Bog'liq Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).
8.4-§. ELEKTR-PNEVMATIK VA PNEVMO-ELEKTR
O‘ZGARTKICHLAR Avtomatik nazorat, sozlash va boshqarishning kombinasiyalangan elektrpnevmatik tizimlarni yaratishda elektr va pnevmatik chiqish signallariga ega bo‘lgan asboblar qo‘llaniladi. O‘lchash tizimining elektr va pnevmatik shoxobchalarini moslashtirish uchun elektr-pnevmatik va pnevmo-elektr o‘zgartkichlar chiqariladi. Elektr-pnevmatik o‘zgartkich 0—5 mA o‘zgarmas tokning uzluksiz elektr signalini bir xillashtirilgan 20—100 kPa qiymatidagi pnevmatik signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan. EPP turidagi elektr-pnevmatik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi 8.13-rasmda tasvirlangan. O‘zgartkich ishi kuch kompensasiyasi prinsipiga asoslangan. O‘zgartkichdan nazorat va sozlash tizimlarida elektr analog asboblar bilan pnevmatik asboblar hamda tizimlar orasida bog‘lanish o‘rnatishda foydalaniladi. Asbob vazifasi turlicha ikki blok: elektr-mexanik o‘zgartkich (magnitoelektrik mexanizm va richaglar tizim majmuasi) va pnevmatik kuchaytirgichdan tuzilgan.
Elektr kirish signali (I = 0—5mA) elektromagnit 5 ning g‘altaklari 6 ga
beriladi. Bunda magnit o‘tkazgichida yakor 4 ning siljishiga olib keladigan magnit
oqimi paydo bo‘ladi. YAkordagi kuch tok miqdoriga to‘g‘ri mutanosib. SHu kuch
ta’sirida richag 2 ning siljishi soplo 1 aloqasida bosim o‘zgarishiga olib keladi. Bu
bosim pnevmatik kuchaytirgich 7 bilan kuchaytiriladi va pnevmoaloqalar bo‘ylab
o‘zgartkich chiqishiga va teskari aloqa silfoni 3 ga beriladi. CHiqish bosimi ta’sirida
silfonda paydo bo‘ladigan kuch yakorda kirish signalidan hosil bo‘lgan kuch bilan
kuch richagi orqali muvozanatlashtiriladi. Aniqlik sinfi 0,5; 1,0.
Pnevmo-elektr o‘zgartkich 20—100 kPa qiymatdagi uzluksiz pnevmatik
signalni 0—5 mA o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan elektr signaliga o‘zgartirish
uchun mo‘ljallangan.
Uzluksiz kirish va chiqish signallari uchun pnevmo-elektr o‘zgartkichlar ham
to‘g‘ri ta’sir etuvchi o‘zgartkich, ham qo‘shimcha energiya manbaidan
foydalanadigan kompensasion turdagi o‘zgartkich tarzida chiqarilishi mumkin.
To‘g‘ri ta’sirli pnevmo-elektr o‘zgartkich (8.14-rasm) pnevmatik kirish
signalini qabul qiluvchi o‘lchash bloki 1 dan va differensial-transformatorda
uzatuvchi o‘zgartkichdan tashkil topgan. Bosim ta’sirida silfon 2 ning
qo‘zg‘aluvchan tubi va u bilan bog‘langan, birlamchi 3 va ikkilamchi 5 chulg‘amga ega bo‘lgan o‘zak 4 siljiydi. Aks ta’sir etuvchi kuch prujina 6 yordamida yaratiladi.
O‘zakning maksimal siljishi tufayli paydo bo‘ladigan asosiy xatolik ± 1 % dan
oshmaydi.
Kompensasion pnevmo-elektr o‘zgartkichlarda kuchlarni kompensasiyalash
prinsipidan foydalaniladi. To‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlar kompensasion turdagi
o‘zgartkichlarga qaraganda kamroq aniqlikka ega. Ammo kompensasion turdagi
o‘zgartkichlar to‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlarga nisbatan qimmat turadi.