Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining qonuniy vakilining huquqlari:
oʻzi vakillik qilayotgan shaxsning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga chaqirilganidan xabardor boʻlish;
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning ruxsati bilan shu shaxsning soʻroq qilinishida ishtirok etish;
oʻzi vakillik qilayotgan qamoqdagi shaxs bilan holi uchrashish;
oʻzi vakillik qilayotgan shaxs JPKga muvofiq ega boʻlgan protsessual huquqlarni amalga oshirish huquqiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |