Ishning bajarilishi
Probirkaga tuxum oqsili eritmasidan 1 ml quying, oq cho’kma yoki loyqa hosil bo’lgunicha 5 – 6 tomchi konsentrlangan nitrat kislota qo’shing. Qizdirganda eritma va cho’kma och sariq rangga bo’yaladi. Bunda deyarli cho’kmaning hammasi eriydi. Aralashmani sovuting va kislotani suyuqlikka ehtiyotlik bilan suyuqlikni chayqatmasdan ishqoriy muhit hosil bo’lgunicha mo’l konsentrlangan ammiak yoki natriy gidroksid tomchilab qo’shing. Dastlab hosil bo’lgan kislotali albuminat eriydi va suyuqlik to’q sariq rangga bo’yaladi.
Tuxum oqsili o’rniga go’sht, sut, un oqsillari va jelatina olib shu tajribani takrorlang. Jelatina bunday reaksiyaga kirishmaydi. Chunki jelatina tarkibida ko’pgina aminokislotalar (tirozin, tiriptofan, fenilalanil) yo’q.
5 – tajriba. Millon reaksiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |