Ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktining
qoʻllanilishi tartibi:
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida JPKning 587-moddasiga muvofiq prokurorga taqdimnoma bilan murojaat qiladi.
Qonun bunday taqdimnomaga amnistiya aktini qoʻllash masalasi qoʻyilayotgan shaxs arizasi ham ilova qilinishini talab etishi tufayli, surishtiruvchi, tergovchi dastlab unga ariza berish huquqi va kelib chiqishi mumkin boʻlgan protsessual oqibatlarni tushuntirishi shart boʻlib, bu haqda bayonnoma tuziladi6.
Do'stlaringiz bilan baham: |