Nternet va undan foydalanish madaniyati



Download 42,5 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi42,5 Kb.
#499337
Bog'liq
ma\'ruza


NTERNET VA UNDAN FOYDALANISH MADANIYATI
Inernet bu – xozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi axborot manbaidir.
“Internet” so'zi ingliz tilidan olingan jumla bo'lib, tilimizda “xalqaro ma'lumotlar to'ri” degan ma'noni anglatadi. Ammo bu nom ixtiyor qilinganidan keyin internetning tinmay rivojlanishi oqibatida u faqat ma'lumotlar taqdim va qabul qilish bilan cheklanib qolmay, bundan ham katta hajmdagi ishlarni olib borishga xizmat qiladigan bo'lib ketdi. Hayotning barcha sohalarida internet yordamida osonlik, arzonlik va tezlik foydalari ko'zlaydigan bo'lindi.
Barchamizga ma'lumki hozirgi davrda hayotimizni internetsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Dunyo bo'ylab internetning shiddat bilan rivojlanishi natijasida undan faqatgina ma'lumotlarni qabul qilish hamda tarqatish bilan cheklanib qolmasdan, balki bundanda katta ishlarni bajarish imkoniyatlari tug'ildi. Internet orqali insonlar uzoqdagi do'stlari, yaqinlari bilan bemalol ko'rib gaplashadigan, bir-biriga xabarlar yuboradigan bo'ldi.
Maslahat

  • Ijtimoiy tarmoqlarga, imkoni boricha, shaxsiy ma`lumotlaringizni kamroq joylashtiring. Shuni unutmaslik kerakki, ijtimoiy tarmoqlar xavfsizlik choralarini qanchalik kuchaytirmasin, u yerga joylashtirilgan ma`lumotlaringiz hech qachon to`la xavfsiz bo`la olmaydi. Eng yomon holatda sayt xakerlar hujumiga uchrab, undagi yashirin suratlaringiz, yashirin yozishmalaringiz bir kunda butun dunyoga oshkor bo`lib ketishi hech gap emas.

  • Bu yerning ommaviy maydon ekanini unutmang. U yerga biror surat yoki gap yozib qoldirdingizmi, u endi internet serverlariga muhrlanib qoladi va bu gap-ma`lumotlarni sahifangizdan o`chirib yuborgan taqdiringizda ham, u server xotiralaridan o`chmasligi mumkin. Shuning uchun har qanday gap-so`zni yozishdan oldin yetti o`lchab bir kesing.

  • Saytda ro`yxatdan o`tishdan oldin tarmoqdan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqing. Uzundan uzoq bu qoidalarni ko`pchilik o`qimaydi, ammo bunday saytlar, odatda, mas`uliyatni zimmalaridan soqit qilish uchun ko`p masalalarda to`liq mas`uliyatni foydalanuvchi zimmasiga yuklaydi. Masalan, tarmoqqa qo`yilgan har bir surat saytning mulkiga aylanadi, degan shart bo`lishi mumkin. Agar bu kabi shartlarga rozi bo`lmasangiz, saytga a`zo bo`lmang.

  • Saytning sozlamalar panelidan (Settings) xavfsizlik bo`yicha mavjud imkoniyatlarni o`rganib chiqing. Yozayotganlaringiz yoki sahifangiz kimlarga ko`rinadi, kimlar sizga xat yoza oladi kabi masalalarda shu paneldan o`zingizga mos holatni tanlab olishingiz mumkin.

  • Shubhali havolalarni ochmang. Ular tarmoqdagi profilingizga kirishni ko`zlovchi zararli dasturlar bo`lishi mumkin. Bu esa sizning nomingizdan do`stlaringizga istalmagan xat va havolalar ketishiga sabab bo`lishi mumkin.

  • Do`slaringiz bilan qiladigan maxfiy chatlaringiz ham, aslida, kuzatuvdan xoli emas. Sayt ma`muriyati yoki hukumat idoralari, xohlasa, bu ma`lumotlarni ochib ko`ra olishlari mumkin.

O‘zbekistonlik internet-foydalanuvchilar orasida «Odnoklassniki», «Facebook» hamda «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlari juda ommalashgan. Misol uchun, ikki million foydalanuvchi «Odnoklassniki»ga muntazam kirib turadi, «Facebook» auditoriyasi esa «Instagram» bilan birgalikda 1 mln. 600 mingdan oshadi. «Google» O‘zbekistondagi eng ommalashgan qidiruv tizimi hisoblanadi. Uning xizmatlariga internet-foydalanuvchilarning 76 foizi, «Yandex»ga esa 19 foizi murojaat qilib kelmoqda. «Telegram» O‘zbekistondagi eng urf bo‘lgan messenjer. Mamlakatimizdagi telegram-kanallar orasida har biri 217 mingdan ortiq a’zo to‘plagan «Prikol» va «Kun.uz» yetakchi sanaladi. Shuningdek, axborot sohasida 1254 ta ommaviy axborot vositasi, shundan 100 TVR, 1032 ta Internet-kafe, 939 ta Internet provayder, 187 ta davlat axborot resursi, "Ziyonet" yoshlar axborot portali, 1026 ta axborot-kutubxona muassasasi faoliyat yuritmoqda. Bularning barchasi fuqarolarimiz, xususan, yoshlarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqining ifodasidir. Global axborot makoniga real ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, hozirda keng jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog‘lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta’siridagi agressiv axborotlarning (o‘z joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 ming, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlar, kompyuter o‘yinlari zo‘ravonlik va yovuzlik, o‘ta jangari ruhdagi (beshafqat urushlar, o‘ldirishlar, otishmalar, portlatishlar va hokazo) Internet saytlar mavjudligi), milliy axborot makonimizga kirib kelishidir. Jahonning 38 foiz yoshlari shafqatsizlik, zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi materiallar ta’siriga tushayotgan bo‘lsa, yana bir qanchasi o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qiluvchi 9 mingdan ziyod saytlar orqali osongina jon taslim qilish "saboq"larini o‘rganmoqda.
So‘nggi yillarda terrorchi tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlarning soni 7000 dan oshdi. Ular millatchilik ruhidagi va ma’lum bir davlatning amaldagi tuzumiga qarshi qaratilgan noxolis axborotlarni tarqatish bilan mashg‘ul bo‘lib kelmoqda. Fikrimizcha, internet tarmog‘ida foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlashning eng maqbul yo‘li undan foydalanish madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi. Vaholanki, bugun internet olamida keng uchrayotgan kiberjinoyatlar, g‘oyaviy va texnik (xakerlik) buzg‘unchiliklar foydalanuvchilarning aynan internet madaniyati me’yorlariga rioya qilmasligi oqibatida yuzaga kelmoqda. Axborotlar tezkor internet orqali qabul qilinar ekan, uning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi. Axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda) o‘zlarining g‘arazli manfaatlari yo‘lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiiste’mol qilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini ko‘rsatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itish, ularning ongi va qalbini egallash yo‘lidagi intilishlarini kuchaytirayotgani sir emas. Nosog‘lom axborot oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mexanizmlar yaratilgan.

VAQT QADRI


⏱ Tasavvur qiling, sizning bank hisob raqamingizga har kuni ertalab $1440 pul o’tkaziladi. Bu pulni faqat shu kunning o’zida ishlatish mumkin. Kun davomida sarflay olmagan pulingiz keyingi kunga o’tkazib berilmaydi. Naqd qilib ham saqlab qola olmaysiz va har tunda balansingiz $0 ga aylanadi. Nima qilgan bo’lardingiz? Kun davomida bu pulning har bir dollarigacha sarflashga harakat qilarmidingiz?
⏰ Haqiqat shuki, barchamiz bu bank hisob raqamiga egamiz. Uning nomi - Vaqt. Har tong bizga 1440 daqiqa sovg’a qilinadi. Sarflanmagan vaqtimizni keyingi kun uchun saqlab qo’ya olmaymiz. Har kun so'ngida bizga berilgan 1440 daqiqa 0 ga aylanadi. O'tgan vaqtni ortga qaytara olmaymiz.
⏳ Aslida, qancha vaqtimiz qolganini ham bilmaymiz. Shunday bo’lsada, vaqtni ko’pincha behudaga sarflaymiz. Vaqt - bebaho. Har bir daqiqani aql bilan yaxshi amallarga sarflang.
Download 42,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish