Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari


Magnitomodulyasion o‘zgartkichlar



Download 6,28 Mb.
bet134/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

Magnitomodulyasion o‘zgartkichlar (magnit kompensasiyali uzatuvchi
o‘zgartkichlar) ning ishi magnit oqimlarini kompensasiyalashga asoslangan.
Magnitomodulyasion o‘zgartkichlar birlachamchi asbob sezgir elementining chiziqli
siljishini o‘zgarmas tokning unifikasiyalangan chiqish signaliga o‘zgartirish uchun
mo‘ljallangan. Bunday o‘zgartkichlarning ishlash prinsipi quyidagidan iborat:
maxsus qurilma — indikatorda hosil qilinadigan boshqaruvchi magnit oqimi
harakatdagi element o‘zgarmas magnitning (birlamchi o‘zgartkichning sezgir
elementi bilan siljitiladigan) siljishida shu indikatorda teskari aloka toki yordamida
hosil qilinadigan magnit maydoni bilan kompensasiyalanadi. Bunda chiqish toki va
qo‘zg‘aluvchan elementning siljishi va, demak, o‘lchanayotgan kattalik qiymati
orasida ma’lum munosabat o‘rnatiladi.
O‘zgartkichning struktura sxemasi 8.6-rasmda keltirilgan. Birlamchi
o‘zgartkichning qayishqoq sezgir
elementi 1 o‘lchanayotgan kattalik O‘ ni
o‘zgartkich 2 o‘zgarmas magnitining
chiziqli siljishi X ga o‘zgartiradi.
Magnitning siljishida boshqaruvchi
magnit oqimi Fm o‘zgaradi.U magnit

8.6 – расм. Ўзгарткичнинг магнит
компенсацияли структурали схемаси
.
oqimlari 3 ning indikatorida teskari aloqa magnit okimi Ft.b. bilan tenglashadi.
Indikator chiqishidan magnit oqimlari ayirmasi ∆F= Fm- Ft.b. ga mutanosib bo‘lgan
kuchlanish U paydo bo‘ladi. U kuchaytirgich 4 yordamida chiqish toki signali 1chiq ga
o‘zgartiriladi.
Chiqish toki Ichiq masofadagi uzatish aloqasiga va bir vaqtda teskari aloqa
qurilmasi 5 ga boradi, uning chiqish toki It.b magnit oqimi Fm ni kompensasiya
qiluvchi magnit okimi Ftb hosil qiladi. SHunday qilib, o‘lchanayotgan kattalik U ni
orttirilganda magnit siljishi X ortadi, boshqarish magnit oqimi Fm ortadi va, demak,
Fm ni kompensasiya qiluvchi magnit oqimi Ft.6. ni paydo qilish uchun katta chikish
toki Ichiq va teskari aloqa toki 1tb zarur bo‘ladi.
Teskari aloqa qurilmasi 5 o‘zgartirishning zarur qonuni Ichiq = f(y) ni topish
imkonini beradi. Bu munosabat yo chiziqli, yoki kvadratik bo‘lishi mumkin.
Magnit kompensasiyali o‘zgartkichning prinsipial sxemasi 8.7-rasmda
ko‘rsatilgan. O‘zgartkichda o‘lchanayotgan parametr (masalan, bosim) sezgir element
(masalan, bir o‘ramli naychasimon prujina 7) bilan o‘zgarmas magnit 6 siljishiga
o‘zgartiriladi. U magnit okimi Fm ko‘rinishida boshqarish ta’sirini hosil qiladi. Bu
oqim chikish signali teskari aloqa chulg‘amlari wt.b
dan o‘zgarmas tok Ichiq o‘tganda paydo bo‘ladigan
teskari aloqa magnit oqimi Ft b bilan
kompensasiyalanadi. Fm oqimni o‘zgartirganda
magnit modulyasion o‘zgartkich 5 o‘zaklarining
magnitlanganligi o‘zgaradi va uning w6 o‘ramlarida
nomuvofiqlik signali paydo bo‘ladi. Bu signal
kuchaytirish qurilmasi 3 ning masofaga uzatish
aloqasiga va bir vaqtda teskari aloqa o‘ramasiga
uzatiladigan chikish signali I ni boshqaradi.


8.7 – расм. Магнит
компенсацияли ўзгарткичнинг
блок – принципиал схемаси.

O‘zgartkich chegarasini sozlash uchun qarshilik 4 o‘zgartiriladi, nolga sozlash uchun esa ferromagnit shunt 1 ni 2 vint yordamida ravon siljitiladi. Magnit
kompensasiyali o‘zgartkichlar qator afzalliklarga ega: bir necha ikkilamchi
asboblarni bitta o‘zgartkichga ulash imkoniga, titrashga nisbatan etarlicha yuqori
turg‘unlikka va mustahkamlikka ega. Kamchiliklari — harorat tufayli xatoligi ancha
yuqori va kuchaytirgichning elektron sxemasi elementlariga zararli ta’sir etuvchi
muhitlarda ishlay olmaydi, shuningdek, sezgir element va magnit oqimi indikatori va
xatoliklarining birlamchi o‘zgartkich xatoligiga ta’siri katta. SHu turdagi
o‘zgartkichlar 1 va 1,5 sinfli bo‘ladi.
Ikkilamchi asboblar sifatida 1 va 1,5 sinfli milliampermetr yoki ASK tizimdagi
ko‘p shkalali, tor profilli asboblardan foydalaniladi.
YUqorida ta’riflangan ko‘rsatishlarni masofaga uzatish tizimlari birlamchi
o‘zgartkichlar hosil qilgan chiziqli yoki burchakli siljishlar uncha katta bo‘lmagan
hollarda ishlatiladi. Lekin ba’zi hollarda o‘zgartkich chiqish o‘qining bir necha
o‘ramida birlamchi asbob o‘zgartkichi signalini yoki bir necha metrga cho‘zilgan
siljishlarni masofaga uzatish kerak bo‘ladi. Masalan, sath o‘lchagichlarda
ko‘rsatishlarni masofaga uzatishda shunday vazifa qo‘yiladi. Bunday masalani
selsinli uzatish yo‘li bilan hal qilish mumkin. O‘zgaruvchan tokda ishlaydigan selsinli masofaga uzatish ham burchakli siljishlarni uzatishga mo‘ljallangan.
Uzatuvchi va qabul qiluvchi selsinlar sifatida kontakt halqalarga ega bo‘lgan


8.8 – расм. Селсинли масофага узатиш тизимининг принципиал
схемаси:
а – индикаторли режим; б – трансформаторли режим.
sinxronlanuvchi asinxron elektr dvigatellar yoki chulg‘amsiz rotorli kontaktsiz selsinlar ishlatiladi. Uzatuvchi va qabul qiluvchi selsinlar rotorlarining simmmetrik holati buzilganda ularning chulg‘amida qiymatlari turlicha bo‘lgan EYUKlar induksiyalanadi, aloqa simi bo‘yicha muvozanatlovchi toklar o‘tadi va sinxronlash momenti vujudga keladi, natijada qabul qiluvchi selsin rotori buriladi. Selsinlarning bunday ulanishi (8.8-rasm, a) indikatorli rejim deyiladi.
Transformatorli rejimda (8.8-rasm, b) qabul qiluvchi selsinning rotori
tormozlangan bo‘ladi va voltmetrning ko‘rsatishlari uzatuvchi selsin burilishiga
mutanosib o‘zgaradi. Voltmetr qabul qiluvchi selsinning stator chulg‘amiga ulangan. Sanoat selsinlarning ta’minlash kuchlanishining turli odatda, 50 dan 500 gs gacha chastotalariga mo‘ljallangan bir necha turlarini chiqarayapti. Kontaktli
selsinlarning eng katta kamchiligi kontakt cho‘tkalaridagi xatoliklarga olib keluvchi va selsin ishining ishonchliligini kamaytiruvchi ishqalanishdan iborat.

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish