267-modda. Davlat statistika organlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining raisi va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika bo‘limlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir.
(267-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2671-modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
268-modda. Davlat probir nazorati organlari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasining davlat probir palatasi organlariga ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasi davlat probir palatasining boshlig‘i davlat probir palatasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
2681-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 2151-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga.
(2681-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |