8-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 1. Signal o‘zgartgichlar
2. Masofaga o‘zatish tizimlari
3. Kuch kompensasiyali elektr o‘zgartkichlar
4. Kuch kompensasiyali pnevmatik o‘zgartkichlar
5. Pnevmatik masofaga uzatish
6. Elektrik masofaga uzatish
7. Me’yorlovchi o‘zgartkich
8. Elektr-pnevmatik o‘zgartkich
9. Pnevmo-elektr o‘zgartkich
NAZORAT SAVOLLARI 1. Signal o‘zgartkichlarning texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
tizimida vazifasi nimadan iborat?
2. Masofaga uzatish tizimlarini tuzilishini izohlab bering
3. Kuch kompensasiyali elektr o‘zgartkichning ishlash prisipini
tushuntiring
4. Kuch kompensasiyali pnevmatik o‘zgartkichning sxemasini chizib,
ishlash prinsipini tushuntiring
5. Elektrik va pnevmatik masofaga uzatish tizimlarida qanday farq hamda
o‘xshashlik mavjud?
6. Me’yorlovchi o‘zgartkichning texnologik jarayonlarni boshqarish
tizimlarida roli nimadan iborat?
7. Elektr-pnevmatik va pnevmo-elektr o‘zgartkichlarda qanday farq hamda
o‘xshashlik mavjud?
IX bob. TEXNOLOGIK O‘LCHASH VOSITALARIDA
MIKROPROSESSORLARNING QO‘LLANILISHI
9.1- §. UMUMIY MA’LUMOTLAR Texnologik o‘lchashlarni bajarishda bir qator hollarda o‘lchanayotgan
kattaliklarning qiymatlarini va o‘lchash xatoliklarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan
turli hisoblash ishlarini (operasiyalarini) bajarish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari,
texnologik parametrlarni avtomatik nazorat qilishni samarali tashkil etish uchun turli xil mantiqiy operasiyalarni bajarish talab qilinadi. Bu masalalar mikroprosessor qurilmalar yordamida hal qilinadi.
O‘lchov asboblarida, o‘zgartkichlarda va texnologik o‘lchashlar uchun
foydalaniladigan tizimlarda mikro EHM va mikroprosessorlar qo‘llaniladi. Bu
qurilmalarning texnik asosi bitta kristallda 103—106 ta elementi bo‘lgan katta va o‘ta katta integral sxema (KIS va O‘KIS)lar hisoblanadi.
Keyingi paytlarda mikroelektronika va hisoblash texnikasining eng muhim
yutug‘i KIS asosidagi mikroprosessorlarni yaratish hisoblanadi.
Dastlabki mikroprosessorli KIS 1971 yilda chet elda yaratildi va hisoblash
texnikasi va raqamli avtomatika vositalarini ishlab chiqaruvchi — mutaxassislarni
uning dasturiy boshqarishning imkoniyatlari bilan ta’minlanuvchi keng qo‘llanish
istiqbollari bilan o‘ziga jalb qildi. Hozir mikroprosessorlarning paydo bo‘lishini
elektronika va hisoblash texnikasi sohasidagi ekspertlar inqilobiy hodisa sifatida
baholab, uni XX asrning 50-yillardagi birinchi yarim o‘tkazgichli elementlar va
qurilmalar bilan taqqoslashadi.