257-modda. Davlat sanitariya nazorati organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sanitariya nazorati organlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish bo‘lsa), 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy ta’sir ko‘rsatilgan bo‘lsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish bo‘lsa), 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun), 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
(257-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga quyidagilar haqlidirlar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya inspektori va uning o‘rinbosari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarma boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;
davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmalari tuman (shahar) filiallarining mudirlari.
(257-modda ikkinchi qismining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
258-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar (shu jumladan, sanitariya-gigiyena qoidalarini va atmosfera havosini muhofaza qilish normalarini buzganlik) to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bosh sanitariya vrachi — markaziy sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshlig‘i), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot bo‘limining bosh sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshlig‘i), Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot bo‘limlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning o‘rinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining boshliqlari);
(258-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy-tibbiy xizmat sanitariya-epidemiologiya stansiyasi boshlig‘i;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bosh sanitariya vrachi — tibbiyot boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.
(258-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |