“Birinchi Renessans hodisasining yirik namoyandasi Imom al-Buxoriyning hayoti va faoliyati.”


KIMYO SANOATIDAGI ISTIQBOLLI LOYIHALAR



Download 134,55 Kb.
bet4/11
Sana08.04.2022
Hajmi134,55 Kb.
#536357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12 ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ копия

KIMYO SANOATIDAGI ISTIQBOLLI LOYIHALAR
KO‘RIB CHIQILDI


Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 noyabr kuni kimyo sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va yangi loyihalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida olib borilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar bugun natijadorlikka aylanmoqda. Xususan, kimyo sanoatida so‘nggi besh yilda umumiy qiymati 2 milliard 100 million dollarlik 16 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 3 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Yana bir muhim jihati, sohaga xususiy sektor kirib kelib, ular tomonidan 45 million dollarga teng 8 ta loyiha ishga tushirildi.
Shu besh yilda kimyo sanoatida ishlab chiqarish 1,5 barobarga, eksport hajmi 190 million dollardan 310 million dollarga ko‘paydi. Korxonalarning umumiy sof foydasi 8 barobardan ziyod o‘sib, joriy yil yakuni bilan 1 trillion so‘mdan oshishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 fevraldagi qaroriga muvofiq kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida yana 4 ta yuqori qiymatli tovarlar ishlab chiqarishga qaratilgan texnologik kimyo klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Ularda uglerod, poliefir va atsetat tolasi, polivinilatsetat, kaliy nitrati kabi 20 dan ziyod mahsulot ishlab chiqariladi.
Yig‘ilishda ushbu klasterlar va istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi. 
Davlatimiz rahbari bu loyihalar tarmoqdagi ulkan imkoniyatlarga nisbatan yetarli emasligini, investitsiya jalb etib, mahsulotlarni ko‘paytirish mumkinligini ta’kidladi.
Kelgusi yilda ishlab chiqarish hajmini 12 trillion so‘mga, eksportni 380 million dollarga yetkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Sohani raqamlashtirish, korxonalarda operatsion xarajatlar va energiya sarfini qisqartirish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish vazifasi qo‘yildi.
Qayd etilganidek, umumiy qiymati 740 million dollarlik 4 ta yirik loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlanadi. Shuningdek, kelgusi yilda suyuq kompleks o‘g‘itlar, karbamid formaldegid smolasi, gidroksipropil-metilsellyuloza, kalsiy xlorid kabi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Mutasaddilarga ushbu loyihalar ijrosini doimiy nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 
Korxonalarni transformatsiya qilish, ularga zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv tizimini joriy etish ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Yangi korxonalarni kadrlar bilan ta’minlash ham muhim masala. Shu maqsadda kelgusi yilda 6 ming nafar oliy va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash mo‘ljallangan. Tarmoqdagi 6 ta korxona negizida o‘quv markazlari hamda Chirchiq shahrida ishchi-mutaxassislar tayyorlash majmuasini ishga tushirish belgilangan.
Mutaxassislarni kimyo sanoatining bugungi rivoji va ish beruvchining talablari asosida tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.



Download 134,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish