Reja:
Bank muassasalarida budjetning kassa ijrosi xisobini tashkil etish.
Davlat budjeti daromadlari kassa ijrosi xisobi
Respublika budjetining daromadlari va xarajatlari buyicha kassa ijrosi xisobi
Kapital kuyilmalar xarajatlari xisobi
Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari va xarbiy kismlariga ajratilgan budjet mablaglari xisobi
Korakalpogiston Respublikasi va maxalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari kassa ijrosi xisobi
Markaziy bankning davlat budjeti kassa ijrosi tugrisidagi xisobotlari
Bank muassasalarida budjetning kassa ijrosi
xisobini tashkil etish
Uzbekiston Respublikasi davlat budjeti kassa ijrosi Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2001 yil 12 yanvardagi №183-V va №12-sonli karori bilan tasdiklangan Uzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 19 fevral 2001 yil № 1009 soni bilan ruyxatga olingan Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining Uzbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosi tugrisidagi yuriknomasi asosida amalga oshiriladi.
Uzbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosi tugrisidagi yuriknoma Uzbekiston Respublikasining «Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki tugrisida»gi, «Banklar va bank faoliyati tugrisida»gi va «Budjet tizimi tugrisida»gi konunlariga, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 2 iyundagi «Jamiyatning siyosiy, iktisodiy va ma’naviy soxalarida isloxotlarni erkinlashtirish va chukurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash buyicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlari tugrisida»gi PF-2612 sonli Farmoni, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentabrdagi 414-sonli «Budjet tashkilotlarini mablag bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish tugrisida»gi karori va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 23 noyabrdagi 553-sonli karori bilan tasdiklangan «Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tugrisida»gi Nizomning 6-bandiga muvofik ishlab chikilgan bulib, u Davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshirish va uning xisobini yuritish tartibini belgilaydi. Uzbekiston Respublikasi Davlat budjeti uz ichiga respublika budjeti, Korakalpogiston Respublikasi budjeti va maxalliy budjetlarni oladi. Bundan tashkari Davlat budjeti tarkibida Respublika yul jamgarmasi, Uzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshkarish va tadbirkorlikni kullab-kuvvatlash davlat kumitasining maxsus xisobvaragi, Ish bilan ta’minlashga kumaklashuvchi davlat jamgarmasi xamda Uzbekiston Respublikasi budjetdan tashkari Pensiya jamgarmasi mablaglari jamlanadi.
Davlat maksadli jamgarmalarini tuzish, jamgarma mablaglarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Korakalpogiston Respublikasi budjeti Korakalpogiston Respublikasining respublika budjetini xamda Korakalpogiston Respublikasi tarkibidagi tumanlar va shaxarlar budjetlarini uz ichiga oladi.
Viloyat budjeti viloyat budjetini, viloyatga buysunuvchi tumanlar va shaxarlar budjetlarini uz ichiga oladi.
Tumanlarga bulinadigan shaxarning budjeti shaxar budjetini va shaxar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini uz ichiga oladi.
Tumanga buysunadigan shaxarlari bulgan tumanning budjeti tuman budjetini va tuman buysunuvidagi shaxarlar budjetlarini uz ichiga oladi.
Uzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi xisobi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 13 iyulda ruyxatga olingan 773-sonli «Uzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya xisobi xisobvaraklari rejasi»ga xamda Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1999 yil 25 dekabrdagi 289-sonli «Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankida buxgalteriya xisobi xisobvaraklar rejasi»ga muvofik yuritiladi.
12.2. Davlat budjeti daromadlari kassa ijrosi xisobi
Davlat budjetiga kelib tushgan mablaglarning tugri va uz vaktida kirim kilinishini ta’minlash maksadida Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xos rakami va STIRi (solik tulovchining identifikatsion rakami) bilan Markaziy bankning Toshkent shaxar va xududiy Bosh boshkarmalarining Xisob-kitob kassa markazlarida xamda tijorat banklarida 23402 «Respublika budjetining mablaglari» xisobvaragi budjet daromadlari tasnifiga asosan ochiladi.
Mulkchilik shaklidan kat’i nazar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Davlat budjetiga utkaziladigan umumdavlat soliklari, yigimlari, bojlari va boshka majburiy tulovlar Uzbekiston Respublikasi banklari tomonidan kabul kilinadi va belgilangan tartibda 23402 «Respublika budjetining mablaglari» xisobvaragiga kirim kilinadi.
Mulkchilik shaklidan kat’i nazar barcha yuridik shaxslar (solik tulovchilar) tomonidan Davlat budjetiga, Korakalpogiston Respublikasi budjetiga va maxalliy budjetlarga tulanadigan solik va boshka tulovlar, tulov summasidan kat’i nazar pul utkazish yuli bilan amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslar solik va boshka tulovlarni nakd pul yoki pul utkazish orkali amalga oshirishi mumkin.
Budjetga tulanadigan solik va boshka tulovlar vakolatli organlar tomonidan urnatilgan tartibda nakd pul shaklida kabul kilinishi va banklarga topshirilishi mumkin.
Davlat budjetining 23402 «Respublika budjetining mablaglari» xisobvaragiga kelib tushgan solik va boshka tulovlar xisobidan belgilangan tartibda va mikdorda Respublika budjetiga, Korakalpogiston Respublikasi budjetiga va maxalliy budjetlarga ajratma kilinadi.
Davlat budjetiga solik va boshka tulovlarni tulash maksadida takdim etilgan tulov xujjatlarining tugri tuldirilganligi va tulov tugri amalga oshirilayotganligi bank tomonidan tekshirilgandan keyin tulovga kabul kilinishi lozim. Banklarga takdim etilgan tulov xujjatlari notugri tuldirilgan bulsa, ularning sabablari kursatilgan xolda tulov xujjatlari takdim etuvchilarga kaytariladi.
Solik tulovchilarning talab kilib olinguncha depozit xisobvaraklarida mablaglari yetarli bulmasa, banklarga takdim etilgan tulov xujjatlari 2-sonli kartotekaga kirim kilinadi va tulovlar Uzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 30 yanvarda ruyxatga olingan 615-sonli «Xujalik yurituvchi sub’ektlarning bank xisobvaraklaridan pul mablaglarini xisobdan chikarish tartibi tugrisidagi yuriknoma»ga asosan, konunchilikda boshka xolatlar kuzda tutilmagan bulsa amalga oshiriladi.
Solik tulovchilarning tulov topshiriknomalari xamda solik va moliya organlarining inkasso topshiriknomalari banklarning aybi bilan uz vaktida ijro etilmasa, banklar xar bir muddati utgan kun uchun konunchilikda belgilangan tartibda budjetga uz vaktida utkazilmagan summaning 0,5 foizi mikdorida penya tulaydi.
Davlat budjetiga tulanadigan solik va boshka tulovlar aloxida yozilgan tulov xujjatlariga asosan Davlat budjeti daromadlari xisobvaragiga kirim kilinadi.
Davlat budjeti daromadlari xisobvaragiga kelib tushgan mablaglarning kirim kilinganligi tugrisida xisobvarakdan kuchirma va ilovalar banklar tomonidan urnatilgan tartibda solik organlariga beriladi.
Davlat budjeti daromadlari xisobvaragida kuzda tutilmagan solik va boshka tulovlar solik tulovchilar tomonidan tulanganda, bu mablaglar Davlat budjeti daromadlarining 12-bulimi, 25-paragrafi, 352-«Boshka tushumlar» shartli xisobvaragiga kirim kilinadi.
Mulkchilik shaklidan kat’i nazar barcha xujalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mexnat konunchiligida belgilangan tartibda tuzilgan mexnat shartnomasiga asosan xamda konunchilikda belgilangan tartibda va mikdorda ishchi va xodimlarning daromadlaridan daromad soligi ushlab kolinadi.
Xujalik yurituvchi sub’ektlar joriy oy davomida ishchi va xodimlarga xisoblangan ish xakidan ushlab kolingan daromad soligini Davlat budjetiga utkazish uchun tulov topshiriknomasini joriy oyning ikkinchi yarmida ish xaki olish uchun topshiradigan chek bilan bir vaktda takdim etishlari lozim. Ish xaki olish uchun topshiradigan chek bilan bir vaktda tulov topshiriknomalari takdim etilmasa ish xaki olish uchun nakd pul berishga ruxsat etilmaydi.
Solik tulovchilar tomonidan daromad soligini budjetga utkazish uchun banklarga takdim etilgan tulov topshiriknomalarining «Tulov maksadi»da «_________oyi ish xakisidan ushlab kolingan daromad soligi summasi budjetga utkazildi» deb yozib kuyilishi lozim.
Xujalik yurituvchi sub’ektlarning daromad soligini budjetga utkazish uchun takdim etgan tulov topshiriknomalari banklar tomonidan kabul kilinadi. Xujalik yurituvchi sub’ektlarning talab kilib olinguncha depozit xisobvaraklarida pul mablaglari yetarli bulsa tulovlar amalga oshiriladi, agar pul mablaglari yetarli bulmasa tulov topshiriknomalari 2-sonli kartotekaga kirim kilinadi va belgilangan tartibda xisobdan chikariladi.
Mulkchilik shaklidan kat’i nazar barcha xujalik yurituvchi sub’ektlar, shuningdek jismoniy shaxslar Uzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xuzuridagi «kimmatbaxo metallar va kimmatbaxo toshlar» kumitasining sinov nazorati organlariga kimmatbaxo metallardan tayyorlangan buyumlar va kotishmalarni tekshirish va tamgalash uchun murojaat kilishi mumkin. Sinov nazorati organlari tomonidan bajarilgan xizmatlar uchun tulangan tulovlar banklar tomonidan Davlat budjeti daromadlarining 12-bulimi, 23 paragrafi, 350-«kimmatbaxo metallardan tayyorlangan kotishmalarni va tamgalangan maxsulotlarni tekshirib bergani uchun tulovlar» shartli xisobvaragi buyicha kirim kilinadi.
Xujalik yurituvchi sub’ektlar kimmatbaxo metallardan tayyorlangan buyumlarni va kotishmalarni tekshirib kurgani xamda tamgalagani uchun tulovlarni tulov topshiriknomalariga asosan utkazadilar. Tulov topshiriknomalarida inspeksiya nomi xamda tulov maksadi «Tekshirish va tamgalash uchun tulovlar» deb kursatilishi lozim.
Sinov nazorati organlari tomonidan tayyor buyumlar va kotishmalarni tekshirib kurish xamda tamgalash uchun kabul kilib olinganligi tugrisida berilgan kvitansiyalarga asosan jismoniy shaxslar tulovlarni nakd pul yoki pul utkazish orkali amalga oshiradilar va tulovlar banklar tomonidan Davlat budjeti daromadlari xisobiga, budjet daromadlari tasnifining 12 bulimi, 23 paragrafi, 350-«kimmatbaxo metallardan tayyorlangan kotishmalarni va tamgalangan maxsulotlarni tekshirib bergani uchun tulovlar» shaxsiy xisobvaragi buyicha kirim kilinadi.
Jarima solish xukukiga ega bulgan organlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga solingan jarima summalari banklar tomonidan kabul kilinadi.
Banklar tomonidan kabul kilingan jarima summalari konunchilikda belgilangan tartibda va jarima soluvchi organlar bilan tuzilgan shartnomaga asosan tegishli xisobvaraklarga utkazib beriladi. Bunda Davlat budjetiga utkaziladigan jarima summalari Davlat budjeti daromadlar klassifikatsiyasining «Yigimlar va boshka solik bulmagan daromadlar» bulimidagi mos shartli xisobvaraklarga kirim kilinadi.
Jarima solish xukuki berilgan tashkilotlar va muassasalar xisobot yili davrida kelib tushgan jarima summalari buyicha yillik xisobot ma’lumotlarini joriy yilning 1 yanvar xolatiga Davlat budjeti daromadlariga xizmat kursatuvchi banklar va solik organlari bilan urnatilgan tartibda takkoslab kurishlari shart.
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini tulovchilar bulib xisoblanadilar. Davlat boji Davlat budjeti daromadlari xisobiga utkaziladi. Davlat bojini yiguvchi Davlat organlari Davlat bojining Davlat budjeti daromadlari xisobiga utkazish tartibini boj tulovchilarga xabar kiladi. Davlat budjetiga utkaziladigan Davlat boji budjet daromadlari tasnifining 11 bulimida aks ettiriladi.
Davlat boji pul utkazish yoki nakd pul bilan tulanadi.
Davlat boji nakd pul orkali tulanganda, banklar tomonidan Davlat bojini tulovchilarga kvitansiya beriladi.
Davlat budjetiga kelib tushgan solik va boshka tulovlar xisobidan Respublika budjetiga, Korakalpogiston Respublikasi budjetiga xamda maxalliy budjetlarga urnatilgan mikdorda ajratma kilinadi.
Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti daromadlari xisobidan Korakalpogiston Respublikasi, Toshkent shaxar va viloyatlar maxalliy budjetlariga ajratma kilish mikdorini belgilaydi va Korakalpogiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyat (shaxar) moliya boshkarmalariga xamda Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalariga yetkazadi.
Korakalpogiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat (shaxar) moliya boshkarmalari uz navbatida xar bir shaxar va tuman moliya organlariga xamda tijorat banklariga Davlat budjeti daromadlari xisobidan maxalliy budjetlarga ajratmalar mikdori tugrisida xabar kiladi.
Korakalpogiston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat (shaxar) moliya boshkarmalari Davlat budjeti daromadlari xisobidan Respublika budjetiga, Korakalpogiston Respublikasi budjetiga va maxalliy budjetlarga ajratma kilish mikdorini uzgartirishga xakli emas.
Respublika budjeti daromadlari xisobidan Korakalpogiston Respublikasi, Toshkent shaxar va viloyatlar maxalliy budjetlariga ajratma kilish mikdori joriy yil davomida uzgarsa, mazkur Yuriknomaning 36-37 bandlarida belgilangan tartibda kushimcha xabar kilinadi.
Davlat budjeti daromadlari xisobiga kelib tushgan kunlik solik va boshka tulovlar xisobidan Respublika budjetiga, Korakalpogiston Respublikasi budjetiga va maxalliy budjetlarga ajratmalar banklar tomonidan dasturiy ta’minot asosida belgilangan foiz mikdorida amalga oshiriladi. Zarur bulgan xollarda, maxalliy budjetga ajratmalar kul yordamida amalga oshirilishi mumkin. Davlat budjeti daromadlari xisobidan Respublika budjetiga, Korakalpogiston Respublikasi budjetiga va maxalliy budjetlarga ajratmalar buyicha buxgalteriya utkazmalari memorial orderlar bilan rasmiylashtiriladi.
Korakalpogiston Respublikasi budjetiga va maxalliy budjetlarga kunlik ajratmalar tugrisidagi kaydnoma moliya organlariga xamda budjet xisobvaragidan kuchirma bilan birga davlat solik organlariga beriladi (1-ilova).
Davlat budjeti daromadlari xisobidan Respublika budjetiga, Korakalpogiston Respublikasi budjetiga va maxalliy budjetlarga ajratmalar aloxida xar bir solik va boshka tulovlar buyicha, ularning shaxsiy xisobvaraklaridan ajratma kilinadi.
Budjetga notugri yoki ortikcha utkazilgan solik va boshka mablaglar solik tulovchilarning yozma arizasiga kura kaytarib beriladi yoki kelgusi tulovlar yoxud boshka tulovlar xisobiga utkaziladi. Davlat budjetiga notugri yoki ortikcha utkazilgan bojxona tulovlari Uzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 14 iyulda 947-son bilan davlat ruyxatidan utkazilgan Yuriknomaga asosan tartibga solinadi.
Solik organlari solik tulovchilarning arizasi va ularning shaxsiy xisobvaraklari ma’lumotlariga asosan budjetga ortikcha tulangan solik summasini kaytarish yoki kelgusi tulovlar yoxud boshka tulovlar xisobiga utkazish tugrisidagi xulosasini tegishli moliya organlariga takdim etishi lozim.
Moliya organlari budjetga notugri yoki ortikcha utkazilgan mablaglarni solik tulovchilarga kaytarish yoki kelgusi tulovlar yoxud boshka tulovlar xisobiga utkazish tugrisidagi solik organlarining yozma xulosasini olgan kundan keyingi ish kunidan kechikmasdan banklarga tulov topshiriknomalarini takdim etadi. Solik organlarining xulosasi moliya organlariga takdim etilgan kundan boshlab solik tulovchining bokimandasi buyicha jarima xisoblash tuxtatiladi.
Moliya organlari tomonidan takdim etilgan tulov topshiriknomasiga asosan budjetga notugri yoki ortikcha utkazilgan mablaglar Davlat budjetiga kunlik tushumlar xisobidan Respublika budjetiga, Korakalpogiston Respublikasi budjetiga va maxalliy budjetlarga ajratmalar kilishdan oldin solik tulovchilarga kaytariladi yoki kelgusi tulovlar yoxud boshka tulovlar xisobiga utkaziladi.
Solik va boshka tulovlarning mos daromadlar shaxsiy xisobvaragiga kelib tushgan kunlik tushumlar yetarli bulmaganda moliya organlari tomonidan banklarga takdim etilgan tulov topshiriknomalari buyicha tulovlarni kisman tulashga ruxsat etiladi.
47. Jarima solish xukukiga ega bulgan organlar tomonidan Davlat budjetiga ortikcha kelib tushgan jarima summalari, tulovchiga, uning arizasiga xamda tulov summasini tasdiklovchi xujjatlar takdim etilganda moliya organlarining tulov topshiriknomasiga asosan kaytariladi.
12.3. Respublika budjetining daromadlari va xarajatlari
buyicha kassa ijrosi xisobi
Respublika budjetiga Davlat budjetidan ajratma kilingan va boshka kelib tushgan mablaglarni kirim kilinishini ta’minlash maksadida Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xos rakami va STIRi (solik tulovchining identifikatsion rakami) bilan Markaziy bank Toshkent shaxar va xududiy Bosh boshkarmalari xisob-kitob kassa markazlarida Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 23402 «Respublika budjetining mablaglari» asosiy va tranzit xisobvaraklari ochiladi. Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalari xisob-kitob kassa markazlarida ochilgan 23402 tranzit xisobvaraklaridagi mablaglar Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23402 «Respublika budjetining mablaglari» asosiy xisobvaragiga utkazib beriladi.
Respublika budjeti xarajatlari tasdiklangan budjet asosida Respublika budjeti daromadlari xisobvaragida mavjud koldik doirasida amalga oshiriladi.
Respublika budjeti karamogidagi muassasalarni moliyalashtirish uchun Respublika budjeti daromadlari xisobidan kilinadigan tulovlar Moliya vazirligi tomonidan takdim kilingan tulov topshiriknomalarga asosan Markaziy bankning Toshkent shaxar Bosh boshkarmasi Xisob-kitob kassa markazida ochilgan Moliya vazirligining 23402 «Respublika budjetining mablaglari» xisobvaragidagi koldik doirasida amalga oshiriladi (bank kodi 00014).
Respublika budjeti xisobvaragiga inkasso topshiriknomasi va tulov talabnomasini kuyishga ruxsat etilmaydi.
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentabrdagi 414 sonli «Budjet tashkilotlarini mablag bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish tugrisida»gi karoriga muvofik budjet tashkilotlari Davlat budjetidan mablaglar bilan xarajatlarning 4ta guruxi buyicha ta’minlanishi belgilab kuyilgan:
1) ish xaki va unga tenglashtirilgan tulovlar (bolali oilalarga nafakalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshkalar);
2) ish xakiga kushimchalar (majburiy ajratmalar);
3) kapital kuyilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan anik ruyxatlarga muvofik);
4) boshka xarajatlar (ovkatlantirish, dori-darmonlar, kommunal xizmatlar va boshka xarajatlar).
Budjet tashkilotlari smeta va xodimlar ruyxati (shtatlar) jadvalini konun xujjatlarida belgilangan tartibda mustakil ravishda ishlab chikadilar va tasdiklaydilar. Smetalar Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiklangan Davlat budjeti xarajatlarining iktisodiy tasnifiga muvofik xarajatlarning tulik yoyilmasi ilova kilingan xolda, xarajatlarning 4 guruxi buyicha tuziladi.
Budjet tashkilotlari tasdiklangan smeta va xodimlar ruyxati (shtatlar) javdalini ruyxatdan utkazish uchun konun xujjatlarida belgilangan tartibda Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki uning xududiy moliya organlariga takdim etiladilar.
Budjet tashkilotlari tasdiklangan smeta va xodimlar ruyxati (shtatlar) javdalini, shuningdek amaldagi smeta va xodimlar ruyxati (shtatlar) jadvaliga kiritiladigan uzgartirishlar ular Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yoki xududiy moliya organlarida ruyxatdan utkazilgandan sung amalga kiritiladi.
Budjet tashkilotlari xarajatlarining 1 va 2 guruxlari mablag bilan birinchi navbatda ta’minlanadi. Bunda xarajatlarning 2 guruxiga tegishli mablag utkazmasdan 1 gurux xarajatlarini amalga oshirish takiklanadi.
Respublika budjeti karamogidagi muassasalarni moliyalashtirish maksadida Moliya vazirligi tomonidan takdim etilgan tulov topshiriknomalari «tulov maksadi»da xarajatlarning bulimi, bobi, paragrafi va kaysi oy uchun moliyalashtirilganligi kursatiladi. Tulov topshiriknomasidagi jadvalda xarajatlar guruxlar buyicha kursatiladi, bunda birinchi gurux xarajatlari turi, xisobi va analitik xisobi yoyilmalari buyicha kursatiladi.
Respublika budjeti karamogidagi muassasalar uz karamogidagi muassasalarga pul mablaglarini utkazish uchun takdim etgan tulov topshiriknomalari «tulov maksadi»da xarajatlarni bulimi, bobi, paragrafi va kaysi oy uchun moliyalashtirilganligi kursatiladi. Tulov topshiriknomasidagi jadvalda xarajatlar guruxlar buyicha kursatiladi, bunda birinchi gurux xarajatlari turi, xisobi va analitik xisobi yoyilmalari buyicha kursatiladi.
Respublika budjeti xisobidan ajratilgan mablaglarni kirim kilish maksadida Respublika budjeti karamogidagi muassasalarga 23404 «Respublika budjeti karamogidagi muassasalarning mablaglari» xisobvaraklari budjet xarajatlari tasnifiga asosan ochiladi.
Respublika budjeti karamogidagi muassasalar Respublika budjetidan moliyalashtirilgan mablaglar xisobidan xarajatlarni 23404 «Respublika budjeti karamogidagi muassasalarning mablaglari» xisobvaragidagi koldik summa doirasida, tasdiklangan va Moliya vazirligi tomonidan ruyxatga olingan smetaga asosan amalga oshiradilar.
Respublika budjetidan tegishli budjet tashkilotlariga moliyalashtirish jarayonida ularga belgilangan limitdan ortikcha mablaglar utkazilgan xollarda, ushbu ortikcha utkazilgan mablaglar budjet tashkilotining tulov topshiriknomasiga yoki Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kuyilgan inkasso topshiriknomasiga asosan kaytarilishi mumkin.
Respublika budjeti karamogidagi muassasalar budjet xisobvaraklariga boshka manbalardan mablaglar utkazishga ruxsat etilmaydi. Kuyidagi xollar bundan mustasno:
1) maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalaridagi bolalarning ota-onalari tomonidan bolalar ovkatlangani uchun tulanadigan badallar.
2) budjet tashkilotlarining oldingi yillardagi debitorlik karzlarining joriy moliyaviy yilda kelib tushgan summalari, joriy yilning debitorlik karzlari kaytarilgan kabi kirim kilinadi va tashkilotlar uchun belgilangan limitning koldigiga, xarajatlarning tegishli guruxi buyicha, kushiladi xamda bir vaktda amalga oshirilgan kassa xarajatlari ushbu mikdorga kamaytiriladi.
Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favkulodda xolatlar vazirligi, Davlat bojxona kumitasi, Mudofaa vazirligi, Davlat chegarasini kuriklash kumitasi va ularga karashli muassasalarning xisob-kitob pul xujjatlarida tulov maksadlarini kursatmaydilar.
Respublika budjeti karamogidagi muassasalarga ish xaki moliya organlari tomonidan ruyxatga olingan xodimlar ruyxati (shtatlar) jadvali va xarajatlar smetasiga asosan, belgilangan muddatlarda beriladi. Budjet tashkilotlari va muassasalari uzlariga xizmat kursatuvchi banklarga moliya organlari tomonidan ruyxatdan utkazilgan xodimlar ruyxati jadvali va xarajatlar smetasining nusxasini takdim etishlari lozim.
Xujalik xisobidagi tashkilotlarga Respublika budjetidan ajratilgan mablaglar, ularning 23405 «Nobudjet muassasalarga Respublika budjeti xisobidan ajratilgan mablaglar» xisobvaraklariga kirim kilinadi. Xujalik xisobidagi tashkilotlarga Respublika budjeti xisobidan ajratilgan mablaglar xisobidan ish xaki, Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ruyxatga olingan xarajatlar smetasi xamda xodimlar ruyxati (shtatlar) jadvali urniga tuzilgan kalkulyatsiya asosida belgilangan muddatlarda beriladi. Xujalik xisobidagi tashkilotlar xarajatlar smetasiga ilova kilinadigan xarajatlarning iktisodiy tasnifi asosidagi yoyilmani va xodimlar ruyxati (shtatlar) jadvali urniga tuzilgan kalkulyatsiyalarda, ish xaki uchun rejalashtirilgan mablaglar mikdorini anik kursatishi lozim. Xujalik xisobidagi tashkilotlarning 23405 «Nobudjet muassasalarga Respublika budjeti xisobidan ajratilgan mablaglar» xisobvaraklaridan amalga oshiriladigan boshka xarajatlar, ushbu kalkulyatsiyada kursatilgan maksadlar buyicha amalga oshiriladi.
Respublika budjeti karamogidagi muassasalarning 23404 «Respublika budjeti karamogidagi muassasalarning mablaglari» xisobvaraklaridan, ularning budjetdan tashkari talab kilib olinguncha depozit xisobvaraklariga pul mablaglarini utkazishga ruxsat etilmaydi. kuyidagi xollar bundan mustasno:
1) budjet karamogidagi muassasalarning budjet xisobvaragida choraklar oxirida kolgan (foydalanilmagan) tejab kolingan (kapital kuyilmalarni mablag bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablaglar bundan mustasno) budjet mablaglari xisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida budjet muassasalarning takdim etgan tulov topshiriknomasiga asosan ularning rivojlantirish jamgarmasi (budjetdan tashkari mablaglari) xisobvaragiga utkaziladi.
2) budjet karamogidagi muassasalarning rivojlantirish jamgarmasi (budjetdan tashkari mablaglari) xisobidan ularning budjet xarajatlarini koplash uchun utkazilgan mablaglar budjet xisobvaragidan joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida rivojlantirish jamgarmasi (budjetdan tashkari mablaglari) xisobvaragiga utkaziladi.
Budjet muassasalari tomonidan takdim etilgan tulov topshiriknomalari tugri tuldirilganligi bank tomonidan tekshirilgandan keyin, budjet xisobvaraklarida mablaglari mavjud bulgan xolda ijroga kabul kilinadi.
Budjet mablaglarini tasarruf etuvchi (vazirlik, muassasa va boshkarma)larga budjet mablaglari xisobidan markaziy boshkaruv apparatini saklash, markazlashgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar kilishga, shuningdek Moliya vazirligi tomonidan utkazilgan mablaglarni kuyi pogonadagi budjet mablaglarini tasarruf etuvchilar urtasida taksimlash xukuki berilgan.
Kuyi pogonadagi budjet mablaglarini tasarruf etuvchilar, ularga berilgan xukuk doirasiga karab kuyidagilarga bulinadi;
1) budjet mablaglarini tasarruf etuvchilar tomonidan tashkilot va muassasalar xarajatlari uchun, shuningdek budjet mablaglarini kuyi tashkilot va muassasalar urtasida taksimlash uchun utkaziladigan budjet mablaglarini oladigan, mustakil smetaga ega bulgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar raxbarlari;
2) budjet mablaglarini tasarruf etuvchilar tomonidan smetada kursatilgan tadbirlar buyicha kilinadigan xarajatlar uchun utkaziladigan budjet mablaglarini oladigan, mustakil smetaga ega bulgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar raxbarlari.
Respublika budjeti mablaglari xisobidan Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favkulotda xolatlar vazirligi, Davlat bojxona kumitasi va boshka vazirliklarning nafakaxurlariga nafaka tulash uchun Xalk banki filiallariga mablaglar Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tulov topshiriknomasiga asosan utkaziladi.
Budjet mablaglarini tasarruf etuvchilar va budjet tashkilotlari va muassasalarining raxbarlari va bosh buxgalterlari budjet mablaglarini ularning xisobvaraklaridagi koldik mikdorida maksadga muvofik taksimlash va utkazish uchun, shuningdek tasdiklangan smetalar asosida mablaglarni tugri va tejab xarajat kilishga javobgardirlar.
Respublika budjeti karamogidagi budjet tashkilotlarining moliyaviy yil oxiridagi budjet mablaglari koldiklari olib kuyilmaydi va ular budjet tashkilotlarning rivojlantirish jamgarmasi (budjetdan tashkari mablaglari) xisobvaragiga budjet tashkilotlarining tulov topshiriknomalariga asosan utkaziladi (kapital kuyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablaglar bundan mustasno).
Kapital kuyilmalar xarajatlari xisobi
Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Respublika budjetidan kapital kuyilmalarga ajratmalar joriy budjet yili uchun tasdiklangan Respublika investitsiya dasturiga muvofik kurilishlarning anik ruyxatlariga va amaldagi konun xujjatlariga muvofik ajratiladi.
Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kapital kuyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablaglarni kirim kilish maksadida, vazirlik va muassasalarga ularning xos rakami va STIRi (solik tulovchining identifikatsion rakami) bilan 23422 «Respublika budjetidan moliyalashtirish» xisobvaraklari fakat Uzbekiston Respublikasi Markaziy bank Toshkent shaxar Bosh boshkarmasi, Xisob-kitob kassa markazida va Respublika tijorat banklarining amaliyot (operatsiya) Bosh boshkarmalarida ochiladi. Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan kapital kuyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablaglarni kirim kilish uchun vazirlik va muassasalarga boshka bank bulimlarida 23422 xisobvaraklarini ochishga ruxsat etilmaydi.
Respublika budjetidan kapital kuyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish uchun mablaglar Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tulov topshiriknomasiga asosan vazirlik va muassasalarning 23422 «Respublika budjetidan moliyalashtirish» xisobvaraklariga utkaziladi.
Investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablaglar buyicha 12-shakldagi tayinlash sertifikati Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiklanadi. Vazirlik va muassasalar (buyurtmachilar) Moliya vazirligi tomonidan tasdiklangan 12-shakldagi tayinlash sertifikatini 23422 «Respublika budjetidan moliyalashtirish» xisobvaragi ochilgan banklarga takdim etadi.
Vazirlik va muassasalar (buyurtmachilar) 12-shakldagi tayinlash sertifikatiga asosan 23422 «Respublika budjetidan moliyalashtirish» xisobvaragidan pul mablaglarni tulov topshiriknomalariga asosan ish bajaruvchilarga ularning 23422 «Respublika budjetidan moliyalashtirish» xisobvaragiga utkazib beradi. Vazirlik va muassasalar (buyurtmachilar)ning xisobvaraklaridan 12-shakldagi tayinlash sertifikatida kuzda tutilmagan tulovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi.
Kapital kuyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish budjet mablaglari xamda tashkilot va muassasalarning mablaglari xisobidan amalga oshirilsa, tashkilot va muassasalar xisobidan ajratilgan mablaglar ularning 23422 balans xisobvaragiga kirim kilinadi. Pudratchi va boshka ish bajaruvchilar xamda mol yetkazib beruvchilar bilan xisob-kitoblar 23422 xisobvaragi orkali amalga oshiriladi. Bunda kapital kuyilmalarni moliyalashtirishga ajratiladigan mablaglar xisobidan xarajatlar birinchi navbatda korxona va tashkilotlarning mablaglari xisobidan, keyinchalik esa Respublika budjeti xisobidan ajratilgan mablaglar xisobidan tulovlar amalga oshiriladi.
Respublika budjetidan ajratilgan kapital kuyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish tugrisidagi xisobot Markaziy bank Toshkent shaxar Bosh boshkarmasi, Xisob-kitob kassa markazi va tijorat banklarining amaliyot (operatsiya) Bosh boshkarmalari tomonidan urnatilgan tartibda Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga takdim etiladi (3-ilova).
Respublika budjetidan kapital kuyilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablaglar koldiklari moliyaviy yil oxirida olib kuyilmaydi va keyingi moliyaviy yilda, budjetdan moliyalashtiriladigan limit doirasida ishlatiladi. Keyingi moliyaviy yil uchun tasdiklangan Respublika investitsiya dasturiga budjet mablaglari koldiklari mavjud bulgan ob’ektlar kiritilmagan bulsa, ushbu mablaglar koldiklari ishlatilmasdan Respublika budjetiga kaytariladi. Kapital kuyilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablaglar koldiklarini keyingi moliyaviy yilda ishlatish uchun moliya organlarining aloxida ruxsati bulishi lozim.
Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari va
Uzbekiston Respublikasi banklarida Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari va xarbiy kismlariga Respublika budjetidan ajratilgan mablaglarni xisobga olish va tasarruf etish uchun 23404 «Respublika budjeti karamogidagi muassasalarining mablaglari» xisobvaraklari moliya organlarining maxsus ruxsatnomasiga va Markaziy bankning «Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favkulodda xolatlar vazirligi va Davlat bojxona kumitasi, Mudofaa vazirligining xarbiy kismlari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga bank xisobvaraklarini ochish koidalari»ga asosan ochiladi.
Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari va xarbiy kismlari 23404 «Respublika budjeti karamogidagi muassasalarining mablaglari» xisobvaragidan fakat xarajatlar smetasida belgilangan xarajatlarni amalga oshiradi. Respublika budjetidan ajratilgan mablaglarni, konunchilikda belgilangan xolatlar bundan mustasno, budjetdan tashkari mablaglar xisobvaragiga utkazishga va bu xisobvarak orkali budjet mablaglari xisobidan tulovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi.
Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari, xarbiy kismlari va ta’minlovchi moliya bulimlariga budjet mablaglari xisobidan ish xaki, safar xarajatlari va boshka maksadlar uchun nakd pullar tulov maksadi kursatilmagan chek (oluvchining ismi va familiyasi kursatiladi) bilan beriladi.
Budjet mablaglari xisobidan xarajatlarni amalga oshirish uchun, Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari, xarbiy kismlari va ta’minlovchi moliya bulimlari tomonidan banklarga takdim kilinadigan tulov topshiriknomalari «tulov maksadi»da «Xarbiy» suzini kursatadilar.
Mudofaa vazirligining tashkilotlari, muassasalari, xarbiy kismlari va ta’minlovchi moliya bulimlari budjetdan tashkari mablaglari xisobidan tulovlarni amalga oshirish uchun takdim etgan tulov topshiriknomalari «tulov maksadi»da schot-faktura rakami va sanasi kursatiladi, tovar va xizmatlarning nomi yozilmaydi.
Budjet mablaglari xisobidan xarbiy kismlarning 23404 budjet xisobvaragiga mablaglar ta’minlovchi moliya bulimlari tomonidan takdim etilgan tulov topshiriknomalariga asosan utkaziladi.
Mudofaa vazirligining ta’minlovchi moliya bulimlari tomonidan xarbiy kismlarning 23404 budjet xisobvaragiga ortikcha mablaglar utkazib yuborilganda, ortikcha budjet mablaglari xarbiy kismlar tomonidan tulov topshiriknomasiga asosan kaytariladi. Ta’minlovchi moliya bulimlari ortikcha utkazilgan budjet mablaglarini kaytarib olish uchun banklarga uchta nusxada tuzilgan yozma farmoyishni takdim etadi. Bu farmoyishning birinchi nusxasi banklarda nazorat uchun koldiriladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari esa banklar imzosi va muxri bilan tasdiklanib, xarbiy kismlarga xizmat kursatuvchi banklarga yuboriladi (2-ilova).
Banklar mablaglarni chakirib olish tugrisidagi yozma farmoyishni olgandan keyin, farmoyishda kursatilgan mablaglarni xarbiy kismlarning budjet xisobvaragidagi mablaglari xisobidan ta’minlovchi moliya bulimlarining budjet xisobvaragiga utkazadi. Farmoyishning ikkinchi nusxasi kunlik xujjatlarga tikiladi, uchinchi nusxasi xarbiy kismlarning budjet xisobvaraklari kuchirmasiga ilova kilinadi.
Korakalpogiston Respublikasi va maxalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari kassa ijrosi xisobi
Uzbekiston Respublikasi banklari tomonidan maxalliy budjet mablaglarining xisobini yuritish uchun Korakalpogiston Respublikasi Moliya vazirligiga 23432 «Maxalliy budjet mablaglari-Korakalpogiston Respublikasi», Toshkent shaxar xamda viloyat moliya boshkarmalariga 23430 «Maxalliy budjet mablaglari-Viloyat» va tuman (shaxar) moliya organlariga 23426 «Maxalliy budjet mablaglari-Tuman (shaxar)» xisobvaraklari ochiladi.
Korakalpogiston Respublikasi budjeti va maxalliy budjet xisobida, moliya yilining oxiriga kolgan mablaglarning koldigi yangi yil xisobiga koldik bulib utkaziladi.
Korakalpogiston Respublikasi budjeti va maxalliy budjetlar xarajatlari tasdiklangan budjetdan mablaglar ajratish doirasida amalga oshiriladi.
Korakalpogiston Respublikasi budjeti va maxalliy budjetlar xarajatlari kassa ijrosi mazkur Yuriknomaning 56-62, 65-68, 70-71, 75 va 76 bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Inkasso tulov topshiriknomalari fakat yukori moliya organlari tomonidan kuyi moliya organlarining budjet xisobvaraklariga kuyilishi mumkin. Boshka xollarda inkasso tulov topshiriknomalari va tulov talabnomalari moliya organlarining budjet xisobvaraklariga kuyishga ruxsat etilmaydi.
Korakalpogiston Respublikasi Moliya Vazirligi, boshkarma va bulimlari tomonidan ruyxatga olingan yuridik shaxslar budjet mablaglarini tasarruf etuvchilar xisoblanadi.
Budjet mablaglarini tasarruf etuvchilar, budjet karamogidagi tashkilotlar va muassasalarning budjet xisobvaraklariga, ularni saklash xarajatlari uchun, bevosita ular tomonidan markazlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun, boshkaruv apparatini saklash xamda moliyaviy reja va smetalarda kursatilgan boshka maksadlar uchun mablaglar utkazish xukukiga ega.
Mustakil ravishda buxgalteriya xisobini yuritadigan Korakalpogiston Respublikasi budjeti va maxalliy budjetlar karamogidagi budjet tashkilotlariga, ularning xos rakami va STIRi (solik tulovchining identifikatsion rakami) bilan 23426 «Maxalliy budjet mablaglari-Tuman shaxar», 23430 «Maxalliy budjet mablaglari-Viloyat» xamda 23432 «Maxalliy budjet mablaglari-Korakalpogiston Respublikasi» mos xisobvaraklari ochiladi.
Budjet mablaglarini tasarruf etish markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan tashkilot va muassasalarga xisobvaraklar, ushbu markazlashtirilgan bulim nomiga, ularning xos rakami va STIRi bilan 23426 «Maxalliy budjet mablaglari-Tuman,shaxar», 23430 «Maxalliy budjet mablaglari-Viloyat» xamda 23432 «Maxalliy budjet mablaglari-Korakalpogiston Respublikasi» mos xisobvaraklari ochiladi. Bu xisobvaraklar buyicha tulovlarni amalga oshirish uchun takdim etilgan tulov xujjatlariga birinchi imzo kuyish xukuki markazlashtirilgan bulim boshligiga va ikkinchi imzo kuyish xukuki markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh buxgalteriga beriladi.
Xujalik xisobidagi tashkilotlarga Korakalpogiston Respublikasi budjetidan va maxalliy budjetlardan ajratilgan mablaglarni kirim kilish uchun mos 23427 «Nobudjet muassasalarga tuman,shaxar budjeti xisobidan ajratilgan mablaglar», 23431 «Nobudjet muassasalarga viloyat budjeti xisobidan ajratilgan mablaglar» va 23433 «Nobudjet muassasalarga Korakalpogiston Respublikasi budjeti xisobidan ajratilgan mablaglar» xisobvaraklari ochiladi. Xujalik xisobidagi tashkilotlarga Korakalpogiston Respublikasi budjeti va maxalliy budjet xisobidan ajratilgan mablaglar xisobidan ish xaki, moliya organlari tomonidan ruyxatga olingan xarajatlar smetasi xamda xodimlar ruyxati (shtatlar) jadvali urniga tuzilgan kalkulyatsiya asosida belgilangan muddatlarda beriladi. Xujalik xisobidagi tashkilotlar xarajatlar smetasiga ilova kilinadigan xarajatlarning iktisodiy tasnifi asosidagi yoyilmani va xodimlar ruyxati (shtatlar) jadvali urniga tuzilgan kalkulyatsiyalarda, ish xaki uchun rejalashtirilgan mablaglar mikdorini anik kursatishi lozim. Xujalik xisobidagi tashkilotlarning 23427, 23431 va 23433 xisobvaraklaridan oshiriladigan boshka xarajatlar, ushbu kalkulyatsiyada kursatilgan maksadlar buyicha amalga oshiriladi.
Maxalliy budjet xisobidan kapital kuyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish maksadida ajratilgan mablaglar investitsiya dasturida belgilangan xar bir yunalish buyicha aloxida ochilgan 23424 «Maxalliy budjetdan moliyalashtirish» xisobvaragiga utkaziladi va urnatilgan tartibda tulovlar amalga oshiriladi. Korakalpogiston respublikasi budjeti va maxalliy budjetlardan ajratilgan kapital kuyilmalar xarajatlarini moliyalashtirish tugrisidagi xisobot banklar tomonidan urnatilgan tartibda moliya organlariga takdim etiladi.
Markaziy bankning davlat budjeti kassa ijrosi
tugrisidagi xisobotlari
Uzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi tugrisida tezkor, oylik va yillik xisobotlarning xajmi va shakli Uzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan xolda urnatiladi.
Banklar tomonidan Davlat budjetining kassa ijrosi tugrisidagi xisobotlar urnatilgan tartibda va muddatda tuziladi. Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalari banklardan olingan xisobotlar asosida yigma xisobotlarni tuzadi.
Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalari xamda tijorat banklari uchun xisobotlarni topshirish tartibi va muddati Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi bilan kelishilgan xolda urnatiladi.
Davlat budjetining kassa ijrosi tugrisidagi xisobot ma’lumotlarining tugriligi xamda xisobotning uz vaktida urnatilgan tartibda topshirilishi buyicha tegishli organlarning raxbarlari xamda bosh buxgalterlari javobgardirlar.
Uzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi tugrisidagi tezkor xisoboti 2234 GBS «Respublika budjeti xamda muassasalarning budjet va budjetdan tashkari mablaglari buyicha tezkor xisobot» shakli buyicha xar ish kuni uchun kuyidagi tartibda tuziladi (3-ilova):
1) davlat budjeti daromadlari summasi (23402-balans xisobvaragi kredit aylanmasi (oboroti) buyicha);
2) davlat budjeti daromadlari xisobvaragidan Korakalpogiston Respublikasi budjeti va maxalliy budjetlarga kilingan ajratmalar xamda Respublika budjeti xisobidan kilingan xarajatlar summasi (23402-balans xisobvaragi debet aylanmasi (oboroti) buyicha);
3) respublika budjeti karamogidagi muassasalarga ajratilgan budjet mablaglarining koldik summasi (23404 va 23405 balans xisobvaraklari buyicha);
4) respublika budjeti xisobidan kapital kuyilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablaglar (23422-balans xisobvaragi debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va koldik buyicha);
5) tuman va shaxar budjetlarining mablaglari (23426-balans xisobvaragidagi koldik buyicha);
6) tuman va shaxar budjetlari karamogidagi muasasalarning mablaglari (23426 va 23427 balans xisobvaraklaridagi koldik buyicha);
7) viloyat budjetining mablaglari (23430-balans xisobvaragidagi koldik buyicha);
8) viloyat budjeti karamogidagi muaasasalarning mablaglari (23430 va 23431 balans xisobvaraklaridagi koldik buyicha);
9) Korakalpogiston Respublikasi budjeti mablaglari (23432-balans xisobvaragidagi koldik buyicha);
10) Korakalpogiston Respublikasi budjeti karamogidagi muaasasalarning mablaglari (23432 va 23433 balans xisobvaraklaridagi koldik buyicha);
11) maxalliy budjet xisobidan kapital kuyilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablaglar (23424-balans xisobvaragi debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va koldik buyicha);
12) respublika va maxalliy budjet karamogidagi muassasalarning budjetdan tashkari mablaglari (Markaziy bankda 21504, 21506, Tijorat banklarda 20203 va 20204 balans xisobvaraklaridagi koldik buyicha);
13) budjetdan tashkari Pensiya jamgarmasi (Markaziy bankda 21508 va Tijorat bankda 20205 balans xisobvaraklari debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va koldigi buyicha);
14) respublika yul jamgarmasi (Markaziy bankda 21508 va Tijorat bankda 20205 balans xisobvaraklari debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va koldigi buyicha);
15) Uzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshkarish va tadbirkorlikni kullab-kuvvatlash davlat kumitasining maxsus xisobvaragi (Markaziy bankda 21508 va Tijorat bankda 20205 balans xisobvaraklari debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va koldigi buyicha);
16) ish bilan ta’minlashga kumaklashuvchi davlat jamgarmasi (Markaziy bankda 21508 va Tijorat bankda 20205 balans xisobvaraklari debet va kredit aylanmalari (oborotlari) va koldigi buyicha);
17) jami nazorat summasi.
Uzbekiston Respublikasi Davlat budjetining kassa ijrosi tugrisidagi kunlik tezkor xisobotlar banklar tomonidan Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalariga takdim etiladi. Banklar tomonidan kunlik tezkor xisobotlar moliya va solik organlariga ularning suroviga asosan beriladi.
Uzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining kassa ijrosi tugrisidagi oylik xisobot 2204 GRE, 2214 GER va 2224 GCR xisobot shakllari buyicha xar oyning birinchi sanasiga tuziladi. Xisobotlar budjet daromadlari va xarajatlari tasnifiga asosan tuziladi.
Davlat budjetining daromadlar buyicha 2204 GRE oylik xisoboti, yil boshidan usib boruvchi tartibda tuziladi:
1) davlat budjeti daromadlari xisobvaraklariga kelib tushgan mablaglar xisobotning «Tushum» ustunida kursatiladi (23402-balans xisobvaragi kredit aylanmasi (oboroti) buyicha);
2) davlat budjeti daromadlari xisobvaragidan maxalliy budjetlarga kilingan ajratmalar summasi xisobotning «Ajratma» ustunida kursatiladi (23402-balans xisobvaragi debet aylanmasi (oboroti) buyicha);
3) davlat budjeti daromadlari xisobvaragidan Respublika budjeti daromadlari xisobvaragiga utkazilgan mablaglar xisobotning «Respublika budjetiga utkazilgan mablag» ustunida kursatiladi (23402-balans xisobvaragi debet aylanmasi (oboroti) buyicha);
Davlat budjetiga joriy yilning xisobot oyi oxirgi ish kunida kelib tushgan solik va yigimlar xisobidan Respublika budjetiga, Korakalpogiston va maxalliy budjetlarga ajratma kilinmagan bulsa, bu xisobotning «Tushum» ustunida kursatiladi. Banklar tomonidan tuzilgan xisobotning «Ajratma» va «Respublika budjetiga utkazilgan mablag» ustunlarida Respublika budjetiga, Korakalpogiston va maxalliy budjetlarga xakikatda utkazib berilgan mablaglar summasi aks ettiriladi (4-ilova).
Banklar 2204 GRE oylik xisobotni keyingi oyning birinchi ish kunidan kechiktirmasdan joylardagi moliya, solik va bojxona organlariga xisobot ma’lumotlaridagi daromadlarning tugriligini tekshirib kurishi uchun takdim etadi va ular takdim etilgan xisobot ma’lumotlarining tugriligini tekshirib kurishi va xisobot ma’lumotlarining tugriligini imzo kuyib muxr bilan tasdiklashlari lozim.
Respublika budjeti xarajatlari tugrisidagi 2214-GRE oylik xisobotda Respublika budjeti karamogidagi muassasalarning 23404 budjet xisobvaraklaridagi mablaglar koldigi summasi kursatiladi (5-ilova).
Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan berilgan kursatmaga asosan Respublika budjeti xarajatlari tugrisidagi 2224-GCR «kushimcha xisobot» oylik xisoboti banklar tomonidan tuziladi va urnatilgan tartibda Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalariga takdim etiladi.
Banklar 2214-GRE oylik xisobotni keyingi oyning birinchi ish kunidan kechiktirmasdan joylardagi moliya organlariga takdim etadi. Moliya organlari takdim etilgan xisobot ma’lumotlarining tugriligini tekshirib kurishi va xisobot ma’lumotlarining tugriligini imzo kuyib muxr bilan tasdiklashlari lozim.
Davlat budjetining kassa ijrosi tugrisidagi daromadlar va xarajatlar buyicha oylik xisobotlarni banklar keyingi oyning 8-kunidan kechiktirmagan xolda Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalari takdim etishi lozim. Markaziy banki xududiy Bosh boshkarmalari oylik xisobotlarni olgandan keyin Respublika budjetiga kelib tushgan soliklar va daromadlardan maxalliy budjetlarga kilingan ajratmalar urnatilgan foizlar mikdorida tugri amalga oshirilganligiga, shuningdek Davlat budjeti daromadlarining kassa ijrosi tugrisidagi operativ xisobot ma’lumotlari bilan tugriligiga e’tibor berishi lozim.
Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalari banklardan olingan oylik xisobotlar asosida oylik yigma xisobot tuzadilar va Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga elektron pochta orkali, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan, yuborishlari lozim.
Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalari oylik xisobotlarning nusxasini urnatilgan tartibda tegishli moliya va solik boshkarmalariga, ularning suroviga asosan beradi.
Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalaridan olingan oylik yigma xisobotlar asosida xisobot tuzadi va Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga keyingi oyning 12-kunidan kechiktirmasdan takdim etadi.
Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Buxgalteriya xisobi, xisoboti va Davlat budjetining kassa ijrosi departamenti Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalari tomonidan Davlat budjetining kassa ijrosi tugrisidagi oylik xisobotlarni uz vaktida topshirilishini va ularning tugri takdim etilishini nazorat kilib boradi.
Davlat budjetining kassa ijrosi tugrisidagi yillik daromadlar va xarajatlar buyicha xisoboti banklar tomonidan tuziladi. Banklar daromadlar buyicha yillik xisobotni joriy yilning ikkinchi ish kunidan kechiktirmasdan joylardagi moliya, solik va bojxona organlariga xisobot ma’lumotlaridagi daromadlarning tugriligini tekshirib kurishi va xisobot ma’lumotlarining tugriligini imzo kuyib muxr bilan tasdiklashlari uchun takdim etadi va ular takdim etilgan xisobot ma’lumotlarining tugriligini tekshirib kurishi va xisobot ma’lumotlarining tugriligini imzo kuyib muxr bilan tasdiklashlari lozim.
Banklar xarajatlar buyicha yillik xisobotni joriy yilning birinchi ish kunidan kechiktirmasdan joylardagi moliya organlariga takdim etadi. Moliya organlari takdim etilgan xisobot ma’lumotlarining tugriligini tekshirib kurishi va xisobot ma’lumotlarining tugriligini imzo kuyib muxr bilan tasdiklashlari lozim.
Banklar daromadlar buyicha yillik xisobot tegishli organlar tomonidan tasdiklangandan keyin joriy yilning sakkizinchi kunidan kechiktirmasdan Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalariga takdim kiladilar.
Markaziy bankning xududiy Bosh boshkarmalari Davlat budjetining kassa ijrosi buyicha yillik xisobotni Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga urnatilgan tartibda takdim kiladilar. Xisobotlarni Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga takdim etish tartibi tugrisida xabar kilinadi.
Adabiyotlar: