Bir bosh bo`lakli gaplar(SO`z gaplar) to`liqsiz gaplar, vokativ gaplar reja



Download 96,5 Kb.
bet3/4
Sana25.06.2022
Hajmi96,5 Kb.
#701667
1   2   3   4
Bog'liq
BIR BOSH BO`LAKLI GAPLAR(SO`Z GAPLAR) TO`LIQSIZ GAPLAR, VOKATIV GAPLAR

Shaxsi noma’lum gap.
Nutqimizda Umrni oqar suvga uxshatishadi; Margilonda kichiklarni ham sizlashadi kabi shaxsi noma’lum gaplar ham qullaniladi. Shaxsi noma’lum gaplarda ish-harakat bajaruvchisi umumlashgan ma’noda bӯladi va grammatik jihatdan ifodalanmaydi. Bu turdagi gaplarning kesimi III shaxsda aniq yoki birgalik nisbatdagi fe’llar bilan ifodalanadi: Yaxshini maqtaydilar, yomonni uyaltiradilar.
Mashq. Ӯqing. Shaxsi noma’lum gaplarni topib, kesimi qanday ifodalanganini izoxdang.

  1. Baland va yorug’ xonalarni bejirim jihozlar bilan bezatishdi. 2. Yolg’izlik Allohga xos. Insonlar juft bulib yashaganlari ma’qul. Yolg’iz insonni suv bӯyida quriyotgan yolg’iz majnuntolga qiyos etadilar. 3. Bizga tog’li hududlarni qor bosganligi haqida xabar berishdi. 4. Kutubxonada shovqin solishni ta’qiqlab quyishgan. 5. Ha, do’o’o’st, baraka top! Oydek yuzingdan akango’rgilsin! (O’.H.) Badfe’llikdan asragan aql- ni aql deydilar. 7. Birgalashib soy bo’yiga etib kelishdi. (O.)

Shaxssiz gaplar.
Shaxssiz gaplarda ega umuman bӯlmaydi, demak, uni kesim orqali topish mumkin emas.Misollarni diqqat bilan o’qing, kesimlari qanday ifodalanganiga e’tibor bering.Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi. (M) 2. Baxtni sovga qilib bo’lmaydi. (H.) Xalq irodasiga qarshi yurish to’gri kelmaydi. 4. Chirigan narsaga qo’l tekkizib bo’lmaydi. (Sheks­pir ) 5. Bir qo’l bilan qarsak chalish mumkin emas. (H.)Mashq. Shaxssiz gaplarni ko’chirib yozing, sintaktik taxlil qiling.Noshukur bandani rozi qilib bo’lmaydi. 2. Hasad yaxshi- likka olib kelmaydi. Siynaga sanchilgan nayzani chiqarib olsa bo’ladi, ammo dilga qadalgan so’z zaxrini chiqarib bo’l- maydi. (H.) 4. Nom chiqarish uchun mashaqqat chekib uzoq yo’l yurish kerak, isnodga qolish uchun esa bir qadam qo’yishgina kifoya. (I.Vilde) 5. Ko’ngil va dilni to’g’ri tutsang, ey dono, sening rizqing hech qachon ozaymaydi. («Q.B.») 6. Yomon ishlardan o’zini ehtiyot qilib yurganlarnigina bilimdon deyish mumkin. (Forobiy) 7. Mehnat bilan hamma narsaga erishsa bo’ladi. (J.Bruno) 8. Urush botirni sinaydi, jahl dononi sinaydi, yo’qchilik do’stni sinaydi. (H.) 9. Do’stning aybini o’ziga aytish kerak. (B.Kerboboev) 10. Go’zallik, quvvat va saodatning manbai soddalikdir. (H.) 11. Odam mevaga, ota- ona daraxtga o’xshaydi. Daraxtni yaxshi parvarish qilsang, mevasi yaxshi va shirin bo’ladi. («Q.») 12. Tirishdim: tog’dan oshdim, yorug’lik sari yo’l ochdim. (M.) 13. Nimqorong’i shiftga tikilib yotgancha xayol suraman: goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. (O’.H.)Shaxsi umumlashgan gap.Kesimi fe’l kesim bo’lib, ikkinchi shaxsni bildirsa ham, mazmunan har uchala shaxsga taalluqli bo’lgan gaplar shaxsi umumlashgan gap deyiladi.Asosan, maqollar, hikmatli gaplar har uchala shaxsga qaratiladi:Otang borida el tani,Oting borida er tani. (M.)O’zingga ravo ko’rmaganniO’zgaga ham ravo ko’rma. (M.)Qoilik, bilan osh berib,Sopi bilan ko’z chiqarma. (M.)Yarashgan ishni qilgil, qo’ldan kelganni emas. (S.)Mashq. O’qing. Matn mazmunini o’z so’zlaringiz bilan izoxlab bering. 1-gapni kӯchirib sintaktik taxlil qiling.Ey farzand, yoshligingda otang ilm olmoq uchun yaratgan sha- roitdan kӯz yumma! Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va faro- g’at saltanatiga hech bir zahmatsiz etkazadi. Ilm olmoqning fazilatlari kӯpdurkim, hayoting farog’at- da, yurish-turishing hurmat va izzatda bӯlur.n Allohning rahmatiga sazovor fikih ilmining ustozi urgatmishlarkim, ilmning cheki bo’lmagani kabi, ilm olmoq- ning ham poyoni yӯqdur. Ilmu fikihni Rasululloh muxtasar aytganlar, jahoniy ilmlar esa insonlar tajribasi, ӯquvi asosida asrlar davo- mida qaror topgan. Alloh har bir qalbga ilm gavharini solgankim, bandasi- ning qunt-matonati, mehnati davomida doim sayqal topur. (H.) Gap tarkibidagi o‘zaro tobe bog‘lanishda bo‘lgan so‘zlardan bittasi tobe bo‘lak, ikkinchisi hokim bo‘lak vazifasini bajaradi. Тobe bo‘lak hokim bo‘lakka bog‘lanib, hokim bo‘lak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo‘lagi nomi bilan yuritiladi Gap tarkibida tobe bog‘lanib ma’lum so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘z yoki so‘zlar birikmasiga gap bo‘lagi deyiladi. Masalan, o‘qituvchimga gul berdim. Bu gapda uchta gap bo‘lagi bo‘lib, birinchisi kimga? so‘rog‘iga javob bo‘lib, to‘ldiruvchi vazifasida, ikkinchisi nima (ni)? so‘rog‘iga javob bo‘lib, to‘ldiruvchi vazifasida, uchinchisi nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, kesim vazifada kelyapti Ega va uning ifodalanish: Gap kesimining qo‘shimchalardan anglashib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo‘lak egadir. Ega, asosan, kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lib keladi. Ega doim bosh kelishik shaklida bo‘ladi, egalik va ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin. Masalan:Karim litseyga bordi. Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi: 1. Ot bilan: Aziz o‘sha kitobni o‘qidi. Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so‘ng o‘chdi. 2. Olmosh bilan: Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. (Maqol) 3. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi. (M.Ism.) 4. Sifatdosh bilan: o‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar. ap boʻlaklari — gap tuzilmasida muayyan soʻroqqa javob boʻlib, maʼlum bir sintaktik vazifani bajaruvchi soʻz va soʻz birikmalari. Gap bo'laklari gap tuzilmasidagi ahamiyatiga koʻra quyidagi 2 asosiy turga ajraladi: 1) bosh boʻlaklar — gapning predikativ asosini tashkil etuvchi ega va kesimdan iborat boʻladi; 2) ikkinchi darajali boʻlaklar — bosh boʻlaklar bilan yoki oʻzaro bir-birlari bilan tobe aloqada boʻladi, hokim boʻlak maʼnosini aniqdab, toʻldirib, izohlab keladi hamda asosiy xususiyatlariga koʻra aniqlovchitoʻldiruvchi va holga boʻlinadi. Gapni tuzishda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar qatnashadi. Bunda ega va kesim gapning grammatik asosi hisoblanadi. Sodda gaplar mana shu grammatik asosiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.Bir bosh bo‘lakli gaplar
2.Ikki bosh bo‘lakli gaplar.
Faqat birgina bosh bo‘lakdan tashkil topgan gaplar bir bosh bo‘lakli gap deyiladi. Gapda faqat ikki bosh bo‘lak bo‘ladi. Demak, faqatgina ega yoki unga aloqador bo‘lgan tarkibdan, yoki kesim va unga aloqador bo‘lgan so‘zlardan tashkil topgan gaplar bir bosh bo‘lakli gaplar deyiladi.
Masalan: Qishda Chimyonga boramiz.
Maktab bog‘ida ishladik
Bir bosh bo‘lakli (tarkibli) gaplar hоkim bo‘lagining sintaktik tabiatiga ko‘ra, egasiz va kеsimsiz gaplarga bo‘linadi.
Egasiz gaplarning strukturasi asоsi-bоsh kеsimdan ibоrat bo‘ladi: Bugungi ishni ertaga qo‘yma. Mak./Bo‘rini ham to‘ng‘iz o‘q bilan оtadilar. El оg‘ziga elak tutib bo‘lmaydi./Mak./
Kеsimsiz gaplarning struktura asоsi-bоsh bo‘lagi egadan tashkil tоpadi: Kichkinagina maydоncha. Uning to‘rt tarafi baland imоratlar bilan o‘ralgan. /О/
Ega tarkibli gapda kesim, kesim tarkibli gaplarda esa ega ishtirok etmaydi. Shunga ko‘ra bir bosh bo‘lakli gaplar 2 turga: egasiz va kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplarga bo‘linadi. Bunda gap tarkibida ega qatnashmasa egasiz bir bosh bo‘lakli gapni, kesim qatnashmasa kesimsiz bir bosh bo‘lakli gapni tashkil qiladi. Egasiz gaplar. Bu tip gaplarning bоsh bo‘lagi-kеsimi turli vaziyatda bo‘ladi: ba’zi tiplarida kеsimidan egani tоpish mumkin, kеsimga egani aniqlab bеradigan so‘rоqni bеrish mumkin, ba’zi tiplarida esa kеsimdan eganni tоpib bo‘lmaydi, kеsim egani aniqlab bеradigan so‘rоqni talab qilmaydi. Qiyos qiling: Jo‘jani kuzda sanaydilar. Mеhnatsiz g‘alabaga erishib bo‘lmaydi. /Mak./ Shunga ko‘ra, egasiz gaplar ikkiga bo‘linadi: Egasi tоpiladigan gap, egasi tоpilmaydigan gap.
Egasiz gaplar kеsimi tabiatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.Egasi topiladigan gaplar
2. Egasi topilmatdigan gaplar.
Egasi tоpiladigan gaplar shaхs xarakteriga ko‘ra shaхsi aniq gap, nоaniq gap, shaхsi umumlashgan gaplarga bo‘linadi. Egasi topilmaydiogan gap esa shaxssiz gapdir.
Ularning har biriga alohida to‘xtalamiz.
BIR BOSH BO‘LAKLI GAPLARNING TURLARI.
1. Shaxsi aniq gap. Ega qo‘llanmasa-da, uning belgilari kesim orqali konkret anglashib turadigan gap shaxsi ma’lum gap deyiladi.
Shaxsi ma’lum gaplarda fe’l kesimlarning grammatik, ot kesimning esa bog‘lama shaklidan shaxs anglashilib turadi. Shuning uchun eganing shaxs ko‘rsatuvchi olmosh yoki ot bilan qo‘shimcha ravishda ifodalashga hojat qolmaydi. Kesimi buyruq maylining birinchi va ikkinchi shaxs shakllarida ifodalangan bir bosh bo‘lakli buyruq gaplar ham shaxsi aniq gaplar hisoblanadi. Mas: Po‘lat – Opajon, mashinada, olib borib qo‘yaymi?
Surmaxon - Kerak emas, mashinangni pishirib ye.
Ko‘rsatilgan gaplarning mazmuniy egalari men, sen olmoshlari hisoblanadi.


Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish