“Birinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Imom al-Buxoriyning hayoti va faoliyati.”


USHBU HАFTА “АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHG‘ULOTLАRINI O‘TKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN YORDАMCHI MАTERIАLLАR



Download 134,55 Kb.
bet7/11
Sana08.04.2022
Hajmi134,55 Kb.
#536357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12 ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ копия

USHBU HАFTА “АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHG‘ULOTLАRINI O‘TKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN YORDАMCHI MАTERIАLLАR


Mavzu: “Birinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Imom al-Buxoriyning hayoti va faoliyati.”

Islom olamining eng buyuk muhaddisi, islom dini sunniylik yо‘nalishining «Sihohi sitta» («Olti sahih kitob») nomi bilan mashhur bо‘lgan eng mо‘tabar olti hadis tо‘plamidan birinchisi – «al-Jomi’ as-sahih» («Sahih tо‘plam») kitobi tо‘plovchisi, «Hadis ilmining sultoni» va «Muhaddislar peshvosi» nomlari bilan tanilgan buyuk alloma Imom Hofiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug‘iyra ibn Bardezbeh al-Ju’fiy al-Buxoriy hijriy-qamariy 194 yil shavvol oyining о‘n uchinchi – milodiy 810 yil iyul oyining yigirmanchi kuni Buxoro shahrida dunyoga keldi. Bu davrda Movarounnahr о‘lkasi Xuroson, Eron va О‘rta Osiyo hududlarida tashkil topgan, poytaxti turli davrlarda Marv, Balx va Nishopur shaharlari bо‘lgan Tohiriylar davlati (821–873 y.) tarkibida edi.


Muhammadning otasi Ismoil ibn Ibrohim о‘z davrining yetuk muhaddislaridan bо‘lib, buyuk muhaddis va faqih hamda islomning sunniylik yо‘nalishi molikiy mazhabining asoschisi Molik ibn Anas (711–795) hamda О‘rta Osiyolik muhaddis va sо‘fiy Abdulloh ibn Muborak Marvaziyning (736–797) shogirdlaridan hisoblangan. Uning g‘oyatda oqila va fozila onasi ham о‘ta taqvodor va diyonatli ayol bо‘lgan. Muhammadning bolalik chog‘laridayoq otasi olamdan о‘tgach, uning tarbiyasi onasining zimmasida qoladi.
Muhammad besh-olti yoshlaridan boshlang‘ich ta’limni olishga, о‘n yoshidan boshlab esa hadislarni о‘rganishga kirishadi. Buxorolik ulamolardan Doxiliy (VIII–IX a.), poykentlik muhaddislar Muhammad ibn Salom Poykandiy (vaf. 839), Muhammad ibn Yusuf Poykandiy (VIII–IX a.), shuningdek, buxorolik muhaddislar Abu Hafs Kabir Buxoriy (767–832), Ahmad ibn Ishoq Surmoriy (vaf. 856), Abdulloh ibn Muhammad Musnadiy (vaf. 845), Ibrohim ibn Ash’as (VIII–IX a.) va boshqalar uning hadis ilmidagi ilk ustozlari bо‘lishgan. Muhammadning yoshi ulg‘aygani sari uning hadis ilmiga bо‘lgan qiziqishi kuchaya borib, nafaqat hadislarni shunchaki yodlab olish, balki ularni sahih va g‘ayrisahihga ajratish, ularning illatlarini, hadis roviylari ma’lumotlarining tо‘g‘ri, ishonchli yoki ishonchsiz ekanligini, roviylarning tavallud va vafot sanalari, yashagan joylari, hayoti va bir-birlari bilan bog‘liqliklarini aniqlash, turli roviylar keltirgan hadislarni bir-biri bilan solishtirish, hadislarning Qur’oni karim oyatlari bilan uzviy bog‘liqliklarini о‘rganish hamda hadis ilmining boshqa muammolarini tadqiq qilishga kirishadi. U о‘n olti yoshga yetmasdanoq kо‘plab hadis kitoblari, jumladan Abdulloh ibn Muborak va Vaki’ ibn Jarrohning (746–812) hadis tо‘plamlarini – hammasi bо‘lib yetmish mingdan ortiq hadisni yod oladi.
825 yili о‘n olti yoshli Muhammad ibn Ismoil haj ziyoratini amalga oshirish hamda hadis о‘rganish va tо‘plash uchun islom olami о‘lkalariga uzoq yillik safarini boshlash maqsadida onasi va akasi Ahmad bilan birgalikda Hijoz tomon yо‘l oladi. Ular Makkada haj ibodatini amalga oshirganlaridan keyin, Muhammad onasi va akasini Buxoroga qaytarib yuboradi-da, о‘zi kо‘zda tutilgan ilmiy rejalarini amalga oshirish maqsadida Makkada qoladi.
Muhammad ushbu shahardagi mashoyixlar – islomiy ilmlar olimlarining ilmiy yig‘inlarida qatnasha boshlaydi. Jumladan u bu davrda Makkada yashab, faoliyat kо‘rsatayotgan hadis sohasining mashhur olimlari – Abu-l-Valid Muhammad ibn Abdulloh Azraqiy (vaf. 864), Abu Bakr Abdulloh ibn Zubayr Humaydiy (vaf. 834) va boshqalardan ta’lim oladi. U Makkada yashagan davrida, 826 yili muhaddis va mufassir olim Muhammad ibn Yusuf Faryobiy (vaf. 827) bilan uchrashish maqsadida Shom о‘lkasiga safar qiladi.
Muhammad ibn Ismoil Makka shahrida ikki yilcha yashaganidan keyin, 827 yili о‘n sakkiz yoshida payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning muborak ravzalari joylashgan Madina shahriga kо‘chib о‘tadi. U Madinada Abu Ishoq Ibrohim ibn Munzir Hizomiy (vaf. 850), Mutrif ibn Abdulloh, Abu Ishoq Ibrohim ibn Hamza Zubayriy (vaf. 230/845), Abu Sobit Muhammad ibn Ubaydulloh (VIII–IX a.), Abdulaziz ibn Abdulloh Uvaysiy (VIII–IX a.) kabi muhaddis olimlardan saboq oladi. «Ta’rixu Bag‘dod» asari muallifi Ahmad bin Ali Xatib Bag‘dodiy (1002–1071) bergan ma’lumotga kо‘ra, Muhammad Buxoriy shu davrda о‘zining ilk asarlarini yozishga kirishadi. Jumladan, u Muhammad (s.a.v.)ning muborak ravzalarida «Qazoyo as-sahoba va-t-tobi’iyn va aqoviluhum» («Sahobalar va tobiinlarning chiqargan hukmlari va aytgan gaplari») kitobini yozib tugatib, о‘zining mashhur «at-Ta’rix al-kabir» («Katta tarix») asarining qoralamasini yoza boshlaydi.
Muhammad bundan tashqari Hijozning boshqa shaharlarida ham bо‘ldi va uning ushbu о‘lkaga safari olti yil davom etdi. U shundan sо‘ng Iroqning Basra, Kufa, Bag‘dod, Vosit va Jazira shaharlari, Shom va Misr о‘lkalari hamda Xuroson va Eronning Marv, Balx, Hirot, Nishopur va Ray shaharlarida ham bо‘lib, ushbu о‘lkalar va shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar tо‘pladi.
Muhammad ibn Ismoilning Iroqdagi ta’limi ancha samarali bо‘ldi. Jumladan, u Basrada Abu Osim Nabiyl (822–900), Savfon ibn Iso (vaf. 814), Badal ibn Muhabbir (vaf. 830), Affon ibn Muslim (751–835), Sulaymon ibn Harb (757–837), Abu Dovud Tayolisiy (750–819), Muhammad ibn Sinon (vaf.834) va boshqalar, Kufada Abdulloh ibn Muso (738–828), Amr ibn Hammod (vaf. 834), Ismoil ibn Abbon (vaf. 831), Xolid ibn Muxallad (vaf. 828), Talaq ibn G‘unom (vaf. 826), Umar ibn Hafas (vaf. 836), Farvat ibn Abi-l-Mug‘arro (vaf. 839), Qabisa ibn Aqba (vaf. 830) va boshqalar, Bag‘dodda Muhammad ibn Iso Tabbo’ (vaf. 838), Muhammad ibn Soyiq (VIII–IX a.), Surayj ibn Nu’mon (vaf. 832), Ahmad ibn Hanbal (780–855), Abu Muslim Abdurahmon ibn Abiy Yunus Mustamliy (vaf. 839), Ismoil ibn Xalil (vaf. 839) va boshqalar, Vositda Hasson ibn Hasson (vaf. 837), Hasson ibn Abdulloh (vaf. 836), Said ibn Abdulloh ibn Sulaymon (VIII–IX a.) va boshqalar, Jazirada Ahmad ibn Abdulmalik Harroniy, Ahmad ibn Yazid Harroniy, Amr ibn Xalaf, Ismoil ibn Abdulloh Raqqiy (VIII–IX a.) va boshqalar bilan uchrashib, ularning ilmiy majlislarida ishtirok etdi va ulardan hadis ilmi bо‘yicha ta’lim oldi.
Shuningdek, Imom Buxoriy Shom va Misr о‘lkalariga safari davomida shomlik olimlardan Muhammad ibn Yusuf Faryobiydan tashqari Odam ibn Abu Iyos (vaf. 835), Abu-l-Yamon Hakam ibn Nofi’ (755–836), Abu-l-Mug‘iyra Abdulquddus (VIII–IX a.), Sulaymon ibn Abdurahmon ibn Shurayh (VIII–IX a.) va boshqalar, misrlik olimlardan esa Usmon ibn Solih (vaf. 834), Said ibn Abu Maryam (761–838), Abdulloh ibn Solih, Ahmad ibn Solih (786–862), Asbag‘ ibn Faraj (767–840), Said ibn Kasir ibn Ufir (763–840), Yahyo ibn Abdulloh (771–845) va boshqalar bilan muloqotda bо‘lib, ularning huzurida о‘zining hadis sohasidagi bilimlarini takomillashtirdi.
VIII asrga kelib Eron, Xuroson va Movarounnahr о‘lkalari ham islomiy ilmlar, jumladan, hadis ilmining yirik markazlari qatoridan joy ola boshlagan, bu о‘lkalardan ham yirik va zabardast muhaddislar yetishib chiqa boshlagan edi. Shunga kо‘ra Imom Buxoriyning navbatdagi ilmiy safari Xuroson va Eron shaharlariga amalga oshdi. Bunda u Marvda Ali ibn Hasan ibn Shaqiq (754–940), Abdon (757–836), Usmon, Muhammad ibn Muqotil (vaf. 840) va boshqalar, Balxda Makkiy ibn Ibrohim (743–830), Yahyo ibn Bashir (VIII–IX a.), Muhammad ibn Abon (vaf. 858), Hasan ibn Shujo’ (vaf. 858), Yahyo ibn Muso (VIII–IX a.), Qutayba ibn Said Bag‘loniy (766–854) va boshqalar, Hirotda Ahmad ibn Abu-l-Valid Hanafiy (VIII–IX a.), Nishopurda Yahyo ibn Yahyo Tamimiy (759–841), Bishr ibn Hakam (vaf. 852), Ishoq ibn Ibrohim Hanzaliy (778–852), Muhammad ibn Rofi’ (786–860), Muhammad ibn Yahyo Zuhaliy (788–972) va boshqalar, Rayda Ibrohim ibn Muso (VIII–IX a.) va boshqalar huzurida hadis ilmi sirlarini о‘rganib, kо‘plab hadislar yozib oldi.
Shu о‘rinda aytib о‘tish lozimki, Imom Buxoriyning bu о‘lkalar va shaharlarga safaridan maqsad faqatgina ilm о‘rganish emas, balki ilm о‘rgatish ham bо‘lib, u jumladan Xuroson va Eron shaharlari, xususan Nishopurda hadis ilmi bо‘yicha darslar ham о‘tgan. Buning ustiga Imom Buxoriy о‘z asarlarining katta qismini aynan ana shu safarlari davomida yoza boshlagan, ma’lum qismini esa yozib tugatgan ham.
Manbalarda Imom Buxoriyning ustozlari soni tо‘g‘risida turlicha ma’lumotlar keltirilgan. Muhammad ibn Ishoq ibn Manda Isfahoniy (922–1005) Imom Buxoriyning ustozlariga maxsus bag‘ishlab yozgan «Tasmiyat al-mashoyix» («Shayxlarning nomlari») asarida uning 306 nafar asosiy ustozi tо‘g‘risida ma’lumotlar keltirgan bо‘lsa, «Shamoyil al-Buxoriy» («Buxoriyning xulq-atvori») asari muallifi Muhammad ibn Abu Hotam Varroq Buxoriyning ma’lum qilishicha, Muhammad Buxoriyning о‘zi 1080 nafar shayxdan hadis yozib olganligini eslatgan.
Imom Buxoriy о‘n olti yil davom etgan uzoq safardan о‘z ona shahri Buxoroga qaytib kelgach, talabalar va boshqa barcha istovchilarga hadis ilmidan dars berishga kirishadi. Movarounnahrning turli shaharlari hamda xorijiy о‘lkalardan hadis ilmini о‘rganishni yoxud hadis ilmi bо‘yicha bilimini takomillashtirishni istagan kо‘plab kishilar Buxoroga – Imom Buxoriy huzuriga oqib kela boshlaydilar. Bu davrda Buxoro islom olamining eng yirik hadisshunoslik markazlaridan biriga aylanadi.
Biroq, vaqt о‘tishi bilan, Imom Buxoriyning oddiy xalq orasida ham, mahalliy va xorijiy ilmiy doiralar nazdida ham kundan kunga oshib borayotgan obrо‘-e’tibori, bir tomondan ayrim ichqora kishilarning unga nisbatan turli uydirma va tuhmat gaplarning tarqatishlariga, ikkinchi tomondan esa hukmron doiralarning unga nisbatan xavotir va chо‘chish bilan munosabatda bо‘la boshlashlariga sabab bо‘ldi. Buxoriyning Tohiriylar davlatining Buxorodagi amiri Xolid ibn Ahmad Zuhaliyning о‘z saroyiga kelib, unga va uning о‘g‘illariga «Sahih al-Buxoriy» va «at-Ta’rix» kabi asarlaridan saboq berishini yoxud ularning о‘ziga alohida dars berishini talab qilishiga rad javob berishi esa amirning sabr kosasini tо‘ldirdi. Biroq millionlab musulmonlarning yuksak hurmati va mehr-muhabbatini qozonib ulgurgan Imom Buxoriyni shunchaki shahardan chiqarib yuborishga jur’at qilolmagan amir boshqa yо‘l tutdi – bir guruh nopok kimsalar uning kо‘rsatmasi bilan Buxoriyga qarshi bо‘lmag‘ur safsatalar va tuhmatlar tarqatdilar. Amir esa bundan foydalanib, allomadan shaharni tark qilib chiqib ketishini talab qildi.
Imom Buxoriy Buxorodan chiqib ketgach Samarqand yaqinidagi Xartang deb ataladigan qishloqqa keladi. U oradan kо‘p о‘tmay qattiq betob bо‘lib qoladi va 256 hijriy yilning Ramazon hayiti kechasi (870 yil 31 avgust kuni) vafot etadi.



Download 134,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish