Bog'liq Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).
электр схемаси Tebranish konturining parametrlari tor parametrlari
bilan quyidagi munosabatlar orqali bog‘langan:
(8.5)
bu yerda,L — ekvivalent induktivlik; V — doimiy magnit oralig‘idagi
(tirqishidagi) induksiya; l — torning uzunligi; S — torning ko‘ndalang kesimi
yuzi; G‘ — kuchlanish; S — ekvivalent sig‘im; ρ — tor materialning zichligi; v
— havoga ishqalanish koeffisienti; R — tebranayotgan torning dinamik
qarshiligi.
Ekvivalent sxemasidagi r qarshilik tor harakatsiz bo‘lganda uning aktiv qarshiligini ifodalaydi. Tor tebranayotganda sof aktiv qarshiliklarni o‘z ichiga olgan ko‘prik sxemasi chastota bog‘liqli elementlari bo‘lgan ko‘prikka aylanadi. Ma’lumki, o‘z- o‘zini uyg‘otuvchi generatorning chastotasi tebranish konturiniig f0 xususiy chastotasi bilan aniqlanadi, u esa konturning L induktivligi va S sig‘imi bilan quyidagi ko‘rinishda bog‘langan:
ifoda bilan aniqlanadi.(8.6) tenglamadan generatorning xususiy tebranish chastotasi torning xususiy tebranishlar chastotasi orqali aniqlanishi va taranglanish kuchiga bog‘liq bo‘lishi kelib chiqadi. Qarab chiqilgan generator 102— 104 Gs chastotalar diapazonida ishlaydi. Tordan o‘tadigan tok 100 mkA dan oshmaydi. Tor, odatda, diametri 0,05 mm va uzunligi 20—50 mm atrofida bo‘lgan volfram simdan tayyorlanadi. O‘lchanayotgan parametrning chastotaviy signalga o‘zgarishi quyidagicha amalga oshiriladi. O‘lchash blokining sezgir elementi o‘lchanadigan parametrni richag 1 va u bilan birga tor 3 qabul qiladigan mutanosib G‘ kuchlanishga o‘zgartiradi. Tor tarangligining o‘zgarishi generatorning xususiy tebranishlar chastotasining o‘zgarishiga olib keladi, bu esa uning chiqish signalida o‘zgaruvchan tok chastotasi ko‘rinishida aks etadi. O‘zgartkichni berilgan o‘lchashlar chegarasiga moslash richag 1 ning epyura 6 nuqtasini surish bilan amalga oshiriladi. Chiqish signalining boshlang‘ich qiymatini nol signal korrektori 2 o‘rnatadi. (8.6) tenglamadan ko‘rinishicha, o‘zgartkichning statik tavsifi chiziqli emas. Statik tavsifni chiziqlilashtirish maqsadida o‘zgartkichning ba’zi turlarida
kvadraturalar qo‘llaniladi. Chiziqli statik tavsifli birlamchi o’lchash
o‘zgartkichlarining chiqish signalini quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblab topish
mumkin:
bu yerda, f1— boshlang‘ich chastota; N – o‘lchanayotgan parametr qiymati; Nmax, Nmin—o‘lchashlar
oralig‘ining (diapazonining) moc ravishda yuqori va quyi qiymatlari; ∆f — chastotaning o‘zgarish oralig‘i.
Chastotali signallari bir xillashtirilgan birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlaridan
keladigan o’lchash axborotlarini qabul kiluvchilari (priyomniklari) raqamli
mashinalar, boshqaruvchi va hisoblash mashinalari bo‘lishi mumkin. Chastotali
signali birlashtirilgan birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlarining aniqlik sinfi 0,5 va 1,0. Axborotni uzatish uzoqligi 10 km. gacha.