Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTI I.A.KARIMOV



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/44
Sana28.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#717362
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
xoldor

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTI I.A.KARIMOV 
ASARLARIDA TASHQI SIYOSAT MASALALARI 
Turdialiyev J., 
SamDU magistranti 
XX asrning 90-yillariga kelib dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga 
keldi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan, 
mustaqil O‘zbekiston davlati bunyod etildi. 
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari 
xalqaro munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy 
tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo‘lib qoldi. 
Hatto ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf 
etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi. 
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining g‘oyat darajada 
o‘sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning 
aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat 
uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy 
hamkorlik qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib qoldi. 
Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va 
bo‘linmasdir. Shu boisdan barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, 
o‘zaro aloqadadir. 
O‘zbekiston yosh mustaqil davlat sifatida o‘z mavqeyi va nufuzini 
mustahkamlash bilan birga jahon siyosatini isloh qilishga dunyo ahlini da’vat etgan 


45 
davlatlardan biri bo‘lib maydonga chiqdi. Mustaqillikning qisqa davrida u o‘zining 
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qudratini to‘la-to‘kis ko‘rsata oldi. 
O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko’p tomonlama faol 
tashqi siyosatini amalga oshirish – davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, 
iqtisodiy qiyinchiliklarini bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur 
sharti va g’oyat muhim vositasidir.
14
Prezident Islom Karimov o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va 
taraqqiyot yo‘li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini 
belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida 
mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va 
qonunlashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini 
tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. Bular faol va keng ko‘lamli hamkorlik 
uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish-irodasi va taklifiga ko‘ra 1992-yil 
2-martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar 
Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli 
a’zosi bo‘ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh 
Assambleyasining 1993-yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27-
sentabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh, navqiron davlat 
sifatida namoyon etdi. 
O’zbekiston tashqi siyosatining ko’p tomonlamaligi va ochiqligi iqtisodiy va 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan mustahkam va o’zaro foydali 
munosabatlarni o’rnatishga qaratilgan yondashuvlarni belgilab beradi.
15
1994-yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va 
ishtirokida Toshkentda bo‘lgan jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak yo‘li”
 
xalqaro 
yig‘ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O‘zbekistonning mavqeyini yanada 
ko‘tardi. 
14
O’zbekiston :milliy istiqlol,iqtisod, siyosat, mafkura. 50-bet.”O’zbekiston” nashriyoti 1996-yil. 
15
O’zbekiston:milliy istiqlol,iqtisod,siyosat,mafkura. 58-bet”O’zbekiston” nashriyoti 1996-yil. 


46 
O‘zbekistnonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan 
shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora 
mustahkamlanib bormoqda. 1993-yilning 29-oktabrida YUNESKOning Parijdagi 
qarorgohida O‘zbekistonni ushbu tashkilotga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘lib 
o‘tdi. 
YUNESKO 
Markaziy 
Osiyo 
taraqqiyotini 
o‘rganish, tiklash va 
ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. 1994-yil oktabrida Parijda Ulug‘bek 
haftaligi tantana bilan o‘tdi. “Ipak yo‘li – muloqot yo‘li” deb nomlangan yirik 
tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995-yil iyul oyida 
YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro 
instituti tashkil etildi. YUNESKO bosh direktori Federiko Mayorning 
O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida 1995-yil iyul yida mazkur institutning 
ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashkilot bobomiz Sohibqiron Amir Temur 
tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil 
oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib 
o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKO ning madaniy 
qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. 1997-yil 19–20-oktabr kunlari Vatanimizda Buxoro 
va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan ulkan 
tantanalarda BMT, YUNESKO va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy 
mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar. 
2006-yilning o’zida tovar mahsulotlarining eksport qilish hajmi 31,5 foizga 
o’sib, 2000-yilga nisbatan 2 martadan ko’proq ortdi. 
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy savdosi yil davomida qariyb 2milliard
AQSH dollarigacha oshdi.
16
Umuman 
olganda, 
birinchi 
prezidentimiz 
Islom 
Abdug’aniyevich 
Karimovning faol ishtiroki va tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan O’zbekiston 
Respublikasining tashqi siyosat tamoyillari va konsepsiyasi nafaqat kechagi va 
bugungi O’zbekistonning dunyoga tanilishi, balki keyingi davrlardagi mustaqil 
16
Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish – barcha demokratik 
yangilanish va iqtisodiy islohotlarimizning pirovard maqsadidir.18-bet. “O’zbekiston” NMIU, 2007- yil. 


47 
taraqqiyot odimlarining ham poydevori bo’ldi. Bu jihatlarni biz bevosita birinchi 
prezidentimiz asarlarini o’qish, tahlil qilish va o’rganish jarayonida ko’rishimiz, 
ulardan kelib chiqqan xulosalar yordamida anglashimiz mumkin. Birinchi 
prezidentimiz I.A.Karimov o’z asarlarida tashqi siyosatga e’tibor berar ekan 
bundan asosiy ko’zlangan maqsad O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga 
qo’shilishini tezlashtish, xalqning iqtisodiy-ijtimiy ahvolini bundanda yaxshilash va 
O’zbekistonni rivojlangan davlatlar qatorida ko’rishni maqsad qilgan edi. 
Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosatda amalga 
oshirayogan ishlarini birinchi prezidentimiz I.A.Karimov amalga oshirgan 
ishlarning mantiqiy davomi desak adashmagan bo’lamiz. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish