9.1 – rasm. MikroEHM ning struktura sxemasi.
MikroEHMlar strukturasiga ko‘ra odatdagi EHMlardan ancha sodda qilib
quriladi. Bu magistral — modulli deb ataluvchi juda o‘zgaruvchan strukturaning
asosini (9.1-rasm) umumiy magistral (umumiy shina) tashkil etib, unga mashinaning bir-biri bilan interfeyslar yordamida bog‘langan konstruktiv tugallangan modullari ko‘rinishida bajarilgan talab qilingan nomenklatura va miqdordagi hamma qurilmalari ulanadi.
Interfeys (inglizcha ihteface — o‘zaro bog‘lanish) raqamli hisoblash texnikasi qurilmalari o‘rtasidagi axborot almashishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan signal chiziqlari va shinalari, elektron sxemalar va algoritmlar majmuasini (to‘plamini) ifodalaydi.
Mikrokontroller (kontroller)—mikroprosessorlar yoki mikroEHM asosida
bajarilgan mantiqiy boshqaruv qurilmasi.
9.2- § RAQAMLI HISOBLASH TEXNIKASI QURILMASIGA
TEXNOLOGIK PARAMETRLAR HAQIDAGI AXBOROTNI
KIRITISH
VIII bobda ta’kidlab o‘tilganidek, texnologik parametrlarni o‘lchashning
zamonaviy vositalari o‘zgarmas tok, chastota va bosim ko‘rinishidagi chiqish
signallariga ega bo‘ladi, ya’ni analogli bo‘ladi. Bu signallarni raqamli hisoblash
texnikasi vositalariga kiritish uchun tegishli moslovchi qurilmalardan (yoki qo‘shish qurilmalaridan) foydalanish zarur. Bunda hal qilinadigan umumiy masala dastlabki o‘lchash o‘zgartkichlari (DO‘O‘) signallarini hisoblash texnikasi vositalari qabul qiladigan elektr kodli signalga almashtirishdan iborat. Texnologik parametrlarni o‘lchash vositalarining va hisoblash texnikasi vositalarining ishini moslashtirish uchun foydalaniladigan qurilmalarning eng umumiy struktura sxemalari 9.2-rasmda ko‘rsatilgan.
9.2 – rasm. O’lchash vahisoblash texnikasi vositalarining ishini moslashtirish qurilmalarining
struktura sxemasi.
O‘zgarmas tok I ning elektr signallari kod signallariga analogli raqamli
o‘zgartkich (ARO‘) yordamida (92-rasm, a, va b lar), f chastota signallariga esa
chastotaviy raqamli o‘zgartkich (ChRO‘) yordamida o‘tkaziladi (9.2-rasm, v va g).
Agar aytib o‘tilgan o‘zgartkichlar bir nechta dastlabki o’lchash o‘zgartkichlari,
masalan, DO‘O‘1—DO‘O‘p ning signallarini o‘zgartirish uchun foydalanilsa, u holda signallar navbati bilan ARO‘ ga elektr kommutator EK orqali keltiriladi (9.2-rasm, b). Pnevmatik DO‘O‘ lar ishlab chiqaradigan siqilgan havoning bosimi signallarini almashtirish uchun odatda pnevmoelekrik o‘zgartkich PEO‘ yordamida bosimni o‘zgarmas tok elektr signaliga dastlabki almashtirishdan foydalaniladi (9.2-rasm d, e, j). Bunda agar bir nechta DO‘O‘ ning signallarini almashtirish uchun bitta PEO‘ va bitta ARO‘ qo‘llanilsa, u holda DO‘O‘ ni PEU ga navbati bilan ulash pnevmatik kommutator PK yordamida amalga oshiriladi (9.2-rasm, e). Agar har bir PEO‘ ning signalini o‘zgartirish uchun shaxsiy PEO‘ dan foydalanilsa, u holda EK yordamida DO‘O‘1—DO‘O‘n ni ARO‘ ga navbati bilan ulash amalga oshiriladi (9.2-rasm, j). Kod signalini hisoblash texnikasi vositalariga kiritish asbobli interfeyslar yordamida amalga oshiriladi. O‘lchash vositalari uchun interfeys (asbobli interfeys) tegishli kod ko‘rinishdagi chiqish signaliga ega bo‘lgan o’lchash vositalari bilan raqamli hisoblash texnikasi vositalari o‘rtasida axborot almashish uchun mo‘ljallangan. Keyingi paytlarda raqamli hisoblash texnikasi vositalarini o‘z ichiga olgan o’lchash tizimlarida magistral turdagi (umumiy magistralli) asbobli interfeyslar qo‘llanilmoqda. Bunday interfeyslarga xalqaro elektrotexnik komissiya tavsiya etgan asbobli interfeys MEK (IEC — Internatinal Electrotechnical Comission) va interfeys KAMAK (CAMAC — Computer Automated Measerement and Control) kiradi.
9.3 – rasm. Bir nechta o’lchash va hisoblash qurilmalarini umumiy magistralga ulash sxemasi.
9.3- rasmda bir nechta o‘lchash va hisoblash qurilmalarini umumiy magistralga ulash sxemasi ko‘rsatilgan. Bu magistralga ulanadigan barcha qurilmalar mazkur holda asboblar deyiladi. Interfeys asbobli va interfeysli axborotlarni tezlik bilan uzatuvchi umumiy magistraldan va o’lchash vositalarining interfeysli qismidan va boshqa ulanuvchi qurilma-lardan (9.3-rasmdagi A, B, V interfeyslar), shuningdek boshqaruv (kontroller) qurilmasidan iborat. Magistralga ulangan asbob quyidagi holatlarda bo‘lishi mumkin:
zahira, axborot manbai (II) sifatida ishlash va axborot qabul qiluvchi (PI) sifatida
ishlash. Shu tarzda asboblar ishi dastur bo‘yicha boshqariladi.
Dastur bo‘yicha boshqariluvchi asboblarning interfeys qismlari ikki xil
ko‘rinishda bajariladi: asbobning orqa panelida standart raz’em o‘rnatilgan, asbobning ichida tarkibiy qismi sifati ishlangan va konstruktiv o‘rnatilgan sxema ko‘rinishida (bu xil ko‘rinish amaldagi xalqaro andozalarga muvofiq ishlab chiqarilayotgan yangi asboblarda qo‘llaniladi);
yalpi ishlab chiqarilayotgan yoki chiqish signali kod ko‘rinishidagi ilgari
ishlab chiqarilgan qurilmalarga ulanadigan alohida ishlangan modullar ko‘rinishida.
O’lchash qurilmalarining interfeys qismi magistraliga ulanganda kodlangan adres
beriladi. Magistralda ma’lum vazifani bajaruvchi bir qancha chiziqlar interfeys
shinasiga birlashtirilgan, xususan, ma’lumotlar shinasi, sinxronlashtirish shinasi,
boshqaruv shinasi (9.3-rasm). Ma’lumotlar shinasi axborotli ma’lumotlarni uzatishda foydalaniladi, ularga o‘lchash natijalari va birliklari, o‘lchash ketma-ketligi (dasturi) va hokazolar kiradi. Sinxronlashtirish va boshqarish shinalari bo‘yicha magistralga ulangan qurilmalarning o‘zaro ta’sirlashuvini ta’minlovchi interfeysli ma’lumotlar uzatiladi. Interfeys (li) ma’lumotlarga bu qurilmalarga quyidagi kabi biror xizmat vazifalarini amalga oshiruvchi ma’lumotlar kiradi: axborot manbai, axborotni qabul qilgich, kontroller, uzatishni, qabul qilishni sinxronlashtirish, xizmat ko‘rsatishga so‘rov, parallel so‘rov, qurilmani tozalash, asbobni ishga tushirish, masofadan turib va mahalliy boshqaruv.
Do'stlaringiz bilan baham: |