Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining qonuniy vakilini ishga jalb qilish tartibi va ularning huquq va majburiyatlarini yoriting.
Javob: Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini real taʻminlash maqsadida, shaxs Jinoyat-protsessual kodeksining 221, 227-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ushlangan yoki ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan (JPK 242-moddasi) hollarda jinoyat ishini yuritishga masʻul davlat organlarining mansabdor shaxslari mahbus saqlanayotgan joy haqida uning yaqin qarindoshlariga yoki uning iltimosiga koʻra boshqa shaxslarga, voyaga yetmaganlar toʻgʻrisida esa, shuningdek, uning qonuniy vakiliga JPK 217-moddasining 1-qismida belgilangan tartib va muddatda xabar berishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |