O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”
2008 yil 8 avgustdagi № 175-son Qarori
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2007 yil 6 apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq hamda nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada rivojlantirish, tibbiy-ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko’rsatish samaradorligini oshirish, tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi to’g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari to’g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Tibbiy tekshirishdan qayta o’tkazish muddati ko’rsatilmasdan nogironlik guruhi byelgilanadigan kasalliklar ro’yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
bir oy muddatda tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati tuzilmasini va uni boshqarish myexanizmini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsin;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va ularda nogironlar bilan ishlash uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko’rsin;
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi vrachlariga malaka toifasi berish (ularni tasdiqlash) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiya o’tkazilishini tashkil etsin.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari" to’g’risida 1992 yil 17 iyuldagi 328-son qarorining 1-bandi hamda qarorga ilova
Vazirlar Mahkamasining "Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) hamda mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga o’tkazish tartibi to’g’risida" 1994 yil 23 iyundagi 317-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 6-son, 32-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi hamda qarorga 1-ilova;
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 30 yanvardagi 56-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan o’zgartirishlarning 5-bandi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
Vazirlar Mahkamasining
2008 yil 8 avgustdagi
175-son qaroriga
1-ilova
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi to’g’risida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi (keyingi o’rinlarda Inspeksiya deb ataladi) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Respublikada tibbiy-mehnat ekspertizasi sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.
2. Inspeksiya o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstittsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek Moliya vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
3. Inspeksiyaning moddiy-texnika ta’minoti ajratilgan mablag’lar doirasida davlat byudjeti mablag’lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi va mustaqil balansga, bankda hisob raqamlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o’z nomi yozilgan muhrga, boshqa muhrlar va shtamplarga ega.
II. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining (keyingi o’rinlarda TMEK deb ataladi) hayot faoliyati cheklanganligini ekspertiza qilish, nogironlikning guruhlarini, sabablarini, boshlangan vaqtini va muddatlarini aniqlash;
ekspertizalar natijalarini, davolash-profilaktika muassasalari tomonidan byerilgan tibbiy hujjatlarni va fuqarolarni tibbiy tekshirish natijalarini doimiy ravishda o’rganish asosida nogironlikning holatini, o’zgarishini va nogironlikka olib kelgan omillarni tizimli tahlil qilish;
nogironlikning oldini olish sohasida kompleks dasturlarni ishlab chiqishda, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo’yicha reabilitatsiya va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda qatnashish;
TMEK vrach-ekspertlari lavozimiga tanlash va tavsiya etish bo’yicha malaka komissiyasi faoliyatini tashkil qilish, tasarrufidagi TMEKlarga TMEK mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida uslubiy yordam ko’rsatish.
6. Inspeksiya o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
TMEK faoliyatini nazorat qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq nogiron deb hisoblash maqsadida fuqarolarni tibbiy tekshirish uchun barcha fuqarolarga tyeng imkoniyatlar byerilishini ta’minlaydi;
hayot faoliyati cheklanganligini, mehnatga layoqatning yo’qolgani darajasini, ijtimoiy himoya choralariga bo’lgan ehtiyojni aniqlashni tashkil etadi;
TMEKlarga tibbiy-mehnat ekspertizasi masalalari bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatadi;
nogironlikning holati va sabablarini tizimli tahlil qiladi, nogironlikka olib kelgan omillarni o’rganishda ishtirok etadi hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga nogironlikning oldini olish bo’yicha takliflar kiritadi;
nogironlik ko’rsatkichlari, fuqarolarni tibbiy tekshirish va qayta tekshirish to’g’risidagi ma’lumotlar bankini shakllantiradi;
TMEK mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;
TMEK vrachlariga malaka toifalarini berish (tasdiqlash) yuzasidan attestatsiya o’tkazish tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;
TMEKlarni joylashtirish, ularni zarur asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlashni tashkil etadi, shuningdek qat’iy hisobda turadigan blankalar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi;
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga TMEKlar faoliyatini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritadi.
III. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
7. Inspeksiya o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularni tibbiy-ijtimoiy, malakali reabilitatsiya qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga kiritish;
o’z vakolatlari doirasida tarkibiy bo’linmalari tibbiy-mehnat ekspertiza xizmatlari rahbarlariga nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish masalalari bo’yicha tavsiyanomalar berish, ularni amalga oshirish bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
o’z vakolatlari doirasida tegishli vazirliklar va idoralardan Inspeksiya faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni so’rash va olish;
TMEKda tekshiruvdan o’tgan shaxslarni, shuningdek xulosasi barcha darajadagi TMEK qarorlarini o’zgartirish yoki byekor qilish uchun asos bo’ladigan bosh TMEK qaroridan norozi bo’lgan shaxslarni qayta tekshiruvdan o’tkazish uchun komissiyalar, zaruriyat bo’lganda esa maxsus komissiyalar tashkil etish;
nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularni tibbiy-ijtimoiy va malakali reabilitatsiya qilish sohasidagi muammolarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish;
fuqarolarning nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularning tibbiy-ijtimoiy va malakali reabilitatsiya qilish masalalari bo’yicha murojaatlarini ko’rib chiqish.
Inspeksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.
8. Inspeksiya o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javob beradi.
IV. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
9. Inspeksiyani O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Dyevoni bilan kyelishgan holda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshqaradi.
10. Inspeksiya boshlig’ining bir nafar o’rinbosari bo’ladi. Boshliq o’rinbosari O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi direktori taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
11. Inspeksiya boshlig’i:
Inspeksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan shaxsan javob beradi;
o’z vakolatlari doirasida TMEK xodimlarining bajarishi majburiy bo’lgan buyruqlar, chiqaradi va ko’rsatmalar beradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi direktoriga tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlari raislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to’g’risida takliflar kiritadi;
tegishli bosh TMEK raisi taqdimnomasiga binoan bosh TMEK vrach-ekspertlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga TMEKlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida takliflar kiritadi;
qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining
2008 yil 8 avgustdagi
175-son qaroriga
2-ilova
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari to’g’risida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi o’rinlarda TMEK deb ataladi) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati tizimidagi mustaqil tarkibiy bo’linmalar hisoblanadi.
2. Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmatiga:
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya qilish Respublika inspeksiyasi (keyingi o’rinlarda Inspeksiya deb ataladi);
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari;
tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari kiradi.
3. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstittsiyasiga va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
4. Shaxsni nogiron deb e’tirof etish TMEK tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyati hududiy prinsip bo’yicha amalga oshiriladi.
6. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining xulosalari kollyegial, TMEK a’zolarining mutlaq ko’pchilik ovoz berishi asosida qabul qilinadi hamda uning tavsiyalari ish beruvchilar, davolash-profilaktika, tibbiy-ijtimoiy, sport muassasalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
7. TMEKlarning moddiy-texnika ta’minoti ajratiladigan mablag’lar doirasida Respublika byudjeti, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Bosh TMEK raislari va ularning o’rinbosarlari mehnatiga haq to’lash sog’liqni saqlash muassasalari III tipi rahbar xodimlarining mehnatga haq to’lash razryadlari va tarif koeffitsientlari bo’yicha amalga oshiriladi.
8. Bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari yuridik shaxs hisoblanadi hamda mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va o’z nomi yozilgan shtampga ega bo’ladi.
9. Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari yuridik shaxs hisoblanmaydi, o’z nomi yozilgan muhrga va shtampga ega bo’ladi.
II. TMEKning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar TMEKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davolash-profilaktika muassasalari tomonidan taqdim etilgan tibbiy hujjatlar va fuqarolarni ko’rikdan o’tkazish natijalari asosida hayot faoliyatining cheklanganligini ekspertiza qilish, nogironlik guruhini, sabablarini, uning boshlangan vaqtini va nogironlik muddatlarini mehnatga layoqatning yo’qolishi foizini belgilash;
nogironlar uchun ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlarini belgilash;
nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarishga ko’maklashish hamda nogironning hayot faoliyatini yoki organizmi funksiyalarini to’liq yoki qisman tiklash, nogironlik guruhini pasaytirish yoki barqarorlashtirish asosida ushbu tadbirlarning samaradorligini baholash;
nogironlikning holatini, o’zgarishini va unga sabab bo’lgan omillarni tizimli tahlil qilish, nogironlikning oldini olish, nogironlarni tibbiy-mehnat ekspertiza, reabilitatsiya, ijtimoiy muhofaza qilish sohasida kompleks dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish.
11. Bosh TMEKlar o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
tuman, tumanlararo, shahar, ixtisoslashtirilgan TMEK ishlarini tashkil etish va nazorat qilish, ularga tashkiliy-metodik yordam ko’rsatish, TMEK faoliyatining yangi myetodlari va shakllarini joriy etish;
tuman, tumanlararo, shahar, ixtisoslashtirilgan TMEKlarga va davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy-mehnat ekspertizasi, shu jumladan, TMEK yo’llanmasi bo’yicha nogironlar va bemorlarni maslahat tekshiruvidan o’tkazish masalalari bo’yicha maslahat yordami ko’rsatish;
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati vrachlari va xodimlarini tibbiy tekshiruvdan o’tkazish;
jinoyat sodir etganlikda shubhalanilayotgan, ayblanayotgan, sudlangan, jazoga hukm qilingan shaxslarni tibbiy tekshiruvdan o’tkazish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularni malaka toifasiga loyiqligi yuzasidan attestatsiyadan o’tkazishni va o’z vaqtida malaka oshirishni tashkil etish;
TMEKlarni joylashtirishni tashkil etish, zarur asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlash, hujjatlar blankalari bilan o’z vaqtida ta’minlash;
tumanlar, tumanlararo, shaharlar va ixtisoslashtirilgan TMEKlarning nogironlarning protez-ortopediya buyumlariga va harakatlanish vositalariga muhtojligi bo’yicha faoliyatini nazorat qilish;
tumanlar, tumanlararo, shaharlar va ixtisoslashtirilgan TMEKlarning yuqori darajada reabilitatsiyaga muhtoj nogironlar kontingyentini aniqlash va nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini belgilangan tartibda to’g’ri ishlab chiqish masalalari bo’yicha faoliyatini nazorat qilish;
TMEKning Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, mintaqaviy reabilitatsiya markazlari, davolash-profilaktika muassasalari, tumanlar (shaharlar) Bandlikka va aholini ijtimoiy muhofaza qilishga ko’maklashish markazlari, shuningdek ish beruvchilar bilan birgalikdagi ishlarini tashkil etish va nazorat qilish, nogironlarni reabilitatsiya qilish yakka tartibdagi dasturlarining bajarilishi ahvolini belgilangan tartibda kuzatib borish;
nogironlikning ahvoli va sabablarini tahlil qilish, davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda nogironlikning oldini olish va nogironlikni reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda va ularning bajarilishini nazorat qilishda qatnashish, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va sog’liqni saqlash organlariga nogironlikning dolzarb masalalari bo’yicha belgilangan tartibda axborotlar taqdim etish;
davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etish va o’tkazish;
mintaqadagi TMEK faoliyati, nogironlikning ahvoli va sabablari to’g’risida Inspeksiyaga o’z vaqtida hisobotlar taqdim etish.
12. Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlar o’zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
fuqarolarning hayot faoliyati cheklanganligini, uning vaqtinchalik yoki barqaror yo’qotilganligini, nogironlikning boshlangan vaqti va nogironlik muddatlarini ekspertiza qilish;
mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda mayib bo’lgan yoki sog’lig’i boshqacha tarzda shikastlangan xodimlarning kasbi bo’yicha mehnatga layoqatini yo’qotganlik darajasini va qo’shimcha yordam turlariga muhtojligini aniqlash;
ko’chma majlislar o’tkazish, og’ir bemorlarni uyida yoki shifoxonada tyekshirib ko’rish;
vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uzaytirish;
nogironlarning protez-ortopediya buyumlariga, reabilitatsiyaning tyexnik vositalariga muhtojligini aniqlash;
nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish, reabilitatsiya tadbirlarining turlari, shakllari, muddatlari va hajmlarini belgilash, davolash-profilaktika muassasalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda dasturlarning bajarilishi holatini kuzatish, o’tkazilgan reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligini aniqlash;
nogironlarning sog’lig’i holatiga hamda imkoniyatlariga muvofiq bo’lgan aniq mutaxassisliklar va kasblarni ko’rsatgan holda ularni kasbga yo’naltirish bo’yicha tavsiyanomalar berish;
xizmat ko’rsatiladigan hududda nogironlikning ahvoli va o’sishini o’rganish va bosh TMEKga tegishli ma’lumotlar taqdim etish;
nogironlikka sabab bo’layotgan omillarni o’rganishda va nogironlikning oldini olish kompleks dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
aholi o’rtasida tibbiy-mehnat ekspertizasi, nogironlikning oldini olish, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo’yicha reabilitatsiya qilish masalalari bo’yicha tushuntirish ishlari olib borish.
III. TMEKning huquqlari va javobgarligi
13. Bosh TMEKlar o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlar ishini, shu jumladan, tyekshirilganlarning barcha tibbiy-ekspert hujjatlarini, zarurat bo’lganda, nogiron deb e’tirof etilgan shaxslarni shaxsan tekshirish uchun chaqirgan holda tekshirish yo’li bilan ekspert xulosalari sifati va asoslanganligini nazorat qilish;
tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlarga nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish masalalari bo’yicha tavsiyalar berish, ularni amalga oshirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlar majlislarida qatnashish;
zarurat bo’lganda, sog’liqni saqlash organlari vakillari bilan birgalikda davlat profilaktika muassasalari tomonidan byerilgan tibbiyot hujjatlarining asoslanganligini tekshirish, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish;
tyekshirilgan shaxslar tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlar qaroridan norozi bo’lgan hollarda takroriy tekshiruv o’tkazish, ularning qarorlarini belgilangan tartibda o’zgartirish va byekor qilish;
bosh TMEKning qarorini o’zgartirish yoki byekor qilish uchun xulosasi asos hisoblanadigan bosh TMEK qaroriga rozi bo’lishmagan hollarda shaxslarni maxsus tashkil etilgan komissiyalarda qayta tibbiy tekshirishdan o’tkazish;
TMEK vrachlari manfaatlarini himoya qilish.
14. Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlar o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davolash-profilaktika muassasalari tomonidan TMEKga yuborilgan shaxslarni tekshiruvdan o’tkazish;
davolash-profilaktika muassasalaridan, mehnat va aholini muhofaza qilish organlaridan, ish beruvchilardan TMEK ishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni, shu jumladan, tekshiruvdan o’tayotgan shaxslarning mehnati xaraktyeri va shart-sharoitlari to’g’risidagi ma’lumotlarni olish;
davolash-profilaktika muassasalaridan TMEKga taqdim etilgan tibbiy hujjatlarning sifatli rasmiylashtirilishini talab qilish, ularning xolisonaligini va haqqoniyligini tekshirish, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan birgalikda chora-tadbirlar ko’rish;
klinikada ekspert tashxis qo’yishga, birkitilgan davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishga muhtoj bo’lgan tyekshiriluvchilarni Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga, mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuborish;
ish beruvchilarga nogironlikning oldini olish va nogironlarni ishga oqilona joylashtirish masalalari bo’yicha tavsiyalar berish;
bosh TMEKga TMEKlar ishini yaxshilash, nogironlikning oldini olish va nogironlarni ishga oqilona joylashtirish bo’yicha takliflar kiritish.
15. TMEK raisi va vrachlari o’zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, shu jumladan, ekspert xulosalarining sifati va asoslanganligi uchun javob beradilar.
IV. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatini tashkil etish
16. TMEKni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to’g’risidagi qaror O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan taklifiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
17. Bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi raisi lavozimiga tibbiy-mehnat ekspertizasi bo’yicha kamida 5 yil ish stajiga ega bo’lgan vrach tayinlanadi.
18. Bosh TMEKlarning raislari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktorining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh TMEKlar raislarining o’rinbosarlari, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) TMEKlari raislari Inspeksiya boshlig’ining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
22. Bosh TMEK ishlariga soatbay ish haqi to’lagan holda tibbiy, tyexnik va boshqa masalalar bo’yicha konsultantlar jalb etilishi mumkin.
Komissiya shtatiga shuningdek katta hamshira, hamshira, sanitarka va haydovchi ham kiradi.
23. Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi uch nafar vrachdan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tarkibiga terapevt, xirurg, nevropatolog kiradi.
Ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tarkibiga ikki nafar vrach kiradi, ularning mutaxassisligi TMEK yo’nalishiga muvofiq bo’lishi kerak, uchinchi a’zo etib terapevt yoki nevropatolog tayinlanadi.
TMEK raisi etib uch vrachdan biri, ixtisoslashtirilgan TMEK raisi etib mutaxassisligi TMEK yo’nalishiga muvofiq bo’lgan ikki vrachdan biri tayinlanadi.
Komissiya shtatiga katta tibbiy hamshira, tibbiy hamshira va sanitarka ham kiradi.
24. Barcha darajalardagi TMEKda ishlash uchun mutaxassisligi bo’yicha ish staji 3 yildan kam bo’lmagan vrachlar jalb qilinadi.
25. TMEK vrachlari mutaxassisligi va tibbiy-mehnat ekspertizasi bo’yicha kamida byesh yilda bir marta malaka oshirishlari kerak.
26. TMEKlar majlislarida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining davolash-profilaktika muassasalari, hududiy boshqarmalari, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlari, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari, nogironlar jamiyatlari vakillari qatnashishi mumkin.
27. TMEK faoliyatini muvofiqlashtirish va tibbiy-mehnat ekspertizasi sifatini yaxshilash maqsadida bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasida ekspert-metodik kengash tashkil etiladi.
Ekspert-metodik kengashga bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi raisi boshchilik qiladi, barcha vrachlar - TMEK ekspertlari kengash a’zolari hisoblanadi. Ekspert-metodik kengash har oyda majlis o’tkazadi, o’tgan oyda amalga oshirilgan ishlar tahlili masalalarini muhokama qiladi, metodik tavsiyalar ishlab chiqadi, tibbiy-mehnat ekspertizasining dolzarb mavzulari bo’yicha seminarlar tashkil etadi.
28. Bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari o’z faoliyatini Inspeksiya boshlig’i tomonidan tasdiqlanadigan rejalar va jadvallar bo’yicha amalga oshiradi. Tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari o’z faoliyatini tegishli bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan rejalar va jadvallar bo’yicha amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining
2008 yil 8 avgustdagi
175-son qaroriga
6-ilova
Tibbiy tekshirishdan qayta o’tkazish muddati ko’rsatilmasdan nogironlik guruhi byelgilanadigan kasalliklar
RO’YXATI
I. Ichki organlar kasalliklari
1. III bosqich gipyertonik kasallik (markaziy asab tizimi, ko’z tubi, yurak, buyrak mushagi tomonidan organik o’zgarishlar).
2. Mioakard infarktini boshdan kyechirgan shaxslarda kyeskin ifodalangan, yurak mushagi ancha o’zgargan va III bosqich qon aylanishi buzilgan yurak (koranar) yetishmovchiligi.
3. III bosqich qon aylanishi barqaror buzilganda yurak nuqsoni (so’l atriovyentrikulyar yoriq torayishi, aortal qopqoqchalar nuqsoni, kombintsiyalashgan nuqsonlar).
4. Barqaror III bosqich nafas yetishmovchiligi va yurak yetishmovchiligi bilan birga kyechadigan surunkali o’pka kasalliklari.
5. Barqaror ifodalangan buyrak yetishmovchiligida surunkali nyefrit (shish, izostyenuriya, artyerial bosim oshishi, ko’z tubining o’zgarishi, qonning qoldiq azoti oshishi).
6. Portal qon aylanishi buzilgan holda jigar sirrozi (assit).
7. Qandli diabyet - tsyetonuriya va komatoz holatga moyillikdagi og’ir shakli. Tsyenko-Kushyengo kasalligi (AKTGga bog’liqlik).
Izoh. YUqoridagi bandlarda sanab o’tilgan kasalliklar holatida tibbiy tekshirishdan o’tmasdan nogironlik guruhini belgilashga ikki yil mobaynida nogironni tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (keyingi o’rinlarda TMEK deb ataladi) kuzatuvidan kyeyin yo’l qo’yiladi (yengil funksional o’zgarishlar davri hisobga olinmaydi). Muddatning uzoqligi davri ushbu funksional yetishmovchilik aniqlangan paytdan boshlab hisoblanadi.
II. Asab-psixik kasalliklar
1. Xotira va psixikadagi buzilishlar aniq ifodalangan sharoitda III bosqich bosh miya tomirlari atyerosklyerozi.
2. Kyeng suyak nuqsoni yoki miya moddasidagi o’zga tana holatida bosh miyaning jarohatli shikastlanishi oqibatlari.
3. Orqa miyaning progryessiv va nyeopyerabyel o’smasi bilan aniq ifodalangan funksional buzilishlar bilan birga bosh miyaning nyeopyerabyel o’smalari.
4. Oligofryeniya:
4.1. imbtsillik darajasi;
4.2. tyelbalik darajasi.
5. Dyemyensiya.
6. Bolalar syeryebral falaji, nasliy-dyegyenyerativ kasalliklarning og’ir oqibatlari, yaqqol ifodalangan qo’pol gyemisindrom, total hamda harakatlanish, syensor va oliy po’stloq funksiyalari buzilishi (apraksiya, agnoziya, dyemyensiya) kabi barqaror turg’un asoratlarga ega bo’lgan ikki yildan ortiq davom etgan bosh va orqa miya qon-tomir kasalliklari hamda og’ir jarohatlarda.
7. YAqqol ifodalangan harakatlanish, po’stloq osti, miyacha va statodinamik buzilishlar bosqichidagi markaziy asab tizimining surunkali kuchayib boruvchi kasalliklari.
Izoh. 1, 3 va 4.2-bandlarda ko’rsatilgan kasalliklar holatida nogironlikning birinchi guruhi qayta tibbiy tekshirishdan o’tkazilmasdan byelgilanadi. 4.1-banddagi kasalliklar holatida nogironlikning ikkinchi guruhi qayta tibbiy tekshirishdan o’tkazilmasdan byelgilanadi. Muddatning uzoqligi ushbu funksional yetishmovchilik aniqlangan paytdan boshlab hisoblanadi.
III. Jarrohlik kasalliklari hamda anatomik nuqsonlar va dyeformtsiyalar
1. Organning bir qismi yoki juftli organlarning biri olib tashlangandan keyingi holat: opyertsiya yo’li bilan olib tashlangandan kyeyin hiqildoq bo’lmasligi, qizilo’ngach opyertsiya yo’li bilan olib tashlangandan kyeyin pulmonektomiya, nyefrektomiya, 1/2 ryezyeksiyadan kyeyin va ingichka ichak qismi total oshqozon ryezyeksiyasi, yo’g’on ichak gyemikolektomiyasi, to’g’ri ichakning total ekstirptsiyasi (organlar va tizimlar funksiyasi buzilishi aniq ifodalanganda).
2. Qo’l nuqsonlari va dyeformtsiyasi: yelka cho’ltoqligi, bilak cho’ltoqligi, panja yo’qligi; yelkaning yoki bilakning har ikki suyagi soxta bo’g’imi; 60 gradusdan kam yoki 150 gradusdan ortiq burchakli funksional noqulay holatda yoki bilakning so’ng darajadagi prontsiya yoki so’ng darajadagi supintsiyasi qayd etilganda tirsak tomirining kyeskin ifodalangan kontrakturasi yoki ankilozi; ryezyeksiyadan kyeyin shalvirab turgan yelka yoki tirsak tomiri; birinchi barmoqdan tashqari panjaning to’rtta barmog’i barcha suyaklari yo’qligi; panjaning uch barmog’i yo’qligi, birinchisi bunga kirmaydi; funksional noqulay holatda ushbu barmoqlarning ankilozi yoki kyeskin ifodalangan kontrakturasi; birinchi va ikkinchi barmoqlarning yoki har ikki panja uch barmog’ining yo’qligi.
3. Oyoq nuqsonlari va dyeformtsiyasi: turli darajalarda byel yoki boldir cho’ltoqligi; suyak-plastik amputtsiyadan kyeyin oyoq panjasi cho’ltoqligi (Pirogov tipi); Lisfrank tomiri darajasida nuqsonli cho’ltoqlik; oyoq panjasining nuqsonli holati hamda yurish va turish funksiyalari ancha buzilgan holda boldir panjasi tomirining kyeskin ifodalangan kontrakturasi yoki ankyelozi; byelning yoki boldirning har ikki suyagining soxta bo’g’imi; ryezyeksiyadan kyeyin shalviragan tizza yoki tos-byel tomiri; tos-byel tomirining kyeskin ifodalangan kontrakturasi yoki ankyelozi; 180 gradusdan kam burchakli yoki tomir ryezyeksiyasidan kyeyin oyoqning 7 santimyetrdan kamga qisqarishining funksional jihatdan noqulay holatda tizza tomirining ankyelozi.
4. YUrak mushagi yoki yurak xaltasidagi o’zga tana.
5. Davolashga qaramay bartaraf etib bo’lmaydigan oqma: najas, siydik natijasida vujudga kyeluvchi ifloslik.
6. Agar protezlash chaynashni ta’minlamasa, jag’ yoki qattiq tanglay nuqsonlari.
7. O’tkazilgan opyertsiya oqibatlari munosabati bilan ko’krak qafasi dyeformtsiyasi - nafas olish yetishmovchiligi holatida byeshta yoki undan ortiq qovurg’a ryezyeksiyasi.
8. IV darajali xavfli o’sma myetastazlar va (yoki) rtsidivlar mavjud bo’lganda xavfli inkurabyel o’smalar.
9. Harakatni chyeklaydigan va tos organlari funksiyalari buzilgan holatdagi umurtqa kasalligi.
Izoh. 4, 6, 7 va 9-bandlarda ko’rsatilgan kasalliklar holatida nogiron ikki yil mobaynida TMEK tomonidan kuzatilgandan kyeyin nogironlikning faqat uchinchi guruhi qayta tibbiy tekshirishdan o’tkazilmasdan byelgilanadi. SHikastlanishning og’irroq shakllarida va kombintsiyali (ko’p sonli) shikastlanishlarda nogironlik guruhi (birinchi, ikkinchi) umumiy asoslarda byelgilanadi. 8-bandda ko’rsatilgan kasalliklar holatida birinchi va ikkinchi guruh nogironlik ikki yil mobaynida nogiron TMEK tomonidan kuzatilgandan kyeyin byelgilanadi.
IV. Quloq, tomoq va burun kasalliklari
1. Bolalikdan kar-soqovlik va karlik.
V. Ko’z shikastlanishi va kasalligi
1. Har ikki ko’zning to’liq ko’rligi, har ikki ko’zning ko’rish o’tkirligi pasayishi va eng yaxshi ko’radigan ko’zda 0,03 gacha korryeksiya yoki barqaror va tiklab bo’lmaydigan o’zgarishlar natijasida har ikki ko’zning ko’rish maydoni 10 gradusgacha konsyentrik torayishi.
2. Bir ko’zning to’liq ko’rmasligi, korryegirlash mumkin bo’lmaganda bir ko’zning ko’rish o’tkirligi 0,02 gacha pasayishi yoki ko’rish maydonining 5 gradusgacha torayishi.
Agar ushbu Ro’yxatga muvofiq belgilangan, qayta tibbiy tekshirishdan o’tkazish muddati ko’rsatilmagan nogironlik guruhi qo’shilgan boshqa kasalliklar munosabati bilan oshsa, qayta tibbiy tekshirishdan o’tish Fuqarolarni TMEKda tibbiy tekshirishdan o’tkazish va nogironlikni belgilash tartibi to’g’risidagi Nizomda belgilangan muddatga tayinlanadi.
VI. Nogironlik guruhi muddatsiz byelgilanadi
1. 60 yoshdan katta nogiron erkaklarga va 55 yoshdan katta nogiron ayollarga.
2. Keyingi 5 yil va undan ortiq yil mobaynida nogironlikning I yoki II guruhi belgilangan, 5 yil mobaynida DPMda to’liq dispansyer ko’rigidan o’tgan, reabilitatsiya dasturlari bajarilgan, shuningdek reabilitatsiyaning barcha turlari istiqbolsiz bo’lgan, tiklab bo’lmaydigan anatomik-funksional buzilishlar yoki zo’rayuvchi kasalliklarga duchor bo’lgan nogironlarga.
Ko’rsatib o’tilgan talablardan hyech bo’lmasa biri bajarilmaganda, shu jumladan, bemor reabilitatsiya, davolash yoki opyertsiyani, o’qishni rad etgan taqdirda nogironlik guruhi muddatsiz byelgilanmaydi.
3. Oxirgi 7 yil mobaynida nogironlik guruhi o’zgarmagan va ko’rsatib o’tilgan davr mobaynida davolash-profilaktika muassasalarida to’laqonli dispansyeriztsiyadan o’tgan, reabilitatsiya qilish individual dasturining barcha bandlari bajarilgan hamda keyingi reabilitatsiya tadbirlarining barcha turlarining o’tkazilishi istiqbolsiz bo’lgan III guruh nogironlariga.
Ko’rsatib o’tilgan talablardan hatto birortasi bajarilmagan taqdirda ham muddatsiz nogironlik byelgilanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |