19
Buyuk yunon faylasufi Suqrot aytganlaridek dunyoga kelgan har bir inson
o’z tolei bilan to’g’ilib bu uning taqdirida aks etadi. Ammo o’z taqdiri–xalq
taqdirida iz qoldirgan insonlar sanoqlidir. [Suqrot] Bunga yaqqol misol sifatida
birinchi prezidentimiz Islom Karimovni aytib o’tish joyiz.
1912-yilda Rossiya dehqonchilik ba’zalari xo’jayini Aleksandr Klevashining
imperator Nekolay ikkinchiga yozgan xatida aytilganidek
Turkiston paxtasi
Amerikani yengish imkonini berdi, mustamlaka ahli Amerika qullari kabi paxta
yetishtirsin degan muddaoning ijrosi XX asr so’nggi choragida ham o’z kuchida
qolgani xalqimizning shuncha paxta yetishtirgan respublika, o’zi kafanlikga zor
bo’lganini millionlab gektar yeri kamlik qilgandek hovlisiga ham paxta ekgani va
oziq-ovqat mahsulotlariga yetishmovchiliklar paydo bo’lganini ta’kidlagan.
Bizdan olib chiqilgan mahsulot bilan kiritilgan mahsulot o’rtasidagi
tafovut
898 million rublni tashkil etgan. Birinchi prezidentimiz ta’kidlaganidek paxta narxi
bug’doy narxi bilan tenglashtirilar edi. Shuning evaziga balansni
tenglashtirilganligi O’zbekistonni qashshoqlik girdobiga tushib qolishi deyarli
boshqa davlatlarga yalinib yurganini hech ham tushunib bo’lmas edi.
Islom Karimov 1989-yil 24-iyun respublika rahbarligiga saylangan vaqtda
ma’ruza qilib millat va mamlakatni hurriyat yuliga olib chiqish uning o’z
huquqlariga egalik qilishining ilk dasturiy konsepsiyani asoslab berdi. Bu
konsepsiyada biz eskicha yashay olmaymiz zamon ham bunga yul qo’ymaydi deb
nomlangan edi. G’ururi, shani toptalgan xalqning qaddi va qadrini tiklash o’zligini
anglash g’oyasi dolzarb masala sifatida keskin quyildi.
Milliy mustaqillikga erishishning tadrijiy jarayoniga shu tariqa tamal toshi
qo’yildi. Albatda mustaqillikga erishish jarayonida birinchi prezidentimiz Islom
Abdug’aniyevich Karimovning kuchli psixolog ekanligi
hovlisida paxta ekib
yurgan xalqni o’z shaxsiy mulkiga ega bo’lish uchun imkoniyat yaratib bergani va
shu orqali millionlab xalqning yuragiga kirib borishi, mustaqillik degan
tushunchani singdirishi yaqqol nomoyon bo’ladi. 1989-yil Prezidentimizning
dastlabki farmonlaridan birida aholiga tomarqa yerlarini ajratib berish edi.
Farmonga binoan 2,5 million xonadonga tomarqa yerlari berildi.
20
Islom Karimov mustaqillikga erishish yo’lida har qanday qarshiliklarga
qaramasdan mardonavor harakatlari bilan o’zining oqilona siyosatini olib borgan.
1991-yil 31-avgust davlatimiz mustaqil deb e’lon qilindi, lekin mustaqillik
deb e’lon qilinishi hali tom ma’nodagi
erkinlik emas, bu yulda qanchadan qancha
harakat, mehnat, chidam, sabot va bardosh kerakligini anglardi.
Mustaqillik arafasida ocharchilik ostonasiga kelib qolgan respublikaning
iqtisodiy ahvoli o’nglash abgor bo’lgan ijtimoiy sohaning qaddini ko’tarish harbiy
salohiyatni oshirib milliy armiyaga ega bo’lish eng muhimi xalqning o’z kuchiga,
kelajagiga ishontira olish edi.
Namangan shahri faollaridan biri Mamatov Turg’un guvohlik berishicha,
Tohir Yuldoshevning 1991-yil dekabrda Namangan shahrida orqasidan
ergashtirgan isyonchilarni qo’zg’olon ko’tarishib mustaqil bo’lgan davlatni
parokanda qilmoqchi bo’lgan niyatlarini o’z vaqtda
Islom Karimov Namanganga
yetib kelib usha kunning sovuq manzaralarini, ya’ni un mingdan ziyod xalq bir
yerga jamlangan vaqtda, Islom Karimov hech qanday qo’riqchilarsiz shaxdam
qadamlar bilan kirib keladi va isyonchilarga qarata shunday deydi: men
prezidentman, men keldim qanaqa savollaring bor menga,
men allhamdurulloh
musulmonman, nima arzingiz bo’lsa menga aytinglar.
Shunda qo’zg’olon ko’targan olomonni tinchlantiradi va yana bir o’zini
kuchli psixolog ekanini ko’rsatadi. Madamin Xasanov O’zbekistan SSR savdo
vaziri shunday ta’kidlaydi 1986-yil O’zbekiston o’zi uchun 25 foizgina non
yetishtirar, qolgan g’alla tashqaridan olib kirilar, paxta ishlab chiqarishda
respublikamiz yetakchilardan biri bo’lganligiga qaramay xizmati evaziga
ushoqlarga ega bo’lardi xolos. Islom Karimov halol
inson sifatida unga toqat
qilolmas edi.
Chunki bu ushoqlarga ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishning also iloji yuq
edi. Bu nuqtayi nazar Islom Karimovni o’sha paytdagi partiya dohiylari bilan
ziddiyatga olib kelishini taqozo etgandi. Islom Karimov O’zbekistonning
muammolari xususida markazga jiddiy tahliliy murojaat tayyorladi, uning bu
21
harakati respublika markaziy qo’mitasining ikkinchi kotibi Anishev bilan
kelishmovchiliklarni yuzaga keltirdi.
Usha davrlarda u markazdan yuborilgan to’rt
yuz nafar desantchilarga
boshchilik qilardi. Anishev rahbarlik qilgan yig’ilishda Islom Karimov o’rnidan
to’rib mamlakatimizni iqtisodini rivojlantirish to’g’risidagi hujjatni qayta- qayta
ularga tushuntirishga harakat qilgani Anishevga yoqmay, siz qachongacha bunaqa
to’palon qilib yurasiz deb aytishiga qaramasdan Islom Karimov ildam qadam
tashlashi katta jasorat egasi ekanligini ko’rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: