Radioizotopli zichlik o‘lchagichlar
Radioizotopli zichlik o‘lchagichlarning ishlash prinsipi radioaktiv manba jnurlarining suyuqlikdan o‘tishida yutilishiga asoslangan. Bular suspenziya, pulpa,
agressiv va katta bosimli suyuqliklarning zichligini o‘lchashda ishlatilishi mumkin.
O‘lchash vositalari o‘lchanayotgan muhit bilan kontaktsiz bog‘langan. Bu esa bunday asboblarning afzalligiga kiradi. Radioizotopli zichlik o‘lchagich tarkibiga (6.38- rasm) j-nurlanishlar manbai 1 va qabul qilgich 2 kiradi, uning chiqish signali avtomatik potensiometr 3 ga beriladi. Qabul qilgich 2 qabul qiladigan nurlanish
jadalligi quvurdan oqib o‘tadigan suyuqlikning zichligiga bog‘liq bo‘ladi:
zichlik qancha katta bo‘lsa, j-nurlarning yutilishi shuncha kuchli va qabul qilgich 2
ning kirishida signal shuncha kuchsiz bo‘ladi. Bu signalning kattaligiga quvur devorlarining qalinligi, suyuqlik tarkibi va manba nurlanishini kamaytiradigan boshqa omillar ta’sir qiladi. Bu omillarning ta’siri turg‘un bo‘lganligi sababli asbobni darajalashda olingan tuzatmani ko‘rsatishlarga kiritish yo‘li bilan hisobga olinadi. Sanoat radioizotopli zichlik o‘lchagichlardan PJR-2, PJR-2N, PJR-5, PR-1024, PR-1025M va boshqa turlarini ishlab chiqaradi. PJR-2 zichlik o‘lchagichining o‘lchash chegarasi 600÷2000 kg/m3, asbobning
o‘lchash xatoligi ±2%.
6.5- §. SUYUQLIKLARNING QOVUSHOQLIGINI ŒLCHASH
Suyuq muhitlarning qovushoqligini o‘lchash sanoatda TJABT ni joriy qilishda
eng murakkab muammolardan biridir. Jarayonlarning ko‘pchiligi dispers tizimlar,
suspenziyalar, kolloid eritmalar va plastik massalarni qayta ishlash bilan bog‘liq.
Ayrim mahsulotlar sezgir elementga yopishib qolib, ishlab chiqarish jarayonida
sezgir elementga ta’sir etib, ulardan foydalanishni qiyinlashtirishi mumkin.
Sanoatda viskozimetrlarning qo‘llanilishi qovushoqlikni o‘lchash uslublarining
konstruktiv-texnik kamchiliklari yoki viskozimetrlarning o‘zicha ishlatish sharoitlarini yaratish qiyinligi sababli juda ham cheklangandir.
Sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, sun’iy tolalar, sintetik smolalar,
kauchuk eritmalari, bo‘yoqlar, surkov moylari va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqarishda qovushoqlik mahsulot tarkibi va sifatini aniqlovchi kattalik hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pgina hollarda qovushoklikni avtomatik tarzda uzluksiz o‘lchab turish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati
qovushoqlik deyiladi. Berilgan oqimda suyuqlik ikki qatlamining siljishida tangensial kuch vujudga keladi. Shu kuch Nyuton qonuniga ko‘ra quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda G‘ — siljish kuchi, N; μ — dinamik qovushoqlik yoki qovushoqlik koeffisienti, Pa s; S — ichki
ishqalanpsh yuzasi, m2;
dn
d
— harakatdagi qatlam qalinligi bo‘yicha tezlik gradienti (siljish tezligi), 1/c; v — qatlam
oqimining tezligi, m/s; p — harakagdagi qatlam qalinligi, m.
(6.38) tenglamadan dinamik qovushoqlikni aniqlaymiz:
dn
dv
S
F
. (6.39)
SI tizimida dinamik qovushoqlik birligi qilib, suyuqlik oqimining shunday
qovushoqligi qabul qilinganki, bu oqimda 1 N/m2 siljish bosimi ta’sirida chiziqli
tezligining gradienti siljish tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan 1 m masofada 1 m/s
bo‘ladi. Dinamik qovushoqlikning bu birligi N s/m2 yoki Pa s o‘lchoviga ega.
Amalda ko‘pincha dinamik qovushoqlikning suyuqlik zichligi ga bo‘lgan
nisbatida ifodalanuvchi kinematik qovushoqlikdan foydalaniladi, ya’ni
Kinematik qovushoqlik SI da m2/s o‘lchoviga ega. Qovushoqlik amalda puaz
(P) va santipuaz (sP) birliklarida o‘lchanadi. Bu birliklar SI dagi qovushqoqlikning
birligi bilan quyidagicha bog‘langan:
1 P=0.1 Pa∙s; 1 sP=1 mPa∙s.
Nyuton qonuniga bo‘ysinuvchi suyuqliklar (ya’ni qovushoqligi jadal mexanik
ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmagan siljish (surilish) tezligiga chiziqli bog‘lanishga ega
suyuqliklar) nyuton suyuqliklari deyiladi. Agar bu bog‘lanish chiziqli bo‘lmasa, u
holda bunday suyuqliklar nonyuton suyuqliklar deyiladi. Suyuqliklar, eritmalar,
plastik va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi nonyuton suyuqliklar guruhiga
kiradi.
Oziq-ovqat sanoatida ko‘pincha qovushoqlik shartli birliklarda (VU
graduslarida) o‘lchanadi, bu birliklar ma’lum hajmdagi tahlil (tahlil) qilinayotgan
suyuqlikning oqib ketish vaqtining shu hajmidagi distillangan suvning oqib ketish
vaqtiga nisbatidan iborat:
. (6.41)
Qovushoqlikni o‘lchash paytida haroratning ta’sirini e’tiborga olib, tegishli
tuzatishlar kiritish lozim.
Suyuqlik qovushoqligini o‘lchaydigan bir qator asboblar mavjud. Bu asboblar
ishlash prinsipi jihatidan kapillyar, zoldirli, rotasion, tebranishli va ultratovushli
asboblarga (viskozimetrlarga) bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |