Yog’lardagi glitseringa xos reaksiya
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativ, spirt lampa, filtr qog’oz, kaliy gidrosulfat kristali, kumush gidroksidining ammiakli eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz, fuksin-sulfat kislota eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz, paxta, kungaboqar moyi.
Ishning bajarilishi. Probirkaga 0,5-1ml paxta moyi quyiladi, ustiga 2-3g kaliy bisulfat kristallaridan qo'shib mo’rili shkafda qizdiriladi. O’tkir hidli oq akrolein bug’lari ajraladi. Bug’larga kumush oksidining ammiakli eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz tutilsa, u qora rangga kiradi, fuksin sulfit kislota eritmasi bilan namlangan filtr qog’oz tutilsa, pushti dog’ paydo bo’lishi kuzatiladi. Bu har ikkala reaksiya aldegidlarga xos reaksiya bo’lib, akrolein ajralayotganini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |