9.4-§ MIKROPROSESSOR VA RAQAMLI HISOBLASH TEXNIKASI
VOSITALARINING O’LCHASH TIZIMLARIDA QO‘LLANILISHI
9.6-rasm a, b da tasvirlangan o’lchash tizimlari (O‘T) hozirgi vaqtda kimyoviytexnologik jarayonlarni avtomatik nazorat qilish, rostlash va boshqarishda keng qo‘llanilmoqda. 9.6-sxema, a da yasalgan o’lchash tizimi o‘lchash ob’ektidagi xamma kattaliklarni bir vaqtda o‘lchashni va qayd qilishni ta’minlaydi. 9.6-sxema, b bo‘yicha yasalgan o’lchash tizimi esa navbati bilan o‘lchashni va qayd qilishni ta’minlaydi.
9.6 – rasm. O’lchov tizimlarining struktura sxemalari.
Rasmda keltirilgan o’lchash tizimlaridagi o’lchash axboroti birlamchi o’lchash o‘zgartkichlar 1 yordamida shakllanadi va signallar tarzida aloqa kanali 4 ga yuboriladi. O‘lchanayotgan fizik kattalikning turiga, birlamchi o’lchash
o‘zgartkichining ishlov prinsipiga va axborotni uzatish zarur bo‘lgan masofaga
bog‘liq holda o’lchash tizimi tarkibiga birlamchi o’lchash o‘zgartkichlardan tashqari, oraliq 2 (9.6-rasm, a) va uzatuvchi 3 o’lchash o‘zgartkichlari ham kiritilishi mumkin. Bunda o’lchash o‘zgartkichi birlamchi o’lchash o‘zgartkichi yonida yoki aloqa kanalidan kelayotgan signalni o‘lchovchi asbob 5 yonida joylashgan bo‘lishi mumkin, bu signal odam qabul qilishi uchun qulay va qayd qiluvchi bo‘ladi. O’lchash asbobi 5 ni ikkilamchi asbob deb atab, bunda u bilan bir to‘plam (komplekt)dagi o’lchash o‘zgartkichlarining hammasi birlamchi asboblar bo‘ladi. O’lchash tizimida (9.6-rasm, b) birlamchi o’lchash o‘zgartkichlarning asbob 5 ga navbatma-navbat ulash bilan kommutator 6 qo‘llanilib, uni yordamchi qurilma deb qarash lozim bo‘ladi. Soddalik uchun 9.6-rasm, b da tarkibida faqat birlamchi o’lchash o‘zgartkichlari bo‘lgan o’lchash tizimi ko‘rsatilgan. Umumiy holda unga oraliq va uzatuvchi o’lchash o‘zgartkichlari kiritilishi mumkin. Bunda hamma o‘lchanuvchi kattaliklar o‘zgartkichlarining chiqish signallari 9.6-rasm, a da sxema bo‘yicha yasalgan tizimidan farqli ravishda tabiati va o‘lchash oraliqlariga ko‘ra bir xil bo‘lishi kerak. O’lchash oralig‘i ayni bir asbob 5 bilan o‘lchash va qayd qilish imkoniyatini ta’minlash uchun zarur. Bir nechta birlamchi o’lchash o‘zgartkichlari BO‘O‘ bo‘lgan bitta ikkilamchi asbobli o’lchash tizimlarining (9.6-rasm, b) ish imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, parametrlarni avtomatik rostlash vositalarini murakkablashtirib yuboradi. Bir necha yuz parametrlarni o‘lchash talab qilinadigan zamonaviy kimyoviytexnologik jarayonlardagi har bir birlamchi o’lchash o‘zgartkichi uchun individual ikkilamchi asbobi bo‘lgan O‘T ning qo‘llanilishi nazorat va boshqaruv shchitlarining ortishi bilan va operatorning qisqa vaqt ichida juda ko‘p axborotni idrok qilish zarurligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar bilan bog‘langan. Fiziologik cheklanishlar tufayli hayotda ancha tajribali operator ham bunday O‘T olgan axborotni zarur tarzda qayta ishlay va foydalana olmaydi. Shuning uchun bu ish bilan bir vaqtda bir nechta
operator shug‘ullanadi. Texnologik qurilmalar quvvatining ortishi, shu munosabat bilan o‘lchanayotgan parametrlar sonining ancha ortishi, axborotlarga ishlov berishning raqamli texnikasining rivojlanishi va TJABT ni qo‘llanish yo‘li bilan jarayonlarni optimallashtirishga o‘tish axborot tizimi (AT) ning yangi yo‘nalishlarini, texnologik jarayonlarda AT bilan birga, «axborot-o’lchash tizimlari» (AO‘T) tushunchasi bilan birlashtirilgan shakllarni ajrata olish tizimini ham qo‘llanishni belgilab berdi. AO‘T bilan bog‘liq o’lchash texnikasi sohasida quyidagi tushunchalar foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |