Maqolalardagi kamchiliklarga mualliflar javobgar
© Samarqand davlat chet tillar instituti, 2018
3
ISLOM KARIMOV – MUSTAQIL O’ZBEKISTON DAVLATINING
ASOSCHISI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM
KARIMOV XOTIRASIGA BAG’ISHLANADI!
Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lishlari
shart. Islom Karimov
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona
qarash, sharqona hayot falsafasi. Islom Karimov
Biz uchun tarixiy, madaniy, umuman ma’naviy qadriyatlar, xalqimizning
ruhini baland saqlash, yosh avlodni tarbiyalash asosiy vazifa bo’lib qolishi
kerak. Islom Karimov
„Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan,
odamning ichki dunyosi, irodasini baqquvvat, iymon-e’tiqodini butun
qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining
mezonidir“
Islom Karimov
Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o’rni va
shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog’liqdir.
Islom Karimov
4
BIZ HECH KIMDAN KAM EMASMIZ VA KAM BO’LMAYMIZ HAM!
Ashurova Z.,
SamDCHTI talabasi
“Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlik, deydilar”,- deb yozadi Qodiriy bobomiz
mashhur “O’tgan kunlar”ining debochasida…O’ylanib qolaman, tizginsiz xayollar
allaqayoqlarga olib ketadi. Nihoyat, tushunganday bo’laman. Darhaqiqat, orqaga
nazar tashlab, har bir kunimizni sarhisob qilsak, ulardan saboq chiqaramiz, bundan
keyin nima qilishimiz kerakligini aniq-tiniq ko’z oldimizga keltira boshlaymiz.
Yaxshi niyatlar bilan xalqimizning yaqin o’tmishdagi sahifalarini varaqlasam,
ularda O’zbekistonim bo’g’ziga qonli qo’llarini qadab turgan mustabid tuzum va
uning jirkanch, vahshiyona qiyofasini ham ko’rgandek bo’laman. Shoxlari
osmonlarga, tomirlari yer qa’rigacha yetgan xalqimizni asrlar osha ulug’lanib,
sayqal topib kelayotgan milliy qadriyatlaridan, urf-odat, an’analaridan ayirish
yo’lidagi ko’z ko’rib, quloq eshitmagan xatti-harakatlar – chi?! Inson biror bir
sabab bilan moddiy boyliklaridan mosuvo bo’lishi mumkindir. Biroq uni tarixiy
ildizlaridan ajratish va shu asnoda manqurtga aylantirishga urinish vahshiylik
hisoblanadi. Ma’naviy tomirlari qirqilgan xalq esa misoli tomiri qurigan daraxt. U
o’tindan boshqasiga yaramaganiday, boshi egik, yelkasi qisiq, diydasi qattiq
manqurtlar ham xo’jasiga “labbay” deyishdan boshqasiga yaramaydi.
Vatanim tarixi bilan bog’liq yuqoridagi singari qora sahifalarni mutolaa qilar
ekanman, har gal ulardan to’g’ri xulosa chiqarishga, shuning barobarida o’zimni,
o’zligimni anglashga harakat qilaman. Qalbimizni tik, boshimizni baland qilgan
istiqlolimizga shukronalar aytaman. Shu yo’lda ne-ne mashaqqatlar chekkan buyuk
INSONlar, eng avvalo, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov qarshisida tiz cho’kib ta’zim qilishga tayyorman.
Daryolarning izlarida daryo bo’lgay,
Daholarning avlodi ham daho bo’lgay. (I.Mirzo)
Tarix g’ildiragini ortga qaytarish, uni istalgancha tasarruf etish aqlga
sig’maydigan ish. Har qanday yovuzlikning ibtidosi bo’lganidek, intihosi ham
albatta bo’ladi. Asl javohirning bahosi qanchalik yerga urilmasin tushmaydi.
5
Buning isbotini Vatanimiz timsolida ham ko’ramiz. Kimlardir bizni “savodsiz”,
“yovvoyi” deb tahqirlashib, o’zlarini osmonlarga ko’tarishdi. Biroq yolg’onning
baribir misi chiqarkan. Bugun butun dunyo ahli kimning aslida kim ekanligini,
nimalarga qodirligini ko’rib, ta’bir joiz bo’lsa, barmog’ini tishlab turibdi! Oqqan
daryo oqaveradi, degan gap bejizga aytilmagan. Darhaqiqat, toshqin daryoni
to’xtatish insonning qo’lidan kelmaydi. Majoziy ma’noda esa ulug’ o’tmishga ega
xalq orasidan qanchalik to’sqinlik bo’lmasin, barchani lol qoldiruvchi insonlar
chiqaveradi: buyuk ajdodlar izidan xuddi shunday avlodlar dunyoga keladi. Zero,
tinchlikni birinchi o’ringa qo’ygan shukronalik bilan yashaydigan, yoshlar ta’lim –
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan xalq o’zi ekkan daraxtning totli mevasidan
bahramand bo’ladi va uni kelajak avlodlariga meros qilib qoldiradi.
Hech kimdan kam emasmiz,
Kam bo’lmaydi, O’zbek! (I.Mirzo)
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Biz hech
kimdan kam emasmiz va kam bo’lmaymiz ham!” degan mulohazani bildirganlarida
kun kelib ushbu fikrning xalqimiz shuurini egallashi, uni yuksak marralar sari
chorlashi, balki, ko’pchilikning xayoliga kelmagandir… Aslida shunday bo’lib
chiqdi. Chunki bu purma’no hikmat orqali Prezidentimiz o’zbek xalqining
dilidagini tiliga chiqardi. Natijada o’zbekistonliklar qullik o’tmishda qolganligini,
o’zlarining ham minbarlarda gerdayib o’tirishga, yig’inlarda to’rdan joy olishga
haqlari borligini, qaysi jabhada bo’lmasin, tenglar ichra teng bo’lib yashashlari
mumkinligini tushundilar. Ongning yangilanishi insonlar qalbida bizning hech
kimdan kam emasligimizni isbotlash tuyg’usini uyg’otdi. Bu esa yorqin kelajak sari
olg’a bosish yo’lidagi eng asosiy qadamdir.
Rahmatli bobom bilan suhbatlashganimda, u kishi har gal bir gapni
takrorlashdan charchamasdilar: “Qizim, O’zbekistonni xudo yarlaqagan ekan,
I.A.Karimovday inson Prezident bo’lib, shu darajaga yetdik. Agar boshqa kishi
bo’lganida, xudo ko’rsatmasin, kosamiz oqarmasdi!” Oq – qorani taniganimdan
so’ng bu gaplarning mag’zini chaqdim. Haqiqatan ham, Mustaqillik me’morining
uzoqni ko’zlab, olib borgan sa’y – harakatlari tufayli sobiq SSSR deb atalmish qizil
6
imperiyadan meros qolgan “teshik tog’ora” dan xalos bo’ldik. O’zbekistonimiz
dunyo bo’yicha eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar ro’yxatida oldingi o’rinlardan
joy oldi. Bundan keyin diyorimizning kelajagi bizning qo’limizda ekanligini chuqur
his etgan holda, o’z oldimizga buyuk maqsadlarni qo’ymog’imiz lozim. Agar har
bir O’zbekiston fuqarosi, kim bo’lishidan qat’i nazar, Muhtaram yurtboshimiz
Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, har bir o’tgan kunidan rozi bo’lsa, demak,
ko’zlangan marralarga erishamiz. Zero, tomchida quyosh aks etgani kabi, yakka
shaxslarning kundalik muvaffaqiyatlaridan O’zbekistonimizning buyuk zafarli
odimlari hosil bo’ladi. O’zbek xalqining bir bo’lagi sifatida har birimiz hamisha o’z
oldimizga ezgu maqsadlar qo’yib yashashimiz va ularni amalga oshirishda bor
kuch-g’ayratimizni ayamasligimiz zarur. Tinch, osuda hayotimiz esa barchamizni
yangi - yangi marralarni egallashga chorlayveradi.
Agar yo’limizda uchragan to’siqlarni oqilona yengib, tanlagan yo’limizdan
og’ishmasak, baxt va omad bizga albatta yor bo’ladi. Zero, I.A.Karimov ta’biri
bilan aytganda, “Mustaqillik – bu hech kimga qaram bo’lmasdan, o’z milliy
manfaatlarimizni, uzoq va davomli maqsadlarimizni ko’zlab, iqtisodiyotimizning
barqaror sur’atlar bilan o’sishini ta’minlash, aholimizning farovonligini, xalqaro
maydonda Vatanimizning obro’- e’tiborini munosib darajaga ko’tarishdir”.
Hech kimni baxt o’z – o’zidan quchgan emas,
Qush ham ko’kka mashaqqatsiz uchgan emas.
Oydin tunlar, osoyishta, tiniq tonglar,
Oydan tushgan emas, ko’kdan tushgan emas. (I.Mirzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |