Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining qonuniy vakilining majburiyatlari:
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi;
haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi;
ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Yuqoridagilarga yana qoʻshimcha sifatida aytish mumkinki qonuniy vakil guvoh sifatida soʻroq qilinishi, shuningdek himoyachi, fuqaroviy daʻvogar yoki fukaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Bunday hollarda qonuniy vakil yuqorida aytib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi.
16-savol: Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza tergovga qadar tekshiruv qaysi shaxsga nisbatan oʻtkazilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan, tegishincha tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruvning, surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |