiz. «Shaxs» va «Individ» tushuchalarining bir biriga uxshashligini yetakchi
psixologlar – B. G. Ananyev, A. N. Leontev va boshkalar inkor etishadi.
Sotsial munosabatlar tizimini uzida mujassamlashtirgan subyekt bulish degan ma’noni anglatadi.
«Individ»va «Shaxs» tushunchalarining uxshashligi emas balki birligi xakidagi fikr kuyidagicha urtaga
kuyilishi mumkin bulgan savolga javob berilishini takozo kiladi: Shaxs deb xisoblanmaydigan individning
mavjud bulishi yoki aksincha individning konkret soxibi sifatida undan tashkarida va usiz mavjud bulish
fakti kursatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan takdirda unisi xam, bunisi xam bulishi
mumkin.
Kishilik jamiyatidan tashkarida voyaga yetgan odam birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik
xos individual xususiyatlardan bulak xech kanday, kelib chikishi jixatidan xamisha ijtimoiy – tarixiy
xarakter kasb etadigan shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon kila olmaydi, balki tevarak atrofdagi
odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» takdirda ularni paydo
bulishi uchun zarur tabiiy shart–sharoitlargagina ega buladi. Xayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar
tajribasini urganish bu vazifani amalga oshirishning goyat darajada murakkabligidan dalolat beradi.
«Individ» va «Shaxs» tushunchalarining bir biriga mos kelmasligi va aynan uxshash emasligi
faktidan shu narsa ayonki, shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatning xar bir ishtirokchisi uchun ushbu
faoliyatning mazmuni, kadriyatlari va moxiyati orkali namoyon buladigan shaxslararo barkaror
boglanishlar tizimidagina anglanilishi mumkin. Tashkaridan shunchaki karaganda bu subyek–subyekt
munosabatidek kurinadi, chukurrok yondoshadigan bulsak bevosita subyekt–subyek alokasi shunchaki
uzicha mavjud bulishidan kura kuprok allakanday obyektlar (moddiy yoki xayoliy) obyektlar vositasida
namoyon bulishi aniklanadi. Bu individning boshka individga munosabati faoliyat obyekti (subyekt–
obyekt–subyekt) orkali namoyon buladi, demakdir.
Aytganlarning xammasi shaxsni faoliyatda va munosabatda tarkib topadigan individlar aro
(subyekt–obyekt–subyektlararo va subyekt–subyekt–obyektlararo) munosabatlarning nisbatan barkaror
tizimi subyekti sifatida anglab yetish imkonini beradi.
Xar bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning fakat
unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik uziga xosligini, uning boshka odamlardan farkini aks
ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. «Individ» va «Shaxs» tushunchalari bir biriga uxshash
bulmagani singari, uz navbatida shaxs va individuallik xam birlikni tashkil kiladi, lekin ular bir–biriga
uxshash emasdir. Muayyan sotsial birlik uchun yetakchi faoliyatga kuprok darajada «jalb kilingan»
individual fazilatlargina shaxsning xususan uziga xos fazilatlari sifatida yuzaga chikadi. Misol uchun
epchillik va kat’iylik uspirinning individualligi belgilari bulgani xolda, jumladan u sportda tuman
birinchiligiga davogar komandaga kushilmaguncha yoki uzok joylarga turistik sayoxat paytida u tezokar
va muzdek daryodan kechib utilishini ta’minlash vazifasini uz zimmasiga olmagunga kadar uning shaxsini
ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chikmay keldi. Aynan shu sababli xam pedagog uchun axamiyatli
bulgan ukuvchiga individual yondoshishni amalga oshirish vazifasini ajratib kursatish kerak. Bu esa
ukuvchining dif–ferensial–psixologik xususiyatlari (xotirasi, dikkati ,temperamenti, u yoki bu
kobiliyatlarining rivojlanganligi va xokazo) ni xisobga olishni, ya’ni ukuvchining uz tengdoshlaridan
nimasi bilan fark kilishi va shu munosabat bilan tarbiyaviy ishni kanday tashkil etish kerakligini aniklashni
takozo kiladi.
Ukuvchining tafakkuri, irodasi, xotirasi, xis–tuygularining individual xislatlarini xisobga olish
bilangina cheklanmasdan, balki individning jamoadagi va jamoaning esa uning shaxsidagi mavkeini
aniklashga yunaltirilgan yondoshuvgina insonning sotsial boglanishlar tizimining shaxsda namoyon bulishi
sifatidagi moxiyatini ilmiy anglab olishga mos keladigan shaxsiy yondoshuv tarzida talkin kilinishi
mumkin.
Ukuvchining xakikiy munosabatlar tizimiga kiradigan shaxsi xamisha pedagogning dikkat
markazida turishi kerak. Ukuvchining ma’naviy dunyosini boyitish esa pedagogning doimiy vazifasi bulib
kolishi kerak.
Psixologiyada individuallikning kupgina xislatlari – moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, moyillik
darajvsi, tashvishlanish va shular kabilar aniklangan. Bular jamlanib, individning uziga xosligin kursatadi.
Bu psixologik xodisalar uz moxiyatiga kura uzaro munosabatda bulib, oshkora yoki oshkora bulmagan
xolda allakanday muxitning mavjudligini takozo etadi. Shaxs aynan ana shunday muxitga nisbatan
moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, tashvishlanish va xokazolarni namoyon kiladi.
Shunday kilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga karaganda keng ekanligi
shubxasizdir. Shu boisdan bunga birinchi navbatda, uning individualligini kursatadigan va fakat extirosda,
ichki kiyofada, kobiliyatlarda va xokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina
emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi xar xil bulgan guruxlarda, ana shu gurux uchun yetakchi
xisoblangan faoliyat orkali ifodalanadigan individlar aro munosabatlarda uzini namoyon etishini xam
kushish shart. Individual– tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shakllanayotgan birlikning rivojlanishiga
va individlar aro munosabatlarning bilvosita ifodasi xisoblangan faoliyatning xarakteri, kadriyatlari va
maksadlariga boglik tarzda jiddiy ravishda turli xil kurinishda namoyon buladi.
Individ rivojlanishining tabiiy shart-sharoitlari, uning jismoniy tuzilishi, nerv va ichki sekretsiya
bezlari tizimi, jismoniy tuzilishdagi afzalliklari va nuksonlari uning individual psixologik fazilatlari
shakllanishiga jiddiy ta’sir kursatadi. Lekin biologik xususiyat kishi shaxsini tarkibiga singib, ijtimoiy
omilga aylanib koladi va keyinchalik ijtimoiy shaklda (psixologik jixatdan) mavjud buladi. Jumladan, miya
patologiyasi individda, uning tuzilishida, uning biologik jixatlari bilan boglik, lekin shaxsiy belgilari
xisoblanmish individual psixologik xislatlarni keltirib chikaradi. Ular ijtimoiy sababiyatlarga
(determinatsiyaga) kura shaxsning konkret fazilatlariga aylanib kolishi xam, aylanmasligi xam mumkin.
Tabiiy, tarkibiy jixatlar va belgilar kishi shaxsining individualligi tuzilishida uning ijtimoiy
jixatdan takozo etilgan kismlari sifatida mavjud buladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshkalar) fazilatlar
va ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va shaxsning mustakil kichik tuzilishi sifatida bir–biriga
uzidan–uzi karama–karshi kuyilishi mumkin emas. Shaxs tuzilishining uch tarkibiy kismi mavjud: 1) Shaxs
tuzilishiga birinchi navbatda uning individualligining tizimli tuzilishi kiradi. Shu tarika shaxs tuzilishining
birinchi tarkibiy kismi–uning individ ichkarisidagi (intraindivid) kichik tizimining aloxida namoyon
bulishidir.
2) Shaxs tuzilishining ikkinchi tarkibiy kismi–shaxsning shaxslar aro bushlikdagi individlararo
munosabatlarda, alokalarda mavjud bulishidir, ya’ni individning organik tarzdagi gavdasidan tashkaridagi
«bushlikda», «fazoda» namoyon bulishdir.
3) Shaxs tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir kismi– metoindivid (individning ustki
kurinishi) kichik tuzilishini xam aloxida kursatish imkoniyatidir. Bunda shaxs individning organik
gavdasidan tashkariga chikarilib kolmasdan, balki uning boshka individlar bilan «shu yerda va endilikda»
mavjud bulgan alokalaridan xam tashkarida joylashtiriladi.
Shunday kilib, inson shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy kismdan, uchta kichik tizimdan iboratdir:
shaxsning individualligi, uning shaxslararo munosabatlar tizimida gavdalanishi xamda shaxsning uzi kelib
chikishiga kura individlararo, ijtimoiy alokalar va munosabatlar sube’kti sifatida mavjud bulishidir.
Xar uchchala kichik tuzilishi birligi shaxs obru–e’tiborida namoyon buladi.
Individning shaxs darajasiga kutarilishi extiyoji konkret tarixiy shaklda mavjud bulib, sinfiy
mazmunga egadir. Jamiyatda yashayotgan kishida ta’lim–tarbiya berish ishlari tugri yulga kuyilgan
takdirda ijtimoiy foydali faoliyatda shaxs darajasiga kutarilish extiyojining shakllanishi va kondirilishi
uchun zarur barcha shart–sharoitlar tarkib topadi.
Shaxs faolligi va yunaltirilganligi. Kishining tevarak atrofga munosabatda, birgalikdagi va ijodiy
faoliyatda namoyon buladigan ijtimoiy axamiyatga molik uzgarishlar kilish layokati shaxsning faolligi deb
tushuniladi. Bu uning goyaviy prinsipialligida, uz nuktai nazarini ximoya kila olishida, suzi bilan ish
birligida ifodalanadigan xayotiy pozitsiyasida kurinadi.
Xozirgi paytda garb psixologiyasida shaxsni tadkik kilish va tushunish borasida «Insonparvarlik
psixologiyasi» deb atalmish– psixoanalitik (psixoanaliz) nazariyalari va karashlari (shaxsning
ekzistensializm nazariyasi–«yashab kolish», «kun kurish» goyasi bilan boglik, uning tarafdorlari L.
Binsvager, M. Boss, YE. Minkovski, R. Mey, V. Frankl, Dj. Bugental va boshkalar) eng nufuzli yunalishlar
bulib xisoblanadi.
Asrimiz boshlaridayok Venalik psixiatr va psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) shaxs faolligi
manbai va xarakterining uzicha talkinini tavsiya kilgan edi. Z.Freyd fikricha kishining faolligi xuddi
xayvonlardagi kabi instinktlarga, birinchi navbatda jinsiy, shaxvoniy instinktlarga boglik emish.
Garb psixologiyasining, asosan amerikaparast psixologiya–ning yana bir nazariy yunalishi
«Insonparvarlik psixologiyasi» bir karashda psixoanaliz nazariyasiga zid bulib kurinsada aslida bir biriga
yakin. Karl Rodjers (1902–1987), A. Maslou Abraxam Xarold (1908–1970), Olport Gordon (1897–1967)
va boshkalar shaxs faolligining asosiy sababi kelajakka, uzligini namoyon kilishga intilishdir deb
xisoblaydilar.
Dunyoni odamlarning uzlari uzgartiradilar, lekin buni ongli ravishda amalga oshirish uchun
dastavval uni uzgartirishda, uni kurishda ishtirok etishga yunaltirilgan bulishi kerakki, bu ish jarayonida
shaxsning uzi xam uzgaradi. Xozirgi zamon ilmiy–psixologiyasi kishi uz faolligini faoliyat jarayonida va
eng avvalo, birgalikdagi faoliyat jarayonida namoyon kilishi tugrisidagi koidani kabul kiladi. Shaxs
faolligini va faoliyatini yunaltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan boglik bulmagan barkaror
motivlar majmui kishi shaxsining yunaltirilganligi deb ataladi. Motivlar oz yoki kup darajada anglangan
bulishi yoki umuman anglanilmagan bulishi xam mumkin. Shaxsning yunaltirilganligida anglangan
motivlar asosiy rol uynaydi.
Kishi faoliyat natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maksadning uzigina emas, balki ushbu
maksad axamiyatiga molik obyektda ruyobga chikishining realligi xam anglanilgan bulsa, bu xol shaxsning
istikboli deb karaladi. (Perspektiva).
Istikbolni anglash kishiga tabi xiralik, uz kechinmalariga karama-karshi ruxsizlik, tushkunlik
xolatini keltirib chikarishi frustratsiya deb ataladi. Bu kishining maksadiga erishishi yulida real tarzda
bartaraf etib bulmaydigan deb xisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan tuskinlikka, govlarga duch
kelgan xollarda yuz beradi. Frustratsiya shaxsning xulk atvorida va uning uzini anglashida turli xil
uzgarishlarga olib keladi.
Shaxs yunaltirilganligi uning kizikishlarida, e’tikodi va dunyokarashida namoyon buladi. Kizikish
– biron soxada tugri muljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, vokelikni ancha tula va chukur aks
ettirishga yordam beradigan motivdir.
Kizikishlar bilishning doimiy kuzgatuvchi mexanizm sifatida namoyon buladi. Kizikishlar
mazmuniga, maksadlariga, mikyosi va barkarorligiga karab belgilanadi (ijobiy yoki salbiy). Kizikishlar–
shaxs faoliyatini asoslashning birdan bir emas, lekin muxim shartidir. Xulk atvorning muxim motivlaridan
biri e’tikoddir. E’tikod–shaxsni uz karashlariga, prinsiplariga, dunyo–karashiga muvofik tarzda ish
kurishga da’vat etadigan motivlar tizimidir. Bu bilimlar nuktai nazarlarning tartibga solingan va ichki
uyushgan tizimini (falsafiy, estetik, axlokiy, tabiiy-ilmiy) tashkil etgan takdirda kishining dunyokarashi
sifatida talkin kilinishi mumkin. Dunyokarash sinfiy xarakterga ega.
Psixologiyada shaxsning yul–yuriklari uning u yoki bu extiyoji kondirilishiga yordam berishi
mumkin bulgan faolitga tayyorligining, moyilligining uzi tomonidan anglanilmaydigan xolatini belgilaydi.
Buni N. D. Uznadze ustanovka deb atagan.
Psixologik tadkikotlar yul – yurikning tuzilishi uchta tarkibiy kismdan iboratligini kursatdi. Bular
kishining bilib olishga va idrok etishga tayyorligidan iborat bulgan kognitiv (lotincha bilish) kichik tuzilish,
yul–yurik obyektiga nisbatan xayrixoxlik va xush kurmaslik xislatlari kompleksidan iborat bulgan – xissiy
baxolash kichik tuzilishi, yul–yurik obyektiga nisbatan irodaviy kuch– gayratni safarbar etishga shaylikdan
iborat bulgan xulk atvor kichik tuzilishdir.
Shaxsning uzini anglashi, «MEN» siymosi. Kishi uz moxiyati–ga kura ijtimoiy xisoblangan
munosabatlar tizimiga kirgan, odamlar bilan uzaro birgalikda xarakat kilgan va munosabatda bulgan xolda
uzini atrof muxitdan aloxida ajratib kursatadi, uzining jismoniy va psixologik xolati, xarakatlari va
jarayonlarining subyekti sifatida aks etadi. Uzi uchun «boshkalarga» karshi turgan va ayni chogda ular bilan
boglik bulgan «MEN» sifatida namoyon buladi. 2–3 yoshli bolalardayok «MEN» siymosi shakllana
boshlaydi.( «Seniki emas – meniki», «menga besh» va xokazo (I. Kon).
Katta yoshdagilarda uz xususiy «MEN»siymosi kat’iy shakllanadi. («MEN–siymo», «MEN–
konsepsiya»). «MEN» siymosi – individning uzi xakidagi nisbatan barkaror, kuprok yoki ozrok darajada
anglanilmagan, betakror deb xis kilinadigan tasavvurlar tizimidirki, individ boshkalar bilan uzaro
birgalikda xarakat kilishda ana shunga asoslanadi.
Xar kanday yul–yurik kabi «MEN» siymosi uchta komponentni uz ichiga oladi: birinchisi –
kognitiv tarkibiy kism; ikkinchisi – xissiy-baxolash tarkibiy kism; uchinchisi – xulk–atvor–irodaviy
tarkibiy kism.
«MEN» siymosi – ijtimoiy munosabatlarning xam shart–sharoiti va xam okibatidir. «MEN»
siymosi xosil bulishining yana bir kurinishi «xayoliy MEN» dan iboratdir. Agar iloji bulsa, orzu kilingan
darajaga yetish, umuman uzining tasavvur kilganidek bulib kolish istagida ekanligini aytib kuyish kerak.
«MEN»ning bu xildagi siymosi ayniksa uspirinlik davrida juda katta axamiyatga ega.
Uziga uzi baxo berish – shaxsning uzi tomonidan uziga, uz imokniyatlariga, boshkalar orasidagi
fazilatlariga va uz urniga baxo berilishidir. Bu shaxsning uzini anglab yetishini psixologiyada ancha muxim
va eng kup urganilgan jixati xisoblanadi. Uziga uzi baxo berish orkali shaxsning xulk – atvori tugrilanib,
tartibga solib turiladi.
Psixologiyada kishining uziga uzi beradigan baxoni, uning mikdoriy va sifat tarifini aniklashning
bir kator eksperimental metodlari mavjud. (Uz–uzini tekshirish testlari, uz–uzini kuzatish, kundalik
yuritish).
Uchta kursatgich – uziga uzi baxo berish, kutilgan baxo, guruxning shaxsga bergan baxosi –
shaxsning tuzilishiga kiradi va kishi buni xoxlaydimi yukmi, u uzining guruxdagi kayfiyatini, uzi erishgan
natijalarini muvaffakiyatli yoki muvaffakiyatsiz ekanligini uziga va tevarak atrofdagilarning unga nisbatan
nuktai nazarlarini belgilaydigan subektiv vositalarni xisobga olishga majburdir.
Anglashilmaganlik – bu nazorat kilinmaslik degani emas. Axamiyatga molik baxo shaxs
kamolotiga ta’sir kursatadi. Uziga uzi baxo berish shaxs intilishlari darajasi bilan chambarschas boglikdir.
Shaxs kishining konkret–tarixiy xayot kechirishi sharoitlarida, faoliyat jarayonida shakllanadi.
Shaxs shakllanishi jarayoni guruxlarda va jamoada amalga oshiriladigan ta’lim va tarbiyaga xam boglikdir.
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lo-tincha pkZts! — ajralmas, alohida zot
degan ma’no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta
yoshdagi ruhiy sog‘lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‘q, oddiy malakalarni
o‘zlashtira olmaydigan akli za-iflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb
atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o‘sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli,
ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo‘la oladi. Individ sifatida yorug‘ dunyoga kelgan odam ijtimoiy
muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega-
dir. Ilk bolalik chog‘idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabat-lar tizimi doirasiga tortiladi, bunday
shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‘lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan)
ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla
ahli, ja-moatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (ki-shilarning og‘ushida, ularning qalb
to‘risida) odamning bundan ke-yingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va
irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan har xil xu-susiyatli munosabatlar majmuasini
vujudga keltiradi.
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli
deb tushuntirish va unda faol-likni inkor etish o‘ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki,
shaxsning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish jarayoni odamning o‘zicha amalga oshirayotgan faolsyatiga va
uning bilan qan-day maqsad ko‘zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ru-hiy dunyosi orqali
namoyon bo‘ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida,
amaliy ko‘nik-malarida ko‘zga tashlanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-
muhitdagi voqelikni egallashga intilgan sa’y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o‘z
istiqbo-li uchun yo‘l-yo‘riqtanlashda, uni o‘zlashtirishda, hayotda o‘z mavqei va o‘rnini topishda
gavdalanadi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllari-ni yaratish hamda har xil hayotiy
vaziyatni vujudga keltirish imkoni yatiga ega. Hayetda biron bir tanbeh berishning o‘zi kimdadir ruhiy hisni
uyg‘otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha
tashqi qo‘zgatuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismla-ri (tomonlari,
jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‘in-disi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil
bo‘ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligidir, ya’ni
yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikma-si
tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron
xususiyatlar yig‘in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dumyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi
reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabi-lar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‘xshash tarzda
aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg‘u-alam, uning bilan birga
esa hayotda tiklab bo‘lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning man-gulikka
yo‘nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‘zining qadr-qim-mati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda
faol ishtirok qili-shi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan
yaqqol, betakror oliy zotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |